Научная статья на тему '“HUDUD IMIDJINI”NI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI'

“HUDUD IMIDJINI”NI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
65
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / hudud imidji / korxona / siyosiy lider / hudud / mamlakat / mintaqa. / marketing / region image / enterprise / political leader / region / country / region.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Mirabbos Fazliddinovich Mahmudov

Maqolada hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada jadallashtirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish jarayonining eng muhim omili sifatida “hudud imidji” sifatida qaraladi. Muallifning ta’kidlashicha, marketing nuqtai nazaridan “mintaqa imidji” bu hududning ma’lum qiyofasini aks ettiruvchi mamlakat, shahar, viloyat yoki tuman, birinchi navbatda aholi, sayyohlar va investorlarning qiyofasidir. omillarni o'z ichiga olgan murakkab tizim ekanligi. Marketing nuqtai nazaridan, investitsiyalar bu barcha moddiy-texnikaviy, iqtisodiy va ilmiy manfaatlar uyg'unligida iste'molchilarning ehtiyojlarini samarali qondirish imkonini beradigan faoliyatni amalga oshirish jarayonidagi munosabatlar majmui.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FUNDAMENTALS OF FOREIGN IMAGE FORMATION

The article considers the "image of the region" as the most important factor in the process of further accelerating the socio-economic development of the region, raising the standard of living of the population and forming an innovative economy. According to the author, from the point of view of marketing, the "image of the region" is the image of a country, city, region or district, primarily of the population, tourists and investors, reflecting a certain image of the region. the fact that it is a complex system that includes factors. From the point of view of marketing, investments are a set of relationships in the process of carrying out activities that allow you to effectively meet the needs of consumers in a combination of all material, technical, economic and scientific interests.

Текст научной работы на тему «“HUDUD IMIDJINI”NI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI»

"HUDUD IMIDJINI"NI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-USLUBIY

ASOSLARI

Mirabbos Fazliddinovich Mahmudov

Ph.D, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tadqiqotchisi

Maqolada hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yanada jadallashtirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish jarayonining eng muhim omili sifatida "hudud imidji" sifatida qaraladi. Muallifning ta'kidlashicha, marketing nuqtai nazaridan "mintaqa imidji" bu hududning ma'lum qiyofasini aks ettiruvchi mamlakat, shahar, viloyat yoki tuman, birinchi navbatda aholi, sayyohlar va investorlarning qiyofasidir. omillarni o'z ichiga olgan murakkab tizim ekanligi. Marketing nuqtai nazaridan, investitsiyalar - bu barcha moddiy-texnikaviy, iqtisodiy va ilmiy manfaatlar uyg'unligida iste'molchilarning ehtiyojlarini samarali qondirish imkonini beradigan faoliyatni amalga oshirish jarayonidagi munosabatlar majmui.

Kalit so'zlar: marketing, hudud imidji, korxona, siyosiy lider, hudud, mamlakat, mintaqa.

THEORETICAL AND METHODOLOGICAL FUNDAMENTALS OF FOREIGN

IMAGE FORMATION

The article considers the "image of the region" as the most important factor in the process of further accelerating the socio-economic development of the region, raising the standard of living of the population and forming an innovative economy. According to the author, from the point of view of marketing, the "image of the region" is the image of a country, city, region or district, primarily of the population, tourists and investors, reflecting a certain image of the region. the fact that it is a complex system that includes factors. From the point of view of marketing, investments are a set of relationships in the process of carrying out activities that allow you to effectively meet the needs of consumers in a combination of all material, technical, economic and scientific interests.

