IJTIMOIY SHAROITI OG'IR BO'LGAN OILALAR FARZANDLARI UCHUN REABILITATSIYA MAJMUALARINING YECHIMLARI Masharipova Sayyora Abduraximovna
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Arxitektura" kafedrasi Arxitektura fanlari nomzodi dotsent, Xidoyatova Shaxlo Mirsamug qizi
Magistr
https://doi.org/10.5281/zenodo.10069968
Annotatsiya: Ushbu maqola Ota-onasining qaramog'isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo'lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar farzandlariga qulay sharoitlar yani makon yaratish tugrisidadir.
Kalit zo'zlar: reabilitatsiya markazi,mehribonlik uylari, akademik litsey, kasb-hunar maktab, kollej, texnikum, oliy o'quv yurti, bolalar mahallalari,etim bolalar
РЕШЕНИЯ РЕАБИЛИТАЦИОННЫХ КОМПЛЕКСОВ ДЛЯ ДЕТЕЙ ИЗ СЕМЕЙ С ТЯЖЕЛЫМ СОЦИАЛЬНЫМ ПОЛОЖЕНИЕМ
Аннотация: В данной статье речь идет о создании благоприятных условий, то есть пространства, для детей и молодежи, оставшихся без попечения родителей или находящихся в группе риска социального сиротства, а также детей из семей, находящихся в трудной жизненной ситуации.
Ключевые слова: реабилитационный центр, детские дома, академический лицей, ПТУ, колледж, техникум, вуз, детские помещения, дети-сироты
SOLUTIONS OF REHABILITATION COMPLEXES FOR CHILDREN OF FAMILIES WITH SEVERE SOCIAL CONDITIONS
Abstract: This article is about creating favorable conditions, that is, space, for children and youth left without parental care or at risk of social orphanhood, as well as children from families in difficult life situations.
Key words: rehabilitation center, orphanages, academic lyceum, vocational school, college, technical school, university, children's premises, orphans
KIRISH
Mustaqillik yillarida Muhtaram Prezidentimizning bevosita rahbarligida yoshlar kamolotiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tibor qaratila boshlandi. Barcha sohalar kabi ta'lim tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xususan, xalqimizning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlari asosida zamonaviy fan va texnikaning ilg'or yutuqlariga asoslangan kadrlar tayyorlashning mukammal tizimi yaratildi.
Bugungi kunda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy jihatdan himoya qilish bo'yicha juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mamlakatimizda bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha tegishli huquqiy baza shakllangan desak hech mubolag'a bo'lmaydi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat kodeksi, Jinoyat kodeksi va boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar o'z ifodasini topgan.
Ma'lumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tug'ilishi bilanoq inson va fuqaroning huquq, erkinliklari vujudga keladi hamda ular davlat tomonidan kafolatlanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning zamirida xalq manfaatlari yotadi. Davlatimizda inson huquqlarini ta'minlash borasida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Ayniqsa, ayollar va bolalar manfaatini himoya qilish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoevning viloyatlarga qilgan so'nggi tashriflarida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvi hamda ularga yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishuvi jamoatchilik tomonidan iliq qabul qilinyapti. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari manfaatlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar haqida batafsil to'xtalib o'tildi.
