Научная статья на тему 'IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABA YOSHLAR RIVOJLANISHIGA SALBIY TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABA YOSHLAR RIVOJLANISHIGA SALBIY TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
18
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Globallashuv / mafkuraviy / ijtimoiy / axborot / messenger / facebook / tiwitter / odnoklassik.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Tillayeva Nodira Iskandar Qizi

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda kuchli mafkuraviy qurolga aylangan ekan butun dunyo miqiyosida mafkuraviy-g’oyaviy tahdidlarni targ’ib qilishda muhum omil vazifasini o’tamoqdabuni o’z oldiga maqsad qilib olganlar uchun ijtimoiy tarmoq yoshlarning ongiga, qalbiga va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatishda muhum yo’l bo’lib xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda ayrim yoshlar internet tarmog’ida turli xil maqsadda foydalanishmoqda va bu salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Hozirgi o’sib kelayotgan kelajak yoshlarni ko’proq kitob o’qishga va o’zlari qiziqqan soxasiga yo’naltirish lozim. Ushbu maqolamizda buni sizlarga qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, zararli va foydali tomonlarini ham yoritibberishga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABA YOSHLAR RIVOJLANISHIGA SALBIY TA’SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

IJTIMOIY TARMOQLARNING TALABA YOSHLAR RIVOJLANISHIGA SALBIY TA'SIRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Tillayeva Nodira Iskandar qizi

Toshkent Amaliy fanlar unversiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Toshkent 100149 O'zbekiston

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13309050 Annotatsiya: Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda kuchli mafkuraviy qurolga aylangan ekan butun dunyo miqiyosida mafkuraviy-g'oyaviy tahdidlarni targ'ib qilishda muhum omil vazifasini o'tamoqda buni o'z oldiga maqsad qilib olganlar uchun ijtimoiy tarmoq yoshlarning ongiga, qalbiga va ruhiyatiga ta'sir ko'rsatishda muhum yo'l bo'lib xizmat qilmoqda. Hozirgi kunda ayrim yoshlar internet tarmog'ida turli xil maqsadda foydalanishmoqda va bu salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Hozirgi o'sib kelayotgan kelajak yoshlarni ko'proq kitob o'qishga va o'zlari qiziqqan soxasiga yo'naltirish lozim. Ushbu maqolamizda buni sizlarga qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi, zararli va foydali tomonlarini ham yoritib berishga harakat qilamiz.

Kalit so'zlar: Globallashuv, mafkuraviy, ijtimoiy, axborot, messenger, facebook, tiwitter, odnoklassik.

KIRISH

Hozirgi globallashuv jarayonida va jahonda olamshumul o'zgarishlar sodir bo'layotgan bir paytda biz nafaqat aniq bir inson, balki butun jamiyat hayotiga o'z ta'sirini o'tkazib kelayotgan axborot texnologiyalarining ajoyib ixtirolaridan biri bo'lmish ijtimoiy tarmoqlarni chetlab o'tolmaymiz. Joriy vaqtda ijtimoiy tarmoqlar deyarli butun dunyoni qamrab olgan. Ayniqsa, yosh avlod juda ham ijtimoiy tarmoqlarni yaxshi ko'radi. Kimga internetda o'z rasmlarini qo'yish, olis masofadagi do'stlar va qarindoshlar bilan gaplashish, o'yinlar o'ynash, musiqa tinglash va so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish, statuslarni tinmay o'zgartirish yoqmaydi deysiz? Agar biz ijtimoiy tarmoqlar soniga va ularning turlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularning hammasini yoritishda bu maqola ojizlik qiladi. Keling biz eng mashhur ijtimoiy tarmoqlar va ularga qancha foydalanuvchi a'zo bo'lganligiga bir nazar tashlaylik: Facebook -750 million, Twitter - 200 million, Odnoklassniki- 100 million va hokazo. Mana ko'rib turganingizdek, shu raqamlar insoniyatning qanchalik ijtimoiy tarmoqlar ichiga kirib ketayotganligidan dalolat bermoqda. Tabiiyki, sizda savol paydo bo'lishi mumkin: bu yaxshimi yoki aksinchami? Albatta, ko'pchilik bu tarmoqlarni ma'qullaydi va unga ijobiy baho beradi. Chunki, hozir ijtimoiy tarmoqlar bo'sh vaqtni o'tkazishning eng yaxshi vositasi hisoblanadi. Keyingi 15-20 yil davomida dunyo mamlakatlari aholisi, shu jumladan O'zbekistonlik yoshlar hayotida mobil aloqa urf tusini olgan bo'lsa, hozirgi davrga kelib mobil uskunalardagi WhatsApp Messenger va Telegram orqali matnli muloqot ommaviylik kasb etmoqda. Qayd etish kerak, bugungi kunda dunyo aholisining qariyb yarmi - ya'ni 3 mlrd.ga yaqin kishi turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda shulardan eng katta qismi - 2 mlrd. odam "Facebook"da O'zbekistonda "Facebook" tarmog'idan foydalanuvchilar 1 millionga yaqinlashib qolgan ular o'rtacha 25-34 yoshda bo'lib 65,5 foizini erkaklar 34,5 foizini xotin qizlarimiz tashkil etar ekan. Ayni paytda dunyoda 1 mlrd.lik auditoriyaga ega.