Keywords: marketing, region image, enterprise, political leader, region, country, region.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Hozirda "imidj" tushunchasining bir qator sub'ektlari mavjud, jumladan: tovar, korxona, siyosiy lider, hudud, mamlakat, mintaqa kabilardir. Biz tanlangan ob'ekt bo'lgan "hudud imidji" esa marketing fani sohasida kam o'rganilgan. Kuchli bozor muhiti sharoitida esa hudud imidji asosan shu hududdaga resurslarni jalb etishga qaratiladi. Psixologik nuqtai nazardan esa odamlar ongida ma'lum bar jarayon yoki ob'ektga munosabatlarni shakllanish mexanizmlarinini nevrolingvistik nuqtai nazaridan belgilaydi. Reallikni qiyoslash yo'nalishida esa tarixiy ma'naviy, genetik kabi xislatlar o'rganiladi. Marketing nuqtai nazaridan "hudud imidji" tushunchasi iqtisodiy, siyosiy, boshqaruv sohalarini o'zaro munosabatini aks ettiradi.

ASOSIY QISM

"Hudud imidji" tushunchasi hududiy marketing nazariyasining asosiy kategoriyasi sifatida talqin etiladi. "Hudud imidji"ni ilmiy-nazariy jihatlari bir qator omillar, jumladan: Yakovlev M.V [1], Vajenina I.S.[2,8] Vizgalov D.[3], Belyakov S.A, Blinov A.O, R.F. Duritstina [4], Litvinova V.V.[5], Kotler F, Pankruxin A.P.larning ilmiy tadqiqotlarida keng yoritib o'tilgan.

"Hudud imidji" hududning ijtimoyi-iqtisodiy rivojlanishini yanada jadallashtirish, aholining turmush darajasini oshirish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida eng muhim omil sifatida qaraladi.

Pankruxin A.P. [9] tomonidan hudud imijdi mamlakatda aynan shu hududning holatini ifodalovchisi sifatida qaraydi, ya'ni "donor" yoki "qabul" qiluvchi. Yashina Ye.Z. tomonidan esa "hudud imidji" hududuning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan vosita sifatida ko'rib chiqilishini taklif etadi, bunda ob'ekt sub'ekt tomonidan ijobiy nuqtai nazaridan qaralishiga e'tibor beriladi.

Shabunin A.S tomonidan turli tadqiqotlar natijalarining xulosalari asosida yig'ilgan umumiy xulosalar taqdim etadi, jumladan: hududning ta'surot qoldira olishi, hudud bo'yicha ma'lumotlar mavjudligi va xis tuyg'u uyg'ota olishi kabilarni keltirib o'tadi.

Marketing nuktai nazaridan esa "hudud imidji" mamalkat, shahar, viloyat yoki tuman to'g'risida avvalo aholini, turistlarni hamda investorlarda shakllangan obrazlardir. Marketingning zamonaviy qarashlariga ko'ra hudud imidji hududdagi iqtisodiy va siyosiy faoliyatlar subektlarining raqobatbardoshligini oshirish omilidir.

"Hudud imidji" - maqsadi auditoriyaga yo'naltirilgan marketing strategiyasi sifatida xokimiyat, ommaviy axborot vositalari, aholining maqsadli auditoriyasiga yo'naltirilgan hududda yashovchi aholi tomonidan tashkil etiladigan, hududning

[10]

[11]

ratsional va emotsional holatini ifodalovchi suniy yaratilgan obrazi ya'ni iqtisodiy-ijtimoiy holati hisoblanadi.[12]

Ilmiy adabiyotlarda "hudud imidji" kategoriya sifatidagi bir qator tushunchalarni keltirib o'tish mumkin, jumladan: "biznes imdiji", "investitsion imidj" "geoimidj", "madaniy imidj", "turistik imidj" kabilardir. [13-16] Fikrimizcha, marketing nuqtai nazaridan hudud imidji bu quyidagilarni o'z ichiga oluvchi keng qamrovli tushuncha hisoblanadi: «investitsion imidj», «investitsion jozibaldorlik», «investitsion iqlim», «investitsion risk», investitsion salohiyat», «investitsion siyosat». Ushbu kategoriyalar o'zaro bir birga yaqin ma'nolarni anglatsada, ulaning ishlatilish sohasi turlicha hisoblanadi. Hududning investitsion imidji bu aynan shu hudud biznes munosabatlar jarayonida hudud imidjini aks ettiruvchi kategoriya sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq.

