HOZIRGI KUNDAGI JISMONIY VA AQLIY MEHNAT O'RTASIDAGI
MUNOSABATLAR
1 2
Umarov Alisher Sheralievich, Norbekov Sarvar Sunatullayevich
1Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tayanch (PhD) doktoranti.
2Mehnat bozori tadqiqotlari instituti mustaqil (PhD) tadqiqotchisi. alisherumarov136@gmail. com https://doi. org/10.5281/zenodo. 8041687
Annotatsiya. Mehnat faoliyati inson hayotining muhim xususiyati hisoblanadi. Ushbu xususiyat bir tarafdan hayot mazmunini, boshqa tarafdan qaralsa inson aqliy va jismoniy takomillashishining rivojlanish bosqichidir. Mehnat barcha moddiy hamda ma'naviy boyliklarning manbai hisoblanadi. Mehnat butun inson hayotining birinchi asosiy shartidir. Aynan shu sababli mehnat insonning ijtimoiy yo 'nalishlarida ustuvor o'rin kasb etadi. Inson biologik mavjudot bo'lganligi sababli mehnat tananing asosiy funksiyasi bo'lib, ma'lum bir fiziologik qiymat bilan tavsiflanadi. Hozirgi vaqtda dunyoda mehnatga bo'lgan qarashlarning o'zgarganligi sababli shu kungacha amalda bo'lgan meyorlar bilan aqliy mehnat faoliyati bilan shug'ullanadigan kasblarni mehnatini meyorlashtirishni takomillashtirish dolzarbligi vujudga kelmoqda. Ushbu maqolada ishchilarning ish vaqti hamda aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan kasblarning ish vaqtlarini meyorlash haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Mehnat, jismoniy mehnat, aqliy mehnat, ish kuni, ish vaqti davomiyligi.
Mehnat-insonning muayyan ehtiyojlarini qondira oladigan va o'ziga kerak bo'ladigan moddiy yoki ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish (yaratish) bo'yicha ongli, maqsadli faoliyatidir [1, 18-19].
Insoniyatning barcha yutuqlari mehnat faoliyati mahsulidir. Mehnat faoliyati jarayonida insonning axloqiy, ijtimoiy, ijodiy, jismoniy va boshqa jihatlari takomillashib boradi. Bu esa insonga kasbiy mahoratini ochib o'z potensialidan unumli foydalangan holda yuqori unumdorlikda ishlash imkonini beradi. Jismo nan va aqlan sog'lom insongiga o'ziga yuklatilgan ijtimoiy amallar(vazifalar) ni bajarib jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga o'z xissasini qo'sha oladi. Bu esa insondan hayotning barcha bosqichlarida tanasining tabiiy imkoniyatlaridan nafaqat sog'lig'iga zarar yetkazmasdan uni saqlab qolish va mustahkamlash, yashirin qobiliyatlarini ham rivojlantirish uchun oqilona foydalanishni talab qiladi.
Har qanday mehnatni bajarish uchun jismoniy hamda aqliy kuchlarning o'zaro nisbati talab etiladi. Dunyo rivojlanib borgani sari jismoniy mehnatga nisbatan aqliy mehnatning ulushi ortib bormoqda. Ilk mehnat shakllarida ko'proq qo'l mehnatidan foydalanilgan bo'lsa hozirgi raqamli tehnologiyalar asriga kelib asosan aqliy mehnatdan foydalanib ish yuritadigan kasblar ko'paymoqda. Avvaliga qishloq xo'jaligi hamda sanoatda yuz bergan ilmiy inqilob natijasida insoniyat intellektual bilimlar sari intilmoqda. Qo'l mehnati orqali moddiy, aqliy mehnat orqali nomoddiy qiymatdagi tovarlar yaratiladi. Bu esa aqliy mehnat ko'proq qiymat yaratishi va bu qiymat keyinchalik nomoddiy tovarlarni yaratilishini anglatadi. Bu qiymatlarning o'zaro mutanosibligi mehnat faoliyatiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Mehnat inson faoliyatining markazida turadi, ammo bugungi kunda rivojlangan dunyoda biz bilim inqilobi sari borayotganimiz sababli, jismoniy mehnat kamayib aqliy mehnatning ustunligi hamda bahosi ortib bormoqda. Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo'lgan o'z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun
bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg'ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi [2, 5].
