Научная статья на тему 'ILDIZ MEVALARNI SARALASHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

ILDIZ MEVALARNI SARALASHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
356
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuganak / kartoshka / saralash / ishchi yuza / qiyalik / ishqalanish / dumalash. / отделка / картофель / сортировка / рабочая поверхность / уклон / трение / прокатка.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Bahadirov G.A., Obidov N. G’, Sultonov T.T.

Mazkur maqolada kartoshka tuganaklarini saralashda ishlatiladigan har xil konstruksiyadagi saralash mashinalaring tahlili va nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РЕСУРСОСБЕРЕГАЮЩИХ ТЕХНОЛОГИЙ В РЯДЕ КОРНЕЙ

В данной статье представлены результаты анализа и теоретических исследований сортировочных машин различной конструкции, применяемых при сортировке клубней картофеля.

Текст научной работы на тему «ILDIZ MEVALARNI SARALASHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

ILDIZ MEVALARNI SARALASHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Bahadirov G.A.1,Obidov N.G'.2, Sultonov T.T.3

1O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, 2Farg'ona politexnika instituti 3Toshkent kimyo-texnologiya instituti

2

Annotatsiya: Mazkur maqolada kartoshka tuganaklarini saralashda ishlatiladigan har xil konstruksiyadagi saralash mashinalaring tahlili va nazariy tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: tuganak, kartoshka, saralash, ishchi yuza, qiyalik, ishqalanish, dumalash.

Jahonda kartoshka hosili hajmining asosiy qismini yuqori samaradorlikka ega bo'lgan texnikalardan foydalanib, mexanizasiyalashgan texnologiyada yetishtirishga o'tish jarayoni amalga oshirilmoqda. Qator xorijiy firmalar tomonidan kartoshkachilikda qo'l mehnatini kamaytirish va mahsulot sifatini oshirish uchun mahsus texnikalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo'nalishda, jumladan katroshkani o'lchamlari bo'yicha saralaydigan, mahsulotni kam shikastlaydigan, ish unumi yuqori bo'lgan va resurstejamkorlikni ta'minlaydigan texnika vositalarini ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlarida ishlatiladigan saralash qurilmalarini, begona aralashmalardan ajratadigan qurilmalar kabi, ikkita guruhga ajratish mumkin.

a) avtomatik elektron universal qurilmalar;

b) mexanik qurilmalar;

Avtomatik elektron universal qurilmalar kartoshkachilikda qo'llanilganda, kartoshka tuganaklarining geometrik o'lchamlari bilan bir qatorda ularning tashqi tomonidagi turli ranglarga ko'ra ham saralash imkoni bo'ladi. Bunday ranglar kartoshkani noto'g'ri saqlash natijasida hosil bo'lishi mumkin.

Meva va sabzavotlar, kartoshkani saralashda ishlatiladigan mexanik qurilmalar ishchi jihozining konstruksiyasiga ko'ra asosan elakli, rolikli, barabanli, transportyorli (tasmali) va kombinatsiyalangan ishchi jihoziga ega bo'lgan mashinalarga bo'linadi. Ushbu qurilmalarning barchasida kamchilik va afzalliklari mavjud bo'lib, biz ilmiy tadqiqotlarimizda barabanli saralash mashinalarini takomillashtirishni maqsad qildik. Qo'yilgan maqsadga erishish uchun ildizmevalarni saralash uchun yuqori samaradorlikka ega bo'lgan, tuganaklarni kam shikastlaydigan, saralash aniqligi yuqori bo'lgan, arzon, ishonchli va sodda mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqdik.

Kartoshka navlarining aksariyatida tuganakning shakli ovalsimon, uzunchoq-ovalsimon va cho'zinchoq ovalsimon bo'lganligi uchun mexanik qurilmada saralash jarayonini o'rganish uchun kartoshka tuganagini bir nechta chiziqli o'lchamlar bilan tavsiflash talab etiladi: uzunligi-/, eni-b, qalinligi-c va quyidagi bog'lanish bilan aniqlanadigan o'lchami-S':

Saralash qurilmalarining panjara, to'r, tasma, turli shakldagi roliklar ko'rinishidagi ishchi yuzalari konstruksiyasi kartoshkaning ana shu o'ichamlari bilan bog'liq. Har bir tur ishchi yuza kartoshka tuganaklarini turli o'ichamlariga ko'ra saralashga mos keladi, masalan, tuganaklarni qalinligiga ko'ra saralash uchun uzunchoq va tirqishli yuzalar, eniga ko'ra yumaloq shakldagi tirqishli yuzalar, S o'lchamiga ko'ra kvadrat shaklidagi va o'lchamlarini o'zgartirish imkoni bo'lgan yuzalar. Amalda tugunaklarning uzunligi saralashda asosiy o'lcham ko'rsatkichi sifatida foydalanilmaydi.