Umuman olganda "investitsion imidj" hududning ma'lum bir qiyofasini aks ettiruvchi quyidagi omillar bilan bog'liq bo'lgan munosabatlar ya'ni, hududning investitsion jozibadorligi (ko'rsatkichlar tizimi), avzalliklar, investorlarga qo'yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar kabi omillarni qamrab oluvchi kompleks ko'rsatkichlar tizimi hisoblanadi. [17]

Umuman olganda investitsiyaon imidj - hududning ijtimoy, iqtisodiy, huquqiy, boshqaruv, siyosiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanganlik holati va uning qiyofasini aks ettiruvchi asosiy marketing strategiyasidir.

Ushbu jihatlarni inobatga olganda investitsion imidj investorlarga mo'ljallangan yoki asosiy maqsadli auditoriyaga yo'naltirilgan hududiy bozor imkoniyatlarini ma'lum doirasini ko'rsatib beruvchi tushuncha hisoblanadi.

Investitsion imidjni shakllantirishning bir qator doirada amalga oshiriladi: imidjni rivojlantirishni boshqarish, hududni reklama qilish, imidj distribyuttsiyasi.

Investitsion imidjni xususiyatlariga ko'ra tasniflanishi [18]

Tasniflash hususiyatlari Ko'rinishi Xususiyati

Boshqarish darajasiga ko'ra Hudud imidjini shakllantirishning boshaqariladigan jarayoni Siyosiy jarayon, ijtimoyi jarayon, kammunikativ jarayon, madaniy jarayon, ish j arayoni

Hudud imidjini shakllantirishning boshqarilmaydigan jarayoni Geografik, tabiiy iqlim jarayoni

Hudud imidjini shakllantirishning qisman boshqariladigan jarayoni Iqtisodiy jarayonlar; Ishchi kuchi, moliyaviy va ishlab chiqarish resuslari auditi; Maqsadli auditoriyani segmentlash; Shakllanish j arayonini boshqarish; Imidjini tanitish; Imidj distribyutsiyasi

Ilgari surish darajasi bo'yicha Targ'ib qilinmaydigan Bosqichma-bosqich shakllantiriladigan

Targ'ib qilinadigan Turli marketing vositalari orqali targ'ib qilish

Targ'ib qilish yo'nalishi bo'yicha Vizualniy Hudud rivojlanishini targ'ib qilish; Turli reklama vositalari orqali targ'ib qilish;

Axborotli Turli AKTlar orqali hudud joylari bo'yicha ma'lumotlar berib borish;

Iqtisodiy Hudud raqobatbardoshligini oshirishda investitsion jazibadorlik orqali erishishgini oshirish orqali

Ijtimoiy Hududga investitsiyalarni jalb etishda intelektual salohiyatni oshirish

Siyosiy Investitsion muhitni shakllantirishga mahalliy xokimiyat rolini oshirish;

Madaniy Hudud madaniy qiyofasini oshirish orqali investitsiyalar ko'lamini kengaytirish

Ko'rib o'tilgan hudud investitsiyaon imidj shallantirishning to'laqonli ko'rinishi imidjni oshirish yo'nalishlari, ya'ni: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy jarayon, qaysiki maqsadli auditoriyaga ya'ni investorga hudud bo'yicha ijobiy fikr uyg'otishga xissa qo'shishuvchi strategiyalar hisoblanadi. [19]

Ushbu holatdan kelib chiqib investor uchun hududuning jozibadorlik xususiyatlari quyidagilarda o'z aksini topadi: iqtisodiy, huquqiy, hududning moliyaviy axvoli, infratuzilmalar, hamkorlar bilan munosabatlar sifati va boshqarlar.

Hudud imidjini shakllanishida xuduning marketing salohiyati o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Bu o'ziga xosliklar esa hududning rasmiy xususiyatlari, hudud brendi, brendning taniqliligi va boshqalardan iborat bo'lib munosabatlar hisoblanadi.

Olingan nazariy muloxazalarga ko'ra investorolar uchun hududning investitsion imidjini shakllantirishning kantseptual modelini taklif etish mumkin (1-rasm).

