SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
^RSANTLARNING MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISHDA
TARJIMANING AHAMIYATI
Elmirza Erkayev
O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti pedagogika fanlari nomzodi, dotsent [email protected]
Kursantlarning mustaqil ta 'limini tashkil etishda tarjima va mashqlar tizimiga alohida ahamiyat beriladi. Talaba/kursantlarda mustaqil ta'lim ko'nikmalarni shakllantirish, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, kredit-modul tizimi, mustaqil ishni tashkil etish bo 'yicha mamlakatimiz va ayrim hamdo 'stlik mamlakatlar tadqiqotchilari uzluksiz ta'limning maktab va oliy ta'lim tizimi nazariyasiga oid, mustaqil faoliyatni chet til materiali asosida o'rgatish tajribasiga oid qator ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Chet tillar ta'limida tarjimani o 'rgatish alohida mashqlar bajarishni talab etadi. Bu mashqlar xususiyatiga ko'ra tarjima va tarjimasiz mashqlar sifatida talqin etiladi. "Tarjima " so 'zining chet til o 'qitish metodikasidagi terminologik ma 'nosi doirasi "tarjima metodi", "tarjima mashqi", "tarjima usuli" kabi birikmalarda ifodalanadi. Zero, chet tilni nutq faoliyati sifatida o'rgatish/o 'rganish jarayonida vaqti-vaqti bilan tarjimaga murojaat qilish zaruriyati chet til o 'qitish metodikasida mufassal bayon etilgan. Ta'kidlab o'tilgan mashqlar tizimi va tarjimadan mustaqil ta'limni tashkil etishda o'z o 'rnida foydalaniladi.
Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, mustaqil ta'limni tashkil etish, mustaqil ta'lim ko 'nikmasi, mustaqil fikrlash, chet til materiali, nutq faoliyati turlari, tarjima, tarjima mashqlari, tarjimani o 'rgatish, innovatsion yondashuv, chet til ta 'limi.
ЗНАЧЕНИЕ ПЕРЕВОДА В ОРГАНИЗАЦИИ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО
ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ
Э.Т.Эркаев
кандидат педагогических наук, доцент Университет общественной безопасности Республики Узбекистан
elmirza@rambler. ru
АННОТАЦИЯ
Особое значение придается системе перевода и занятий в организации самостоятельного обучения курсантов. С теорией школьного и высшего образования связаны исследования нашей страны и некоторых стран
ANNOTATSIYA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Содружества Наций по вопросам формирования навыков самостоятельного обучения, формирования организационных навыков, кредитно-модульной системы, организации самостоятельной работы у студентов/курсантов. непрерывного образования, провел ряд научных исследований по опыту обучения самостоятельной деятельности на иноязычном материале. Преподавание перевода в рамках обучения иностранному языку требует специальных упражнений. В зависимости от характера этих упражнений их трактуют как упражнения с переводом и без перевода. Объем терминологического значения слова «перевод» в методике обучения иностранному языку выражается в таких сочетаниях, как «метод перевода», «переводческое упражнение», «метод перевода». Ведь в процессе преподавания/изучения иностранного языка как речевой деятельности необходимость время от времени обращаться к переводу подробно описана в методике преподавания иностранного языка. Выделенная система упражнений и перевода используется вместо нее при организации самостоятельного обучения.
Ключевые слова: самостоятельное обучение, организация самостоятельного обучения, навыки самостоятельного обучения, самостоятельное мышление, иноязычный материал, виды речевой деятельности, перевод, переводческие упражнения, обучение переводу, инновационный подход, иноязычное образование.
THE IMPORTANCE OF TRANSLATION IN THE ORGANIZATION OF INDEPENDENT EDUCATION OF STUDENTS
E.T. Erkaev
Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor University of Public Safety of Republic of Uzbekistan [email protected]
ABSTRACT
Particular importance is attached to the system of translation and classes in organizing independent training for cadets. The theory of school and higher education is related to research in our country and some countries of the Commonwealth of Nations on the formation of independent learning skills, the formation of organizational skills, the credit-module system, and the organization of independent work among students/cadets. continuous education, conducted a number
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
of scientific studies on the experience of teaching independent activities using foreign language material.
Teaching translation as part of teaching a foreign language requires special exercises. Depending on the nature of these exercises, they are interpreted as exercises with or without translation. The scope of the terminological meaning of the word "translation " in the methodology of teaching a foreign language is expressed in such combinations as "translation method", "translation exercise", "translation method". Indeed, in the process of teaching/studying a foreign language as a speech activity, the need to turn to translation from time to time is described in detail in the methodology of teaching a foreign language. A dedicated system of exercises and translation is used instead when organizing self-study.