Endi esa keling ijtimoiy tarmoqlarnig bizning hayotimizga dunyoqarashimizga, ongimizga, aql-u shuurimizga va sog'lig'imizga qanday ta'sir etishi haqida fikr yuritaylik. Internetning zo'r berib rivojlanishi bilan odamzod borgan sari me'yorni unutib, uning girdobiga bexosdan tortilmoqda. Axir biz bir muhim narsani esdan chiqarmasligimiz darkor real hayot boshqa virtual hayot esa boshqa. Biz kundalik hayotda odamlar bilan jonli muloqotda bo'lamiz jonli fikr almashinamiz va o'zimizga kerakli bo'lgan xulosalarni chiqaramiz. Virtual hayot esa insonni tamomila dunyoqarashi va ongini o'zgartirib yuborishi mumkin. Ushbu odamlar bamisoli ijtimoiy tarmoqlarda "yashashadi". Ular uchun virtual hayot muammolari va tashvishlari har narsadan, jumladan real hayotdan ustun turadi. Bizning fikrimizcha, bu tendentsiya salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki inson ijtimoiy tarmoqlarda bo'lar ekan, u o'z hayotini faqat shu tarmoqlar orqali ko'radi, xulosalarni tarmoq nuqtai nazaridan va ulardagi a'zolar fikrlaridan chiqaradi, uning dunyoqarashi shu tarmoq doirasida shakllanadi, xullas bunday insonlarning ongi faqat bir olamda yashaydi. Inson real hayotidagi kamchiliklarini, siqilishlarini va muvaffaqiyatsizliklarini tarmoqda qoplashga intiladi. Rasmlar va ularga berilgan sharhlar, yangi do'stlar, yorqin lavhalar va tarmoqlararo uyushmalar odamni to'lqinlantiradi. Internet ularning fikrlashini butunlay o'zgartirib yuboradi. Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlar g'arazgo'y odamlarning yovuz maqsadlariga xizmat qilishlari mumkin. Masalan tarmoqqa qo'yilgan axborot va xabarlar boshqalar tomonidan o'g'irlanishi buzilishi va boshqa tarmoq a'zolariga yuborilishi mumkin. Yoki firibgarlar qalbaki rasmlar va yolg'on ma'lumotlar bilan o'z maqsadlariga erishishlari mumkin. Hatto ijtimoiy tarmoqlar butun boshli qotilliklar, isyonlar, urushlarga sabab bo'lishi mumkin masalan, zamonaviy fanda "informatsion urush" degan atama mavjud. Informatsion urush ijtimoiy tarmoqlarda juda qo'l kelishi mumkin. Ana endi hozirgi vaqtdagi voqyealar bilan ijtimoiy tarmoqlarin bog'laylik. Ma'lumki, 2011 - yilning boshi

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

butun jahonning diqqat - e'tiboriga sazovor bo'lgan "arab inqiloblari" yoki "arab bahori" nomli voqyealar bilan boshlandi. Tunisda boshlangan davlat to'ntarishi zanjirli reaktsiya bo'ylab Misr, Liviya, Suriya, Iordaniya, Yaman va boshqa arab davlatlariga tarqaldi bu to'ntarishlarga ahamiyat beradigan bo'lsak, harakatlarni boshlaganlar 18 - 35 yoshlardagi fuqarolar edi. Ya'ni, ular ham ijtimoiy tarmoqlar ta'siri ostida bo'lib qolib, ularning boshqa o'lkalardagi do'stlari qanday yashayotganligini ko'rib o'z hayotlarini tubdan o'zgartirishga ahd qilishdi. Masalan, Misrdagi tartibsizliklar Tvitter inqilobi degan nomni oldi qarangki, ijtimoiy tarmoq qanchalik jamiyat hayotiga va davlat siyosatiga o'z ta'sirini o'tkaza oldi. O'ylashimizcha, bu dalil sotsial tarmoq ta'siriga tushgan yangi fuqarolik jamiyati shakllanishinig boshlanishidir. Mana biz ijtimoiy tarmoqlarning xususiyatlari haqida yorqin dalillar asosida mulohaza yuritdik. Biz ijtimoiy tarmoqlarga qarshi emasmiz, biz faqatgina ularni real hayotimiz bilan farqi, ularni o'zaro chalkashtirmaslik lozimligini aytib o'tdik. Albatta ulg'ayib kelayotgan yosh avlod fan - texnika yutuqlaridan va axborot texnologiyalarining muvaffaqiyatlaridan foydalanishi kerak. Lekin dunyoda har narsa bilan foydalanishning o'ziga yarasha me'yori mavjud va ularni suiste'mol qilmaslik lozim. O'ylashimizcha, yoshlar bo'sh vaqtini faqat ijtimoiy tarmoqlarda o'tirish bilan o'tkazishlari noto'g'ri. Chunki jonli haqiqiy va real muloqot o'rnini hech narsa bosa olmaydi yoshlar kitob o'qishlari o'z ustilarida ishlashlari hamda ijtimoiy faollikni oshirishlari lozim. Tarmoqdagi faollik hech narsani belgilamaydi va inson to'g'risida haqqoniy bo'lmagan ma'lumotlarni saqlashi mumkin.