Elakli saralash jihozlari keng tarqalgan. Uning eng ko'p tarqalgan turlari qavat-qavat va parallel joylashgan tebranuvchi elaklarga yoki bitta tebranuvchi elakka ega bo'lgan saralagichlardir. Elakli saralagichda saralash sifati va samaradorligi tanlangan tezlik rejimi bilan bog'liq.

Saralagichlarni ishlatish jarayonidan shu narsa aniqlanganki, eng samarali rejim bu saralanayotgan mahsulot elak panjarasidan ajralmagan holda uning yuzasida harakatlanishidir. Mazkur rejimda mahsulot saralash yuzasida ko'p vaqt bo'lishi hisobiga saralash aniqligi ortadi, shuningdek, mahsulotning shikastlanishi ham kam bo'ladi.

Saralanayotgan mahsulot panjara yuzasida asosan ikki xil usulda harakatlanishi mumkin: panjaraning qiyaligi hisobiga to'xtamasdan pastga qarab sirpanishi yoki dumalashi, tebranish hisobiga to'xtalishlar bilan harakatlanishi.

Saralash tezligini oshirish uchun elak qiyalik burchagini oshirish kerak yoki tebranishlar chastotasini, burchak tezlikni oshirish talab etiladi. U holda yuqoridagi rejimlar chegaralari buziladi.

g sin(^ + p{) g sin(a-pi)

Kn + = —--, Kn - = —--, (2)

w A cos(fi-p\) œ A cos(fi + p\) w

bunda p1 - kartoshka tuganaklari ishqalanish kuchi hisobiga tinch holatda turadigan burchakning kritik kattaligi, A - elakning tebranish amplitudasi.

Elakli ishchi jihoziga ega bo'lgan saralagichlar ham keng qo'llaniladi. (1-rasm). Saralash jarayonida kartoshka tuganaklarining shikastlanishini kamaytirish uchun elakli saralash mashinasining ishchi jihozi harakatlanadigan egiluvchan materialdan yasalishi ham mumkin (1-rasm, ¿-ko'rinish).

Yuqorida keltirilganidek, bu turdagi mashinalar kartoshka tugunagining qalinligiga ko'ra saralashga mo'ljallanmagan. Amalda tuganaklarni ishchi yuzadan ajralmasdan harakatlanishini ta'minlashni iloji bo'lmaganligi, lekin silkinishlar chastotasi va amplitudasini ham oshirib yubormaslik kerakligi uchun bunday mashinalarning saralash aniqligi va tezligi ham unchalik yuqori emas.

a-metaldan yasalgan elak b-egiluvchan materialdan yasalgan elak

1-rasm. Elakli saralash mashinasining ish jihozlari

Shuningdek, konstruksiyasiga ko'ra juda murakkab, elaklar metaldan yasalganda kartoshkalar saralash davomida ko'p shikastlanadi, egiluvchan materialdan yasalganda esa ishchi jihozni bir xilda silkinishini ta'minlash

2-rasm. Tasmali saralash jihozi

Turli mashinalar ish jarayonida kartoshka tuganaklarining shikastlanishi borasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tasmali saralagichlardan foydalanilganda shikastlanishlar eng kam bo'ladi (2-rasm). Buning asosiy sababi, (2) ifodadagi keltirilgan saralash yuzasi va kartoshka tuganaklarining o'zaro urilishlar sonining minimal qiymatda bo'lishidir.