Key words: independent learning, organization of independent learning, independent learning skills, independent thinking, foreign language material, types of speech activity, translation, translation exercises, translation training, innovative approach, foreign language education.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga tobora keng miqyosda qo'shilayotganligi tufayli uzluksiz ta'limning sifat bosqichida chet tillarni mustaqil o'rgatish-o'rganish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, chet til darsida mustaqil ta'limni tashkil etish masalasi shu kunning ustuvor ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalasiga aylandi.
Mustaqil ta'limga turlicha ta'rif-tavsif keltirilgan. Jumladan, o'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha ta'rif beriladi:(1) O'zganing yordamisiz yoki rahbarligisiz ish qila oladigan, o'zicha fikr yurita oladigan, yashay oladigan. (2) Faqat o'ziga taalluqli, o'zgalar ishtirokisiz, ta'sirisiz bo'ladigan. O'zining qiziqib, mustaqil shug'ullanishi natijasida bu tilni o'qituvchisi bilan gaplasha oladigan darajada bilib oldi. Mirmuhsin, Umid. Mening gapim shu: mustaqil fikringiz bo'lsa, yana o'ylab ko'ring. R.Fayziy [9:652 b].
Kursantlarning mustaqil ta'limini tashkil etishda tarjima va mashqlar tizimiga alohida ahamiyat beriladi. Quyida mustaqil ta'limning qisqacha nazariy ahamiyati, chet tilda tarjima va mashq tizimining ba'zi xususiyatlari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Talabalarda mustaqil ta'lim ko'nikmalarni shakllantirish, tashkilotchilik qobiliyatlarin shakllantirish, kredit-modul tizimi bo'yicha mamlakatimizda qator ilmiy tadqiqot ishlari G.M. Musaxonova, N.A. Muslimov, O.A. Qo'ysinov, S.A.
KIRISH
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Boltaboev, S.Sh. Akbarova, N. Suyunov, R. Mavlonova, N.Raxmankulova, K. Matnazarova, M.Shirinov, S. Xafizov, M.Barakaev, B.Sh. Usmonov, R.A. Xabibullaev va b. tomonidan olib borilgan.
Mustaqil ishni tashkil etish bo'yicha ayrim hamdo'stlik mamlakatlar tadqiqotchilari uzluksiz ta'limning maktab va oliy ta'lim tizimi nazariyasiga oid o'z ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Bular sirasiga A.N. Rubakin, N.V. Fomashina, Ye.I. Russkix, A.Ya. Ayzenberg, A.A. Bodalev, A.P. Vladislavlev, A.K. Gromseva, G.I. Gusev, A.V. Darinskiy, G.S. Zakirov, A.I. Kochetov, V.G. Onushkin, P.I. Pidkasistov, B.F. Rayskiy va boshqalarni aytib o'tish mumkin.
Mustaqil faoliyatni chet til materiali asosida o'rgatish tajribasi M.Ye. Breygin, S.N. Vaxrushev, A.S. Granitskaya, O.K. Zaxarenkov, I.A. Zimnyaya, A.V. Zubov, I.I. Zubov, E.A. Miroshnichenko mustaqil faoliyatni amaliy yo'nalish sifatida tashkil etishga bag'ishlangan. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda o'qituvchilarning mustaqil ta'limni o'rganish muammolari S.T. Vershlovskiy, I.V. Ganchenko, M.V.Nikolaev, N.V. Kosenko kabilarning ishlarida kuzatish mumkin.
Chet tillarni o'rgatish jarayonida mashqlar bajarishga keng o'rin beriladi. Mashq tushunchasi metodik adabiyotlarda turli ta'rif va tavsiflarga ega bo'lib kelgan [3]. Hozirgacha mashq sistemasi uning tarkibiy qismlari, mashqlar sistemasining tasnifi borasida bir qancha lingvistik, psixolingvistik va didaktik tadqiqot ishlari olib borilgan (I.V.Raxmanov, V.A.Buxbinder, N.I.Gez, M.S.Ilin, J.J.Jalolov, I.M.Berman va b.).
V.A.Buxbinder fikricha, mashq deganda, til hodisalariga oid bilimlarni egallash, leksik, grammatik, talaffuz ko'nikmalarini shakllantirish, mazkur birliklarni nutq vaziyatida to'g'ri qo'llash amali tushuniladi.
