Научная статья на тему 'INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARIDA O‘SIMLIKXO‘R QANDALALARNING ZARARLILIK DARAJASI'

INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARIDA O‘SIMLIKXO‘R QANDALALARNING ZARARLILIK DARAJASI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
82
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Miridae / Himiptera / Adelphosoris lineolatus / Lygus pratensis L. / Creontiadas pallidus Rambur / hasharot / sadok (qafas). / Miridae / Himiptera / Adelphosoris lineolatus / Lygus pratensis L. / Creontiadas pallidus Rambur / insect / cage (cage).

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Abduraxmonov, Shuxrat Mamatmurotovich, Botirov, Sodiq Axmad O‘G‘Li, Xo’Jaxonov, Abror Nurqobil O‘G‘Li

Maqolada o‘simlikxo‘r qandalalarning ingichka tolali g‘o‘zada hosildorlikka yetkazadigan zararini o‘rganish bo‘yicha maxsus sadoklarda olib borilgan tadqiqotlar natijasi yoritilgan. Bunda beda, dala va g‘o‘za qandalalarining 100 tup g‘o‘zaga nisbatan turli nisbatlarda uchraganda yetkazadigan zarari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEGREE OF HARMFULNESS OF HERBIVOROUS CANDLES IN FINE-FIBER COTTON VARIETIES

The article reflects the results of studies conducted to study the harmfulness of herbivorous bugs on the yield of fine-staple cotton in special cages. At the same time, the damage caused by alfalfa, cotton and field bugs in relation to 100 pieces of plants was studied.

Текст научной работы на тему «INGICHKA TOLALI G‘O‘ZA NAVLARIDA O‘SIMLIKXO‘R QANDALALARNING ZARARLILIK DARAJASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz

3(4/2), April, 2023

UO'K - 632 KBK - 44.6 A - 13

INGICHKA TOLALI G'O'ZA NAVLARIDA O'SIMLIKXO'R QANDALALARNING ZARARLILIK DARAJASI

Abduraxmonov Shuxrat Mamatmurotovich Botirov Sodiq Axmad o'g'li

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti assistentlari

Xo'jaxonov Abror Nurqobil o'g'li Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti magistranti.

Maqolada o'simlikxo'r qandalalarning ingichka tolali g'o'zada hosildorlikka yetkazadigan zararini o 'rganish bo 'yicha maxsus sadoklarda olib borilgan tadqiqotlar natijasi yoritilgan. Bunda beda, dala va g'o 'za qandalalarining 100 tup g'o 'zaga nisbatan turli nisbatlarda uchragandayetkazadigan zarari o 'rganilgan.

Kalit so'zlar — Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Lyguspratensis L., Creontiadas pallidus Rambur, hasharot, sadok (qafas).

В стате отражены резултаты исследований проведённых по изучению вредоносности растителноядных клопов на урожайност тонковолокнистого хлопчатника на спесиалных садках. При этом изучен приносимый вред люсерновых, хлопковых и полевых клопов по отношению к 100 штук растений.

Ключевые слова - Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Lygus pratensis L., Creontiadas pallidus Rambur, nasekomoe, sadok (sadok).

The article reflects the results of studies conducted to study the harmfulness of herbivorous bugs on the yield of fine-staple cotton in special cages. At the same time, the damage caused by alfalfa, cotton and field bugs in relation to 100 pieces of plants was studied.

Keywords - Miridae, Himiptera, Adelphosoris lineolatus, Lygus pratensis L., Creontiadas pallidus Rambur, insect, cage (cage).

Qishloq ho'jaligida nafaqat g'o'za ekini balki barcha ekinlardan ko'zlangan hosilni olishda butun vegetatsiya davomida agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida amalga oshirish muhim hisoblanadi. Yuksak agrotexnik tadbirlarni o'z vaqtida, sifatli amalga oshirish evaziga yetishtirilgan hosilni zararli organizmlardan himoya qilish ham juda

