Научная статья на тему 'ERTA YOSHDAGI BOLALARDA SEPSIS KASALLIGINING ETIOLOGIK STRUKTURA HUSUSIYATLAR'

ERTA YOSHDAGI BOLALARDA SEPSIS KASALLIGINING ETIOLOGIK STRUKTURA HUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

1596
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sepsis / bakteriologik tekshiruvlar / antibiotikka sezuvchanlik / bolalar. / sepsis / bacteriological examination / sensibility to antibiotics / children

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Nargiza Fatxullaevna Nurmatova, Abror Anvarjonovich Xoshimov, Nargiza Anvarovna Karimova

Ushbu maqolada 2021 yil davomidagi 780 ta erta yoshdagi bolalarning turli joylaridan olingan jami 390 biomateriallarni bakteriologik tekshiruv natijalari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ajratib olingan mikroorganizmlarni turli xil antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi ko‘rsatilgan. Olingan tekshiruv natijalari shuni ko‘rsatdiki, ajratilgan kulturalardan 78,4% ni grammusbat bakteriyalar xosil qilsa, 20,1% ni esa grammanfiy bakteriyalar tashkil qiladi. Bu esa sepsis etiologiyasida yetakchi o‘rinni egallaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

There are the data of the bacteriological examination of 607 biomaterials from the different regions of 390 ill children organism for 2021 year in this article. As well as there were studied the sensibility to the different antibiotics of the cultured microorganisms. The performed examinations showed that 78.4% of cultured bacteria were grammpositive bacteria, and 21.1% of cultured bacteria were grammnegative bacteria, what confirmed their leader role in the etiology of the sepsis.

Текст научной работы на тему «ERTA YOSHDAGI BOLALARDA SEPSIS KASALLIGINING ETIOLOGIK STRUKTURA HUSUSIYATLAR»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ERTA YOSHDAGI BOLALARDA SEPSIS KASALLIGINING ETIOLOGIK

STRUKTURA HUSUSIYATLARI

Nargiza Fatxullaevna Nurmatova

t.f.d., Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi dotsenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi

Abror Anvarjonovich Xoshimov

Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi assistenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi

Nargiza Anvarovna Karimova

Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi assistenti, Toshkent tibbiyot akademiyasi

Ushbu maqolada 2021 yil davomidagi 780 ta erta yoshdagi bolalarning turli joylaridan olingan jami 390 biomateriallarni bakteriologik tekshiruv natijalari ko'rsatilgan. Shuningdek, ajratib olingan mikroorganizmlarni turli xil antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi ko'rsatilgan. Olingan tekshiruv natijalari shuni ko'rsatdiki, ajratilgan kulturalardan 78,4% ni grammusbat bakteriyalar xosil qilsa, 20,1% ni esa grammanfiy bakteriyalar tashkil qiladi. Bu esa sepsis etiologiyasida yetakchi o'rinni egallaydi.

Kalit so'zlar: sepsis, bakteriologik tekshiruvlar, antibiotikka sezuvchanlik, bolalar.

There are the data of the bacteriological examination of 607 biomaterials from the different regions of 390 ill children organism for 2021 year in this article. As well as there were studied the sensibility to the different antibiotics of the cultured microorganisms. The performed examinations showed that 78.4% of cultured bacteria were grammpositive bacteria, and 21.1% of cultured bacteria were grammnegative bacteria, what confirmed their leader role in the etiology of the sepsis.

Keywords: sepsis, bacteriological examination, sensibility to antibiotics, children

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

January, 2023

Academic Research in Educational Sciences Volume 4 | Special Issue 1 | 2023

ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

KIRISH

Bolalarda sepsis kasalligining muammosi xamon o'lim ko'rsatkichining yuqori darajada saqlanishi (40%dan 70%gacha saqlanishi) tufayli dolzarbligicha qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi SSVning ma'lumotlariga ko'ra sepsis tufayli yuzaga kelgan o'lim ko'rsatkichi oxirgi yillarda 30%gacha bo'lgan ko'rsatgichni tashkil etadi [1,2,5].

Zamonaviy tushunchalarga ko'ra, sepsis deyarli 40 turdagi patogen va shartli -patogen bakterial mikroflora tomonidan chaqirilgan yiringli yallig'lanish infeksiyasining tarqalgan ko'rinishida bo'lishi mumkin. Etiologik strukturasida eng ko'p tarqalgan sababchilari bo'lib, grammusbat (stafilokokklar - 60%gacha) va grammanfiy bakteriyalar (36,0%), xamda 4,0% xollarda mikroblarning assotsiatsiyalari xisoblanadi. Kamdan-kam xollarda esa sepsisga streptokokklar sababchi bo'lishi mumkin [3,4].