Ilmiy manbalarda mashq ta'rifi quyidagicha keltiriladi: biror faoliyatni puxta o'zlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida uni ko'p marta takrorlash. Mashq ta'limda ko'nikma va malakalar hosil qilishda muhim o'rin tutadi. Mashqning samarali bo'lishi uchun unga ongli ravishda yondashish, shu jarayonni bajarishda mavjud sharoitni hisobga olish, yo'l qo'yilgan xato, kamchiliklarni anglash va ularni tuzatish yo'llarini bilish kerak.....[8].
Taniqli metodistlardan professor I.V.Raxmanov barcha mashqlarni lingvistik nuqtai nazardan til va nutq mashqlari nomi bilan yuritgan.
Tadqiqotchilardan professor V.A.Buxbinder psixolingvistik nuqtai nazardan informatsion, operatsion va motivatsion mashqlar haqida ilmiy izlanishlar olib borgan. Informatsion mashqlar bilim o'rgatadigan, operatsion mashqlar til materialini o'rgatish orqali ko'nikmani shakllantiradigan, motivatsion mashqlar deganda esa nutqiy malaka hosil qilishda bajariladigan mashqlar tushuniladi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Mamlakatimizda ham mashqlar sistemasining tasnifiga doir nufuzli tadqiqot ishlari olib borilgan. Shakllantiruvchi mashqlar til materiali (leksika, grammatika, talaffuz)ni o'zlashtirishda, rivojlantiruvchi mashqlar til materialini egallash, tilga oid dastlabki ko'nikmalarni mustahkamlashda, takomillashtiruvchi mashqlar esa chet tilda fikr bayon etish va o'zga shaxs fikrini idrok etib tushunish maqsadida bajariladi. Boshqacha aytganda, bilim olish (shakllantiruvchi mashqlar), ko'nikmani egallash (rivojlantiruvchi mashqlar) va malakani o'stirishga (takomillashtiruvchi mashqlar) yo'naltirilgan mashqlar deb ataladi [3].
Tarjimani olimlar turlicha talqin qiladilar. Tadqiqotchilardan A.V.Fedorov [4] va L.S. Barxudarovlar [1] tarjimaga lingvistik jihatdan yondashib, uni ikki ma'noda qo'llanishini ta'kidlaydilar: l.Muayyan bir matn (yoki matn parchasini) ikkinchi bir tilga o'girish. 2. Tarjimaning o'zi, "tarjima qilmoq" fe'lidan kelib chiqqan hosila.
NATIJALAR
"Tarjima" so'zining chet til o'qitish metodikasidagi terminologik ma'nosi doirasi "tarjima metodi", "tarjima mashqi", "tarjima usuli" kabi birikmalarda ifodalanadi. Zero, chet tilni nutq faoliyati sifatida o'rgatish/o'rganish jarayonida vaqti-vaqti bilan tarjimaga murojaat qilish zaruriyati chet til o'qitish metodikasida mufassal bayon etilgan.
Oddiyroq aytganda, chet tilda gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuvni nutq faoliyati turlari sifatida egallash alohida tarjima mashqlarini talab etadi. Chunonchi, til va nutq birliklari hisoblanmish so'z, jumla, matn kabilarni o'rganishda quyidagi tarjima mashqlarining bajarilishi metodik jihatdan o'zini oqlaydi: (a) yangi so'zning ma'nosini ochish (semantizatsiya)da, tarjimasiz usuldan foydalanish imkoni bo'lmaganda, so'z ona tiliga tarjima orqali beriladi; (b) chet tildagi jumla murakkab bo'lsa, u tarjima qilinadi, so'zma-so'z tushuniladigan jumlalar esa o'rganilgan so'zlar yordamida tarjimasiz taqdim etiladi; matnni o'qishda uni boshdan-oxir og'zaki tarjima qilinmaydi; yozma tarjima uchun berilgan matn esa tarjimani o'rgatishga mo'ljallanmaydi, balki uning tarkibidagi yangi so'zlarni lug'at yordamida talabaning qanchalik to'g'ri semantizatsiya qilganligi tekshirib ko'riladi, xolos. Lug'atdan foydalanishni o'rganish maqsadida matn yozma tarjima qilinadi, buning uchun darslikda maxsus mashqlar beriladi: "Matnni o'qing va uni lug'at yordamida yozma tarjima qiling" Matndagi yangi so'zlar ma'nosini talaba mustaqil tarzda lug'atdan topishi hisobga olinadi.
