Научная статья на тему 'IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIRI'

IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4057
214
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IJTIMOIY TARMOQLAR / ODOB- AXLOQ / "FEYSBUK" / SOTSIAL TARMOQLAR / VIRTUAL NARKOTIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turkbenbayeva D.E.

Maqolada milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar tarbiyasi va ularga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF SOCIAL NETWORKS ON YOUTH SPIRITUALITY

The article analyzes the education of young people and the factors affecting them at a time when threats and dangers against national identity and spiritual values are increasing.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIRI»

Turkbenbayeva D.E.

2-kurs magistrant Ajiniyez nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti

IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Maqolada milliy o'zlik va ma'naviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar tobora kuchayib borayotgan bir paytda yoshlar tarbiyasi va ularga ta'sir qiluvchi omillar tahlil qilinadi.

Kalit so^zlar: ijtimoiy tarmoqlar, "Odnoklassniki.ru",odob- axloq, "Feysbuk", "V.kontakte", "Moymir", Sotsial tarmoqlar, virtual narkotik.

Turkbenbayeva D.E.

2nd year graduate student Nukus State Pedagogical Institute named after Ajinyez

THE EFFECT OF SOCIAL NETWORKS ON YOUTH SPIRITUALITY

Abstract: The article analyzes the education of young people and the factors affecting them at a time when threats and dangers against national identity and spiritual values are increasing.

Keywords: social networks, "Odnoklassniki.ru", ethics, "Facebook", "V.kontakte", "Moymir", Social networks, virtual drug.

"Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi" Bugungi kunda internetdagi ijtimoiy tarmoqlar ayniqsa yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Yurtimizda internetdan foydalnuvchilarning aksariyati "Odnoklassniki.ru", "Feysbuk", "V.kontakte", "Moymir" kabi tarmoqlarda o' z profillariga ega. Biroq keyingi yillarda mazkur tarmoqlarning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan jihatlari ham ko'zga tashlanayotgani ko'pchilikni tashvishga solmoqda. So'rovnomani o'tkazishdan maqsad ham mazkur masala yuzasidan o'quvchilarimizning fikrlarini o'rganish edi. Bir hafta davomida 110dan ortiq ishtirokchi "Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar yoshlar hayotida qanday o'rin tutadi?" so'rovnomasiga o'z munosabatlarini bildirishdi. Qizig'i shundaki, o'quvchilarning 32 foizi ushbu tarmoqlar do'stlar orttirish, manfaatli tanishuvlar uchun kerak degan fikrni ma'qullagan bo'lsa, yana shuncha foydalanuvchi tarmoqlarning yoshlar tarbiyasi va odob-axloqiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini tan olgan. Demak, bugun ijtimoiy tarmoqlar qanchalik ommalashmasin, uning salbiy oqibatlarini ko'ra bilayotganlar safi ham oshib bormoqda. So'rovnomaning to'liq natijasi bilan tanishing: Savol: Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar hayotida

qanday o'rin tutadi?

1. Do'stlar orttirish va manfaatli tanishuvlarga yordam beradi - 32

(26.9%);

2. O'z fikrini erkin bildirish imkoniyatini beradi - 24 (20.2%); 3. Yoshlar tarbiyasi va odob- axloqiga salbiy ta'sir ko'rsatadi - 32 (26.9%);

4.G'araz niyatli shaxslarning o'z manfaati yo'lida foydalanishi uchun bir vosita - 10 (8.4%);

5. Bekorchilikdan boshqa narsa emas - 21 (17.6%). Eslatib o'tamiz, "Darakchi" gazetasining shu hafta nashrdan chiqadigan 16- sonida jurnalist Gulnoza Alimovaning "Sotsial tarmoqlar virtual narkotikmi yoki ommaviy madaniyatning yangi bosqichi?" deb nomlangan maqolasi chop etiladi. Muallif mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning bugungi kunda yoshlar hayotida tutgan o'rni haqida keng mushohada yuritadi.

Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o'zgarishlar sodir bo'layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o'z ta'sirini o'tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo'lmish sotsial tarmoqlarni chetlab o'tolmaymiz. Joriy vaqtda sotsial tarmoqlar deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Ayniqsa, yosh avlod juda ham sotsial tarmoqlarni yaxshi ko'radi. Kimga internetda o'z rasmlarini qo'yish, olis masofadagi do'stlar va qarindoshlar bilan gaplashish, o'yinlar o'ynash, musiqa tinglash va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish, statuslarni t inmay o'zgartirish yoqmaydi deysiz?

Agar biz sotsial tarmoqlar soniga va ularning turlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularning hammasini yoritishda bu maqola ojizlik qiladi. Keling biz eng mashhur sotsial tarmoqlar va ularga qancha foydalanuvchi a'zo bo'lganligiga bir nazar tashlaylik: Facebook - 750 million, Twitter - 200 million, Qzone - 480 million, Odnoklassniki.ru - 100 million, V kontakte - 135 million va hokazo. Mana ko'rib turganingizdek, shu raqamlar insoniyatning qanchalik sotsial tarmoqlar ichiga kirib ketayotganligidan dalolat bermoqda. Tabiiyki, sizda savol paydo bo'lishi mumkin: bu yaxshimi yoki aksinchami? Albatta, ko'pchilik bu tarmoqlarni ma'qullaydi va unga ijobiy baho beradi. Chunki, hozir sotsial tarmoqlar bo'sh vaqtni o'tkazishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi. Endi esa, keling, sotsial tarmoqlarnig bizning hayotimizga, dunyoqarashimizga, ongimizga, aql-u shuurimizga va sog'lig'imizga qanday ta'sir etishi haqida fikr yuritaylik. Internetning zo'r berib rivojlanishi bilan odamzod borgan sari me'yorni unutib, uning girdobiga bexosdan tortilmoqda. Axir biz bir muhim narsani esdan chiqarmasligimiz darkor: real hayot boshqa, virtual hayot boshqa. Biz kundalik hayotda odamlar bilan jonli muloqotda bo'lamiz, jonli fikr almashinamiz va o'zimizga kerakli bo'lgan xulosalarni chiqaramiz. Virtual hayot esa insonni tamomila dunyoqarashi va ongini o'zgartirib yuborishi mumkin.

Keling, aynan shuni sotsial tarmoqlar misolida ko'raylik. Hozirda sotsial tarmoqlarning PR faoliyati va reklamasi juda rivojlanmoqda. Hatto 2010 yili amerikalik rejisser Devid Fincherning Facebook sotsial tarmog'i asoschisi Mark Tsukerberg haqidagi "Sotsial tarmoq" nomli badiiy filmi suratga olindi. Hozirgi

zamonda ko'p yoshlar o'z vaqtlarini sotsial tarmoqlarda o'tkazishadi. Ular hatto darslarini, uy yumushlarini va o'z rejalarini ham yodidan chiqarib yuborishadi. Bu esa, sotsial tarmoqlarga qaram bo'lishdan boshqa hyech gap emas. Yoxud boshqacha so'z bilan aytadigan bo'lsak, bu - psixologik qaramlikdir. Internet olamida sayyohat qilar ekansiz, ba'zilarning erta-yu kech "Online", "V seti'V'Gotov k obщyeniyu" kabi statuslarini ko'rasiz.

Ushbu odamlar bamisoli sotsial tarmoqlarda "yashashadi" Ular uchun virtual hayot muammolari va tashvishlari har narsadan, jumladan real hayotdan ustun turadi. Bizning fikrimizcha, bu tendentsiya salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki inson sotsial tarmoqlarda bo'lar ekan, u o'z hayotini faqat shu tarmoqlar orqali ko'radi, xulosalarni tarmoq nuqtai nazaridan va ulardagi a'zolar fikrlaridan chiqaradi, uning dunyoqarashi shu tarmoq doirasida shakllanadi, xullas bunday insonlaring ongi faqat bir olamda yashaydi. Inson real hayotidagi kamchiliklarini, siqilishlarini va muvaffaqiyatsizliklarini tarmoqda qoplashga intiladi. Rasmlar va ularga berilgan sharhlar, yangi do'stlar, yorqin lavhalar va tarmoqlararo uyushmalar odamni to'lqinlantiradi. Internet ularning fikrlashini butunlay o'zgartirib yuboradi.