1-jadval

Mahsulotning saralash mashinasining ishchi jihozi turiga bog'liq holda shikastlanish ko'rsatkichlari

Saralash jihozi turi Mahsulotning saralash jarayonida shikastlanishi, %

katta hajmli mahsulot o'rta hajmli mahsulot

Rolikli 46,2 14,3

Elakli 12,6 5,4

Tasmali 2,3 5,4

Bunday ishchi jihozlarning kamchiligi saralash aniqligining yuqori emasligidir. Bu holat kartoshka tuganaklarining geometrik o'lchamlari bilan bog'liq. Biroq, tasmali ishchi jihozlarning saralash aniqligi borasida boshqa turdagi ishchi jihozlardan ustunligi shundaki, ularda kartoshka tuganaklarini qalinligi bo'yicha

103

Transportda resurs tejamkor texnologiyalar - 2021 y. saralash mumkin.

Bu mashinalar orasida konstruksiyasiga ko'ra eng soddasi barabanli saralash mashinasi hisoblanadi. Baraban ko'rinishidagi saralash mashinalarining umumiy kamchiligi shundan ibaratki, ish jarayonida saralanayotgan mahsulot barabanning faqat pastki qismida joylashadi, ya'ni ishchi yuzaning taxminan 16 % qismidan foydalaniladi xolos. Bu esa o'z navbatida samaradorlikning yuqori bo'lmasligiga sabab bo'ladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda saralash uchun yuqori samaradorlikka ega bo'lgan, tuganaklarni kam shikastlaydigan, saralash aniqligi yuqori bo'lgan, arzon, ishonchli va sodda mashinaning konstruksiyasini ishlab chiqildi.

Ishlab chiqilgan konstruksiyaga ko'ra mashinaning yetaklovchi va yetaklanuvchi barabanlari turli balandlikda o'rnatiladi. Bunda yetaklovchi baraban pastroqda joylashadi va elastik to'rning pastki tarmog'i yuqoriga tomon harakatlanadigan yo'nalishda aylanma harakatlanadi. Barabanlar silindrik karkas ko'rinishda tayyorlanadi va ularning o'qi saralash yuzasining boshidan oxiriga tomon burchak ostida pasayib boradi, ya'ni barabanlar gorizonga nisbatan qiya holatda o'rnatiladi. Ishlov beriladigan ildizmevalar uyumi transportyor yordamida saralash yuzasiga, ya'ni elastik to'rning yuqori va pastki tarmog'i orasiga uzatiladi. Ildizmevalar saralash yuzasining qiyaligi va elastik to'rning harakati hisobiga pastga tomon harakatlanadi va elastik to'rning o'zining o'lchamiga mos tuynugidan tushib saralanadi. Saralangan ildizmevalar transportyorlar yordamida kerakli zonaga uzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://www.newtechagro.ru/articles/archive2/spetsialnaya_tehnika_dlya_proizvo dstva_kartofelya.html

2. Umarov B. T. Kartoshka saralash mashinasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash: T.f.f.d. dis. avtoreferati - Namangan, 2020. - 44 b.

3. Bahadirov G., Sultanov T, Umarov B, Bakhadirov K. T. Advanced machine for sorting potatoes tubers // IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering 883 (2020) 012132. Tom-2 - IOP Publishing, CONMECHYDRO - 2020.

Рузибаев, А. Н., Обидов, Н. Г., Отабоев, Н. И., & Тожибаев, Ф. О. (2020). ОБЪЕМНОЕ УПРОЧНЕНИЕ ЗУБЬЕВ КОВШЕЙ ЭКСКАВАТОРОВ. Universum: технические науки, (71 (76)).

6. Обидов, Н. Г. (2019). Фрезерные дорожные машины в условиях эксплуатации в жарком климате Узбекистана // Подъемно-транспортные, строительные, дорожные, путевые машины и робототехнические комплексы (pp. 377-379).

7. Таджиходжаева, М., & Обидов, Н. Конструктивные системы в природе и дорожных машинах. Рецензенты: генеральный директор РУП «Гомельавтодор» СН Лазбекин; д-р техн. наук, профессор АК Головнич (БелГУТ), 124.

8. Qaxxorovich, N. Q., Juraevich, Y. N., Nozimjonovna, O. I., & Baxtiyorovna, N. B. (2021). The Perspective Directions For The Development Of Sericulture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(9), 24-27.

9. Таджиходжаева, М., & Обидов, Н. Конструктивные системы в природе и дорожных машинах. Рецензенты: генеральный директор РУП «Гомельавтодор» СН Лазбекин; д-р техн. наук, профессор АК Головнич (БелГУТ), 124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.