Biz ongli ravishda sotsial tarmoq a'zosi bo'la turib, real hayot va virtual hayotni farqlay bilishimiz lozim. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan foydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmaslikning hech bir iloji yo'q. Chunki, inson dunyoqarashining shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida, ayniqsa kampyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini bajarmoqda. Bu bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda, biz yoshlar, mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, o'qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Hozirgi kun nuqtai nazar bilan qaraydigan bo'lsak, allaqachon global tarmoqqa aylanib ulgurgan internet o'zining tezkorligi chegara bilmasligi bilan ommaviy axborot vositalari orasida eng muhim sohaga aylanib ulgurdi. Unda faoliyat yuritayotgan ijtimoiy tarmoqlar: Kun.uz, Daryo.uz kabi saytlar orqali har soatda yurtimiz va jahonga oid eng so'ngi yangiliklardan boxabar bo'lib turamiz. Ammo shiddat bilan yuksalib borayotgan fan-texnika asrida internet va ijtimoiy tarmoqlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma'naviyatiga, ularning yangiliklarga chanqoq ongiga salbiy ta'sirining ham guvohi bo'lyapmiz zimdan e'tibor bersak, internet kafelariga serqatnov yoshlar ayniqsa o'smirlar u yerga borishib, har xil buzg'unchi g'oyalar ruhidagi ur-sur, o'ldir-