Undan tashqari sotsial tarmoqlar g'arazgo'y odamlarning yovuz maqsadlariga xizmat qilishlari mumkin. Masalan, tarmoqqa qo'yilgan axborot va xabarlar boshqalar tomonidan o'g'irlanishi, buzilishi va boshqa tarmoq a'zolariga yuborilishi mumkin. Yoki firibgarlar qalbaki rasmlar va yolg'on ma'lumotlar bilan o'z maqsadlariga erishishlari mumk in. Hatto sotsial tarmoqlar butun boshli qotilliklar, isyonlar, urushlarga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, zamonaviy fanda "informatsion urush" degan atama mavjud. Informatsion urush sotsial tarmoqlarda juda qo'l kelishi mumkin. Ana endi hozirgi vaqtdagi voqyealar bilan sotsial tarmoqlarin bog'laylik. Ma'lumki, 2011 - yilning boshi butun jahonning diqqat - e'tiboriga sazovor bo'lgan "arab inqiloblari" yoki "arab bahori" nomli voqyealar bilan boshlandi. Tunisda boshlangan davlat to'ntarishi zanjirli reaktsiya bo'ylab Misr, Liviya, Suriya, Iordaniya, Yaman va boshqa arab davlatlariga tarqaldi. Bu to'ntarishlarga ahamiyat beradigan bo'lsak, harakatlarni boshlaganlar 18 - 35 yoshlardagi fuqarolar edi. Ya'ni, ular ham sotsial tarmoqlar ta'siri ostida bo'lib qolib, ularning boshqa o'lkalardagi do'stlari qanday yashayotganligini ko'rib o'z hayotlarini tubdan o'zgartirishga ahd qilishdi. Masalan, Misrdagi tartibsizliklar "Tvitter inqilobi" degan nomni oldi. Qarangki, sotsial tarmoq qanchalik jamiyat hayotiga va davlat siyosatiga o'z ta'sirini o'tkaza oldi. O'ylashimizcha, bu

dalil sotsial tarmoq ta'siriga tushgan yangi fuqarolik jamiyati shakllanishinig boshlanishidir.

Yaqindagina ommaviy axborot vositalarida biz bir xabarga duch keldik. Ma'lumki, Saudiya Arabistonida ayollarga transport vositasini haydash taqiqlanadi. Arab dunyosida bo'layotgan voqyealarni kuzatib borgan Saudiya Arabistonidagi ba'zi ayol fuqarolar Facebook tarmog'ida o'z sotsial uyushmasini tuzishdi. Bu uyushmada ularni bir g'oya birlashtirib turdi, ya'ni

ular ayollarni avtomobil haydashga va barcha taqiqlarni yo'q qilishga chaqirishgan. Yana bir misol. Shu yilning iyul oyida tinch Norvegiya aholisini larzaga solgan qo'poruvchilik xarakati ham tarmoqda o'z aksini topgan. 77 kishining shafqatsiz tarzda olamdan ko'z yumishiga sababchi bo'lgan Anders Breyvik ham o'z rejalarini Facebook tarmog'ida doimiy yoritib kelgan.

Xulosa qilib aytganda, yoshlar bo'sh vaqtini faqat sotsial tarmoqlarda o'tirish bilan o'tkazishlari noto'g'ri. Chunki, jonli, haqiqiy va real muloqot o'rnini hyech narsa bosa olmaydi. Yoshlar kitob o'qishlari, o'z ustilarida ishlashlari hamda ijtimoiy faollikni oshirishlari lozim. Tarmoqdagi faollik hyech narsani belgilamaydi va inson to'g'risida haqqoniy bo'lmagan ma'lumotlarni saqlashi mumkin. Maqolamizga yakun yasar ekanmiz, biz sotsial tarmoqlarning hayotimizga bo'lgan ta'sirini rad etolmaymiz. Biz ongli ravishda sotsial tarmoq a'zosi bo'la turib, real hayot va virtual hayotni farqlay bilishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev. Toshkent shahri, 2021-yil 26-mart.

2. Ziyouz.com

3. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.