Научная статья на тему 'EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O’G’ITLARNING AHAMIYATI'

EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O’G’ITLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
393
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mikroorganizim / propagule / paxta / g’alla / sinov / biologik / hosildorlik / gumifiktsiya. / microorganism / propagule / cotton / grain crops / test / biological / harvest / humification.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich, Mõminjonova Zohidaxon Abduqunduzovna, Mamadaliyev Avazbek

Maqolada tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda turli mikroorganizimlar arlashmasidan tayyorlanga mikrobiologik o’g’itlarning paxta va g’alla ekinlarida o’tkazilgan sinov natijalari keltirilgan.o’tkazilgan sinov natijalari asosida paxta hosildorligi nazaoratga nisbatan 8,5ts/g ava g’alla hosildorligi10,7ts/ga oshganligi kuzatilgan. Shuningdek tuproqdagi mikroorganizmlar propagulalari soni 9-16 mln donaga ko’payishiga erishilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the results of studies of microbiological fertilizers prepared from a mixture of various microorganisms on cotton and grain crops to increase soil fertility and crop productivity. According to the results of the experiments, it was noted that the cotton yield increased by 8.5 c/hе, and the grain yield by 10.7 c/hе in comparison with the control. The number of reproduction of microorganisms in the soil also increased by 9-16 million propagules.

Текст научной работы на тему «EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O’G’ITLARNING AHAMIYATI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

EKINLAR HOSILDORLIGINI OSHIRISHDA MIKROBIOLOGIK O'G'ITLARNING AHAMIYATI Teshaboyev Nodirbek Ikromjonovich

Farg'ona davlat universiteti, zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Telefon- 99894-395-92-59, teshaboyevnodirbek444@gmail.com Mominjonova Zohidaxon Abduqunduzovna, Mamadaliyev Avazbek

Dorivor o'simliklar yetishtirish texnolgiyasi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7333206

Annotatsiya. Maqolada tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda turli mikroorganizimlar arlashmasidan tayyorlanga mikrobiologik o'g'itlarning paxta va g'alla ekinlarida o'tkazilgan sinov natijalari keltirilgan.o'tkazilgan sinov natijalari asosida paxta hosildorligi nazaoratga nisbatan 8,5ts/g ava g'alla hosildorligi10,7ts/ga oshganligi kuzatilgan. Shuningdek tuproqdagi mikroorganizmlar propagulalari soni 9-16 mln donaga ko'payishiga erishilgan.

Kalit so'zlar: mikroorganizim, propagule, paxta, g'alla, sinov, biologik, hosildorlik, gumifiktsiya.

Аннотация. В статье представлены результаты исследований микробиологических удобрений,приготавленных из смеси различных микроорганизмов на хлопковыхи зерловых культурах для повышения плодородия повых иузщжайности сельскохозяйственных культур. По результотам опытов отмечено,что урожайхлопка увеличился на 8,5ц/га, а урожай зерна на 10,7ц/га по сравнению с контролем. Количество размножений микроорганизмов в почве также увеличилось на 9-16 млн.пропагулов.

Ключевые слова: микроорганизм,пропагула, хлопчтник, зерновых, тест, биологический, урожай, гумификация.

Abstract. The article presents the results of studies of microbiological fertilizers prepared from a mixture of various microorganisms on cotton and grain crops to increase soil fertility and crop productivity. According to the results of the experiments, it was noted that the cotton yield increased by 8.5 c^е, and the grain yield by 10.7 ch in comparison with the control. The number of reproduction of microorganisms in the soil also increased by 9-16 million propagules.

Keywords: microorganism, propagule, cotton, grain crops, test, biological, harvest, humification.

Kirish. Tuproqning mikrobiologik faolligi uning unumdorligida muhim o'rin tutadi. Chunki tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar gumifikatsiya - degumifikatsiya harakterini,tuproqni harakatchan oziq moddalar bilan taminlanganligini belgilaydi. Ular o'z navbatida tuproqning boshqa agrokimyoviy va agrofizik xossalariga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun tuproq biologik faolligini o'rganish dolzarb masala hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ekin maydonlari holatlari, sifati, tuproq tarkibi, ularda kechuvchi kimyoviy va biologik, ayniqsa mikrobiologik jarayonlarni o'rganish va boshqarish usullarini yaratish, tuproq strukturasini yaxshilash, unumdorligini oshirish eng asosiy va dolzarb vazifalardan biridir. Ushbu masalalarni yechish tabiatda- gi ekologik muvozanatni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish kabi muammolarni o'z ichiga oladi[ 1,2,3].O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan, atrof muhitga zararsiz, eko-logik toza, arzon, saqlashga va ishlatishga qulay bo'lgan hamda yuqori samaradorligi bilan ajralib turadigan

