Научная статья на тему 'ICHAK INFEKTSIYALARINING PATOGENEZI VA DIAGNOSTIKASIDA ALLERGIYANING ROLI'

ICHAK INFEKTSIYALARINING PATOGENEZI VA DIAGNOSTIKASIDA ALLERGIYANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
3542
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘tkir / surunkali / ichak kasalliklari / dizenteriya / etiologiyas / patogenez / gastroenterokolit / allergic / gemolitik stafilokokk / streptokokk / enterokokk / ichak va Proteus tayoqcha / Endo / safroli Levin / Saburo / Ploskirev rivanol bilan / Myuller.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Mamarasulova Nafisa Isrofilovna, Oltiboyeva Baxtiniso Qudrat Qizi, Shukurova Mexribon Ravil Qizi

Ushbu ilmiy ishda o‘tkir va surunkali yuqumli ichak kasalliklari, etiologiyasi dizenteriya bo‘lmagan ichak kasalliklarida teri allergik sinamalarining diagnostik ahamiyati yoritilgan. Unda gastroenterokolit bilan kasallangan 130 ta bemor va 130 ta 3-59 yoshgacha bolgan sog'lom odamlar urganilib ichak kasalligi bilan kasallangan bemorlar natijalari bilan teri sinamalari natidjalari solishtirildi. Natijada 91,2-100% holatlarda ichakdan ajralgan mikroorganizmlar bilan ichak, protey tayoqchasi, gemolitik stafilokokk, streptokokk, enterokokk antigenlariga musbat reaktsiya bergan mikroorganizmlarga mos kelgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ICHAK INFEKTSIYALARINING PATOGENEZI VA DIAGNOSTIKASIDA ALLERGIYANING ROLI»

ICHAK INFEKTSIYALARINING PATOGENEZI VA DIAGNOSTIKASIDA

ALLERGIYANING ROLI

Mamarasulova Nafisa Isrofilovna

Sam DTU, Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi assistenti. O'zbekiston. Samarqand mamarasulovan@mail .ru Oltiboyeva Baxtiniso Qudrat qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Tibbiy biologiya fakulteti 3-kurs talabasi.

Shukurova Mexribon Ravil qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Tibbiy biologiya fakulteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7583196

Annotatsiya: Ushbu ilmiy ishda o'tkir va surunkali yuqumli ichak kasalliklari, etiologiyasi dizenteriya bo'lmagan ichak kasalliklarida teri allergik sinamalarining diagnostik ahamiyati yoritilgan. Unda gastroenterokolit bilan kasallangan 130 ta bemor va 130 ta 3-59 yoshgacha bolgan sog'lom odamlar urganilib ichak kasalligi bilan kasallangan bemorlar natijalari bilan teri sinamalari natidjalari solishtirildi. Natijada 91,2-100% holatlarda ichakdan ajralgan mikroorganizmlar bilan ichak, protey tayoqchasi, gemolitik stafilokokk, streptokokk, enterokokk antigenlariga musbat reaktsiya bergan mikroorganizmlarga mos kelgan.

Kalit so'zlar: o'tkir, surunkali, ichak kasalliklari, dizenteriya, etiologiyas, patogenez, gastroenterokolit, allergic, gemolitik stafilokokk, streptokokk, enterokokk, ichak va Proteus tayoqcha, Endo, safroli Levin, Saburo, Ploskirev rivanol bilan, Myuller.

Kirish. Ko'pgina yuqumli kasalliklarning etiologiyasi va patogenezida allergik komponent muhim rol o'ynashi aniqlandi. O'tkir va surunkali ichak kasalliklari yuqumli kasalliklar orasida yetakchi o'rinni egallashda davom etmoqda. Ko'pincha o'limga olib keladigan yuqori foiz, kasallik doimiy va uzoq davom etishi, etiologiya va patogenezda ba'zi savollarining noaniqligi, shuningdek tezkor diagnostika usullarining yo'qligi - bularning barchasi ichak kasalliklari muammosini dolzarb qilib kelmoqda. Ko'pgina yuqumli kasalliklar allergiya mexanizmi bilan rivojlanadi. Shu sababli o'tkir va surunkali ichak kasalliklarining etiologiyasi va patogenezida patogen va shartli patogen ichak mikroorganizmlarining rolini o'rganish katta qiziqish uyg'otadi. Ichak kasalliklarida bakteriyalarga sezuvchanlik holatining oshishi va ichak kasalliklari patogenezida shartli patogen ichak florasining ayrim vakillarining

ahamiyati, shuningdek, etiologiyasi dizenteriya bo'lmagan ichak kasalliklarida teri allergik sinamalarining diagnostik ahamiyati to'g'risida manbalarda ma'lumot yetarlicha berilmagan.