Ish vaqti davomiyligi: Ish beruvchi ishchidan iloji boricha ko'proq ish bajarishini va imkon qadar ko'proq moddiy qiymat yaratishini xohlaydi. Moddiy qiymat (foyda) faqat mehnat natijasida yaratiladi hamda olinadi. Mehnat qilish ham o'ziga yarasha chegaralar bilan cheklangan. Ishchilar mehnat qobiliyatlarini tiklashlari uchun dam olishlari shart. Inson organizmi dam olish, uxlash va oziq-ovqatga muhtojligi sababli bu asosiy faktning o'zi ishchining kuniga 24 soat ishlay olmasligini anglatadi. Bundan tashqari ishchilar ma'lum bir faoliyat turi bilan cheklanib qolishni istamaydilar. Ish vaqti davomiyligi ish beruvchi hamda ishchilarning o'zaro manfaatlari kesishuvi uyg'unligi nisbatidan kelib chiqib aqliy, jismoniy, ruhiy, tibbiy ko'rsatkichlar bilan nazorat qilinadi. Shu joyda savol tug'iladi - aqliy mehnat uchun ish kunining meyorlari qanday farq qiladi? Jismoniy mehnat jismoniy faoliyat bilan bog'liq bo'lsa aqliy mehnat inson miyasi faoliyati bilan bog'liqligi sababli bir-biridan farq qiladi. Mehnatning ikkala shakli ham zarur, ammo Hozirgi axborotlashgan davrga kelib aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ko'ra ko'proq foydalanilmoqda. Bu esa xodimlardan yuqori darajadagi moslashuvchanlikni talab qiladi. Jismoniy mehnat faoliyatida ishchi qanchalik jismoniy kuchni to'g'ri sarflasa, shuncha moddiy qiymat mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin. Bunda ishchi jismoniy ish orqali qiymat yaratdi va bu qiymatning bir qismi keyinchalik foydaga aylantiriladi, ya'ni biznes gullab-yashnaydi. Xarajat va foyda o'rtasidagi farqlar bu juda murakkab soha. Biroq, xarajat va foyda o'rtasidagi bog'liqlikni davrlar kesimida hisobga olish kerak. Jismoniy mehnat miqdorini oshirish aqliy mehnat miqdorini oshirishga nisbatan oson. Shunday qilib, jismoniy mehnatga kelsak, ish kunining davomiyligi quyidagicha, masalan, 8 soat, keyin ishchi shu vaqt ichida ishlaydi va qiymat yaratadi. Qiymatning turli shakllari va aspektlari bor.
Hozirgi zamon intellektiial soha xodimi uchun moslashuvchan ish usullari va intellektiial ish uchun ish vaqti davomiyligi tushunchasi.