"Tarjima" deganda, turli soha vakillari uni turlicha tushunadilar va talqin etadilar. Masalan, adabiyotshunoslar yoki tilshunoslar birinchi navbatda, badiiy tarjimani, ya'ni muayyan badiiy asarning bir tildan ikkinchi tilga o'girilishi haqida fikr yuritadilar yoki fan-texnika mutaxassislari shu sohadagi ilmiy va texnikaviy
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
asarlarni asliyatdan boshqa bir tilga ag'darishni nazarda tutadilar. Ikkalasida ham tarjima ijodiy yoki ilmiy faoliyat hisoblanadi. Uchinchi bir holat: so'zlovchining nutqini boshqa bir tilga og'zaki tarjima qilishga duch kelamiz. Uning turlari tarjimashunoslikda tadqiq etiladi.
Chet til o'qitish metodikasida esa tarjima quyidagicha tushunilishi mumkin: metod, usul, vosita maqomida talqin etiladi.
Ma'lumki, asrlar davomida chet til mashg'uloti tarjima metodi orqali o'tkazib kelingan. Unda til o'rganuvchining tafakkurini rivojlantirish maqsad qilib qo'yilgan. Keyinchalik ushbu metodning faqat o'lik (lotin, qadimiy yunon) tillarni o'rgatishga mos kelishi, jonli tillarni esa mazkur metod bilan o'rgatish imkoni yo'qligi ilmiy asoslandi va xalqaro miqyosda ko'pchilik mutaxassislarga ma'lum bo'lgan to'g'ri metod, audiolingval metod, audiovizual metod, intensiv metod kabilar paydo bo'ldi. Hozirgi paytda dunyo mamlakatlarida chet til o'rgatish kommunikativ metod orqali amalga oshirilmoqda.
P.Xegboldt [6] tarjima haqida fikr yuritib, uncha qiyin bo'lmagan matnlarni o'qishda tarjimaga ehtiyoj sezmaslik, aksincha qiyinchilik tug'diradigan matnlarda tarjimaga murojaat qilish lozimligini aytadi.
I.V. Raxmanov tarjima bilan bevosita bog'liq masalalarga to'xtalib, chet ti lni o'rgatishning ikki qonuniyatini ko'rsatgan edi: 1) chet tilni o'rgatish ona tili asosida bo'lishi (ushbu qonuniyat hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab turibdi, chunki ona tili orqali chet tilni o'rganish real voqelikni aks ettiradi); 2) chet tilni o'rgatish, qanday maqsadda bo'lmasin, tinglab tushunish va gapirish mashqlarini bajarish evaziga bo'lishi kerak [4].
L.V.Shcherba fikricha, "bir tilda nutq yurituvchi o'sha tildagi belgilarni topa biladi, aksincha chet til bilgan ushbu vaziyatdan chiqib, boshqa tilda ham fikrlash imkoniyatiga egadir" [7].
MUHOKAMA
Chet til o'qitish tarixida tarjimani o'rgatishda ikki holatni kuzatishimiz mumkin: birinchidan, uzoq muddat chet tilni jahon miqyosida ona tiliga tarjima qilish orqali o'rgatib/o'rganib kelingan (bunda "tarjima metodi"ni eslatib o'tish kifoya), ikkinchidan, badiiy va boshqa adabiyotlarni tarjimada o'qilishi ta'sirida "chet til -tarjima" tarzidagi fikriy bog'lanish (assotsiatsiya) hosil bo'lgan.
Tarjima so'zining ma'no doirasi shunchalar kengki [3], quyidagi birikmalarda buni oson ilg'ab olish mumkin; (1) tarjima metodi, tarjima mashqi, tarjima usuli; (2) badiiy tarjima, ilmiy tarjima, tarjima mahorati: (3) matn/ibora/so'z tarjimasi, og'zaki/yozma tarjima, sinxron tarjima: (4) qo'hna matnlarni/manbalarni hozirgi zamon adabiy tiliga ag'darish/o'girish va h.k.z. Tarjima qator fanlarda tadqiqot
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ob'ekti bo'la oladi. Birinchisi chet tillar o'qitish metodikasi, ikkinchisi adabiyotshunoslik, uchinchisi tilshunoslik, to'rtinchisi adabiy aloqalar, va, nihoyat, beshinchisi matnshunoslik kabi sohalarda o'rganiladi.