Tadqiqotning maqsadi. Erta yoshdagi bolalarda sepsis kasalligining etiologik strukturasini - ajratilgan mikroorganizmlarning morfologiyasi, tinktorial, kultural-biokimyoviy xususiyatlari va ularning antibiotiklarga sezuvchanligini o'rganish.

MATERIAL VA TADQIQOT USULLARI

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko'p tarmoqli klinikasining erta yoshdagi bolalar bo'limida 2021 yilda 390 ta bola tekshiruvdan o'tkazilib, bularni turli joylaridan 607 ta biomateriallar olinib, patogen va shartli-patogen floralarni aniqlash maqsadida bakteriologik taxlil qilindi. Asosan taxlil qilish uchun tomoqdan (57,0%), qonni tozaligini aniqlash (23,7%), siydik bakteriologik taxlili (9,7%), burundan surtma (5,3%), najas biomateriallari tashkil qildi (rasm 1.). Bemorlardan olingan materiallarni - stafilokokk, streptokokk, enterokokk, ichak va ko'k-yiring tayoqchasi, klebsiella, protey, kandida tipidagi zamburug'larga tekshirildi.

Jami tekshirilgan biomateriallardan 157 ta (25,8%) turli xildagi shartli-patogen mikroblar ajratilib, ular barcha mikrobiologik ko'rsatkichlar: morfologiyasi, tinktorial, kultural-biokimyoviy xususiyatlari to'liq o'rganildi. Ajratilgan grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarning turli xildagi antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi o'rganildi. Antibiotikka sezuvchanlik disk-diffuzion usuli orqali Myuller-Xinton agarida antibiotikli standart disklar yig'imidan foydalanildi.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, monokulturada ko'pchilikni kokk florasi - 68 ta (43,3%) tashkil etadi. Bularning orasida ayniqsa, ko'proq tillarang stafilokokk ajratilgan - 48 ta (30,5%).

January, 2023

100

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Grammanfiy floralar esa - 63ta (20,1%) ni tashkil qilib, bular ichida eng ko'p ajratilgani - 52ta (16,6%) ichak tayoqchasi xisoblandi.

Erta yoshdagi bolalardagi bakterial sepsisning etiologik tarkibini grammanfiy (20,1%) va grammusbat (78,7%) va mikroorganizmlarning turli xil assotsiatsiyalari (1,3%) tashkil qildi. Asosan mikroorganizmlar tomoqdagi shilliq pardasidan (25,3%), siydikdan (14,3%) va qondan (16,3%) ajratilgan.

Bakterial sepsisning tomoqdagi mikroblar spektri o'rganilganda (rasm 2.) eng ko'p ajratilgan mikroorganizm - St.aureus (41,4%) xisoblandi. 2-o'rinda nogemolitik streptokokk - 26,1% xolda ajratildi. E.coli va gemolitik streptokokklar 11,9 va 11,4% xollarda uchradi. Qolgan mikroorganizmlar esa kam miqdorda kuzatildi.

Erta yoshdagi bolalardagi sepsis kasalligida qondagi mikroblar spektri o'rganilganda (rasm 3.) asosan epidermal stafilokokk (40,5%), tillarang stafilokokk (21,6%) ajratilgan. Bulardan tashqari 13,5% xollarda gemolitik stafilokokk va ichak tayoqchasi, xamda 5,4% xollarda klebsiella va saprofit stafilokokk ajratildi.

Siydikdagi mikroblar spektri o'rganib chiqilganida asosan ko'proq grammanfiy mikroorganizm - ichak tayoqchasi (27,9%), grammusbat - epidermal (23,3%) va saprofit stafilokokklar (20,9%) uchradi. Boshqa mikrob turlari esa kamroq aniqlandi (rasm 4.).

Ajratilgan va o'rganilgan mikroorganizmlarning turli xildagi antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi o'rganilganda (jadval 1.) grammusbat flora - St.aureus ko'proq azitromitsinga (95,8%), sefalosporinlarga, xamda levomitsetinga (85,4%) yuqori sezuvchanlik va sezuvchanligi aniqlandi. Penitsillinga sezuvchanlik esa kamroq - 32,8% xolda kuzatildi. St.epidermidis ko'proq amikatsinga - 90,4% xolda, azitromitsinga 84,8% xolda sezuvchan va oksatsillinga nisbatan kamroq (12,8%) sezuvchanlik aniqlandi. Grammanfiy flora - ichak tayoqchasining amikatsinga -98,8% xolda, sefaperazonga - 96,5% va sefepimga - 97,6% nisbatan yuqori sezuvchanligi qayd etildi. Shuni aytish lozimki E.coli penitsillinga 71,8% xolda, sefazolinga esa atigi 14,7% xolda sezuvchanligi aniqlandi. Shunday qilib, sepsis bilan og'rigan bemor bolalarda ajratilgan mikroorganizmlarga nisbatan yuqori sezuvchan va to'g'ri tanlangan antibiotikoterapiyadan foydalanish katta axamiyatga ega.

