Научная статья на тему 'ICHAK MIKROBIOMINING MIYA VA ODAMNING UMUMIY SALOMATLIGIGA TA’SIRI'

ICHAK MIKROBIOMINING MIYA VA ODAMNING UMUMIY SALOMATLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
odam / ichak / miya / mikrobiom / sog‘lik / bakteriya.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Adxamova Sevaraxon

Tadqiqotning maqsadi ichak mikrobiomining insonning sog‘ligiga va miya faoliyatiga ta’sirini o‘rganishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ICHAK MIKROBIOMINING MIYA VA ODAMNING UMUMIY SALOMATLIGIGA TA’SIRI»

ICHAK MIKROBIOMINING MIYA VA ODAMNING UMUMIY

SALOMATLIGIGA TA'SIRI THE EFFECT OF GUT MICROBIOME ON THE BRAIN AND OVERALL

HUMAN HEALTH

Adxamova Sevaraxon Abdusalim qizi

Farg'ona davlat universiteti, magistr xoshimovasevara57@gmail.com

Annotatsiya: Tadqiqotning maqsadi ichak mikrobiomining insonning sog'ligiga va miya faoliyatiga ta'sirini o'rganishdan iborat.

Abstract: The purpose of the research is to study the influence of the gut microbiome on human health and brain activity.

Kalit so'zlar: odam, ichak, miya, mikrobiom, sog'lik, bakteriya.

Key words: human, gut, brain, microbiome, health, bacteria.

KIRISH

Inson salomatligiga hazm qilish tizimining ta'siri juda beqiyosdir. Organizmda uzluksiz sodir bo'ladigan modda va energiya almashinuvi oziqa moddalarni doimo sarflanishini talab qiladi. Inson organizmining ichki resursi chegaralanganligi tufayli, hayot faoliyatini quvvatlash uchun ovqat tarkibida oziqa moddalar kelib turishi zarur. Mana shu oziqa moddalar ovqat hazm qilish tizimi, asosan, ichaklar orqali qon tarkibiga so'riladi va qon bilan birga tananing barcha qismlariga yetkaziladi.

MUHOKAMA VA TAHLILI

Odamning ichagi miyaga neyronlar va nerv hujayralari orqali bog'langan bo'lib, bir vaqtda bu tananining kimyoviy tarkibiga va miya faoliyatiga ta'sir etadi. Butun hazm sistemasi miya orqali boshqariladi. Sut emizuvchi hayvonlar me'da-ichak tizimidagi neyronlar soni taxminan orqa miyadagi neyronlar soniga tengligi aniqlangan. Ovqatning tez yoki sekin hazm bo'lishi ham miyaning qanday ishlayotganligiga bog'liq.

Ichak va miyaning bog'liqligi:

1. Ichak mikrobiomi orqali neyromediatrlar ishlab chiqariladi va bu bizning ongimizga o'z ta'sirini ko'rsatadi;

2. 80% serotonin (baxt gormoni) va 50% dofamin (motivatsiya gormoni) ichakda ishlab chiqariladi. Agar insonning ichak mikrobiomi bilan bog'liq muammolari bo'lsa, odam har doim tushkun va ko'p hollarda biror ish qilishga istakning yetishmasligiga duch keladi;

3. Ichak mikrobiomida atsetilxolin, glutamin kabi neyromediartlar ishlab chiqarilib, bu neyromediatrlar insonning xotira, diqqatni jamlashiga, o'zini tinch va hotirjam his qilishiga javob beradi;

4. Ichak mikrobiomi mayda yog' kislotalarni ishlab chiqaradi, bu moddalar miya rivojlanishi va neyromediatrlar hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bu yog'lar bo'lmasa rivojlanish bo'lmaydi;

5. Mikrobiom periferik endokrin bezga ta'sir qiladi, shuningdek,gormonlar ishlab chiqarilishida qatnashadi, estrogen gormonini faol shakliga aylanishiga yordam beradi;

6. Insulinga sezgirlikni ham ichak mikrobiomi boshqaradi.

Ichak mikrobiomi trilliondan ortiq mayda bakteriyalardan tashkil topgan. Bu bakteriyalar organizmning metobolizmiga, immun sistemasiga va miya faoliyatiga juda katta ta'sirini ko'rsatadi. Ichak mikriobiomi har bir organizm uchun o'ziga xosdir. Bir organizm ichak mikrobiomi boshqa organizmda takrorlanmaydi. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar ichak mikrobiomi onasining suti orqali va tug'ruq paytidagi vaginal mokirobiomdan shakllanadi. Onaning ichak mikrobiotasi qanchalik sog'lom bo'lsa, yangi tug'ilgan chaqaloqda ichak bilan bog'liq kasalliklarga uchrash darajasi pastroq bo'ladi.

Ichaklardagi bakteriyalar inson organizmi o'zi mustaqil parchalay olmaydigan ba'zi murakkab moddalarni parchalashga yordam beradi. Ichak bakteriyalari ichakdagi safro metabolizmiga yordam beradi. Jigar yog'larni hazm qilishga yordam berish uchun ingichka ichakka o't suyuqligi yuboradi. Ichakdagi bakteriyalar va ularning fermentlari yog'ning parchalanishiga yordam beradi. Shunda safro

kislotalari jigar tomonidan qayta so'rilishi va qayta ishlanishi mumkin. Agar bu jarayon amalga oshmasa, tana safro kislotalarini qayta ishlay olmaydi va jigar yangi safro ishlab chiqarish uchun tayyor bo'lmaydi. Organizm ovqat hazm qilish tizimi yog'larni hazm qilish va so'rish uchun zarur bo'lgan o'tni olmaydi. Qonda safro tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan qolgan xolesterin to'planib qoladi. Asab va gumoral mehanizmlar safro sekretsiyasini nazorat qilib turadi. Ichaklar immunitet tizimining eng katta organi bo'lib, tananing immunitet hujayralarining 80 foizini o'z ichiga oladi. Bu hujayralar har kuni ichak orqali o'tadigan ko'plab patogenlarni tozalashga yordam beradi.

XULOSA

Tadqiqotlarga ko'ra, uzoq umr ko'rgan qariyalarni o'rganishganda, ularning ichak mikrobiomi sog'lomligi aniqlangan. Ichakda foydali bakteriyalar turli tuman va meyorda ekanligi, yomon patogen bakteriyalar esa kamligini olimlar takidlashgan. Natijada miya faoliyati normal, sog'lom bo'lib, gormonlar yaxshi ishlab chiqarilgan, ovqat yaxshi hazm bo'lgan, energiya almashinuvi organizmning uzoq yashashi uchun xizmat qilganligi ma'lum bo'lgan.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Gail A. C., Emmy B.. Gut microbiome: what we do and don't know. Nutrition in clinical practice. 30(6), 2015. 734 - 746.

2. Leo G. The gut microbiome and the brain. Journal of medicinal food. 17(12), 2014. 1261-1272.

3. Gil Sh., Timothy R. S., Daniel H. G., Sarkis K. M.. The Central Nervous System and the Gut Microbiome. Cell 167(4), 2016. 915-932.

4. Anna H., Paul W.. Human Gut Microbiome: Function Matters. Trends in microbiology. 26(7), 2018. 563-574.

5. Mayenaaz S., Devid P.. The gut microbiome. Australian family physician. 46(4), 2017. 206-211.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.