Научная статья на тему 'INGLIZ TILI DARSLARIDA KURSANTLARGA LEKSIK MATERIALNI O’RGATISH USULLARI'

INGLIZ TILI DARSLARIDA KURSANTLARGA LEKSIK MATERIALNI O’RGATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik ko’nikmani shakllantirish / ingliz tilida leksikani o’rgatishda o’yin-topshiriqlarning samaradorligi / ixtisosiy o’qitish / kursantlarning qiziqishini oshirish. / developing of vocabulary skills / effectiveness of the educational games / specialized teaching / increasing of interest of cadets.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shirinova, Nargiza Djabbarovna

Maqola ingliz tili darslarida harbiy oliy o’quv yurtlari kursantlariga leksik materialni o’rgatish muammolariga bag’ishlangan. Oliy o’quv yurti kursantlariga leksik materialni o’rgatishning ahamiyati ko’rsatilib, u bo’yicha o’quv-topshiriqlari ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan zamonaviy o’quv-topshiriqlari kursantlarning leksik ko’nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING LEXICAL MATERIAL TO STUDENTS IN ENGLISH LANGUAGE LESSONS

Article deals with the methods of developing vocabulary skills of cadets in higher education. There was indicated the importance of developing vocabulary skills of cadets in higher education and worked out the exercises directed to the developing of vocabulary skills of cadets in higher Military education. Given modern educational games can serve for developing of vocabulary skills of cadets.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI DARSLARIDA KURSANTLARGA LEKSIK MATERIALNI O’RGATISH USULLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

INGLIZ TILI DARSLARIDA KURSANTLARGA LEKSIK MATERIALNI

O'RGATISH USULLARI

Shirinova Nargiza Djabbarovna

O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Tillarni o'rganish kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi, Toshkent, O'zbekiston nargizashirino@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqola ingliz tili darslarida harbiy oliy o 'quv yurtlari kursantlariga leksik materialni o 'rgatish muammolariga bag 'ishlangan. Oliy o 'quv yurti kursantlariga leksik materialni o 'rgatishning ahamiyati ko 'rsatilib, u bo 'yicha o 'quv-topshiriqlari ishlab chiqilgan. Ishlab chiqilgan zamonaviy o 'quv-topshiriqlari kursantlarning leksik ko 'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: leksik ko 'nikmani shakllantirish, ingliz tilida leksikani o 'rgatishda o 'yin-topshiriqlarning samaradorligi, ixtisosiy o 'qitish, kursantlarning qiziqishini oshirish.

АННОТАЦИЯ

Статья освещает проблемы, связанные с вопросами обучения лексического материала в высших военных учебных заведениях. Представлена система упражнений по обучению лексического материала, а также отмечена их роль при изучении английского языка. Названные в статье задачи, способствуют формированию лексических навыков курсантов.

Ключевые слова: формирование лексических навыков, эффективность образовательных игр в процессе обучения английскому языку, специализированное обучение, повышение интереса курсантов.

ABSTRACT

Article deals with the methods of developing vocabulary skills of cadets in higher education. There was indicated the importance of developing vocabulary skills of cadets in higher education and worked out the exercises directed to the developing of vocabulary skills of cadets in higher Military education. Given modern educational games can serve for developing of vocabulary skills of cadets.

Key words: developing of vocabulary skills, effectiveness of the educational games, specialized teaching, increasing of interest of cadets.

KIRISH

Leksik materialni o'rgatish muhim vazifalarimizdan biri bo'lib, o'qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi. Leksik materialni taqdim qilish, mashq qilish va qo'llash

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

metodikasi kundan kunga o'zgarib, zamonaviylashib bormoqda. Masalan, an'anaviy ta'limda so'zlar tarjima usuli orqali taqdim etilgan bo'lsa, ayni kunda ularni tarjimada emas, balki ko'rgazmali taqdim etish yoki izohlar, sinonim yoki antonimlar orqali yetkazish usullari mavjud. Mashq qilish va qo'llashda ham kursantlarning faqatgina so'zlardan gap va hikoyalar tuzishlari emas, balki ijodiy topshiriqlar, masalan rol' ijro etish, muammoli vaziyatlar yaratish va ularni yechish, she'r va qo'shiqlar yaratish kabi kreativ amallarni ham bajarishlari zarur. Bu esa kursantlarning ingliz tilini turli vaziyatlarda qo'llashlari va uni puxta egallashlariga imkon yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Xorijiy mamlakatlar adabiyotlarining tahlillariga binoan, leksik materialni turli xil qiziqarli o'yin-topshiriqlar va musobaqalardan foydalanib o'rgatilsa, kursantlar uni zo'r qiziqish bilan va osonlikcha egallashadi. Masalan, James Thomasning "Focus on teaching[4]", "The book of how to do things in ELT[5]" yoki S. Vernon ning "The benefits of using Games[7]" nomli manbalarida leksik masqlar va ulardan samarali foydalanish haqida mulohazalar keltirilib, o'yin-topshiriqlarning afzalligi va ularning turlariga misollar keltirilgan. Shuningdek, "Fun ESL Classroom Games -Teach This:" nomli internet saytda ham leksik materiallarni o'rgatishning samarali usullariga bag'ishlangan tadqiqotlar o'z ifodasini topgan. Tanlanayotgan har bir leksik material o'rganuvchilar yoshi, qiziqishi, sohasiga yo'naltirgan bo'lishi barcha metodik adabiyotlarda tavsiya qilinmoqda.

