Научная статья на тему 'ILK BOLALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

ILK BOLALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
17
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixik jarajon / sezgi / idrok / diqqat / tafakkur / ixtiyorsiz xayol / kattalarga taqlid / situativ til / analiz.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Tursunova Maftuna

Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bolgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Maqola ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlarini, jumladan, yurishni o'rganish va uning bola rivojlanishiga ta'sirini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILK BOLALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

ILK BOLALIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Tursunova Maftuna Abdujabbor qizi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishining ikkinchi guruh talabasi

Anatatsiya: Har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bolgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Maqola ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlarini, jumladan, yurishni o'rganish va uning bola rivojlanishiga ta'sirini yoritadi.

Kalit so'z va iboralar: psixik jarajon, sezgi, idrok, diqqat, tafakkur, ixtiyorsiz xayol, kattalarga taqlid, situativ til, analiz.

Yurishni o'rganish va uning bola rivojlanishiga ta'siri

Ilk bolalik davridagi bolalarning analizatorlari yaxshi takomillashgani va ular erkin harakat qila olish imkoniyatiga ega bo'lganliklari tufayli bu davrda psixik jihatdan tez rivojlanadilar. Ma'Iumki, ilk bolalik davridagi bolalar faqat yurib va emaklabgina qolmay, yugurish, sakrash hamda baland va past to 'siq !ardan oshib o 'tish imkoniyatiga ham ega bo'ladilar. Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning ertadan kechgacha turli harakatlar qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofdagi muhitni bilish ehtiyojini qondirishda juda katta sharoit yaratib beradi.

Ilk bolalik davridagi bolaning turmush tajribasi deyarli yo'q bo'lgani uchun uni hamma narsa qiziqtiradi. U o'zining kundalik tinimsiz harakatlari davomida kattalarga taqlid qilib, mustaqil ravishda kiyinish, ovqat yeyish, yuvinish kabi harakatlami o'zlashtira boshlaydi. Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bola o'zining kundalik harakatlari davomida hech bir erinmay, ko'z o'ngidagi hamma narsalami tekshirib ko'radi. Natijada juda ko'p yangiliklami bilib oladi, o'zining sezgi va idrokini,

tasavvur va xotirasini, tafakkur va nutqini, hissiyot va hayolini — umuman hamma psixik jarayonlarini rivojlantiradi.

Bu yoshdagi davrda sezgilarning rivojlanishi analizatorlarning tobora takomillashuvi bilan bog'liqdir. Ikki yoshdan oshgan bolaning sezgilari (ko'rish, eshitish, hid va ta'm bilish, teri va harakat kabi) uning har kungi xilma-xil harakatlari davomida turli narsalarga bevosita to'qnash kelishi natijasida rivojlanadi. Sezgilaming normal rivojlanishi bola idroki o'sishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo'lsa ham hali katta odamlar idrokidan keskin farq qiladi. Birinchidan, bolalarda turmush tajribasi yo'qligi tufayli ularning idroklari ham anglashilmagan xarakterga ega bo'Iadi. Ular ko'p narsalarga birinchi marta duch keladilar. Shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko'p narsalar ularga yangilik, ya'ni dastlabki taassurot kuchiga ega boladi. Ikkinchidan esa, bolalaning idroki ko'pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo'ladi, ya'ni ularning idrokida muayyan bir maqsadni ko'zlash hali sezilmaydi. Shuning uchun ulaming idroki bir narsadan boshqa bir narsaga beixtiyor ko'chib ketaveradi. Lekin bu yoshdagi bolalarda hissiyot kuchli bolgani uchun ular o'zlarini qiziqtiradigan, hayron qoldiradigan, hissiy kechinmalar uyg'otadigan narsalarni idrok qiladilar.

Bu yoshdagi bolalar idrokining yana farqlanadigan tomoni shundaki, ular idrok qilayotgan narsalami umumlashtira olmaydilar. Atrof-muhitdagi narsalami qanday bo'lsa shundayligicha idrok qiladilar. Bu xususiyat ulaming rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko'rinadi. Masalan, ikki yarim yashar bolaga otning kallasi solingan surat ko'rsatilsa, hayron bo'lib, otning o'zi qani, deb so'raydi. Bolalar idrokining takomillashuvida so'z katta ahamiyatga ega. So'z mohiyat jihatidan umumlashgan xarakterga ega bo'lib, u narsalarni umumlashtirish imkonini beradi. Bola so'z yordamida o'xshash narsalarni oddiygina guruhlarga ajrata boshlaydi.

Predmetli faoliyat ilk bolalik davrida yetakchi faoliyat sifatida

Ilk bolalik davridagi bolalar so'zlay boshlagan bo'lishiga qaramay, ular hali vaqt va fazo kabi murakkab tushunchalami to'g'ri idrok qila olmaydilar, chunki ularda hali turmush tajribasi yo'q. Bunday murakkab tushunchalar kundalik hayot davomida sekin-asta hosil qilib boriladi.

36

Bir yoshgacha bo'lgan bolalaning diqqati nihoyatda beqaror va ixtiyorsiz bo'lsa, ikki yoshga to'lgan bolalaning diqqatida yangi sifatlar yuzaga kela boshlaydi. Bola o'sib ulg'aygan sari uning diqqati barqarorroq bo'la boshlaydi. Diqqatning ozmi-ko'pmi barqaror bo'la boshlagani shunda ko'rinadiki, bola o'zini qiziqtirgan biron narsa bilan uzoq vaqt mobaynida shug'ullana oladi. Ikki yoshga to'lib, uch yoshga qadam qo'ygach so'zlarni tushunadi. So'z boyligi orta borgach, bolaning o'ziga xos bo'lgan situativ tili haqiqiy tilga aylanadi.