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

Biofosgu mikrobiologik o'g'iti yaratilgan.Biologik o'g'it - mikroskopik tuproq zamburug'larining assotsiatsiyasidan tarkib topgan.Fos-forli o'g'itlardan u fosforit uni, organik tashkil etuvchilar sifatida to'kilgan barg, yirik qoramol go'ngi hamda natriy gummatini o'z ichiga olgan.Yuqorida ko'rsatib o'tilgan kompo-nentlarning umumiy hajmiga nisbatan natriy gummati 0,02% ni tashkil qiladi. Mikrobiologik o'g'itlarni to'g'ridan - to'g'ri tuproqqa solinishi, suv bilan oqizilishi, urug'ni namlab eki- lishi, vegetatsiya davrida o'simliklarga purkalishi yoki ekishdan oldin tuproqqa solinishi ham mumkin.Tuproq unumdorligini va ekinlar hosildorligini oshirishning eng asosiy usullari-dan biri Biofosgu biopreparatini qo'llash bu muammolarga qaratilgan tadbirlar hisoblanib amaliyotda qo'llanilmoqda.Tadqiqot natijalari. G'o'za hosildorligini oshirish-da "Biofosgu" mikrobiologik o'g'itining samaradorligi. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi paxta maydonlarida tipik bo'z tuproqlarni tabiiy, antropogen omillar ta'sirida o'zgarish jarayonlarini o'rganish maqsadida dala tajribalari quyilib, tuproq mikrobiologik faolligi variantlar asosida kuzatildi.Tajribada tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida Biofosgu bio-preparati, go'ng, biogumus va ma'danli o'g'itlar qo'llanilib, tuproq mikrobiologik jarayonlari kuzatildi.Shu borada Bio- fosgu qo'llanilgan variantlarda g'o'zaning hosildorligi nazo-ratga nisbatan 8,5 sentnerga yuqoriligi kuzatildi. O'rganilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki,tuproqda yashovchi mikroorganizmlar miqdori o'simliklarning yaxshi o'sib rivojlanishiga va hosildorligiga ijobiy ta'sir etar ekan. Tuproqda mikroorganizmlar miqdorining oshishi tuproqqa beriladigan mineral o'g'itlarning o'simlik o'zlashtira ola-digan holatiga o'tishida va tuproqda organik moddalarning tez parchalanishida hamda yuqori va sifatli hosil olishda asosiy ahamiyat kasb etadi. Biofosgu faol bioo'g'iti mikro-organizmlardan iborat. Tajribalar Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani M.Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik IICH korporatsiyasi filialining 10 gektarlik paxta maydonlarida o'tkazildi. Biofosgu faol biougiti bilan g'o'zaning "Buxoro-102" navi urug'lik chigitining xar 60 kilogrammiga 500 ml miqdorida aralashtirib, 6 soat dimlab, 2013 yilning 12 aprel kuni 10 gektar maydonga ekildi. 27 aprel kuniga kelib ko'chatlar to'liq undirib olindi. Ko'chatlar 5-6 ta shonalaganda har gektariga preparatdan 1 litr hisobida olib, 600 litr suvga aralash-tirib OVX purkagichi bilan purkab chiqildi.G'o'za maydonlari ikki marta sug'orildi. 4 marta kultivatsiya qilinib, 250 kg dan azotli o'g'it berildi. Kuzatuv davomida g'o'za maydonlarida kasallik uchramadi. Zararkunandalardan o'rgimchakkana va beda qandalasi bo'lganligi sababli 5% k.e "Dalate" preparati bilan ishlov o'tkazildi. 2013 yil 16 iyul kuni Biofosgu ishlatilgan tajriba maydonlarida g'o'zaning bo'yi 1,40 sm bo'lib, har bir tupda 100 ta hosil elementi, shundan 15 ta ko'sak, 5 ta gul, 80 ta shona borligi aniqlandi. Nazorat dalada har bir tup g'o'zada 26 ta hosil elementi, shundan 5 ta ko'sak, 3 ta gul, 18 ta shona borligi kuzatildi. G'o'zaning bo'yi 70 sm ni tashkil qildi. 2013 yilning 10 sentyabr kuni paxtalar terib olindi va Qiziriq paxta OAJning paxta qabul qilish maskaniga jo'natildi. Bunda Biofosgu ishlatilgan daladan birinchi terimda 25,5 sentner, ikkinchi terimda 18 sentner, jami har gektar maydondan o'rtacha 43,5 sentner hosil olindi. Nazoratdagi daladan esa 35 sentnerdan hosil yig'ishtirib olindi. Qiziriq paxta OAJ ning paxta qabul qilish mar-kaziy laboratoriyasidagi tahlil natijalari quyidagicha bo'ldi. 1-rasmdan ko'rinib turibdiki, paxtaning namligi nazorat variantda 6,5%, tajribada esa 6% ni tashkil etdi, Bir chanoqdagi paxtaning og'irligi nazoratda 5-5,5 va tajri-bada 6-6,5 grammni tashkil qildi. Har gektaridan umumiy hosildorlik nazoratda 25,5 s/ga, tajribada esa 43,5 s/ga ni tashkil qilib, har gektaridan o'rtacha 8,5 s/ga qo'shimcha hosil olishga erishildi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Demak, tuproq unumdorligini yaxshilani-shi va tuproqdagi foydali zamburug'larning ko'payishi g'o'za hosildorligining oshishiga sabab bo'ldi (1-rasm).