Hudud investitsion imidji quyidagi asosiy xususiyatlarga ko'ra farqlanadi, ya'ni: tizimli, raqobatli, benchmarking, jalb etuvchanlik, ijtimoiy ximoyali, bosqichma bosqich va qayta aloqaviy.

Hudud investitsion imidjini shakllantirish kontseptsiyasiga muvofiq bir qator bosqichlarni ajratib ko'rsatildi va ularni batafsil to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq:

Birinchi kontseptual yo'nalish tizimli xususiyat kasb etib, bu investor uchun jozibador bo'lgan hududning investitsion imidjini shakllantirish jarayonini o'zaro bog'liq usullaridan iborat bo'lib quyidagilarni o'zi ichiga oladi: hududning rivojlanish strategiyaisini, maqsadini, rivojlanish dasturining mazmunini, shukllarini, usullarini va amalga oshirish vositalarini o'z ichiga oladi.

Ikkiinchi kontseptual yondashuv hududiy raqobatbardoshlik xususiyatiga asoslanadi: ishlab chiqarish kuchlari, kapital va boshqa resurslar yoki boshqa

xususiyatlarga ko'ra hududning ustunliklarini o'zi ichiga oladi.

Hudud investitsion imidjini shakllantirishga ilmiy jihatlari

V

r —

Hudud investitsion

imidjini shakllantirishning asosiy xususiyatlari

Hudud investitsion

imidjini shakllantirishning asosiy xususiyatlari

±

i

Hudud investitsion

imidjini shakllantirishning asosiy vositalari

J,

Marketing yondashuvi: hudud muammolarini o' rnaish bo'yicha marketing tadqiqotlarini olib borish

Raqobatchilik;

Benchmarking;

Hududning o'ziga xosligi

Gorizontal;

Bertikal;

Chiziqli;

Trendli;

Omilli

GAP,

SWOT

Tizimli yondashuvi: hududning maqsadli tizimli yondashuviga as oslangan tadqiqotlari

Oxirgi maqsad;; Bir butun tahlil; Tizimlashtirilgan tahlil;

Alohida strategiya va taktika

Hududiy dasturlash; Strategik rejalantirish

Marketing axbortlarini yig'ishning miqdoriy va sifatli usullari;

Iqtisodiy; Moliyaivy ; Soliq;

Boshqaruvli

1-rasm. Hudud investitsion imidjini shakllantirish konsepsiyasi

Source: author's development

Uchunchi konseptual yondashuv esa benchmarking yondashuvi hisoblanib, uning asosiy xususiyati boshqa hududar bilan taqqoslash va boshqa hududar imidj strnategiyalarini samarali o'zlashtirish va ulardan foydalanishga qaratiladi.

Benchmarking tamoyili asosan boshqa hududar strategiyasidan smarali foydalanishni asosida raqobatli ustunlikni o'sha hududga nisbatan oshirib borish hisoblanadi.

Keyingi konseptual yondashuv esa hudud imidjini shakllantirish maqsadida samarali hamkorlik munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan harakatlarni o'z ichiga oladi.

Beshinchi konseptual yondashuv o'zoro ijtimoiy ximoya va uning negizida aholi extiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan yo'nalishlar hisoblanadi. Ijtimoiy ma'suliyat priyetsiplariga asoslangan hudud investitsion imidjini shakllantirish bo'yicha yondashuvda quyidagi manfaatdor guruhlarning, ya'ni iste'molchilar, hukumat, tadbirkorlarning barchasini rivojlanishiga qaratilgan maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Oltinchi kanseptual yondashuv esa nazorat va qayta oloqa tamoili hisoblanadi. Ushbu tamoyilga ko'ra har qanday rivojlanish loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisobanadi. Qayta aloqa jarayonida loyihani amalga oshirishga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi muhitdagi o'zgaruvlarga bog'liq holda qayta tuzatish mumkin.

Yuqoridagilarga ko'ra hudud imidjini shakllantirish investorlar uchun munosib biznes muhitni yaratish bilan bog'liq munosabatlar ekanligini e'tirof etish mumkin.

