Научная статья на тему 'INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI'

INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

250
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari / pedagogika / sifatli taʼlim / bolalar bilan ishlash / boshlangʻich sinf / sinf muhiti / pedagogik maslahatlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Turdali Muxtaraliyevich Sultanov, Sabina Marat Qizi Turginbaeva

Boshlangʻich maktabda oʻqishni endi boshlayotgan oʻquvchilar bilan ishlash, ularga taʼlim berish va xulq-atvorining rivojlanishiga erishish juda katta masʼuliyat talab etadi. Bunda, pedagogika muhim ahamiyatga ega, chunki u oʻqituvchilarga sinfni tashkil qilish uchun eng yaxshi tajribalar haqida tushuncha beradi. Bu ularga turli xil oʻquvchilar qanday oʻrganishlarini tushunishga imkon beradi, shuning uchun ular oʻz darslarini ushbu ehtiyojlarga moslashtirishlari mumkin. Natijada, bu ularning oʻqitish sifatini oshiradi, chunki u talabalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI»

jort^

gL

INDIVIDUAL YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Turdali Muxtaraliyevich Sultanov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

Sabina Marat qizi Turginbaeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich maktabda o'qishni endi boshlayotgan o'quvchilar bilan ishlash, ularga ta'lim berish va xulq-atvorining rivojlanishiga erishish juda katta mas'uliyat talab etadi. Bunda, pedagogika muhim ahamiyatga ega, chunki u o'qituvchilarga sinfni tashkil qilish uchun eng yaxshi tajribalar haqida tushuncha beradi. Bu ularga turli xil o'quvchilar qanday o'rganishlarini tushunishga imkon beradi, shuning uchun ular o'z darslarini ushbu ehtiyojlarga moslashtirishlari mumkin. Natijada, bu ularning o'qitish sifatini oshiradi, chunki u talabalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari, pedagogika, sifatli ta'lim, bolalar bilan ishlash, boshlang'ich sinf, sinf muhiti, pedagogik maslahatlar.

ABSTRACT

Working with students who are just starting to go to primary school, learning and developing behavior requires a lot of responsibility. At the same time, pedagogy is important because it gives teachers an idea of the best methods for organizing classes. This allows them to understand how different students learn so they can tailor their lessons to those needs. As a result, the quality of their teaching is improved, as it is well received by students.

Keywords: primary school teachers, pedagogy, quality education, work with children, primary school, school environment, pedagogical council.

Kirish

Boshlang'ich ta'lim o'quvchining turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf jamoasi, oila muhitdagi ahvolini o'zgartiradi, uning asosiy vazifasi o'qishdan iborat bo'lib qoladi. Yangi bilim, ko'nikma, malakalar egallashni boshlaydi. Ta'lim o'quvchidan muayyan

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

548

g

darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy zo'r berishlikni, faollikni, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar o'rnini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallay boradi. O'quvchi tengdoshlari bilan birgalikda muayyan bir sinf jamoasiga birlashtiriladi. Modomiki shunday ekan, sinf jamoasi va uning ahzolari bola oldiga ko'pchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa intilishlariga bo'ysundirish, o'zaro yordam, o'zaro hurmat, o'zaro talabchanlik, ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo'yadi. Ta'lim jarayonida o'quvchi oldiga qo'yiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib boraveradi.

Ta'lim va tarbiya jarayonlarining o'zaro bog'liqligi hamda aloqadorligi, yahni ularni yaxlit holda tushunish zaruriyati mboshlang'ich ta'lim o'quvchilari uchun tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilar ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funktsional bog'liq bo'lgan komponentlar majmuini ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim sifatida tahriflaydi1. Demak, o'zaro bog'liq hisoblangan ta'lim va tarbiya jarayonlari o'quvchi shaxsining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mazkur jarayonlar, birinchidan, ajdodlar tajribasining avlodlar tomonidan o'rganilishi, ikkinchidan, o'zlashtirilishi bo'lib, ularning ijtimoiy hayotga qo'shilishlarini tahminlab beruvchi yaxlit jarayon hisoblanadi. Demak, ta'lim va tarbiya jarayonlari o'quvchilarda shaxsiy xislatlar, insoniy fazilatlar, tushunchalar shakllanishiga hamda dunyoqarashining rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. Demak, uzluksiz ta'lim tizimining muhim bosqichlaridan biri sifatida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim va tarbiya jarayonlari quyidagi tamoyillarga muvofiq tashkil etilishi o'ziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi:

- davlat ta'lim standartlari talablarining bajarilishi majburiyligi;

- o'quvchilarda fan asoslari bo'yicha tizimli bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishning muhimligi bo'yicha shaxsiy tushunchalar va ehtiyojlarni rivojlantirishning zarurati;

- ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda uzluksizlik va uzviylikni tahminlash;

- ta'lim-tarbiya jarayonlarida tizimli, korporativ, vaziyatli, refleksiv, tabaqalashgan va innovatsion yondashuv texnologiyalarini tatbiq etish asosida barcha uchun qulay ta'limiy muhitni shakllantirish;

TypryHOB C.T. TaMHM Myaccacacu pax6ap^apu 6om^apyB ^ao^uHTH caMapagop^muHUHr Ha3apun acoc^apu // Kac6-xyHap TaMHMH.- 2006. - № 1. - E. 112.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies^n^heEduçationMproçes^

- ta'lim va tarbiya jarayonlari ishtirokchilarining mazkur jarayon subhektlari sifatida faoliyat ko'rsatishi zarurati, yahni ta'lim va tarbiya jarayonlarida subhekt-subhekt munosabatlarining qaror topishi;

- ta'lim va tarbiya jarayonlari subhektlari faoliyatining maqsadga yo'naltirilganligi, izchilligi va o'zaro bog'liqligi;

- ta'lim va tarbiya jarayonlari o'zaro boG'liq va aloqador bo'lgan komponentlar majmui ekanligi;

- harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o'zaro birligi;

- ta'lim va tarbiya jarayonlari yaxlit tizim sifatida tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o'zaro tahsir etish xususiyatlariga ega ekanligi.