1-rasm. Biofosgu faol bioo'g'iti bilan ishlov berilgan g'o'zaning laboratoriya ko'rsatkichlari. (Qiziriq paxta OAJ ning paxta kabul kilish markaziy laboratoriyasidagi taxlil natijalari, 2013.10.09). G'alla ekinlari hosildorligini oshirishda "Mikro-o'stirgich" mikrobiologik o'g'itining samaradorligi."Mikroo'stirgich" mikrobiologik o'g'itining tarkibi asosan Trichoderma harzianum, Fusarium moniliforme, Aspergillius terreus, Pénicillium canescens tuproq zamburug'lari assotsiyasidan iborat. Ushbu o'g'itni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi "Kizirik bog'i" fermer xo'jaligining 6 ektarlik dalasiga 2012 yil 20 noyabrda ekilgan "Grom" bug'doy navida sinovdan o'tkazdik. Buning uchun "Mikroo'stirgich" mikrobiologik o'g'itidan bug'doyning maysalash va naychalash fazalarida har gektariga 0,5 litrdan OVX agregati bilan purkash usulida qo'lladik. Bunda bir gektarga 200 litr suyuqlik sarflandi. "Grom" bug'doy navi 2013 yil 5 iyun kuni pishib yetildi va 10 iyun kuni "Klass" kombaynida o'rib olindi. "Grom" bug'doy navining tajribadagi bir boshog'ida 53-57 dona to'liq shakllangan don borligi, nazoratda esa bir boshokda 34-35 ta don borligi kuzatildi. Tajriba dalasida 43 s/ga, nazoratda 32,3 s/ga hosil olindi. "Mikroo'stirgich" ishlatilgan daladagi bug'doy bo'yi nazoratga nisbatan 10-15 sm baland bo'ldi. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani don qabul qilish maskani laboratoriyasida "Grom" bug'doy navi tahlil qilinganda namligi 10,4 foiz, iflosligi 4,6 foiz, natura 763 g/l, donli aralashmasi 7,3 foiz, shaffofligi 54 foiz, kleykovina miqdori (yopishkokligi) 25 foizni tashkil qildi. Hosil 43 s/ga teng bo'ldi. "Grom" bug'doy navining ko'chatlari barglarida ko'ng'ir zang kasalligi yo'qligi kuzatildi.Nazoratda esa "Grom" bug'doy navining namligi 10,4 foiz, iflosligi 4,6 foiz, natura 743 g/l, donli aralshma 7,3 foiz, shaffofligii 50 foiz va kleykovina 23 foiz, nazorat maydonda "Grom" bug'doy navi ko'chatlarining barglarida qo'ng'ir zang kasalligi uchradi. Hosildorlik 32,3 s/ ga ni tashkil etdi (2-rasm).

□ □ □□

□ Nazorat DTajnba

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

900 800 700 600 500 400 300 200 100 0

2-rasm. Mikroo'stirgich bioo'g'iti bilan ishlov berilgan bug'doyning laboratoriya ko'rsatkichlari. (Qiziriq tumani don kabul kilish maskani laboratoriyasi taxlil natijalari, 2013.10.07).Xulosa. Yuqorida o'tkazilgan tajribalardan shu narsalar ma'lum bo'ldiki Biofosgu biologik o'g'iti paxta hosildorligini 8,5 s/ga oshirgan bo'lsa, Mikroo'stirgich" faol bioo'g'iti bug'doy hosildorligini 10,7 s/ga oshirishi kuzatildi. Ushbu biologik o'g'itlar o'simliklarni baquvvat o'sishini ta'minlash bilan bir qatorda tuproqning biologik tirikligini o'yg'otishda asosiy manba hisoblanadi. Shu bilan birga yuqori sifatli ekologik toza mahsulotlar yetishtirishda asosiy rol o'ynaydi. Biologik usullar yor damida sug'oriladigan tuproqlarda mikroorganizmlarning o'sib rivojlanishi, dastlabki tuproqqa nisbatan 9-16 mln dona hujayraga ko'payganligi tajriba davomida aniqlandi.