Hududning investitsion imidjini rivojlantirishga qaratilgan nazariy yondashuvlar Farg'ona viloyatida investitson jazibadorlikni oshirishdaga asosiy marketing strategiyasi ekanligini o'z aksini topmoqda.

Hudud imidjini shaklantirishning 4 ta asosiy yo'nalishlari mavjud va uning tuzilmasini 2-rasmda ifodalash mumkin.

Source: author's development

Investitsion imidjning asosiy tarkibiy qismlari hududiy biznes va dam olish

maskanlari, madaniy boyliklari va ularni saqlanishi, hududda yashashning qulay imkoniyatlari hisoblanadi. 11-rasmga ko'ra hududning mahalliy xokimligi, fuqarolari va investorlari investitsiya imidjini shakllantirishda asosiy ishtirokchilar hisoblanadi.

Investitsion imidjni shakllantirish jarayoni hududning ichki va tashqi maqsadlarini uyg'unligini ta'minlashni o'z ichiga olgan tadbirlar tizimidan iborat bo'lishi lozim.

Tashqi maqsadlar hududning raqobatda ustunligini ta'minlash harakatlaridan iborat bo'lsa, ichki maqsadlar esa hududda faoliyat yurituvchi investorlar, mahalliy xokimiyat, aholi, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari va boshqalarning manfaatlariga hizmat qilishi lozim.

Ikkinchi bosqich loyihani ishlab chiqish va tasdiqlashni o'z ichiga oluvchi tadbirlardan iboratdir. Ushbu bosqichda hudud imidjini shakllantirishning loyihasi ishlab chiqilib, texnik asoslangan holda yo'l haritasi belgilanadi. Loyihani amalga oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan va qabul qilingan hukumat qarorlari uni amalga oshirishni va manitoring qilish tizimini o'z ichiga olishi va asos bo'lib hizmat qilishi lozim.

Ushbu bosqichda nazorat muhim ahamiyat kasb etib, qabul qilingan strategiyalarini o'zgartirishi yoki uni to'ldirishi mumkin.

Uchinchi bosqichda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, loyihani samaradorligini tahlil qilish va baholashdan iborat. Shuningdek, muammoli vaziyatlarni qayta ko'rib chiqish va sabablarini aniqlash, jalb etilayotgan investitsiyalarning hudud rivojlanishiga ta'sirini aniqlash va tegishli chora-tadbirlarni ko'rishni nazarda tutadi. Buning uchun baholash va tahlil qilish uchun zurur bo'lgan ma'lumotlar manbai, rejalarni maqsadliligi va ularning natijalari taqqoslanadi.

XULOSA

Investitsiyaon imidjini shakllantirishning madeli hududning investitsion jazibadorligini oshirishga hizmat qilishi lozim va bu boradagi quyidagilar asosiy diqqat markazda bo'lishi lozim:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- halqaro bozorlarga viloyatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini samarali

joylashtirish imkonitlarini yaratishi;

- ilmiy-texnik infratuzilmani shakllanishi;

- texnologiyalar ilm-fanning ustivor yo'nalishlariga muvafiq bo'lishi;

- ish o'rinlarini ko'payishi;

- innovatsion faollikni oshishi;

- yosh kadrlarni ish bilan ta'minlashi va qamrab olishi;

- ta'lim bilan ishlab chiqarishni uzviy rivojlanishiga sharoitlar yaratilishi;

Farg'ona viloyatida investitsion imidjini oshirish yo'nalishida marketing kammunikatsiyalaridan samarali foydalanish talab etiladi.

Hudud imidjini shakllantirish jarayonida marketing kammunikatsiyalaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadlari - investorlarga samarali axborot yetkazishi, ularda viloyatdagi mavjud holat bo'yicha ishonchi ma'lumotlar yetkazishi, ishonch xissini uyg'otishi lozim. Viloyatda marketing kammunikatsiya vositalaridan to'liq va samarali foydalanish bilan birga viloyat hokimligining alohida hudud imidjini oshirish bo'yicha marketing kammunikatsiyasi dasturi bo'lishini nazarda tutish lozim.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Яковлев М.В. Формирование политического имиджа региона в условиях современной России. Автореферет дисерт на соис. Уч. ст. к.п.н. М.: МГУ им. М.В. Ломоносова, 2006. - 23 с.;