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

muhim tadbirlardan hisoblanadi. Xuddi shunday zararkunandalardan biri bu o'simlikxo'r qandalalardir. Qandala bilan zararlangan joyda tolalarning sarg'ayishi, chigitning esa qalinlanishi kuzatiladi. Vaqt o'tishi bilan, ko'sak ichidagi o'simtalar kattalashib, agarda ko'proq shikastlangan bo'lsa, ko'sak yorilib, ichidan quyqa oqib chiqadi. Bular esa o'z navbatida turli mikroorganizmlar uchun ozuqa muhiti bo'lib qoladi. Sanchish soniga qarab, ko'saklarda qora dog'lar paydo bo'lishi, ko'sakni yorilib, 1-2 bo'lagi boshqalaridan erta ochilishi, ko'sak ichidagi chigit va tolani qotib qolishi, sifati va miqdori pasayishi kuzatilishi mumkin (Xo'jaev va b., 2018). Beda qandalasining g'o'za hosiliga yetkazadigan zarari, g'o'zani undan samarali himoya qilish bo'yicha olimlar bir qancha tadqiqotlar olib borishgan (Alimuhamedov va b., 1984). Yuqoridagilarni e'tiborga olib o'simlikxo'r qandalalarning g'o'za hosiliga yetkazadigan zarari bo'yicha tadqiqotlar olib bordik.

TADQIQOT NATIJALARI

Biz 2022 yil mavsumida Surxondaryo viloyati sharoitida g'o'zada tarqalgan har uchala (beda, dala, g'o'za) qandala turlarining g'o'za hosiliga keltiradigan zararini chuqur o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar olib bordik.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida joylashgan O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutining Surxondaryo filiali tajriba dalasida 0,2 gektar g'o'za dalasida olib borildi. Tajribalar 90 sm qator orasida ekilgan g'o'zaning ingichka tolali "SP 1607" navlarida o'tkazildi, Tajribalar o'tkazish uchun dastlab balandligi va eni 120 smdan bo'lgan mahsus sadoklar tayyorlab olindi. Sadoklar g'o'za dalasiga qandalalarning tashqaridan ko'chib o'tish (migratsiya) davridan avval g'o'za hosil elementlari shakllanish vaqtida ikki qatorga o'rnatib chiqildi. Barcha sadoklarning ichida ikki qatorda 5 tadan jami 10 tup g'o'za qoldirib, atrofi qandala kira olmaydigan mayda ko'zli kapron setka bilan o'rab chiqildi. Sadoklarning bir tarafida qandalalarni maxsus kiritish va g'o'za hosilining zararlanish darajalarini kuzatish maqsadida ochib yopiladigan maxsus joy qoldirildi (1-rasm).

1-rasm. Tajriba o'tkazish uchun g'o'za dalasiga o'rnatilgan qafas (sadok) lar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

So'nggi yillarda Surxondaryo viloyatida ingichka tolali g'o'za maydonlarini kengayib borayotgani uchun g'o'za qandalasining bunday nav g'o'za hosiliga keltirishi mumkin bo'lgan zararini ham o'rgandik.

G'o'za qandalasining ingichka tolali g'o'za hosiliga zararini o'rganish ikki 1:1 (10 ta o'simlikda 10 ta qandala) va 1:1,5 (10 ta o'simlikda 15 ta qandala) nisbatlarda olib borildi.

Tajriba uchun olingan maydonda (sadoklar ichida) g'o'za ko'chat qalinligi, har gektar hisobidan, 55 000 tupni tashkil qildi. Sadoklarga qandala turlarini (g'o'za, beda va dala qandalalari) g'o'zaning har tupiga 1,0-1,5 dona nisbatda (10 tup g'o'zaga mos sonda qandala) janubiy va shimoliy tumanlarda g'o'zada qandalalar turli vaqtlarda tarqalishini inobatga olib tajribalarimizni erta va kechroq davrlarda olib bordik. Tajribada har bir sadok alohida ahamiyatga ega bo'lib, shuning uchun har bir sadok raqamlanib, ichiga qo'yilgan tajriba tasnifi yozib qo'yildi. Tajribalarda har bir variant 3 qaytariqda amalga oshirilib, nazorat variantidagi o'simliklar toza (zararkunandasiz) qoldirildi. Mavsum mobaynida har o'n kunlikda o'simlikda hosillarning paydo bo'lishi, zararlanishi, to'kilishi hamda ko'sak paydo bo'lib ochilishi hisob-kitob qilinib, biologik hosildorlik bilan yakun yasaldi.

Qandalalarining g'o'za hosiliga keltiradigan zararini o'rganish ustida olib borilgan tadqiqot natijalarini jadvalda keltirdi.

Ingichka tolali g'o'zaning beda qandalasi, dala qandalasi va g'o'za qandalasi bilan zararlanganida olingan biologik hosildorlik.

