Научная статья на тему 'IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID OTA-ONALARNING PEDAGOGIK SAVODXONLIKLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI'

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID OTA-ONALARNING PEDAGOGIK SAVODXONLIKLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Madjidova Dildora Abduxamidovna, Islamova Nilufar Sobirovna

Respublikamizda alohida ehtiyojli bolalarning barkamol rivojlanishini ta’minlashda ularga tibbiy, ijtimoiy, pedagogik-psixologik kompleks ko‘maklashish sohasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar rivojlanish imkoniyati har bir bolada mavjud ekanligini va bu rivojlanish imkoniyatini amalga oshirish faqatgina bolaning ota-onasi va mutaxassislarning yaqin hamkorliklaridagina yuz berishi, ya’ni oilaga yo‘naltirilgan yordam bo‘lishi zarurligini isbotlaydi. Bugungi kundagi siyosat – “har bir bolaning oilasi bag‘rida, oilaning azaliy urfodatlarini o‘zlashtirgan holda ulg‘ayishi”ga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID OTA-ONALARNING PEDAGOGIK SAVODXONLIKLARINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI»

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID OTA-ONALARNING PEDAGOGIK SAVODXONLIKLARINI SHAKLLANTIRISH

OMILLARI

1Madjidova Dildora Abduxamidovna, 2Islamova Nilufar Sobirovna

1pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim, O'zbekiston Pedagogika

fanlari ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim mudiri,

2Toshkent viloyati Yangiyul tumani 23-sonli maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11215757

Respublikamizda alohida ehtiyojli bolalarning barkamol rivojlanishini ta'minlashda ularga tibbiy, ijtimoiy, pedagogik-psixologik kompleks ko'maklashish sohasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ko'pgina ilmiy tadqiqotlar rivojlanish imkoniyati har bir bolada mavjud ekanligini va bu rivojlanish imkoniyatini amalga oshirish faqatgina bolaning ota-onasi va mutaxassislarning yaqin hamkorliklaridagina yuz berishi, ya'ni oilaga yo'naltirilgan yordam bo'lishi zarurligini isbotlaydi. Bugungi kundagi siyosat - "har bir bolaning oilasi bag'rida, oilaning azaliy urf-odatlarini o'zlashtirgan holda ulg'ayishi"ga qaratilgan. Albatta, imkoniyati cheklangan farzandning dunyoga kelishi shu oila a'zolaridan chidamlilikni, nafaqat ichki oilaviy imkoniyatlar, balki atrofdagi odamlar, jamiyat, hukumat taqdim etayotgan imkoniyatlardan o'z vaqtida foydalanish uchun o'zida kuch topa bilishni talab qiladi. Alohida ehtyojli bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga quyidagi tavsiyalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi:

1. Farzandingizni qanchalik sevishingizni doimo yodda tuting. Siz unga qanchalik kerak bo'lganingiz kabi u ham sizga kerak. Go'dagingiz to'g'risida, avvalo, o'ziga xos kichkintoy sifatida emas, yuragingiz parchasi ekanini o'ylang. Axir hayot sinovlarga to'la va siz yagona emassiz.

2. Bugungi kun bilan yashang. Hamisha "bolamning ertasi nima bo'ladi?" degan mavhum savolni o'ylayvermang. Uning bugungi holatidan quvoning.

3. Oldinga intiling. Harakatlaringiz qanday bo'lishidan qat'i nazar, e'tiboringizni bolaning muvaffaqiyatiga jamlang. Uni boshqa tengdoshlari biln solishtirishdan tiyiling.

4. O'zingizni "hammasini o'zi eplaydigan" qahramon qilib ko'rsatishga shoshilmang. Chunki oilangiz muhiti, farzandingiz holati haqida faqat sizgina xolis fikr yurita olasiz. Odamlar, do'stlaringiz, ijtimoiy xizmatlar tomonidan taklif qilingan yordamni qabul qiling.

5. Mahalliy ota-onalar uyushmalari (balki biror xizmatlar qoshidagi) bilan bog'laning. O'zingiz qatnaydigan shifoxona shifokorlaridan yordam so'rashingiz mumkin. Ular sizga xuddi sizniki kabi muammolar bilan to'qnashganlarni topishda yordamlashadilar. Balki ular sizga har doim ham yoqmasligi mumkin, ammo sizga o'xshash bosqichlarni bosib o'tgan va ularning farzandlari kattaroq bo'lsa, muloqotda tajriba orttirasiz. Masalan, bolangizni maktabga tayyorlashni o'rganasiz.

6. O'zingizni unutib qo'ymang. Agar zarur holda xordiq olsangiz, bu farzandingiz uchun ham yutuqdir. Bunda oila a'zolarining ahilligi juda katta ahamiyatga ega.

7. Bolangizga nimadadir radjavobini bersangiz, o'zingizni aybdor his qilmang. Siz barcha mas'uliyat zimmangizda ekanini unutmang, shunda bola ham barcha istaklari bir zumda ro'yobga chiqmasligini, boshqalarning xohish-istaklarini hurmat qilish zarurligini tushunib, ulg'ayadi. Unda boqimandalik kayfiyati uyg'onmaydi. Lekin buni suiiste'mol qilib yubormang.