Avvalambor shuni ta'kidlab o'tishni istardimki, bolaga o'z ota-onasi tomonidan beriladigan mehr, e'tibor, tarbiyaning o'rnini hech narsa to'ldira olmaydi. Afsuski, jamiyatimizda turli sabablarga ko'ra ota-onasiz va boquvchisiz qolib ketayotgan farzandlar ham bor. Ushbu bolalarga o'z vaqtida e'tibor qaratilmasa, ularning jamiyatga moslashuviga sharoit yaratilmasa, bu salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, murakkab sharoitga tushib qolgan bolalarni himoya qilish davlatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODI
So'nggi yillarda mamlakatimizda bolalar manfaatlarini himoya qilishda, ularning jahon andozalariga muvofiq bilim olishida, hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishida juda keng ishlar olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda ijtimoiy yetimlikning oldini olish, aholi va yoshlar orasida sog'lom oila qurishga mas'uliyat bilan yondashishni targ'ib qilish, oilaviy qadriyatlarga ma'naviy-axloqiy munosabatni shakllantirishga ham katta e'tibor berilyapti.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Etim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Etim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuviga keng imkoniyatlar yaratish va boshqa zarur choralar bo'yicha salmoqli ishlar qilinmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatimizda 17 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasi mavjud bo'lib, ularda jami 1950 nafar yetim va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bola tarbiya olmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Ushbu tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash maqsadida Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari hududlari hamda xonalariga jami 686 ta videokuzatuv kamerasi o'rnatilgan. Shuningdek, ular qo'shimcha telefon aloqasi xizmati bilan ta'minlangan hamda Internet tarmog'iga ulangan. (1)
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining ta'lim-tarbiyasi va ta'minoti to'liq davlat mablag'lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Ularning kundalik ehtiyojlaridan tortib, uy-joy bilan ta'minlanishigacha bo'lgan jarayonlarning mexanizmlari ishlab chiqilgan va davlat tomonidan doimiy nazorat qilinyapti. Ayni vaqtda, moddiy qo'llab-quvvatlash bilan birga ma'naviy qo'llab-quvvatlash, fikrimcha, har qanday bolaning ko'ngliga yo'l topish va uni shaxs sifatida tarbiyalashning muhim omillaridandir.
Shu o'rinda yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga berilgan imtiyozlarga to'xtalib o'tish joiz deb hisoblayman. Avvalo ta'kidlash lozimki, ularning ta'lim muassasalarida (akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarda, oliy o'quv yurtlarida) ta'lim olishlari, shuningdek, davolash-sog'lomlashtirish,
tibbiy-ijtimoiy muassasalar xizmatidan foydalanish bilan bog'liq barcha sarf-xarajatlar davlat tomonidan to'liq qoplanadi.
Prezidentimizning «Hozirgi kunda mamlakatimizda alohida e'tiborga muhtoj 18 yoshgacha bo'lgan 150 ming nafar farzandlarimiz bor. Ularning ta'lim olishi, aniq bir kasbni egallashi uchun ko'maklashish, og'ir kasallikka chalinganlarini davolash, chin yetimlarga hayotda o'z o'rnini topishga yordam berish, uy-joy bilan ta'minlash — nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burchimizdir» - degan so'zlari mazkur masalaga eng yuqori darajadagi e'tibordan darak beradi.
Umuman olganda, biz o'z kelajagimizni yosh avlodga to'g'ri ta'lim-tarbiya, e'tibor berish, ularning iqtidorini rag'batlantirish orqali qurishimiz mumkin va lozim. Bunda nafaqat davlatning o'rni, balki har bir ota-ona va fuqaroning ishtiroki ham o'ta muhim ahamiyatga ega.
Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarniga g'amxurlik qilish borasida bir necha tashkilotlar tuzila boshladi jumladan "SOS O'zbekiston Bolalar Maxallalari" uyushmasidir. (2)
«SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari» Uyushmasi 1997 yilda bolalarning farovonligini ta'minlash, ularning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish va ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. Ota-onasining qaramog'isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo'lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar tashkilot faoliyatining diqqat-markazidadir. (3)
NATIJA
Uyushma dasturlari doirasida bolalar va oilalar ota-onasining qaramog'isiz qolgan bolalar va yoshlar uchun oila muhitini yaratishga, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalarni mustahkamlashga va ijtimoiy yetimlik havfini kamaytirishga qaratilgan kompleks, izchil va uzluksiz xizmatlarga ega bo'ladilar. Barcha hizmatlar quyidagi tuzilmalar doirasida taqdim etiladi: oilaviy vasiylik, yoshlarga vasiylik qilish, oilani mustahkamlash bo'yicha tuzilmalar.
Uyushmaning to'rtta muhim tamoyili:
1. Har bir bola g'amxo'r ota yoki onaga ega
2. Oilaviy aloqalar ta'biy yo'l bilan rivojlanadi
3. Har bir oila o'z uyini yaratadi
4. OS-oila jamiyatning bir qismi hisoblanadi
Uyushmaning muhim vazifalari:
1. Ota-onasining qaramog'isiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy ko'makni ta'minlash.
2. Ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni O'zbekistonning an'anaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash.
3. Ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy ko'mak ko'rsatish yo'li bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qo'llab-quvvatlash.
4. Uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari bo'yicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular bo'yicha o'zaro tajriba almashish.
«SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston» Uyushmasi «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkilotining a'zosi hisoblanadi. U o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Hukumati va «SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkiloti o'rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda «SOS Bolalar Mahallalari» 134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va
texnologik jihatdan qo'llab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti, 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo'lgan. (4)
1-rasm. Binolarning ichki va tashqi ko'rinishi
Bu borada bolalar maxallasi namunasini jaxon tajribalari misolida ham ancha o'rganilgan. Ular voyaga yetgunlaricha mahallada yashash huquqiga ega bo'ladilar. Undan tashqari bitta uyni qisqa muddatga g'amxo'rlik ko'rsatish uchun xizmat qiladi.(5) Bu degani otasi yoki onasi bor bo'lsa-yu, qanaqadir muammolar tufayli uysiz, qiyin vaziyatga tushib qolgan bo'lsa o'sha bola ko'chada qolib ketmasligi uchun qisqa muddatda markazda qolishi mumkin.
XULOSA
Ba'zida ota-onalar har-xil sa'bablar tufayli o'z farzandlariga tarbiya bera olmaydilar, ba'zida esa bolalar o'z ota-onalarini yo'qotib yoki umuman hayotda ko'rishmaydi. Aynan shunday himoyasiz qolgan, sog'lom bolalikka ega bo'lish huquqiga mahrum bo'lgan bolalarga "SOS Bolalar Mahallalari" Uyushmasi o'z foaliyatini olib boradi. Bu borada hozirda maxalla na'munalariga loyihaviy takliflar ham tadqiqotchilar va me'morlar tomonidan ham izlanishlar olib borilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. ПФ-27-сон 28.02.2023. 2022-2026 йилларга мулжалланган янги узбекистоннинг тараккиёт стратегиясини "инсонга сифатли таълим йили " да давлат дастури.
2. Masharipova, S. (2022). DISTINCTIVENESS OF RESIDENTIAL ARCHITECTURE OF ANCIENT CITIES OF UZBEKISTAN. Science and Innovation, 1(8), 357-364.
3. Masharipova, S. (2022). ФОРМИРОВАНИЯ ПРИРОДЫ ДРЕВНЕГО ОАЗИСА И АНТРОПОГЕННОГО ЛАНДШАФТА НА БЕРЕГУ РЕКИ АМУДАРЬИ. «АРХИТЕКТУРА: МЕРОС ВА ЗАМОНАВИЙЛИК».
4. Masharipova, S. (2022). ^ОРАКАЛПОЕИСТОН ТУРАР ЖОЙЛАРИ ТАРИХИ. ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ.
5. Masharipova, S. (2022). History of Karakalpakstan Accommodation. Middle European Scientific Bulletin.
6. Masharipova, S. (2022). УЗБЕКИСТОННИНГ ^АДИМИЙ ШАХДРЛАРИ ТУРАР ЖОЙ МЕЪМОРЧИЛИГИНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Science and innovation, 1(C8), 357-364.
7. Abdurahimovna, M. S. (2020). ABOUT THE STRUCTURE OF KHOJALY CITY. MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS, 10.
8. Masharipova, S. (2022). ФОРМИРОВАНИЯ ПРИРОДЫ ДРЕВНЕГО ОАЗИСА И АНТРОПОГЕННОГО ЛАНДШАФТА НА БЕРЕГУ РЕКИ АМУДАРЬИ. «АРХИТЕКТУРА: МЕРОС ВА ЗАМОНАВИЙЛИК».
9. MASHARIPOVA, S. A., & SAN'AT, A. V. S. T. ARXHEKTURA TARIXI.
10. ABDURAHIMOVNA, S. M. Formation of Ancient Khorezm Oasis and Anthropogenic Landscape on the Shore of Amudarya. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(05), 245-247.
11. Inogamov, B. I., & Khasanov, A. O. (2021). Taking Into Account Socio-Functional Factors in the Design of Housing. Design Engineering, 2587-2589.