Sadoklarda bajarilgan tajriba, Surxondaryo vil,, Angor tumani, O'KHITI tajriba dalasi, g'o'za navi-"SP 1607", 2022yil.

Blok O'Qning Beda qandalasi Dala qandalasi G'o'za qandalasi

qafasdagi

o'simlikl ar soniga nisbati

Jami hosil- Nazoratdan farqi Jami hosil- Nazoratdan farqi Jami hosil- Nazoratdan farqi

dorlik, s/ga dorlik, s/ga dorlik, s/ga

s/ga (+ ko'p % (+ s/ga (+ s/ga (+ ko'p s/ga (+ % (+

- kam) ko'p - kam) ko'p - kam) - kam) ko'p - kam) ko'p - kam)

Ö 1:1 25,4 -4,1 -13,9 26,2 -2,7 -9,3 12,0 -15,0 -55,5

S * $ T3 G

«N tí <N g vo H O c3 Í-H m d <N N 1:1,5 21,6 -7,9 -26,7 24,4 -4,5 -15,6 9,0 -18,0 -66,6

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Nazorat(qandal asiz) 0 29,5 - - 28,9 - - 27,0 - -

Tajriba maye onida ko'chat qalinligi - 55 000 ko'chat/ga bo'l gan,

Jadvaldan ko'rinib turganidek yakunda birinchi va ikkinchi terimdan olingan biologik hosildorlik 1/ga sentnerda nazoratga nisbatan hisob qilinganda 1:1 nisbatdagi tajribada - 4,1 s/ga (-13,9 % ga), 1:1,5 nisbatda qo'yilgan tajribadan olingan hosil esa nazoratga variantlardan olingan hosilga nisbatan -7,9 s/ga yoki -26,7 % ga kam bo'ldi.

Xuddi shu tajriba bir vaqtning o'zida dala qandalasida ham amalga oshirildi. Yakunda birinchi va ikkinchi terimdan olingan biologik hosildorlik 1/ga sentnerda nazoratga nisbatan hisob qilinganda 1:1 nisbatdagi tajribada -2,7 s/ga (-9,3 % ga), 1:1,5 nisbatda qo'yilgan tajribadan olingan hosil esa nazoratga variantlardan olingan hosilga nisbatan - 4,5 s/ga yoki -15,6 % ga kam bo'ldi.

Xuddi shunday tajriba bir vaqtning o'zida g'o'za qandalasida ham amalga oshirildi. Yakunda birinchi va ikkinchi terimdan olingan biologik hosildorlik 1/ga sentnerda nazoratga nisbatan hisob qilinganda 1:1 nisbatdagi tajribada -15,0 s/ga (55,5 % ga), 1:1,5 nisbatda qo'yilgan tajribadan olingan hosil esa nazoratga variantlardan olingan hosilga nisbatan -18,0 s/ga yoki - 66,6 % ga kam bo'ldi.

XULOSA

Ushbu yuqoridagi ma'lumotlar asosida xulosa qilinganda eng kam zarar 1:1,5 nisbatda -15,6% xisobida dala qandalasida kuzatilgan bo'lsa, eng yuqori zarar 1:1,5 nisbatda -66,6% xisobida g'o'za qandalasida kuzatildi. Demak g'o'za qandalasi ingichka tolali g'o'zada ham o'simlikxo'r qandalalar ichida eng xavfli zararkunanda ekanligini ko'rsatdi. Shunisi ahamiyatliki g'o'za , dala va beda qandalalari o'rta tolali g'o'zaga nisbatan ingichka tolali g'o'zani 10-20% gacha kamroq zararlashi kuzatildi.

REFERENCES

1. Alimuximedov S.N., Xodjaev Sh.T., Eshmatov O.T. Rekomendatsii po borbe s vredntimi klopami, zaselyayu^imi xlopchatnik. - Tashkent, 1984. - 14 s.

2. Xo'jaev Sh.T., Sattarov N.R., Musaev D.M. Zararli qandala hasharotlar haqida nimalarni bilmoq kerak. Ilmiy-ommabop ocherk. -Toshkent, 2018. -B.64.

3. Sharofovich, B. O. (2022). WATER-FERTILIZER (NPK) STANDARD IRRIGATION REGIMES OF "BUKHARA-102" AND "PORLOQ-1" COTTON VARIETIES. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 70(12), 816-818.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.