Научная статья на тему 'INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI'

INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
68105
1975
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
inson / individ / shaxs / individuallik / xarakter / qobiliyat / ijtimoiy-tarixiy / mavjudot. / man / individual / person / individuality / character / ability / socio-historical / being.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nodira Muxiddin Qizi Jumayeva

Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonidagi tashqi, ichki xususiyatlarga ega ekanligi, ya’ni individ, shaxs, individuallik tushunchalarida namoyon bo’luvchi ma’lum bir obrazning shakllanishidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL, PERSONAL, INDIVIDUAL CONCEPTS

The fact that in the process of trying to understand the essence of man has external, internal features, that is, the formation of a certain image, which is reflected in the concepts of individual, person, individuality.

Текст научной работы на тему «INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI»

INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARI

Nodira Muxiddin qizi Jumayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti o'zbek

filologiya fakulteti III bosqich talabasi nodiramuxiddinovna2000@gmail .com

ANNOTATSIYA

Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonidagi tashqi, ichki xususiyatlarga ega ekanligi, ya'ni individ, shaxs, individuallik tushunchalarida namoyon bo'luvchi ma'lum bir obrazning shakllanishidir.

Kalit so'zlar: inson, individ, shaxs, individuallik, xarakter, qobiliyat, ijtimoiy-tarixiy, mavjudot.

INDIVIDUAL, PERSONAL, INDIVIDUAL CONCEPTS

ABSTRACT

The fact that in the process of trying to understand the essence of man has external, internal features, that is, the formation of a certain image, which is reflected in the concepts of individual, person, individuality.

Keywords: man, individual, person, individuality, character, ability, socio-historical, being.

Tirik mavjudotlar orasida inson eng murakkabidir. Odamzod tug'ilganidan so'ng, tashqi olam bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan uni tushinishga, o'rganishga harakat qila boshlaydi. Bunda turli xil davrlarni bosib o'tadi. Asta-sekinlik bilan o'zini ham anglay boshlaydi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki-yashirin xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular birlashgan holda individ, shaxs, individuallik tushunchalarida aks etuvchi muayyan obrazni shakllantiradi.

Individ - lotincha "individium" degan so'zdan kelib chiqqan bo'lib, "bo'linmaydigan" degan ma'noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir. Ya'ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog'lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat'iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o'sib-ulg'aygani sari u o'zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo'lib, ibtidoiy davrga xos bo'lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi.

Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o'zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o'taydi. U o'ta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, o'zini o'zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur ob'yekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig'i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga ko'ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini o'zida mujassam etadi. Uni har tomonlama o'rganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-ma'naviy me'yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go'zal va farovon bo'lishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot ne'matlaridan to'la foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko'rinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega bo'lgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat - bu uning individualligidir.

Individuallik - muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning o'zigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining o'ziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qo'yiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, ya'ni o'ziga xos belgilarga ega bo'lgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (ya'ni, bo'linmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida ma'lum bo'lgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik o'ziga xos xususiyatlarni va mazmunini yo'qotmay turib, boshqa bo'laklarga bo'linmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini e'tirof etgan. O'rta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bog'liq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits ta'limotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham o'z ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.

Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo'ladigan o'ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko'nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya'ni bir odamga xos bo'lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir.

Insonning tug'ilishidan tortib uning so'nggi nafasi qolgunicha bo'lgan davrda bosib o'tgan umr yo'lida pog'onama pog'ona o'zligini topadi. Shunday ekan, hayotimizda bo'ladigan har bir hodisa, uchraydigan har bir odam biz uchun tajriba bo'lib, individdan individuallikkacha o'zgartirib, yuksaltiradi.

REFERENCES

1. https://fayllar.org/individ-shaxs-va-individuallik.html

2. https://uz.wikipedia.org > wiki

3. E.G'.G'oziyev ,,Psixologiya" . - Toshkent 2008

4. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

5. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

7. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

8. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

9. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

10. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

11. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

12. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HrA XOCHHTH. Scientific progress, 1(3).

13. AMHpKynoBHH, X. y. (2021). TAPHX AAPCHAPHHH CAMAPA^OP^HrHHH OmHPHm^A MHHHATroPA^AP^AH OOH^A^AHHmHHHr HY^^APH. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.