Mazkur tamoyillarning mazmun-mohiyati, ahamiyati, ularga amal qilish zaruriyati ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishdan ko'zlanayotgan maqsadning strategik ahamiyat kasb etishini ifodalaydi. Bu vazifalarni amalga oshirishdan ko'zlanayotgan umumiy maqsad ham strategik xususiyatlarga ega bo'lib, har bir vazifani alohida amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadlar ham mazmun-mohiyatan bir-biri bilan uzviy boG'liq bo'lgan strategik rejalar tizimini ifodalaydi. Umumiy maqsadga erishish yo'nalishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonlarining tizimga xos xususiyatlar kasb etishi ta'lim va tarbiya jarayonlarni o'zaro bog'liq hamda aloqador tarzda tashkil etish zaruratini belgilaydi. Demak, o'quvchi shaxsini rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim - mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini o'zi tarbiya, mahlumot - mustaqil mahlumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit tizimning komponentlari sifatida inobatga olish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'yin faoliyati davrida bolaning aqliy fazilatlari va shaxsiy xususiyatlari jadal rivojlanadi va shakllanadi. O'yinda turli xil faoliyatlar mujasamlashadi, keyinchalik har bir faoliyat turi mustaqil ravishda o'z mahnosiga ega bo'ladi. O'yin faoliyati ruhiy jarayonlarning ham shakllanishiga tahsir qiladi. Ayrim o'yin turlari bolalarning barcha bo'g'inlariga mos kelishi mumkin, yahni jismoniy sifatlarni yaxlit holda tarbiyalashga qaratilgan o'yinlar ham borki, ularda turli jismoniy sifatlar ketma -ket rivojlanishi mumkin . O'yinlardagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, dunyoqarashinig kengayishi,

HKpaMOB A. Bom^aHFHH chh$ yKyBHHïïapHHHHr ^apaKarau yHHH^apHH y3^amTHpumHHH ax6opoт-кoммyннкaцнн TexHO^oraanapgaH $onga^aHu6 TaKOMH^amTHpum // negarorHKa $aH^apn 6yHHna $a^ca$a goKTopu (PhD) guccepTa^acu ABTOPE®EPATH. -Byxopo. Byx^y. 2021.-B. 12.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

550

jort^

uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga chuqurroq kirib borishi bilan bog'liqdir.

2.1-rasm. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga adaptatsiyalashning pedagogik modeli

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

551

jort^

gL

Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga adaptatsiyalash modeli ishlab chiqildi (2.1-rasm). Maqsadli komponent.

1.1. Ijtimoiy buyurtma sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablari Davlat ta'lim standarti talablari nazarda tutiladi.

1.2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga adaptatsiyalash modelning asosiy maqsadi qilib olindi.

2. Tashkiliy komponent.

2.1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga bo'lgan qiziqishini oshirish, didaktik o'yinlarni o'zlashtirish jarayonidagi asosiy muammolari bilan tanishish, o'quvchilarni moslshuvchanlik ko'nikmalarini shakllanishi .

2.2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga adaptatsiyalash orqali darsda qo'yilgan maqsadga erishilayotgani, tajribani mutaxassislar bilan muhokama qilib borish.

2.3. O'qituvchining darsga nazariy va amaliy tayyorgarlik hamda ta'lim-tarbiyaning tashkiliy shakllarini bo'yicha yangiliklar bilan tanishib borish. Zamonaviy o'quv vositalarini dars jarayoniga tatbiq qilish bo'yicha o'z ustida ishlash.

2.4. O'yin texnologiyalariga asoslangan o'quv reja va dasturlarga taklif, tavsiyalar ishlab chiqish.

Jarayonli komponent. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'yinlar texnologiyasi vositasida ta'limga adaptatsiyalashdagi shart-sharoit, tashkiliy shakllar, metodlar va vositalar, bosqichlarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent.: O'zbekiston. 2018. -B. 40.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2909-son qarori. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 18-son, 313-modda, 19-son, 335-modda, 24-son, 490-modda, 37-son, 982-modda.

3. Oxunjonova O. Ta'lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o'qitish metodikasi. , ped. f. n. dissertatsiya, -T.: 2009.

4. Palagina N.N. Voobrajenie u samogo istoka. - Bishkek: «Ilim», 2002.

5. PalaginaN.N.Razvitie voobrajeniya u detey vtorogo goda jizni// Doshk. vosp. -2003. - № 6. - S. 241.

6. Palagina N.N. Diagnostika urovnya voobrajeniya detey rannego vozrasta // Voprosq psixologii. - 1994. - № 5. - S. 12 -20.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

552

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.