REFERENCES

1. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

2. Teshaboyev, Nodirbek, et al. "ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY." Конференции. 2021.

3. Эшпулатов, Ш. Я., Тешабоев, Н. И., & Мамадалиев, М. З. У. (2021). ИНТРОДУКЦИЯ, СВОЙСТВА И ВЫРАЩИВАНИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО РАСТЕНИЕ СТЕВИЯ В УСЛОВИЯХ ФЕРГАНСКОГО ДОЛИНЫ. Евразийский Союз Ученых, (2-2 (83)), 37-41..

4. Тешабоев, Н. И., & Бобоев, Б. К. (2022). Влияние качества зернопроизводства на эффективность урожая. Science and innovation, 1(D3), 31-34.

5. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.

6. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

7. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. vlil. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

8. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1080-1082.

9. Жамолов, Р., & Абдуллаева, Г. Х, айдарова, Н., & Тешабоев, Н.(2021, August). In THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1 (Vol. 1334).

10. Xaydarov, J., Teshaboyev, N., Mamadaliyev, M., & Voxobova, S. (2021, July). QUARANTIC FACILITIES OF PLANTS IN GREENHOUSES AND WAYS TO INCREASE THE EFFICIENCY OF FIGHTING AGAINST THEM. In Конференции.

11. N Teshaboyev, M Teshaboyeva, Z Sheraliyeva... (2022) KUZGI BUG 'DOYNI ASRNAVI HOSILDORLIGIGA URUG 'EKISH MUDDATLARINI TA'SIRI - Science and innovation,1/122-125

12. Турдалиев А. Т., Аскаров К. А., Мамажонов Г. Г. У. АГРОЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ГИДРОМОРФНЫХ ПОЧВ ЦЕНТРАЛЬНОЙ ФЕРГАНЫ //В журнале представлены научные обзоры, статьи проблемного и научно-практического характера. -2022. - С. 66.

13. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

14. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Сиддикова, Гулзира Сайдулло Кизи; Комилов, Хусниддин Акрамжон Угли ХАРАКТЕРИСТИКА СКЕЛЕТНОСТИ ДЕФЕЛИРОВАННЫХ СВЕТЛЫХ СЕРОЗЕМОВ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ И ПУТИ К ИХ УЛУЧШЕНИЮ. - OOO «Science and innovation»

15. Эшпулатов Ш., Тешабоев Н., Мамадалиев М. INTRODUCTION, PROPERTIES AND CULTIVATION OF THE MEDICINAL PLANT STEVIA IN THE CONDITIONS OF THE FERGHANA VALLEY //EurasianUnionScientists. - 2021. - Т. 2. - №. 2 (83). - С. 37-41.

16. Тешабоев, Нодирбек Икромжонович; Бобоев, Бахромжон Кенжаевич. ВЛИЯНИЕ КАЧЕСТВА ЗЕРНОПРОИЗВОДСТВА НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ УРОЖАЯ. OOO «Science and innovation»2022. - 31-34с.

17. Тешабоев, Нодирбек; Абдурахимова, Мухабатхон; Эшпулатов, Алишер; Мах,камова, Дилёра. ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY:// RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES. - 2021.

18. Юлдашев Г., Турдалиев А. Геохимические особенности циклических элементов в агроландшафтах пустынь //Аграрная наука. - 2014. - №. 1. - С. 10-12.

19. Жамолов, Р., Абдуллаева, Г., Х,айдарова, Н., & Тешабоев, Н. (2021, August). THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1334. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

20. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). ECOLOGICAL CULTURE IS A DEMAND OF TODAY. In Конференции.

21. Тургунов, А., Тешабоева, М., & Мамажонова, Н. (2014). ПОТРЕБНОСТЬ РАСТЕНИЙ В БИОПРОДУКТАХ. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 126-128).

22. Teshaboyev, N., Muqimov, Z., & Abduraximova, M. (2021, July). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS. In Конференции.

23. Тешабоев, Н., Мамадалиев, М., Абдуллаева, Г., & Матмисаева, Ш. (2021, August). FIGHT AGAINST THE SPIDER IN THE FIG: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1400. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

24. Nodirbek, T., Muhammadkarim, M., & Zohidjon, M. (2021). Natural screen sanded sands field water capacity. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 1080-1082.

25. Турсунов, С., Тургунов, А., Тешабоева, М., & Ашуров, Х. (2014). ОПЫТ ВЫРАЩИВАНИЯ ДВУХ УРОЖАЕВ С ОДНОГО ПОЛЯ ЗА ОДИН ГОД. In БИОРАЗНООБРАЗИЕ И РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ПРИРОДНЫХ РЕСУРСОВ (pp. 70-42).

26. Кодиров, Ж., Тешабоев, Н., Тешабоева, М., Абдуллаева, Г., & Мухторов, Ш. (2021, August). PRODUCTION POSSIBILITIES OF AUTUMN WHEAT VARIETIES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1405. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.