Tadqiqot maqsadi. Bakteriaya etiologiyali ichak infektsiyalari patogenezi va diagnostikasida allergiya rolini o'rganish.

Tekshirish materillari va usullari. Biz o'tkir va surunkali gastroenterokolit bilan kasallangan 130 ta bemorlar va 130 ta 3-59 yoshgacha bolgan sog'lom odamlarni nazorat qildik. Ularga allergik, bakteriologik va serologik tekshiruvlar o'tkazildi. Biz allergik tekshiruvni maxsus ishlab chiqilgan karta bo'yicha anamnez yig'ishdan boshladik. Anamnez yig'gandan so'ng, gemolitik stafilokokk, streptokokk, enterokokk, ichak va Proteus tayoqchalari, shuningdek dizenteriya allergenlari bilan intradermal allergik sinama (bilak terisiga allergenlar kiritildi) o'tkazildi. Nazorat qilish uchun intradermal steril fiziologik eritma va gistamin eritmasi 1:10000 konsentratsiyasida yuborildi. Teri sinamalarining natijalari 10-20 daqiqadan va 24-48 soatdan keyin hisobga olingan. Ichak aerob mikroflorasi ichak-tifoid va dizenteriya guruhlari bakteriyalarini aniqlash uchun Endo, safroli Levin, Saburo, Ploskirev rivanol bilan, Myuller, 6 foiz qon, tuz, shakar va vismut-sulfit agarlari, shuningdek Shukevichga ko'ra qiyshiq agarda najas emulsiyasini ekish orqali o'rganildi. Mikroorganizmlarning sof kulturasi ajratilgandan so'ng ularning morfologik, kultural - biokimyoviy, antigenlik va boshqa xususiyatlari o'rganildi.

Qon zardobidagi Escherichia, Proteus va Dizenteriya tayoqchalariga qarshi antitelalar Shigella Fleksner, Nyukasl va Sonne standart antigenlaridan foydalangan holda Vidal reaksiyasi orqali aniqlandi.

Tadqiqot natijasi va muhokamasi. Ichak kasalliklari bo'lgan bemorlarda organizmning ichak mikroflorasiga sensibilizasiyaning dinamik rivojlanishini taqqoslash va kuzatish uchun biz 60 nafar sog'lom bolalar va 70 nafar kattalarni tekshirdik. Ular najasini takroriy bir necha bor tekshirganda shigella, salmonella, protozoa va parazit aniqlanmagan, Suverkalov sinamasi manfiy natija berdi. Sog'lom odamlarda teri sinamasining musbat reaktsiyalari kam holatlarda past intensivlik bilan kuzatilgan. Shu bilan birga, bakteriaya allergenlariga ko'p bemorlarda yuqori sezuvchanlik bilan (+ + +, + + + +) musbat reaktsiya kuzatildi. 111 bemorda etiologiyasi dezenteriya bo'lmagan, 55 ta bemorda ichak tayoqchasida, 23 ta bemorda gemolitik stafilokokk, 15 ta da enterakokk musbat reaktsiya berdi. Ichak kasalliklarining surunkali shakllari bo'lgan bemorlarda organizmning ichak florasi vakillarining antigenlariga yuqori sezuvchanligi nafaqat intensivligi, balki rivojlanish chastotasi bilan ham ajralib turadi. Surunkali enterokolitda ichak tayoqchasiga qo'yilgan teri sinamasi barcha bemorlarda musbat natijani berdi. Gemolitik streptakokkga 84,2%, protey tayoqchasiga 63,1%, gemolitik stafilakokkga 52,7 %, etrerakokk 31,5% musbat natija aniqlandi. Shuningdek, o'tkir ichak kasalliklarida 1

