Научная статья на тему '“QUYOSH BOLALARI”, DAUN SINDROMI'

“QUYOSH BOLALARI”, DAUN SINDROMI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1294
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Daun / defektologiya / ilk bolalik / ota-ona / kognitiv rivojlanish / metoz / aql-idrok / ijtimoiy muloqot. / Down / defectology / early childhood / parenting / cognitive development / Metosisintelligence / social communication.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Tojibarxon A’Zamjon Qizi Maxmudova

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xususan DAUN sindromi bor bolalarni kompleks o‘rganish va korreksiyalash yo‘llari, ularni ijtimoiy hayotga moslashuvi, bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga o‘zaro munosabatlar turlari shuningdek, jamiyat bunday bolalarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi va ta’lim tarbiya berish shart sharoitlari reabilitatsiya yo‘llari kabi maslaxatlar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

"CHILDREN OF THE SUN", DOWN SYNDROME

The article provides recommendations for the comprehensive study and correction of children with DAUN syndrome in preschool institutions, their adaptation to public life, types of interaction with families with such children, as well as the correct attitude towards such children from society and the conditions of rehabilitation.

Текст научной работы на тему «“QUYOSH BOLALARI”, DAUN SINDROMI»

"QUYOSH BOLALARI", DAUN SINDROMI

Tojibarxon A'zamjon qizi Maxmudova

Qo'qon universiteti maxsus maktabgacha ta'lim yo'nalishi MS 3-21- guruh talabasi

maxmudovab07@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida xususan DAUN sindromi bor bolalarni kompleks o'rganish va korreksiyalash yo'llari, ularni ijtimoiy hayotga moslashuvi, bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga o'zaro munosabatlar turlari shuningdek, jamiyat bunday bolalarga to'g'ri munosabatda bo'lishi va ta'lim - tarbiya berish shart - sharoitlari reabilitatsiya yo'llari kabi maslaxatlar berib o'tilgan.

Kalit so'z: Daun, defektologiya, ilk bolalik, ota-ona, kognitiv rivojlanish, metoz, aql-idrok, ijtimoiy muloqot.

"CHILDREN OF THE SUN", DOWN SYNDROME

ABSTRACT

The article provides recommendations for the comprehensive study and correction of children with DAUN syndrome in preschool institutions, their adaptation to public life, types of interaction with families with such children, as well as the correct attitude towards such children from society and the conditions of rehabilitation.

Keywords: Down, defectology, early childhood, parenting, cognitive development, Metosisintelligence, social communication.

Har bir mamlakatda amalga oshiriladigan ta'lim - tarbiya tizimi negizida muayyan maqsadlar yotadi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti, uning istiqboli shu davlat, shu mamlakatda yashovchi fuqarolarning jismonan baquvvat va sog'lom bo'lishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham maxsus (korreksion) pedagogika umumiy pedagogikaning tarbiya qismi sifatida rivojlanishida u yoki bu muammolari bo'lgan jamiyat a'zolarining ta'lim - tarbiyasi bilan shug'ullanar ekan. Ularni sog'lom jamiyat a'zolari qatorida ijtimoiy moslashuvni ta'minlashni asosiy vazifa qilib oladi.

Shunga ko'ra, maxsus pedagogika qarshisida turgan muxim vazifalardan biri oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan uzviy bog'lashning yangi usuli va yo'llarini izlab topish, bu yo'lda ilmiy - amaliy izlanishlar olib borishni taqazo etadi. Mamlakatimizda rivojlanishida muammosi bo'lgan bolalarning sog'lom tengqurlari qatorida milliy ruhda tarbiyalanishlari, aqliy, ma'naviy - axloqiy, jismoniy jixatdan kamol topishlari jamiyatdagi ijtimoiy hayotiga mustaqil yetuk fuqarolik darajasida tayyor bo'lib yetishishlari masalalariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan "2008-2012-yillar mobaynida nogironlikning oldini olish uchun tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi to'g'risida"gi 16.06.2008-yil PQ-892-sonli Qarori qabul qilindi.

Bugungi kunda skrining markazining tashkiliy tuzilmasi Respublikaning barcha hududlarida mavjud.

DAUN sindromi haqida so'z yuritishdan oldin avvalo har bir inson ushbu kasallik haqida ko'proq tushunchaga ega bo'lishi kerak. 21-mart xalqaro DAUN sindromiga ega odamlar kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu kasallik irsiy chetlashish natijasida yuzaga keladi. Bunda yana bir xromosoma paydo bo'ladi. Sindrom 1866-yildan birinchi bo'lib uni ta'riflab bergan ingliz shifokori Jon Daun sharafiga shunday nom olgan.

DAUN sindromi bor bolalarning sifatlari: DAUN sindromi kasallik emas, ushbu sindrom bilan ular doim yashaydi, lekin ularga yordam berilsa ular siz biladigan hamma narsani o'rganadi; Ular faqat ko'proq e'tibor va g'amxo'rlikka muxtoj; Hech qachon hech kimga zarar yetkaza olmaydi;

Ammo tez charchashib qoladi, shu sababli ular kayfiyatni qo'zg'ashlari, va g'azablanishlari mumkin;

Ular doim hushmuomala mehribon va do'stona bo'ladilar.