XULOSALAR

1. Erta yoshdagi bolalardagi bakterial sepsisning etiologik tarkibini grammusbat (78,7%), grammanfiy (20,1%) va mikroblarning assotsiatsiyalari (1,3%) tashkil qildi.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

2. Bakterial sepsisning mikroblar spektri o'rganilganda asosan St.aureus tomoqdan (41,4%), qondan (21,6%) va siydikdan (7,0%) ajratilganligi kuzatildi.

3. Ajratilgan va o'rganilgan mikroblarning turli xil antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi taxlil qilinganda St.aureus azitromitsinga (95,8%), sefalosporinlarga va levomitsetinga (85,4%); St.epidermidis - amikatsinga (98,8%), sefaperazonga (96,5%) va sefepimga (97,6%); E.coli esa penitsillinga (71,8%) yuqori sezuvchan va sezuvchanligi aniqlandi.

4. Sepsis bilan og'rigan erta yoshdagi bemor bolalarni samarali va kompleks davolash uchun ajratilgan grammusbat, xamda grammanfiy patogen mikroorganizmlarga qarshi yuqori aktivlikka ega antibiotiklar bilan antibakterial terapiyadan foydalanish lozim.

REFERENCES

1. Махмудов О.С., Пулатова Р.З. Методы диагностики и лечения сепсиса у детей раннего возраста. //Руководство для врачей. Т.-2012.-55с.

2. Пулатова Р.З. с соавт. Современная этиологическая характеристика бактериального сепсиса, ассоциированного TORCH-инфекцией у детей раннего возраста.//Мет.рекомендaции. Т. -2013.-20с.

3. Самсыгина Г.А. Сепсис и септический шок у новорожденных детей // Педиатрия им. Сперанского. - 2009. - Т 87, №1. - С. 120-127.

4. Сепсис новорожденных. Рaциональная фармакотерапия детских заболеваний. Руководство для врачей. Книга 1. Под ред. А.А.Баранова, Н.Н.Володина, Г.А.Самсыгиной. М.: «Литтера», 2007: 218-237.

5. Турсунов Ш.Б. Болаларда сепсис касаллиги. //Монография. Т.-2010.-1466.

6. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., & Xoshimov, A. A. (2022). THE ROLE OF BREASTFEEDING IN THE PSYCHO-SOCIAL ADAPTATION OF CHILDREN IN SOCIETY. British Medical Journal, 2(6).

7. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022). Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.

8. Mallaev, S., & Alimov, A. V. (2020). CLINICAL COURSE OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS AND ITS TREATMENT OPTIMIZATION. Новый день в медицине, (4), 155-157.

9. Султанова, Н. С., Бобомуратов, Т. А., Маллаев, Ш. Ш., & Хошимов, А. А. (2022). Современный взгляд на грудное вскармливание и его

значение для здоровья матери и ребенка.

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

10. БОБОМУРАТОВ, Т., СУЛТАНОВА, Н., БАКИРОВА, М., & САМАДОВ, А. (2021). СОМАТИЧЕСКИЙ СТАТУС ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВИДА ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПРИНЦИПОВ УХОДА ДО ПУБЕРТАТНОГО ВОЗРАСТА. Электронный инновационный вестник, (1), 37-38.

11. Bobomuratov, T. A., Sultanova, N. S., Sagdullaeva, M. A., & Sharipova, D. J. (2021). Effects of Long Term Breastfeeding on Development and Health of Children. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2243-2250.

12. Sultanova, N. S. (2016). Obesity role in development of psycho-emotional violations at children with different types of feeding. In IX international Conference Sharing the Results of Research Towards Closer Global Convergence of Scientists».-Montreal (pp. 66-68).

13. Avezova, G. S., & Kosimova, S. M. (2017). Frequently ill children: prevalence and risk factors. European Research, 5(28), 79-80.

14. Авезова, Г. С., & Косимова, С. М. (2017). Часто болеющие дети: распространенность и факторы риска. European research, (5 (28)), 79-80.

15. Mamatkulov, B. M., & Avezova, G. S. (2015). Congenital anomalies as a cause of childhood disability (according to the materials of Tashkent, Uzbekistan). Nauka mo-lodykh (Eruditio Juvenium), 3(2), 110-15.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.