Научная статья на тему 'INFORMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHI TAFAKKURINI O’STIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI'

INFORMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHI TAFAKKURINI O’STIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
362
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tanqidiy tafakkur / muammo / ko’nikma / hissiy boshqaruv / axborot / ijtimoiy bosim. / critical thinking / problem / skill / emotional management / information / social pressure.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O. Shoxobaliyeva

Ushbu maqolada informatika darslarida o’quvchilarni tafakkurini o’stirishning yo’llaridan biri hisoblangan tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usulidan foydalanib 5-9 sinflar misolida ko’rib chiqilgan. Bundan tashqari, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi kelib chiqish tarixi, maqsadi, o’quvchi va o’qituvchiga qo’yadigan talablari, J.Dyuining fikri va bu texnologiyadan o’quvchilarga ta’siri natijasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' THINKING IN INFORMATICS LESSONS

In this article, using the example of students in grades 5-9, the use of the methodology for the development of critical thinking, which is one of the ways to develop the thinking of students in computer science lessons, is considered. In addition, the history of the technology for the development of critical thinking, its purpose, requirements for students and teachers, J. Dewey's opinion and the impact of this technology on students are covered.

Текст научной работы на тему «INFORMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHI TAFAKKURINI O’STIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

INFORMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHI TAFAKKURINI O'STIRISHNING

ILMIY-METODIK ASOSLARI Shoxobaliyeva Oygul Bobir qizi

Andijon davlat pedagogika institute, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti ,Informatika va aniq fanlar

kafedrasi , Informatika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7125848

Annotatsiya. Ushbu maqolada informatika darslarida o'quvchilarni tafakkurini o'stirishning yo'llaridan biri hisoblangan tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usulidan foydalanib 5-9 sinflar misolida ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi kelib chiqish tarixi, maqsadi, o'quvchi va o'qituvchiga qo'yadigan talablari, J.Dyuiningfikri va bu texnologiyadan o'quvchilarga ta'siri natijasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: tanqidiy tafakkur, muammo, ko'nikma, hissiy boshqaruv, axborot, ijtimoiy

bosim.

НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ РАЗВИТИЯ МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ИНФОРМАТИКИ

Аннотация. В данной статье на примере учащихся 5-9 классов рассматривается использование методики развития критического мышления, которая является одним из способов развития мышления учащихся на уроках информатики. Кроме того, освещается история технологии развития критического мышления, ее назначение, требования к учащимся и преподавателям, мнение Дж. Дьюи и влияние этой технологии на учащихся.

Ключевые слова: критическое мышление, проблема, навык, управление эмоциями, информация, социальное давление.

SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' THINKING IN INFORMATICS LESSONS

Abstract. In this article, using the example of students in grades 5-9, the use of the methodology for the development of critical thinking, which is one of the ways to develop the thinking of students in computer science lessons, is considered. In addition, the history of the technology for the development of critical thinking, its purpose, requirements for students and teachers, J. Dewey's opinion and the impact of this technology on students are covered.

Keywords: critical thinking, problem, skill, emotional management, information, social pressure.

KIRISH

Ma'lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish "Ilmu-ma'rifat, ta'lim va tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan" - deganida ham ta'lim va tarbiyaning inson ma'naviyatidagi o'rniga to'xtalgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayniqsa, umumta'lim maktablari o'quvchilarining ma'naviyat kamolotini o'stirish, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatishda, nutq o'stirish va noan'anaviy dars o'tishning o'rni beqiyosdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METOGOLOGIYASI

Fan va texnika jadal suratda rivojlanib borayotgan davrda, texnologiyalardan foydalanib dars o'tish o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Kelajagimiz bo'lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o'tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o'zini mas'ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi. Informatika darslarida o'quvchi tafakkurini o'stirishda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

metodologik asoslarini birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning adabiyot, falsafa, tarix va ta'lim - tarbiyaning yosh avlod taffakurini shakllantirishdagi ko'rsatmalari, fikr mulohazalari belgilaydi. Shuningdek, yuqorida ko'rsatib o'tilgan olimlarimizning ilmiy nazariy qarashlari ham asos qilib olindi.

Informatika darslarida o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning yo'llaridan biri bu tanqidiy tafakkurini o'stirish bo'lib, bu usul boshqa usullardan oson tushunishi va qisqa muddatda ta'sirini o'tkazishi bilan farq qiladi. Endi tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi hususida fikr mulohazalar yuritsak.

Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va CH Templlar tomonidan taklif etilib, "tanqidiy tafakkur" atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi [1]. Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o'quvchilarda o'quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig'ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to'g'ri-noto'g'ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o'quvchilar kundalik turmushda ro'y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.

Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O'quvchilar muayyan muammoni yechish bilan shug'ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo'ladi. Shu sababli, o'quv jarayonining boshlang'ich nuqtasida mavzuga mos qandaydir muammoni vujudga keltirish, muammoli topshiriq yoki savollar berish kerak bo'lib, o'quvchining faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o'zining shaxsiy yo'lini izlagandagina, o'quvchi haqiqatan ham fikrlaydi»[2]. Masalan, o'qituvchi chiziqli dasturga doir bitta masala dasturini tuzish yo'liga ko'rsatma bersa, o'quvchi shu dasturni tuzib shunga o'xshash masalalarni o'zi izlab topishi, uning dasturini tuzib, yechimni olishi va yechimni masaladagi o'zgaruvchi o'rniga qo'yib to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida o'z qarorlarini chiqarishini misol qilib ko'rsatishimiz mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari asosidagi dars an'anaviy darsdan farq qiladi. Darsda o'quvchilar passiv bo'lmaydilar, balki, asosiy faoliyat yurituvchilar bo'lib, o'qiydilar, o'ylaydilar, izlanadilar, kerak bo'lganda yozadilar, o'qiganlarini bir-birlari bilan muhokama, tahlil, munozara, himoya qiladilar. Bunda o'qituvchining roli boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchilikdan iborat bo'ladi. Informatikani o'qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish o'quvchilarda quyidagi natijalarni beradi:

1) axborotlarni qabul qilish va idrok etish(to'g'ri, noto'g'ri, yaxshi, yomon va h.k.)ni takomillashtiradi;

2) o'rganilayotgan o'quv materiali va o'quv jarayoniga qiziqishni oshiradi;

3) tanqidiy fikrlash jarayonini rivojlantiradi;

4) tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlash qobiliyatini shakllantiradi;

5) o'quvchilarni sifatli ta'lim olishlarini ta'minlaydi.

6) darsda ochiqlik, oshkoralik va mas'uliyatli hamkorlik muhitini yaratishga erishiladi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7) o'quv jarayonida tanqidiy fikrlash, mustaqillikka hissa qo'shadgan metodlardan foydalanish qobiliyatinishakllantiradi

8) boshqa pedagoglar uchun qimmatli manbani yaratishga hissa qo'shadi.

Informatikani o'qitishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalaridan dars

jarayonida foydalanish o'qituvchiga quyidagi talablarni qo'yadi:

- fanni o'qitish maqsadini qo'yishda o'quvchilarda o'zini-o'zi o'zgartira oladigan qobiliyatlarni shakllantirishga e'tibor qaratish;

- mavzularni o'rgatish mazmunida o'quvchilarning izlanishi va amaliy ko'nikmalarini mazmunli bo'lishini ta'minlaydigan ilmiy tushunchalar tizimini ajratib olish va o'quvchilarga yetkazish;

- darsda guruh o'quvchilarini turli kichik guruhlarga ajratish, mos topshiriqlarni berish, topshiriqlarni bajarish jarayonida interfaol dialogni amalga oshirish

- darsda o'qituvchining shiori "O'yla, top va bajar" bo'lishiga erishish;

- darsda o'quv jarayonining boshqaruvchisi, maslahatchi, o'quv jarayonini hamkorlikda tashkil etuvchisiga aylanib borish;

- darsda o'quvchilarning motivatsiyasini vujudga keltirish, ularni faollikka undash, interfaollikni shakllantirish va h.k.

O'quvchilarga esa qo'yiladigan talablar quyidagicha bo'ladi:

- darsda diqqatni o'qituvchiga qaratish, faol bo'lishga harakat qilish;

- ilgari o'rganilganlarni tortinmay bayon qilish;

- guruhdoshlar bilan hamkorlikda, o'qituvchidan tushunmaganlari va bilmaganlarini tortinmay so'rab olishga erishish;

- berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida, erinmay bajarish, mustaqil fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, tengdoshlari fikrini tahlil etish, muzokara, muhokamalarda faol ishtirok etib borish va h.k[3].