12. Ozadovich, K. A., & Ismailovich, I. B. (2021). Issues of Organization of Service Sets onthe Uzbek National Highway A-380. Design Engineering, 2582-2586.
13. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ^УРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ХДМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769774.
14. Inog'Omov, B., & Alimdjanov, R. (2022). СПОРТ ИНШООТЛАРИНИ ЛОЙИХДЛАШДА ^УЛЛАНИЛАДИГАН КОНСТРУКЦИЯЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ЖИХАТЛАРИ ТУЕРИСИДА. Science and innovation, 1(C8), 344-348.
15. Inog'Omov, B., & Sodikov, M. (2022). СОЛНЕЧНЫЕ ЭНЕРГИИ В АРХИТЕКТУРЕ. Science and innovation, 1(C8), 327-332.
16. Bakhtiyor, I. (2019). Socio-economic preconditions of the formation of mahalla of a new type. Austrian Journal of Technical and Natural Sciences, (1-2), 3-5.
17. Inogamov, B., Alimdjanov, R., & Allayarov, K. (2022). ГИЛ, ЦЕМЕНТ, ГИПС ВА ГРАНИТ КАБИ ^УРИЛИШ МАТЕРИАЛЛАРИНИНГ ФИЗИК-КИМЁВИЙ ХУСУСИЯТЛАРИ ХДМДА ИШЛАТИЛИШИ. Science and innovation, 1(A8), 769774.
18. Kosimov, I. (2018). Gallery of the dam to keep the entrance of the precipitation and washing to remove sediment, water reservoirs accumulated precipitation pipeline eleaning
methods. Role of the using innovative teaching methods to improve the efficiency of education. Россия. Г. Москва-2018.
19. Хасанов, А. Н., Аббасова, Р. К., & Маърибович, И. (2022). КАСБ ^УНАР МАЖМУАЛАРИНИНГ ПАЙДО БУЛИШ ТАРИХИ (ФАРЕОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА). Journal of new century innovations, 19(1), 198-204.
20. Maribovich, Q. I. (2023). Architectural Improvement of Professional Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 2(3), 85-91.
21. Madamiovna, K. D., & Maripovich, K. I. (2023). The Role of Towns and Baths in Community Life And. European Journal of Contemporary Business Law & Technology: Cyber Law, Blockchain, and Legal Innovations, 1(2), 39-42.
22. Ozodovich, H. A., & Maribovich, Q. I. (2022). Improving the Design of Youth Innovative-Creative and Development Scientific Centers. Eurasian Scientific Herald, 7, 72-76.
23. Dedakhanov, B., & Kasimov, I. (2022). ANCIENT ARCHITECTURE OF THE FERGHANA VALLEY FEATURES OF FORMATION AND DEVELOPMENT (ON THE EXAMPLE OF CIVIL ARCHITECTURE AND URBAN PLANNING). Science and innovation, 1(C6), 278-284.
24. Ozodovich, H. A., Maribovich, Q. I., & Zarina, B. (2023). KASBGA YO'NALTIRISH MARKAZINI INNOVATSION LOYIHASI TAKLIFI "KIDZANIA JOB WORLD IN TASHKENT". PEDAGOG, 6(1), 120-129.
25. Maribovich, Q. I. (2022). Scientific Proposals for Architectural Improvement of Engineering Centers. Nexus: Journal of Advances Studies of Engineering Science, 1(6), 59-63.
26. Хасанов, А. О., & ^осимов, И. М. (2023). УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА КАСБГА ЙУНАЛТИРИШ МАРКАЗЛАРИНИ АРХИТЕКТУРА ТАКЛИФИ. Journal of new century innovations, 21(1), 144-150.
27. Хасанов, А. О., & ^осимов, И. М. (2023). ЖАМИЯТНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА КАСБГА ЙУНАЛТИШ МАРКАЗЛАРНИ ЛОЙИХДЛАШНИ ОПТИМАЛЛАШТИРИШ. Journal of new century innovations, 21(1), 136-143.
28. "Халк сузи" газетаси №210 07.10.2023
29. https://lex.uz/docs/6430272
30. https://lex.uz/docs/6430272
31. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/3771/file/