Umuman olganda, mashq va tarjimadan foydalangan holda mustaqil ta'limni tashkil etish kursantlarning chet tilga bo'lgan qiziqishlarini, bilim va ko'nikmalarni shakllantirshga olib keladi. Ba'zi misollarga murojaat qilamiz:
Kursantlar dastlab o'zlarini tanishtirish jarayonida ismiga mos tushadigan harfdan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan: Shristoph wie chaotisieren yoki Man nennt mich Shristoph va shu kabi. O'zini tanishtirish jarayonida turli mimika va pantonomiyalarni ham qo'llash mumkin. Kursantlarni alohida guruhda, individual yoki yoppasiga ishlash orqali ushbu mashq turlarini shakllantirish mumkin.
Nemis tilida kursantlar "Mening oilam" mavzusini tushuntirishda quyidagi usuldan foydalanish tavsiya etiladi. O'qituvchi tomonidan berilgan topshiriqda kursant o'z oilasi haqida emas, balki do'stining oilasini tasvirlay olish talab etiladi, ya'ni do'stining ismi, oilasining tarkibi, ya'ni, necha kishidan iborat ekanligi, do'stining bo'sh vaqtida nima bilan mashg'ul bo'lishi, yoki nimaga qiziqishi haqida ma'lumot beradi. Bu mashqni bajarish orqali guruhdagi barcha kursantlar ishtirok etadi va so'z boyligini oshishiga olib kelishi mumkin.
"Alle zählen zusammen bis 10" mashqini bajarishda kursantlar 1dan-10gacha bo'lgan sonni sanash talab etiladi. Bu oddiy sanashni hamma biladiku degan fikrga kelish mumkin, biroq birorta raqam ikki marta takrorlanmasligi zarur, takror aytilganda o'yinni qaytadan boshlash talab etiladi. Unabgesprochen zählen alle zusammen von 1 bis 10, wobei die Zahlen nur von einzelnen gesprochen werden. Sollten zwei gleichzeitig sprechen beginnt es wieder bei 1. Zuerst sollte jeder nur einmal sprechen dürfen, später so oft jede/r will. Es können auch Vokabeln damit geübt werden, die einzeln gesagt werden sollen.
Keyingi mashq turini "Der-Die-Das" Spiel deb atash mumkin. Buning uchun kursantlarning so'zni to'g'ri qo'llash va uning talaffuziga ahamiyat beriladi. Ya'ni kursantlar "Der-Die-Das" mashqini bajarish orqali bir-birini rodlarga mos kelgan holda tasvirlaydi va shu tariqa davom etadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta'kidlab o'tilgan mashqlar tizimi va tarjimadan o'z o'rnida mustaqil ta'limni tashkil etishda foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, nutq faoliyatini tashkil etuvchi unsurlar- tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozuvdan foydalanish kursantlarning ko'nikma va malakalarini shakllantirish va takomillashtirishga olib keladi.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Yana bir soha borki, tarjimani o'rganish chet til ixtisosligi bo'yicha kasbiy malakani egallash, deb qaralishi mumkin, ya'ni tarjimonlik bo'limlari (fakultetlari)da tahsil oluvchilar uchun bu soha maxsus maqsad sifatida qaraladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Баракаев, М. Мустакил таълимни ташкил этиш методикаси. / М.Баракаев. Укув - услубий кулланма. -Т.: "Истиклол нури", 2017. - 110 b.
2. Бархударов Л.С. Язык и перевод. -М., 1972. - 310 с.
3. Jalolov J.J. Chet til o'qitish metodikasi: Chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. -T.: O'qituvchi, 2012. - 432 b.
4. Рахманов И.В. Обучение устной речи на иностранным языке. -М.: Высшая школа, 1980. -120 с.
5. Федоров А.В. Основы общей теории перевода (Лингвистические проблемы): - М.: Высшая школа, 1983. - 303 с.
6. Хэгболдт П. Изучение иностранных языков. Некоторые размышления из опыта преподавания. Сокрашенный перевод а англ. Л.А.Морозовой. -М.: Гос. учебно-метод. изд. министрства просвещения РСФСР, 1963. - 160 с.
7. Щерба Л.В. Преподавание иностранных языков в средней школе. Общие вопросы методики / Под ред. И.В. Рахманова. - 2-е изд. - М.: Высшая школа, 1974.- 112 с.
8. Узбекистон миллий энциклопедияси. 5 жилд. Конимех-Мирзокуш. Тахрир хайъати: М.Аминов, Т.Даминов, Т.Долимов ва б. -Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси "Давлат илмий нашриёти", 2003. - 704 б.
9. Узбек тилининг изошли лугати. 80000 дан ортик суз ва суз бирикмаси. Ж.П. E-M. /Тахрир хдйъати: Т.Мирзаев (рахбар) ва бошк. УзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. -Т.:"Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2016.-
672 б.