Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI'

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
3660
289
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy psixologiya / mehnat / taraqqiyot / faoliyat / konkrent qism / obyekt / subyekt. / современная психология / труд / развитие / деятельность / конкретная часть / объект / субъект.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Shomurotova Nilufar Davronbek Qizi

shbu maqolada siz Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi, uning asosiy tarmoqlari. Psixologiya fanining ilmiy tekshirish metodlari. Kuzatish. eksperiment: laboratoriya va tabiiy eksperiment. Psixodiagnostika metodlari va ularning qo`llanilishi: suhbat, anketa, faoliyat jarayoni va uning mahsulotlarini tahlil qilish. Test metodi va uning qo`llanilishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СТРУКТУРА СОВРЕМЕННОЙ ПСИХОЛОГИИ

В этой статье вы найдете структуру современной психологии, ее основные разделы. Методы научного исследования психологии. Следовать за. эксперимент: лабораторный и натурный эксперимент. Психодиагностические методы и их применение: интервью, анкетирование, анализ процесса деятельности и ее продуктов Вы получите информацию о методе тестирования и его применении.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI»

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING TUZILISHI Shomurotova Nilufar Davronbek qizi

Pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yônalishi talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.7589305 Annotatasiya: Ushbu maqolada siz Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi, uning asosiy tarmoqlari. Psixologiya fanining ilmiy tekshirish metodlari. Kuzatish. eksperiment: laboratoriya va tabiiy eksperiment. Psixodiagnostika metodlari va ularning qo llanilishi: suhbat, anketa, faoliyat jarayoni va uning mahsulotlarini tahlil qilish. Test metodi va uning qollanilishi haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: zamonaviy psixologiya, mehnat, taraqqiyot, faoliyat, konkrent qism, obyekt, subyekt.

СТРУКТУРА СОВРЕМЕННОЙ ПСИХОЛОГИИ

Аннотация: В этой статье вы найдете структуру современной психологии, ее основные разделы. Методы научного исследования психологии. Следовать за. эксперимент: лабораторный и натурный эксперимент. Психодиагностические методы и их применение: интервью, анкетирование, анализ процесса деятельности и ее продуктов Вы получите информацию о методе тестирования и его применении.

Ключевые слова: современная психология, труд, развитие, деятельность, конкретная часть, объект, субъект.

THE STRUCTURE OF MODERN PSYCHOLOGY

Annotation: In this article you will find the structure of modern psychology, its main sections. Methods of scientific research of psychology. Follow up. experiment: laboratory and natural experiment. Psychodiagnostic methods and their application: interviews, questionnaires, analysis of the process of activity and its products You will receive information about the testing method and its application.

Key words: modern psychology, labor, development, activity, specific part, object,

subject.

KIRISH

Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog'langan, g'oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo'yicha klassifikatsiya qilish mumkin:

1) konkret faoliyatning psixologik tomoni;

2) taraqqiyotning psixologik tomoni;

3) insonning (taraqqiyot va faoliyat sub'ekti sifatida) jamiyatga bo'lgan munosabatining psixologik tomoni.

Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo'yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib korsatish mumkin.

MEHNAT PSIXOLOGIYASI. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashqil qilishning psixologik asoslarini o'rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta'sirini o'rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.

Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri INJENERLIK PSIXOLOGIYASI. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o'rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtirish kabi muammolarni o'rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan tizimlarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o'rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.

PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING predmeti talim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. Bu soha o'quvchilarda tafakkurning tarkib topishini, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o'zlashtirishni boshqarish muammolari, ta lim samaradorligiga ta'sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o'quvchilar orasidagi munosabatlarni, o'quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga talim va tarbiya berish kabi muammolarni o'rganadi. Pedagogik psixologiyaning talim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat psixologiyasi, anamol rivojlangan bolalarga talim va tarbiya berish psixologiyasi kabi ko'plab tarmoqlari mavjud.

MEDITSINA PSIXOLOGIYASI. Psixologiyaning bu sohasi tibbiyot xodimlarning faoliyatini, bemorlarning xulq-atvorini o'rgandi. Meditsina psixologiyasi quyidagi qismlarga bo'linib ketgan: neyropsixologiya - psixik hodisalarning miyadagi fiziologik tuzilmalarini, asoslarini, mexanizmlarini o'rganadi; psixofarmakologiya - davolashda qo'llaniladigan turli xil dorilarning kishi psixikasiga ta' sirini o' rganadi; psixoterapiya - bemorlarni davolashda turli psixik ta'sirlardan foydalanishni; psixoprofilaktika va psixogigiena - turli psixik kasalliklarning kelib chiqishi, ularni profilaktika qilish masalalarini o'rganadi.

YURIDIK PSIXOLOGIYA - huquq tizimida turli tadbirlarni amalga oshirish mobaynida yuzaga keladigan ko'plab masalalarni ko'rib chiqadi. Uning tarmoqlari: sud ishi psixologiyasi, kriminal psixologiya, penitentsiar yoki axloq tuzatish mehnati psixologiyasi.

HARBIY PSIXOLOGIYA - jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvori, boshliqlar va ularning qo'l ostidagilarning o'zaro munosabatlarining psixologik tomonlari, "psixologik urush" olib borish va unga qarshi kurash kabi masalalarni o'rganadi.

SPORT PSIXOLOGIYASI - sportchi va uning shaxsiy xususiyatlari, ularni psixologik jihatdan tayyorlash shart-sharoitlari va vositalari, sport musobaqalarini tashqil qilish va o'tkazish kabi masalalarni o'rgandi.

SAVDO PSIXOLOGIYASI - xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko'rsatishning psixologik omillari, reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta'siri kabi masalalarni o'rganadi.

YOSH DAVRLARI PSIXOLOGIYASI - psixik xususiyatlarning yosh davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o'rganadi. YOsh davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o'smirlar psixologiyasi, o'spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psixologiyasi, gerantopsixologiya (qariyalar psixologiyasi).

SOSIAL PSIXOLOGIYA (ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi) - kishilar orasidagi munosabatlar jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o'rganadi. Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o'rganish. Sosial psixologiya ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, "psixologik yukish"ni, guruhlarda tabaqalanish va liderlik hodisalarini o'rganadi.

XULOSA

Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham korib chikish mumkin. Biz ulardan bazilarni sanab o'tish bilan cheklanamiz xalos. Bularga differentsial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisod psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tarmoqlari, qiyosiy psixologiya (zoopsixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.

Adabiyotlar ro'yxati

1. "Prakticheskaya psixodiagnostika". Metodiki i testi. - Samara, 1998

2. Andreeva G. M. Sosialnaya psixologiya. Uchebnik - M., 1998

3. Vertgeymer M. Produktivnoe mishlenie. - M., 1987

4. Gamezo M. V., Domashenko I. A. Atlas po psixologii. - M.,1986

5. Gippenreyter Yu. B. Vvedenie v obshuyu psixologiyu. Kurs lektsiy. - M., 1996

6. Goziev E. Oliy maktab psixologiyasi. T. 1997

7. Goziev E. Psixologiya. T. 1994.

8. Karimova V. M. "Ijtimoiy psixologiya asoslari". - T., 1994

9. Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma'ruzalar matni - T., 2000

10. Karimova V. M. Psixologiya. - T., 2002

11. Klimov E. A. Osnovi psixologii. - M., 1998

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.