Bunday bolalar muloqot qilishni hohlaydi. Eng yaxshi yordam bu sizning do'stligingizdir. Shunigdek, pedagog hodimlar hushmuomalalik bilan, diqqatli bo'lib shug'ullanishlari lozim. Bolalar bilan do'stona munosabatga kirishib o'yin tarzida mashg'ulotlar olib borishi bilan birgalikda ularning istaklariga e'tibor berishi kerak. Bunday bolalar rangli predmedlarni sevib o'ynaydilar. Ularni bir xillikdan uzoqlashtirish, har kunini bayramdek o'tkazish lozimdir. Ochiq havoda badantarbiya bilan shug'ullantirish hamda sayrga, muzeylarga olib borish, samimiy munosabat o'rnatish darkor.

Tabiat hodisalari ya'ni yomg'ir, qor, quyosh, shamol, suv, bulutlar va atrof muhit bilan ko'proq tanishtirish kerak, zero ochiq havo do'stlar orasidagi mashg'ulotlar ularga kuch beradi.

OTA - ONALARGA TAVSIYA:

Bu borada DAUN sindromi haqida ko'p izlanishlar olib borilgan. Rossiyalik bolalar ruxshunoslari Svetlana Lazurenka va Olga Polovinalarning maslaxatlariga quloq tutish kerak. Birinchidan farzandingizni faol o'yinlarga qo'shmasligingiz kerak, demak farzandingiz charchaganini o'z vaqtida sezing. U o'z tengdoshlari qilishi mumkin bo'lgan ishlarni qila olmasliklari mumkin. Buni hotirjamlik bilan qabul qiling, birgalikda do'stlari bilan o'ynash qanaqaligini ko'rsating. Bolangiz 3 yoshga to'lganida sizning ijtimoiy aloqalaringiz ancha kengayishi mumkin. Buning birinchisi, ixtisoslashtirilgan bolalar bog'chasi va albatta logoped guruhga qatnashishi, u yerda mutaxasislar farzandingiz nutqini yaxshilaydi.

Bola uchun qanday saiy xarakat foydali bo'lishi mumkin? Bu savolga eng yaxshi farzandingizni tug'ilganidan kuzatib kelgan defektolog javob beradi. Shuning uchun iloji boricha shunday mutaxassis izlang. Bir so'z bilan aytganda DAUN sindromi bor bolalar bilan muloqotga kirishganda hush muomalada bo'ling. Ular sizu bizga o'xshagan insonlar. "Quyosh bolalariga mehr bering" zero ular ham sizni o'z tafti bilan ilitadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Daun sindromi mavjud bolalarni bejiz Quyosh bolalari deyishmaydi .Chunki ular doimo odamga kulib boqishadi. Ular bilan muntazam shug'llanilsa, u oddiy bolalar qiladigan ishlarning ko'pchiligini o'zlashtirishga qodir. Bu borada olib borilgan ko'plab taqdiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Daun sindromi-bu shunchaki aqliy rivijlanishdan orqada qolish emas. Xromosoma to'plamining o'zgarishi tufayli hujayralar darajasidagi moddalar almashinuvi buziladi va buning natijasida organizmdagi aksariyat organlar va to'qimalarga zarar yetkaziladi. Demak, ushbu sindrom bilan tug'ilishda hech kim aybdor emas. Ammo shunga qaramay, aksariyat xolatlarda oilada dunyoga kelgan bolaning tug'ilishi bir-birini ayblash, qiyinchiliklarga dosh bera olmaslik oqibatida ayniqsa erkaklarning oilani tashlab ketish holatlari ko'plab kuzatiladi. Ota-onalar tashxisni qabul qilishdan bosh tortib, o'z farzandlariga zarur tibbiy yordamning o'z vaqtida berilishiga to'sqinlik qilish esa, bolaning rivojda ancha orqada qolishga sabab bo'lishi mumkin. Xo'sh Daun sindromi bilan tug'ilgan ota-onalar nima qilishlari kerak. Avvalo, shifokorlarning maslahatlariga quloq solishlari, ularning tavsiyalarini so'zsiz bajarishlari ya'ni zarur dorilarni qabul qilish, kerak bo'lganida kasalxonada davolanish, muntazam ravishda tibbiy ko'rikdan o'tishlari juda muhimdir.

Albatta Daun sindromiga ega bolani tarbiyalayotgan ota-onalarga juda ham og'irdir. Chunki ular sog'lom bolaga ketadigan kuchdan ko'ra, o'z farzandlariga uning o'n barobarini sarflashlari lozim. Shu bilan birga, ularda kichgina bir insonning ulg'ayishida bevosita ishtirok etish, uning yutuqlari va muvaffaqiyatlaridan quvonish kabi qiziqarli yo'lni bosib o'tish imkoniyati ham bor. Ularning farzandi esa bunga javoban albatta o'zining mehr-muhabbati bilan javob qaytarishi shubhasis. Bunday farzand hech qachon o'z ota-onasidan yuz o'girmaydi.

REFERENCES

1. https://yuz.uz

2. @UN Uzbekistanwww.un.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.