5-9 sinf o'quvchilari uchun tanqidiy fikrlashni rivojlantirish o'zlashtirilgan ko'nikmalar va rivojlanishning dastlabki ikki bosqichida duch kelgan qiyinchiliklarga asoslanib rivojlanadi. Bu ko'nikmalar bolaning yetukligiga qarab mustahkamlanishi kerak. Rivojlanishning birinchi bosqichida tanqidiy fikrlashning to'rtta asosiy jihati dolzarb hisoblanadi. Bular quydagilar:

• Fikrni munozaraga asoslangan tanqidiy fikrlash;

• O'z-o'zini hurmat qilishni rivojlantirish, tanqidiy fikrlashning asosi;

• Hissiy boshqaruv, tanqidiy fikrlashning zaruriy sharti;

• Tanqidiy fikrlashning ijtimoiy normasi.

Shuningdek, bu davrda tanqidiy fikrlash va fikr yuritish ko'nikmalarini egallashda yangi elementlar paydo bo'lganini ko'rishimiz mumkin. Bu oraliqdagi o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishni ko'rib chiqishda bular muhim ahamiyatga ega:

• Munozaradan tashqari fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;

• Balog'at yoshi va uning qiziqishlar, o'z-o'zini hurmat qilish va hissiy boshqaruv nuqtai nazaridan ta'siri;

• Raqamli dunyo, o'yin, internet va rivojlanayotgan ijtimoiy hayot.

MUHOKAMA

Ushbu paydo bo'lgan yangi elementlardan keyingi sinflar davrida kognitiv tizimning yetukligi va ijtimoiy hayotning o'zgarishi bilan yangi omillar to'plami qo'shiladi. Bu omillar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'quvchilarni tanqidiy salohiyatini sezilarli darajada oshiradi, shu bilan birga uni muayyan jihatlarda cheklaydi. Bu omillar:

• Rasmiy mantiqning rivojlanishi, yanada murakkab va mavhum fikrlash yo'nalishlariga imkon beradi.

• Yangi ijtimoiy bosimlar, shu jumladan tengdoshlar bosimi va ijtimoiy integratsiyadan xavotirlar. O'rnatilgan ijtimoiy tuzumni tanqid qilishga moyil bo'lgan guruhlar va to'dalarning ta'siri ham guruh ichidagi munosabat va fikrlash tarzida mos kelishiga olib kelishi mumkin.

• Axborot manbalarini tanqidiy tahlil qilish va sharhlash ko'nikmalarini mustahkamlash.

• Guruh loyihalarida tanqidiy fikrlash va fuqarolik va ijtimoiy taraqqiyot elementi sifatida[4] .

XULOSA

5-9 sinf oralig'idagi o'quvchilar rasmiy mantiqiy qoidalar va jarayonlarni o'zlashtirib, qo'llashni boshlaydilar. Oldingi bosqichlarda o'rganilgan ibtidoiy mantiqni endi o'quvchilarga keyingi bo'limlarda tasvirlangan yanada rivojlangan mantiqiy belgilar va lug'atlarni o'rgatish orqali yaxshilash mumkin. Yana shuni yodda tutish kerakki, tanqidiy fikrlash mantiqdan ancha uzoqroq bo'lib, kundalik dunyoda uchraydigan dalillar va ma'lumotlarga kengroq tatbiq etish vositalarini taklif qiladi. Bu davrida ijtimoiy bosimlar tezlashadi va internet va ijtimoiy media bilan bu bosimlar har oldingidan ham tezroq va kuchliroq harakat qiladi. Tanqidiy fikrlash, shuningdek, o'quvchilarga uzoq muddatli rejalar va usullarni yaratish orqali paydo bo'ladigan maqsadlarni tanlash va ularga erishishda muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Farberman V.L., Musina R.G., Jumaboeva F.A. Oliy o'quv yurtlarida oqiti shning zamonaviy usullari . - T., 2002;

2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. Ucheb.posobie.- Toshkent. TDPU 2003;

3. Oquv jarayonida ilg'or pedagogik va axborot texnologi yalarini qollash yo'llari. Uslubiy qollanma. Akademik S.S.G'ulomov umumiy rahbarligi ostida. - T.; TDIU 2005;

4. Mamarajabov Mirsalim. Interfaol ta'lim metodlari asosida informatika darslarini loyihalash va rejalashtirish amaliyoti.Informatika va uni o'qitish metodikasi dotsenti.TDPU.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.