www.in-academy.uz

yondir kompyuter o'yinlarini tomosha qilayotganligini, tuturuqsiz narsalar bilan vaqtlarini besamar o'tkazayotganligiga guvoh bo'layapmiz. Eng achinarlisi, ayrim befarq ota-onalar farzandim internetda o'tirib bilim olyapti deb o'ylashadi. Shu o'rinda talabalarning ba'zi dars paytlarida qo'l telefonlari orqali internet saytlariga kirib, bemalol foydalanib o'tirishlariga munosabat bildiradirsak. To'g'ri talaba mustaqil izlanuvchi shaxs sifatida bilimini ko'proq boyitishi, turli xil manbaalarga murojaat etishi yaxshi lekin dars hisobidan emas chunki, har narsaning ham o'z vaqt-soati bor, shu jumladan internetdan foydalanishning ham. Kundalik hayotimizda har narsaning salbiy va ijobiy tomoni bo'lgani kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda ham me'yorga amal qilmog'imiz zarur! XXI asr - axborot texnologiyalari taraqqiyoti asri. Bugungi kun taraqqiyotini jahon axborot tarmog'i-internetsiz tasavvur qilish mushkul. Ma'lumki, internet-axborot va hujjatlarning o'zaro ta'minlaydigan kompyuter tarmoqlarini birlashtirgan xalqaro tizimdir. Internet keng imkoniyatlar eshigini ochdi uydan ko'chaga chiqmay turib global tarmoq orqali dunyo kutubxonalari bo'ylab sayr qilib, kurrai zaminning narigi chekkasida joylashgan oliy ta'lim muassasasining masofaviy virtual talabasi bo'lish, hatto elektron xizmatlarni matnlarni tarjima qilish, video va audiomahsulotlarni tayyorlab berish kitob va risolalarni sahifalash va hokazo shartnoma orqali bajarish, pul ishlab topish mumkin. Xullas, internetning ijobiy jihatlari bisyor, Ijtimoiy tarmoqlar yoki messennjerlarning qulayligi-chi? Onlayn konferensiyalar o'tkazish, onlayn malaka oshirish, yaqinlar va tanish-bilishlar bilan tez, arzon video yoki audiomuloqot qilish. Mana shu jihatlari bilan internet keyingi paytlarda jozibadorlikda televideniye, radio va boshqa axborot vositalarini ortda qoldirmoqda. Lekin internet ko'plab foydali jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarini ham namoyon qilmoqda. Aholida ayniqsa yoshlarda axborot iste'moli madaniyatining sustligi, turli xabarlar oqimidan kerakligini ajratib olishda bilim, malaka va ko'nikmaning yetishmasligi ba'zilarning g'arazli kimsa va oqimlar ta'siriga tushib qolishlariga, internet qaramligi kasalligiga yo'liqishlariga sabab bo'lmoqda. Internet tarmog'lariga bog'lanib qolmaslik uchun bo'sh vaqtlarimizdan samarali foydalanishimiz zarur hisoblanadi yani ko'proq kitob va gazeta jurnallar mutola qilishimiz kerak bu bizni keng fikirlashimizga va nutqimizning ravonligini oshirishda xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning tarbiyasiga katta ta'sir qilmoqda. Xattoki endigina tili chiqan go'dakda ham ijtimoiy tarmoqa qaramlik kuzatilmoqda. Aksariyat kishilar kundalik stress va tashvishlardan uzoqlashish uchun ijtimoiy tarmoqlardan panoh topishga urinishadi. Biroq, taqdqiqotlar ijtimoiy tarmoqlar stressni ozaytirish uchun emas, aksincha, ruhiy zo'riqish va asabiylikni ortirish uchun xizmat qilishini ta'kidlaydi. 1800 ko'ngilli qatnashgan sinov tajribasida, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan ayollar erkaklardan ko'ra ko'proq ruhiy ziqlikka giriftor bo'lishi ko'rsatgan.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Boshqa insonlar stress va ruhiy iztiroblarini ulashayotgan Twitter esa ijtimoiy tarmoqlar ichida eng katta stress manbailigini ko'rsatgan tadqiqotlar, ayollar Twitterdan foydalanganda erkaklarga nisbatan kamroq ruhiy zo'riqishni boshdan kechirishlarini ta'kidlaydi. Aksariyat erkaklar ijtimoiy tarmoqlar bilan masofa saqlab aloqada bo'lgani uchun bunday ta'sirni ko'rsatmaydi. Mutaxassislar balki, erkaklar sovuqqonroq bo'lgani uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanganda ayollarga qaraganda kamroq asabiylashadilar. ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo'lgan kishilarda xavotir, vahima, asabiy tajanglik va behalovatlik boshqalarga nisbatan ko'proq ko'zga tashlanishi aniqlandi. Yetti va unldan ko'proq ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadigan foydalanuvchilar umuman foydalanmaydigan va yoki 1-2 akkuantdan foydalanadiganlardani ko'ra ko'proq xavotir hamda tajanglikda yuradilar. Biroq ijtimoiy tarmoqlar nega insonga vahima va xavotir hislarini uyg'otishi hanuz aniqlanmagan. Ijtimoiy tarmoqlar insonlar ruhiyatiga tamaki va alkogolli ichimliklardan ham ortiq zarar yetkazar ekan. Ijtimoiy tarmoqlar qaramligi degani shubhasiz internetga tobe'lik doirasiga mansub. Va bu tobe'lik butun dunyoda asrimizning eng katta muammolaridan biri sifatida ko'riladi. Har bir ne'mat insonga xizmat qilishi uchun yaratilgan. Ulardan o'z o'rnida va me'yorda foydalanishga e'tibor berilmasa ne'matlar zararga aylanadi.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi Qonuni. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida. 2016-yil 14-sentabr.

[2] Qodirov U. Yoshlar va axboriy psixologik xavfsizlik. 2014-yil 153 b.

[3] Alimov B. S. Ijtimoiy tarmoqlar va ularning mamlakat imijini shakllantirishdagi o'rni // O'zbekiston Milliy universiteti xabarlari, — T:, 2015. — № 3. — B. 286-290 (10.00.00; № 15).

[4] Alimov B. S. Yoshlarning ijtimoiy tarmoklar orqali mamlakat imijini oshirishdagi roli // Yoshlar innovasion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. to'p. 2019 yil 27 aprel. — Toshkent, 2019. — B. 75-78.

[5] Alimov B. S. Ijtimoiy tarmoklar va imij hamohangligi // Zamonaviy elektron ommaviy axborot vositalarining taraqqiyot tendensiyalari: Resp. ilmiy-amaliy konf. material. to'p. O'zDJTU, 2019 yil 26 aprel. — Toshkent, 2019. — B. 15-17. 6. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya T.: "Movaraunnahr", 2016. 672 b. 7. Тоффлер Э. Третья волна. Москва, 2010. с.795

www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.