2. Важенина И.С. Имидж и репутация территории как основа продвижения вконкурентной среде // Маркетинг в России и за рубежом. 2006. - №6.;

3. Визгалов Д. Маркетинг города / Д. Визгалов. - М.: Фонд «Институ экономики города», 2008. - 110 с.;

4. Инвестиционная привлекательность региона: учебно-методическое пособие [текст] / под ред. Р.Ф. Дурицыной, Т.Н. Скибиной.- М» КНОРУС, 2008.- 400 с.;

5. Литвинова В.В. Инвестиционная привлекательность и инвестиционный климат региона: Монография / В.В. Литвинова: Финуниверситет. Каф. «Государственное и корпоративное управление и муниципальные финансы». -М.: Финуниверситет, 2013. - 116 с.;

6. Barnes J.G. Exploring the importance of closeness in customer relationships.American marketing Association Conference, Dublin, June, 1997. P. 227;

7. Беляков С.А. Имидж для инвесторов [Электронный ресурс] /С. Беляков//GoldmanSachs поможет России улучшить инвестиционный имидж .2013. -Режим доступа http://www.rbc.ru/rbcfreenews/20130128233025.shtml.;

8. Важенина И.С., Важенин С.Г. Имидж как конкурентный ресурс территории/ Регион экономика и социология. 2006. № 4.;

9. Панкрухин А.П. Маркетинг территорий: маркетинг региона // Маркетинг в Россиии за рубежом.-2004.-№2.-С.9-11.

10. Яшина Е.З. Стратегическое управление развитием региональных социально-экономических систем с использованием имеджевого подхода: авт дис. канн. эк.наук. Самара 2006 - http://sseu.ru /netcat/Image/referat-Yachina-dog-19s

11. Шабунин А.С. Формирование имиджа региона: теоретические аспекты и перспективы применения. Дис. канд. пол. Наук ./ Шабунин А.С - Ярославль, - М.:

ГГБ, 2006.- 196 с.

12. Воронов Ю.П. Рейтинги субъектов Федерации: методические проблемы оценки // Регион: экономика и социология. - 2008. - N 3- - С.46-66.;

13. Гердт Т. Формирование имиджа города средствами рекламы и PR [Электронный ре-сурс] : / Т. Гердт //Электронный журнал «Русский бренд» 2007. -Режим доступа: http://wvvw.rassbrand.ru/2007/09/10/city-image-reklamaрг001/;

14. Глазьев С.Ю. Концепция 2020: региональная инновационная политика / С.Ю.Глазьев, Е.А.Наумов, А.А.Понукалин // Россия и совр. мир. - 2012. - N 1. -С.35-41;

15. Залуцкая Н. М. Маркетинг и имиджевая политика города [Электронный ресурс]: / Н.М. Залуцкая // Электронный журнал «Известия Иркутской государственной экономической академии». - 2010. - № 6. - Режим доступа:http://eizvestia.isea.ru/reader/article.aspx?id::=7063;

16. Иванов В.С. Рациональное управление территорией как фактор развития промышленной политики // Микроэкономика. - 2009. - N 5. - С.124-127.;

17. Имидж города как ресурс его успешного развития // Преснякова Т.С., Шишкина Т.М. [Электронный ресурс]. Заглавие с экрана http://sisupr.mrsu.ru/2011-4/РВБ/1 /Presnyakova.pdf;

18. Фирсов Ю.И. Формирование имиджа территории для обеспечения ее инвестиционной привлекательност. ДИССЕРТАЦИЯ на соискание ученой степени кандидата экономических наук. -М.:.ФУПРФ. 2013. Ст. 83

19. Каширская С. Персонификация имиджа региона РФ. СМИ в современном мире. // Тезисы научно-практической конференции. - СПб., 2002. - с. 167-168.; Кутыркина Л.В. Бренд-имидж региона: методика и результатыисследований (на примере Ростовской области) // Реклама. Теория и практика. - 2006, №6 (18)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.