Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHI BOLALARDA IDROK JARAYONINI DIAGNOZ QILISH. BILISH JARAYONLARI'

MAKTABGACHA YOSHI BOLALARDA IDROK JARAYONINI DIAGNOZ QILISH. BILISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
diqqat / ixtiyoriy diqqat / o’yin / xususiyat / zaiflik / idrok / xatti-harakat / hulq-atvor / chidam.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axmedova Shoxsanam Xoshimovna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning rivojlanishi,bola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari,bola diqqatini ko’lami, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHI BOLALARDA IDROK JARAYONINI DIAGNOZ QILISH. BILISH JARAYONLARI»

MAKTABGACHA YOSHI BOLALARDA IDROK JARAYONINI DIAGNOZ QILISH. BILISH JARAYONLARI

Axmedova Shoxsanam Xoshimovna

Ucko'prik tuman 3-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11200014

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda diqqatning rivojlanishi,bola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari,bola diqqatini ko'lami, maktabgacha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: diqqat, ixtiyoriy diqqat, o'yin, xususiyat,zaiflik,idrok, xatti-harakat, hulq-atvor, chidam.

Аннотация. В данной статье описывается развитие внимания у дошкольников, методы и средства стабилизации внимания ребенка, объем детского внимания, научно-теоретическая значимость вопроса развития внимания дошкольников, уровень его изученности и его значение в настоящее время.

Ключевые слова: внимание, произвольное внимание, игра, особенность, слабость, восприятие, поведение, поведение, выносливость.

Abstract. This article describes the development of attention in preschool children, the methods and means of stabilizing the child's attention, the scope of the child's attention, the scientific theoretical importance of the issue of the development of preschool children's attention, the level of its study and its importance at the present time.

Keywords: attention, voluntary attention, game, feature, weakness, perception, behavior, behavior, endurance.

Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning hech qanday alomati ko'rinmasa ham, oradan sal o'tmay, ya'ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriydiqqat alomatlari yaqqol ko'rina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylikdavrida uning diqqatini har turli kuchli qo'zg'atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug'lik kabi) ixtiyorsiz ravishda o'ziga jalb qila boshlaydi.

Ikki-uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoqlaming tovushiga ovunadigan) bo'la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko'z o'ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo'lsa, bola unga shunchalik ko'p e'tibor beradi. Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalaming diqqati nihoyatdabeqaror bo'lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangio'yinchoq bersangiz u o'yinchoqni juda qiziqib ko'ra boshlaydi. Lekinayni shu paytda yana bir boshqa o'yinchoqni ko'rsatsangiz, birinchi o 'yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog'liqdir. Tormozlanish jarayoni qo'zg'alish jarayonining keng yoyilib ketishini to'xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalaming diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga chalg'ib ketaveradi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g'oyat beqaror bo'lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog'liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo'lib tuyulaverganidan ulaming diqqatlari bir narsadan ikkinchi narsaga tez-tez chalg'ib ketaveradi. Bola ko'z o'ngidagi narsaning o'zi bolaga juda qiziq tuyulgani sababli ham diqqati chalg'ib ketadi. Masalan, N.M.Menchinskayaning hikoya qilishicha, Bobur (1 yosh 8 oylik) echki va uning bolalari haqidagi ertakni zo'r qiziqish bilan tinglaydi. Bo'ri kelib eshikni taqillatgani hikoya

qilinganda, Sasha bo'rining qanday taqillatganini ko'rmoqchi bo'lib, devorga tap-tap etib uradi, lekin ba'zan taqillatishga shu qadar mahliyo bo'lib ketadiki, ertakni tamomila unutib qo'yadi. Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo'linuvchanligi juda zaif, ko'lami esa tor bo'ladi. Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko'zlariga yaqqol ko'rinib turgan bir narsagagina qarata oladilar. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib nutqni egallay boshlashi, katta kishilar bilan muloqotda bo'lishdan tashqari, ularning ko'rsatmalarini bajarish imkoriiyatini ham beradi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalaiga qarashishni, imkoniyatlari boricha ulaming mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalaming iltimos va topshiriqlarini bajonidil ado etadilar, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar, otaonalarining uy-xo'jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar. Manashulaming hammasi, diqqatni ma'lum darajada to'plash va muayyanbir maqsadga qaratishni talab etadi. Bu esa bolalarda ixtiyoriydiqqatning rivojlanishiga asos yaratadi. Maktabgacha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlanaboshlaydi. Biroq, kichik yoshdagi bog'cha bolalarida ixtiyorsiz diqqatustunlik qiladi. Kichik yoshdagi bog'cha bolalarida kun sayin paydo bo'ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o'yin faoliyatlarining xilma-xil bola borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. Bog'chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo'ysunish, qoidali o'yin shartlarini so'zsiz bajarish, kattalaming topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog'cha yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o'yinning roli juda kattadir. Chunki turli o'yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to'plab, o'z tashabbuslari bilan ma'lum maqsadlami ilgari suradilar. 0'yinlaming qanday qoidalar asosida yo'nalishini o'zlari mustaqil ravishda tanlab oladilar. 0'yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o'z harakatlarini o'yin qoidalariga moslashtirishga va o'yinda qatnashuvchi o'rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga intiladilar. Ana shunday o'yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi, binobarin, bolalaming o'yini uchun sharoit yaratib beradi.

Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog'liq, shuning uchun ham ko'pincha bolalar diqqatning bu turini o'zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo'li bilan rivojlantirib borish kerak. Bog'cha yoshidagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya'ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib yuksala boshlaydi. Buni biz bolalaming (xususan o'rta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida o'tira olishlaridan, ba'zi o 'yinlarni zerikmay soatlab o'ynay olishlaridan, ta'limiy mashg'ulotlarda chidam bilan o'tira olishlaridan bilishimiz mumkin. Bola diqqatini barqarorlashtirish usul va vositalari Bog'cha yoshdagi bolalar diqqatining rivojlanishi faqat bog'chadagi sharoitgagina emas, balki ko'p jihatdan oiladagi sharoitga ham bog'liqdir. Shuning uchun ham bolalaming diqqati bir tekisda va bir darajada rivojlanmaydi. Ayrim bolalar oilada tegishli nazorat ostida bo'lmasligi, yoki haddan tashqari erka qilib, taltaytirib yuborilganligi sababli o'zlarining xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini tartibga sololmaydilar. Bunday bolalar hamma narsalarga ruxsatsiz tegaveradigan, bir joyda tinib-tinchib o 'tira olmaydigan, tartibga chaqirilganda gapga quloq solmaydigan bo'ladilar. Bunday bolalarda diqqat juda beqaror bo'lgani uchun ular hech bir narsa ustida qunt bilan mashg'ul bo'la olmaydilar. Diqqatni boshqara bilmaslik, ya'ni ma'lum muddat davomida bir narsaga yo'naltira olmaslik mashg'ulotlarda intizom buzish va boshqalaiga xalaqit berishga olib keladi. Ana shuning uchun tarbiyachilar bunday bolalaiga nisbatan individual munosabatda bo'lishlari (har xil mas'ulyatli topshiriqlar berish va hokazo), ularda diqqatning kuchini hamda barqarorlik xususiyatini tarbiyalab borishlari zarur. Bog'cha yoshida bolalarda awalgi davrlaiga

nisbatan diqqatning ko'lami (hajmi) ham ancha kengayadi. Bolalar diqqatining ko'lami katta odamlanikiga nisbatan hali ham juda tor bo'ladi. Masalan, katta odamlar diqqatining ko'lami ayni vaqtda 5-6 narsani (bir-biri bilan bog'lanmagan harflami yoki raqamlami) sig'dira olsa, bog'cha yoshidagi bolalar diqqatining ko'lami ayni bir vaqtda 1-2 narsanigina (kichik guruh bolalari 1 ta, o'rta va katta guruh bolalari 2 ta) sig'dira oladi. Kichik guruh bolalari diqqatlarini ikkita narsaga bo'lishga harakat qilsalar ham, ammo buning uddasidan chiqa olmaydilar. Masalan, 3 yoshli bolaga bir piyola suv olib kelish buyurilsa, u albatta suvni to'kib sochib olib keladi. Bu uning uquvsizligi, bo'shangligidan emas, balki o'z diqqatini ayni bir vaqtda ikkita narsaga bo'la olmasligidandir. Bola o'zining diqqatini yurib kelish bilan piyoladagi suvni to'kmay, chayqaltirmay olib kelishga bo'la omaydi. Shuning uchun bunday hollarda bolalarni koyish yaramaydi. Diqqat ko'lamining kengligi aniq idrok qilish bilan bog'liq bo'lgan xususiyatdir. Bu xususiyat ayniqsa bolalaming o'qish faoliyatlari uchun zarur. Shuning uchun bolaning bog'cha yoshidagi davrida barcha imkoniyatlardan keng foydalanib, diqqatning bu xususiyatini rivojlantirishga jiddiy ahamiyat berish lozim. Bunda asosan, ekskursiyalar, instsenirovkalar, har sohaga doir rasralar bilano'tkaziladigan suhbatlar katta rol o'ynaydi. Maktabdagi ta'lim jarayoni uchun zarur bo'lgan ixtiyoriy diqqat bog'chada didaktik mashg'ulotlar, hikoyalar o'qib berish davomida rivojlantiriladi. Maktabgacha yoshidagi bolalaming diqqati ko'pincha ulaming qiziqishi hamda hissiyotlari bilan bog'liqligi sababli kontsentrlashgan, ya'ni bir narsaga qaratilgan bo'ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bola diqqatining bo'linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo'ladi. Bog'cha yoshidagi bolalar diqqati bo'linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko'lamining torligi sababli ular ayrim narsalami qayta -qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, bog'cha yoshidagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshita beradilar.

Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko'lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig'dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklami qayta-qayta aylantirib eshita beradilar.

Shunday qilib, bolaning ilk yosh va maktabgacha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning bctiyorsiz turi ko'proq rivojlanadi. Lekin bolaning bog'cha yoshidagi faoliyat va xususan didaktik hamda mehnat mashg'ulotlarining tizimli tarzda ortib borishi, ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumki, maktabdagi ta'lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun bog'chada turli majburiy mashg'ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat qilish кегак. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabda ta'lim jarayonida amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. G'oziyev E. Ontogenez psixologiyasi.Toshkent, Noshir., T 2019.

2. Do'stmuhammedova Sh.A., Z.T.Nishonova, S.X.Jalilova, Sh.T.Karimova, Sh.T.Alimbayeva "Yosh davrlari va pedagogik psixologiya" Toshkent Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi. 2019.

3. David G. Myers "Psychology". NY, 2010. WORTH PUBLISHERS.

4. Rean A.A.,Bordovskaya.N,Rozum.S«Psixologiyai pedagogika» SPb.: Piter 2017.

5. Ye.E.Sapogova Psixologiya razvitiya cheloveka Aspekt Press 2015 g

6. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

7. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

8. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

9. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

10. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1(8) 20672077,2022

11. N.G.Malikovna. "Bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onalarning o'rni".Pedagogik islohotlar va ularning yechimlari 1 (2) 100-105,2023

12. G.M Nazirova, D.R.Djo'rayeva, H.M.Tojiboyeva, "Modern trends in education for Children of preschool age" Methodological manual 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.