MUHOKAMA

Masalan, "Military trainings" mavzusidagi materialni qo'llash jarayonida "What'is it like?" topshirig'idan foydalanish mumkin[5].

1-bosqich. O'qituvchi kursantlardan dumaloq shaklida o'tirishni talab qiladi.

2-bosqich. O'qituvchi iboralarni mimik ifodalar orqali taqdim etadi.

3-bosqich. Iborani birinchi bo'lib topgan kursant keyingi iborani mimik ifoda

yordamida boshqalarga yetkazadi. Masalan,

Jump up Crawl through

Jump down Crawl under

Run across Climb up

4-bosqich. Kursantlar keyingi so'zni ham topishga harakat qilishadi va shunday

davom

ettiriladi. Ushbu texnologiyadan o'qituvchi leksik materialni mustahkamlash va uni nutqda qo'llash jarayonida foydalanadi.

O'rganilgan so'zlarni mustahkamlash maqsadida "What are there in it?" texnologiyasidan foydalansa bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1-bosqich. Anjomlar to'ldirilgan sumkani o'qituvchi kursantlar qo'liga berib, uning ichida nima borligini topishni so'raydi. Kursantlar o'rganilgan so'zlaridan foydalangan holda uning ichida nimalar borligini taxmin qilishni boshlashadi.

2-bosqich. O'qituvchi bir kursantdan sumka ichidan har bir narsani olib boshqalarga ko'rsatishni so'raydi. Boshqalar esa ularni baland tovushda talaffuz qila boshlaydi.

3-bosqich. Kursantlar talaffuz qilgan so'zlarini doskada yozishadi. Yoki so'zlarni guruh bo'lib ishlagan holda yozib borishadi.

4-bosqich. Shuningdek, o'qituvchi doskada "Syllable Stress Table"dan, ya'ni bo'g'inlarga urg'u qo'yish jadvalini shakllantiradi va so'zlarni talaffuzi va bo'g'iniga qarab jadvalni to'ldirishni so'raydi.

Shuningdek, o'qituvchi narsalarni bir joydan ikkinchi joyga joylashtirish bo'yicha yo'riqnoma berishi mumkin. Masalan,

Put the compass beside the map.

Put the map under the book.

Put the radio between the water bottle and the headset.

Agar kursant xato qilsa unga ikkinchi imkoniyat beriladi va shunday tartibda davom etadi. Ushbu texnologiyadan mavzu bo'yicha berilgan so'zlarni mustahkamlash yoki mashq qilish maqsadida foydalaniladi.

Ingliz tilida so'z birikmalarini mashq qilishda "Two words, one meaning" topshirig'idan foydalanish mumkin. U quyidagicha tashkil qilinadi[5]:

1-bosqich. O'qituvchi kursantlarni juft bo'lib ishlashini ta'minlaydi.

2-bosqich. O'qituvchi har bir juftlikka kamida bir so'z birikmasi yozilgan tarqatma

materiallarni berib chiqadi.

3-bosqich. Har bir juftlikdan so'zlarni qanday mimik ifodalanishi, so'z birikmalarning o'z ma'nosida emas, balkim so'zlarni alohida mimik ifodalash so'raladi.

4-bosqich. Birinchi juftlik so'z birikmalarini mimik ifodalasa, boshqalar ularni topishga

harakat qiladi. Yoki mazmunini ochishga yordam beradigan iboralardan foydalansa bo'ladi. Masalan,

It is used for..., there are two in this room Ba x,.k.

Shunday tarzda davom ettiriladi.

NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan leksik materialni taqdim etish, mashq qilish va qo 'llashga doir mashqlar kursantlarning ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshiradi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

shuningdek ular leksik materialni tezda, osonlikcha o'zlashtirishga erishishadi. Bundan tashqari, dars ko'proq kursant faoliyatiga yo'naltiriladi, o'qituvchi esa faqatgina yo'l ko'rsatuvchi vazifasini bajaradi. Kursantlar bir-birlari bilan raqobat qilish jarayonida ingliz tili leksikasini og'zaki va yozma nutqda qo'llashni o'rganib borishadi, chunki berilayotgan har bir topshiriqning vazifasi kursantlarning ingliz tilini mukammal o'rganishlariga mo'ljallangandir.

Xulosa qilib aytganda, kursantlarga ingliz tili o'rgatish jarayonida leksik ko'nikma va malakalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Leksik materialni to'g'ri taqdim etish, ularni mashq qilish va qo'llash o'qituvchidan mahorat talab qiladi. Shuning uchun ham, o'qituvchi leksikani o'qitishning zamonaviy usullaridan xabardor bo'lishi va ularni o'qitish jarayoniga tatbiq etishi zarur.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Жалолов Ж.Ж. Чет тил укитиш методикаси: Чет тил уктитиш методикаси.-Т.: Укитувчи, 2012.-429 б.

2. Махмудов Р.М. , Икматуллаев Ф.З. Хдрбий педагогика. - Т.: УзРМГХ,ТИ, 2018, 179 б.

3. Ширинова Н., Ширинова Н. English for Military. - Т.: JXU, 2020. - 100 б.

4. James Thomas. Focus on teaching.- Brno, Czechia, Versatile, 2018, P.-185.

5. James Thomas. The book of how to do things in ELT.- Brno, Czechia, Versatile, 2020, P.-257.

6. Lee W.R. English Teaching Forum. A Quarterly Journal for English Teachers -2004, P. 15.

7. Vernon S. The benefits of using Games. - 2009, Retrieved June 20, http://www.englishgames.com

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.