Bu yoshdagi bolalaning tafakkurlari o'ziga xos xususiyatlarga hamda konkret xarakteiga ega. Ular ayni chog'da idrok qilib turgan narsalari haqida juda sodda tafakkur qila oladilar. Bundan tashqari, bu yoshdagi bolalaning tafakkur jarayonlarida harakat elementlari ko'p bo'ladi. Shuning uchun ham ulaming tafakkurlari ba'zan harakatli tafakkur deb ham yuritiladi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda tafakkurning fikriy operatsiyalari, ya'ni analiz, umumlashtirish kabilarni ko'ramiz. Ular qo'llaridagi o'yinchoqlarini yoki qo'llariga tushgan narsalami amaliy aylantirib, paypaslab, buzib analiz qiladilar. Lekin sintez qilishga hali qurblari etmaydi. Bu yoshning oxiriga kelib tafakkurning o'sishida nutqning roli juda oshadi. Bola yangi so'zlarni mumkin qadar ko'proq bilib olib, ulardan o'z tafakkurida keng foydalana boshlaydi. Bu esa fikrlash operatsiyalarining o'sishiga yordam beradi. Bolada so'zlar vositasi bilan analiz va sintez qilish, abstraksiyalash hamda umumlashtirishning dastlabki alomatlari ko'zga tashlanadi.

Tafakkuming o'sishida yana bir muhim bosqich shundan iboratki, ilk bolalik yoshining oxiriga kelib bola ayrim tushunchalami bilib olishga va bu tushunchalaming eng muhim belgilarini o'zlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Uch yoshga to'lay deb qolgan bola katta yoshdagi hamma odamlarning ishga barvaqt ketishlarini juda yaxshi biladi. Agar bu yoshdagi bolaga "dadang endi barvaqt ishga ketmaydi" deyilsa, u hayron boiib qoladi. Chunki katta odam bo'lgan dadasining ishga bormasligi uning tushunchasiga to'g'ri kelmaydi. Uning tushunchasida hamma katta odamlar barvaqt ishga ketishi kerak. Shuning uchun hech bir o'ylab o'tirmay, "dadam kattalar-ku?" deb javob beradi. bolalar tushunchalardan foydalanib, sodda xulosalar chiqarishga o'rgana boshlaydilar. Ular bir necha hukmlardan foydalanib katta, kichik, baland, past, ko'p, oz kabi sodda

37

xulosalar chiqara oladilar, bu esa tafakkuming yanada rivojlanishi uchun zamin yaratadi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda murakkab psixik jarayonlardan biri bo'lmish xayol anchagina rivojlana boshlaydi. Lekin bu asosan ixtiyorsiz xayol bo'ladi. Ular hali ma'lum maqsad asosida ixtiyoriy tarzda xayol yurgiza olmaydilar.

Bola ikki yoshga to'lgach, uning o'yinlarida jiddiy o'zgarish ro'y beradi. Bolaning o'yiniga endi taqlidiy harakatlar qo'shiladi. Bola kattalardan ko'rgan-bilganlarini o'yinda taqlidan takrorlay boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa siljitish yoki tepalikdan sirg'antirib tushirish bilan cheklanmay, haydovchilarning harakatlarini bajara oladi. Mashinaning motori ovoziga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo.

Nutqning o'sishi bola xayolining o'sishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bolalar kattalarning gaplariga tushunadigan bo'lgach, har xil ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo'ladi. Bolalar o'zlari biladigan, o'zlariga yaxshi tanish bo'Igan narsalar haqidagi hikoyalami joni dili bilan eshitadilar. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasavvurlar yuzaga keladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish qobiliyatiga ega bo'ladi. Bola hikoyalami eshitish orqali olgan tasavvurlarini so'zlar bilan ifodalaydi. So'z esa bolaning narsalami boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsalarga o'xshashligini aniqlashiga va ana shunday o'xshashliklarni aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishiga yordam beradi.

Ilk bolalik davridagi bolalarda barcha psixik jarayonlar ma'lum darajada rivojlanar ekan, bu umuman ular ongining rivojlanishiga zamin yaratadi. Tili chiqib, idrok va tafakkuri anchagina o'sgan bola tevarak-atrofdagi har xil narsalarga ongli munosabatda bo'la boshlaydi. Bola o'zining turli ehtiyojlarini anglab, o'zining shaxsini shakllantira boshlaydi. Mashhur fiziolog I.M.Sechenovning tili bilan aytganda, bola ana shu davrdan boshlab, o'z sezgilarini tevarakatrofdagi narsalardan ajratib, o'z-o'zini anglay boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligida o'z shaxsini bildiruvchi "men" degan olmosh tez-tez uchrab turadigan bo'ladi. Ana shu tariqa bola juda elementlar tarzda bo'lsa ham o'zini shaxs sifatida anglay boshlaydi.Binobarin,

ana shu davrdan boshlab ilk bolalik davridagi bolalaming shaxsiy (individual) xususiyatlari kamol topa boshlaydi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati:

1. B.M.UMAROV "Psixologiya". Toshkent: 2010.

2. E.G'.G'OZIYEV "Psixologiya" Toshkent: 2015.

3. Z.NISHANOVA, G.ALIMOVA "BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O'QITISH METODIKASI" Toshkent: 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.