va 2 allergenlarga (mono va biallergay), surunkali shakllarda esa bir vaqtning o'zida 3, 4, 5 allergenlarga (poliallergiya) ijobiy reaktsiyalar ustunlik qilishi katta qiziqish uyg'otadi. o'tkir jarayonning surunkali holatga o'tishi tufayli dastlab monoallergiya asta-sekin poliallergiya bilan almashtiriladi degan xulosaga kelishimizga imkon beradi. parallel ravishda o'tkazilgan bakteriologik tekshiruvlar bemorlarda ham, sog'lom odamlarda ham ko'pincha ichak tayoqchalari, stafilokokklar, enterokokklar, protey guruhidagi bakteriyalar, kandidalar, ko'k yiring tayoqchalari ajralishini ko'rsatdi. Biroq ichak kasalligi bilan kasallangan bemorlarda yuqorida keltirilgan mikroorganizmlar patogenlik belgilari bilan bo'lgan. Sog'lom odamlargan qaraganda bemorlarda gemolitik va enteropatogen turdagi esherixiya 3 marta, kandidalar (3,5-4 marta), gemolitik stafilokokk (4-5 marta) va gemolitik enterokokk (5-8 marta) ko'p ajratib olingan. shu bilan birga sog'lom odamlarda mikroorganizmlar assotsiatsiyasi 2-3 turi, bemorlarda patogenlik belgilari bilan bo'lgan mikroorganizmlarning 3-4 va 5 ta turlari aniqlangan. Bizni teri sinamasi natijalari bakteriologik tekshiruv ma'lumotlari bilan qanchalik mos kelishi haqidagi savol qiziqtirdi chunki bu allergik sinamalarni aniqlash uchun diagnostik qiymatga ega. Buning uchun ichak kasalligi bilan kasallangan bemorlar natijalari bilan teri sinamalari natidjalarini solishtirdik. 91,2-100% holatlarda ichakdan ajralgan mikroorganizmlar bilan ichak, protey tayoqchasi, gemolitik stafilokokk, streptokokk, enterokokk antigenlariga musbat reaktsiya bergan mikroorganizmlar mos keldi. Biroq sog'lom bolalar va kattalarda ichak tayoqchasi, enterokokklar, protey tayoqchasi, stafilokokklar va streptakokklar antigenlariga teri sinamasi manfiy natija bergan (81,0% - 78,6%). Buni serologik tekshiruv natijalari, xususan Vidal reaktsiyasi tasdiqlaydi. Shunday qilib, reaktsiyaning birinchi bosqichida bemorlarning 53,8 %da (kasallikning 5-7 kunlarida) ichak tayoqchasiga qarshi agglutinatsiya qiluvchi antitelalar aniqlandi. Bemorlarni uyga ketishdan oldin qayta tekshiruv o'tkazilganda 83,7%, protey tayoqchalariga mos ravishda 42,3 va 70,9%. antitela aniqlandi.

Xulosa. Shunday qilib, ichak kasalliklarining turli shakllari bo'lgan bemorlarni va sog'lom odamlarni kompleks bakteriologik, allergik va serologik tekshiruvlariga asoslanib o'tkir va surunkali ichak kasalliklarining rivojlanishida organizmning bakteriayaga sezuvchanligini oshishi muhim rol o'ynashini tan olish kerak.

Bakteriologik, serologik va allergologik tadqiqotlar natijalarining bakteria allergenlar bilan mos kelishi teri sinamalarning o'ziga xosligini ko'rsatadi, bshuning uchun bu usulni shartli patogen ichak florasi vakillari keltirib chiqaradigan ichak kasalliklarining etiologiyasi va patogenezini aniqlashda diagnostika usullari arsenaliga kiritish imkonini beradi.

Adabiyotlar:

1. Юсупов М. И., Одилова Г. М., Жамалова Ф. А. Появление

гемолитеческих свойств у кишечных палочек в зависимости от состава

питательной среды //Экономика и социум. - 2021. - №. 3-2. - С. 602-606.

2. Boltaev K.S., Mamedov A.N. Comparative study of ecological groups of hippohae rhamnoides Phytonematoids growing in the zarafshan oasis // Galaxy international interdisciplinary research journal. - 2021. - № 9(9). P. 101-104.

3. Одилова Г., Шайкулов Х., Юсупов М. Клинико-бактериологическая характеристика стафилококковых диарей у детей грудного возраста //Журнал

вестник врача. - 2020. - Т. 1. - №. 4. - С. 71-74.

4. Юсупов М. И., Одилова Г. М., Жамалова Ф. А. появление

гемолитеческих свойств у кишечных палочек в зависимости от состава

питательной среды //Экономика и социум. - 2021. - №. 3-2. - С. 602-606.