8. Ota-onalar o'zlari va ota-onalik qobiliyatlariga shubha qilmalsiklari darkor. O'z sezgilaringizga ishoning. Ota-onalar bolaga nisbatan noyob vaziyatga egalar. Ota-onalarning mutaxassislar bilan o'zaro hamkorligi bola bilan mashg'ulotlar o'tkazishda yuqori natijalarni beradi. O'z instinktlariga ishonuvchan ota-onalar hech qachon adashmydilar. Agar mashg'ulotlar natijasida nimadir yoqmasa, bolada o'zgarish bo'lsa, ota-onalar birinchilardan bo'lib buni ilg'aydilar va mutaxassisga mashg'ulot turi, davomiyligi yuzasidan yaxshi maslahatchi ham bo'la oladilar.

9. Bola haqida g'amxo'rlik qilishda oila a'zolari, er-xotinlar bir birlari to'g'risida ham unutmasliklari darkor. Bir biringizga quloq tuting, malaka va tuyg'ularingizni hurmat qiling. Turmush o'rtog'ingiz o'z tuyg'ularini keragicha namoyon eta olmas, ammo bu uning sizdan kam qayg'urayotganidan dalolat emas. Bir biringizni qo'llab-quvvatlang, oiladagi majburiyatlarni teng taqsimlab olishga harakat qiling. Vaqti-vaqti bilan birgalikda ko'ngilochar joylarga boring, ammo uydagi tashvishlar haqida suhbatlashmang. Oiladagi boshqa bolalarga ham ularni avvalgidek yaxshi ko'rishingizni namoyish qilib turing. Bir bolaga g'amxo'rlik qilib, boshqalarini unutib qo'yish yaxshilikka olib kelmaydi.

10. O'zingizni mukammal ota-ona emaslikda ayblamang. Siz farzandingiz uchun qilayotgan harakat yetarli. Mukammallikka intilmang, illyuziyalar bolangizga ham foyda bermaydi. Qo'lingizdan kelgan narsani qilish ham yetarli foyda keltiradi.

11. Sizning vazifangiz bolangiz xavfsizligini himoyalashdan iborat. Agar kimnidir sizning harakatlaringiz qoniqtirmasa, bu sizning muammoingiz emas. Esda tuting: sizning birlamchi majburiyatingiz bolangiz haqida qayg'urish, atrofdagilarni tarbiyalash emas.

12. Atrofdagilarning siz va bolangizga qanday munosabatda bo'lishi haqida erta xulosa chiqarmang. Tevarak-atrofdagi odamlarning sizga qarashlari butkul muhokama uchun emas, shunchaki oddiy qiziqish, hamdradlik, balki yordam berish istagi bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

13. Shunday fikr borki, agar bolaga aniq tashhis qo'yilsa, unga tibbiy yordam ko'rsatish oson. Hatto shunday bo 'lgan taqdirda ham siz bolaga qo'yilgan tashhisni emas, bolaning o'zini o'ylang. Ko'p hollarda tashhis bolaning ta'limi va tarbiyasi boradigan muayyan marshrutni beradi. Biroq standart yondoshuvlar bolangizga mos kelmasligi mumkin. Shuning uchun bolangizning imkoniyatlari va ehtiyojlariga ko'ra ish tutishga harakat qiling.

Har bir inson noyob mavjudot bo'lgani kabi har bir oilaning o'z ichki qonun-qoidalari bor. Imkoniyati cheklangan farzand dunyoga kelgach bu qonun-qoidalarga o'zgartirish kiritgan holda uning ichki sterjenini mustahkam saqlab qolish o'z qo'lingizda ekanini unutmasligingiz darkor.

ADABIYOTLAR

1. Avila O.G. Rannyaya kompleksnaya pomo^ rebenku s osobennostyami psixofizicheskogo razvitiya // Rabotaem s osoboy semey / Rekomendatsii po rabote s semey, v kotoroy rodilsya rebenok s osobennostyami psixofizicheskogo razvitiya (dlya personala rodilnbix domov) -Minsk. Ob^estvennoe ob'edinenie «Belorusskaya assotsiatsiya pomo^i detyam-invalidam i molodbim invalidam», 2009. 17-21 s.

2. Ismailova B., Alimova I. Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarning ijtimoiy-madaniy moslashuvida kompleks yordamni tashkil etish. // O'zbekistonda bolalarni ijtimoiy himoyalash: mahalliy va xorijiy ilg'or tajriba" mavzusidagi Xalqaro forum materiallari. - T., 2018. 67-69-b.

3. Madjidova D.A. Inklyuziv ta'lim muhitida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim-tarbiyasi. [Matn] ilmiy-metodik qo'llanma. - Toshkent. "Bookmany print" nashriyoti. - 56 bet. ISBN 978-9943-9727-3-5. UO'K 37.015.31 BBK 74. M 14.

4. Madjidova D.A., Islamova N.S. Inklyuziv ta'limda o'quvchilar nutqini korreksiyalash xususiyatlari / "Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensiv o'qitishning psixologik-pedagogik jihatlari" respublika ilmiy-amaliy anjumani, O'zPFITI, 2023-yil 2-iyun. - B. 3841. https://zenodo.org/record/7991668.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.