5. Одилова Г. М., Рустамова Ш. А., Муротова З. Т. Клинико-

лабораторные особенности течения кишечных инфекций сальмонеллёзной

этиологии у детей //Педиатр. - 2017. - Т. 8. - №. S.

6. Одилова, Г.., Мамарасулова, Н.., Саидов, С.., Турдиев, Ш.., Холбоев, Р.., & Хамраев, Г.. (2022). СЫВОРОТОЧНЫЕ ИММУНОГЛОБУЛИНЫ ПРИ САЛЬМОНЕЛЛЕЗНОЙ ИНФЕКЦИИ У ДЕТЕЙ. Eurasian Journal of Academic Research, 2(11), 1197-1199. извлечено от https://in-

academy.uz/index.php/ej ar/article/view/8830

7. Одилова, Г. М., Рустамова, Ш. А., Мамарасулова, Н. И., & Болтаев,

К. С. (2019). Клинические особенности течения ветряной оспы у взрослых в

современных климатических условиях. Вопросы науки и образования, (28 (77)), 70-78.

8. Sultonovich, B. K., Isrofilovna, M. N., Abdusalomovna, J. F., &

Olimovna, O. P. (2022). A comparative study of nematoda facilities of shortage plants and trees in zarafshan forest biotopes. Academicia Globe: Inderscience

Research, 3(5), 1-5.

9. Sultonovich, B. K., Abdusalomovna, J. F., Isrofilovna, M. N.,

Mansurovich, U. F., & Sultanovich, K. (2022). A COMPARATIVE STUDY OF

NEMATODA-FAUNA OF PASTURAL PLANTS IN FOREST BIOTOPES.

Academicia Globe: Inderscience Research, 3(05), 41-45.

10. Shodiyeva, D. (2023). BIO-MORPHOLOGICAL

CHARACTERISTICS, GEOGRAPHICAL DISTRIBUTION AND USE IN TRADITIONAL MEDICINE OF CICHORIUM INTYBUS. GOLDEN BRAIN, 1(2),

252-256.

11. Azimovich, A. U. B., G'iyosovna, S. D., & Zokirovna, M. M. (2022). XLAMIDIYANING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRINI MIKROBIOLOGIK

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali ^ №17

TAHLILLI VA DIOGNOSTIKASI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali,

1(11), 153-161. https://doi.org/10.5281/zenodo.7305057

12. Karabaev, A., & Bobokandova, M. (2022). REACTIVITY OF THE

REPRODUCTIVE SYSTEM IN MATURE INTACT RATS IN THE ARID ZONE. International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research, 2(10), 50-55.

13. Gadaevich, K. A., Baxtiyorovich, N. P., Mardikulovich, U. G., & Fazliddinovna, B. M. (2021). Reactivity of the supraoptic, arcuate nucleus of the hypothalamus and the B-and D-basophilic cells of the adenohypophysis in the early postreanimation period. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 8(3), 954-957.

14. Хужакулов, Д. А., Юсупов, М. И., Шайкулов, Х. Ш., & Болтаев, К.

15. Нарзиев, Д.., & Шайкулов, Х.. (2023). ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ К АНТИБИОТИКАМ SALMONELLA TYPHIMURIUM, НАХОДЯЩИХСЯ В СОСТАВЕ БИОПЛЕНОК. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 3(1), 60-64. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/8398

16. ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ГРУППИРОВАНИЕ НЕМАТОДОФАУНЫ ТУГАЙНЫХ РАСТЕНИЙ КС Болтаев, к. б. н., доц., СамГМИ, Самарканд ФА

Жамалова, ассистент-стажер, СамГМИ, Самарканд НИ Мамарасулова,

ассистент-стажер, СамГМИ, Самарканд //ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ

АХБОРОТНОМАСИ. - 2021. - С. 33.

17. Sh, S. H., & Mamarasulova, N. I. (2023). ANTIBIOTIKLAR VA

ANTIBIOTIKOREZISTENT LAKTOBAKTERIYALARNI BIRGALIKDA BOLALARDAGI ESHERIXIOZ KASALLIKLARNI DAVOLASHDA QO

'LLANISHI.

18. Sh, Shayqulov H., and N. I. Mamarasulova. "O 'TKIR

DIAREYALARDA ESHERIXIYALARNING AJRALISHI." (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.