Mehnat jarayonida aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan xodimlarning ish jarayonini meyorlash juda murakkab jarayondir. G'oyalar yoki yechimini kutayotgan masalalar kun yoki tunning istalgan vaqtida kelib qolishini xisobga olsak, bu ish vaqti davomiyligiga o'zga usulda yondoshish kerakligini anglatadi. Bundan tashqari, intellektual soha xodimi o'zining ayrim g'oya va ilmlari ustida o'z uyida ishlashi va takomillashtirish maqsadda belgilangan ish vaqtidan tashqari xam mehnat qilishda manfaatdor bo'ladi. Agar jismoniy mehnat bilan shug'ullanayotgan ishchi ishlamasa bu yaqqol ko'ringanligi sababli undan tezroq ishlashni talab qilish mumkin. Ammo intellektual xodimlar uchun bu jarayon qanday ishlaydi? Ular mehnat jarayonida jismoniy mehnatdan kam foydalanishganligi sababli o'z vaqtlarini korxona manfaatlari uchun xizmat qiladigan g'oyalarni o'ylab topishga yoki o'zlarining boshqa qiziqishlariga sarf qilayotganliklarini qanday aniqlanadi? Hozirgi IT hamda raqamlashtirilgan davrdagi ish muhitida xodimlarning aksariyat qismi internet hamda zamonaviy sun'iy intellekt bilan o'z vaqtlarini o'tkazadilar. Bu esa xodimlarning korxona yoki o'z shaxsiy manfaatlari uchun faoliyat yuritayotganlini kuzatishni qiyinlashtiradi. Bu jarayonni kuzatish yoki tartibga solishni turli xil usullari bor, lekin bu xodimning ish samaradorligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bundan tashqari yangi g'oyalar hamda ilmlar yaratishi, masalalarni yechishi yoki korxona kelajagini bashorat qilgan holda strategiyalarni ishlab chiqishi uchun intellektual xodimlarga ma'lum miqdorda ijodiy, jumladan, intellektual erkinlik berilishini talab qilsa, boshqa tomondan, olinadigan foydaga ta'siri borligi sababli korxona ularga ortiqcha erkinlik berishni
xohlamasliklari tabiiy xoldir. Hozirgi zamon intellektual xodim uchun moslashuvchan ish usullari va intellektual mehnat uchun ish vaqti davomiyligi tushunchasining murakkabligi xam shunda. Ko'plab korxonalar uchun xodimlar kun oxirida yoki ishdan bo'shaganlarida o'z intellektual g'oya va ilmlarini o'zlari bilan olib ketishlari katta muammolarni keltirib chiqaradi. Bu esa korxona ushbu g'oyalar va bilimdan (garchi ular xodimga pul to'lagan bo'lsalar ham) foyda ololmasligini anglatadi. Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to'lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo'lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi [3, 11]. Ushbu moddadan kelib chiqib korxonalar g'oyalar va ilimlar yaratadigan manbasi bo'lgan o'zlarining eng muhim aktivlaridan biri - inson kapitaliga egalik qila olmaydilar. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin? Hozirgi vaqtda ko'plab korxonalar inson kapitalini tarkibiy kapitalga aylantirish mexanizmlarini ishlab chiqmoqda. Bu mexanizm xodimlarning bilimlarini korxonani t ark etganlarida o'zlari bilan olib ketmasliklari uchun to'plash, taxrirlash va saqlashni o'z ichiga oladi. Bu mexanizm bo'yicha turli sxemalar joriy qilingan bo'lib turli jihatdan samara va kamchiliklarga ega. Ammo g'oya va ilimlar yangisini vujudga keltirishini hisobga olsak barcha ma'lumotlarni tarkibiy kapitalga aylantirishning iloji yo'qligini anglatadi. Bundan tashqari, bu bilimlarni ma'lumotlar bazasiga kiritilish jarayonida xodimning ongida bo'lgan g'oyalarni to'liq akslantirolmaydi. Har bir insonning bilimni idrok etishi hamda unga yondashuvi, rakursi turlicha bo'lganligi sababli ba'zi g'oyalar va ilmlar subektivdir. Bu yerda baxsga o'rin yo'q, lekin aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan xodimlarning ish kunining davomiyligi dolzarbligi masalasining murakkabligi mehnatga xaq to'lash uchun ma'lum bir indikatorlar orqali aniqlanishi kerak. Xizmat ko'rsatish hamda boshqa turli yo'nalishlarda faoliyat yuritayotgan ko'plab xodimlar xaftasiga 5 kun, 6 kun, 36 soatli ish haftasida an'anaviy tarzda ishlaydilar. Bizga tarixdan ma'lumki, asrlar davomida ish kunining davomiyligi qisqarib kelmoqda. Sanoat inqilobi esa bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Barcha sohalarga kirib kelayotgan sun'iy intellekt esa ko'plab jihatlardan xodimlardan ustunlikka ega bo'lganligi (tezligi, aniqligi, kamxarajatligi, ta'mirlash osonligi va hk.) sababli xar yili ish o'rinlari qisqarib bormoqda. Bu esa ishsizlik soniga to'g'ri proporsionalligi sababli ishsizlik darajasini oshirib, mehnat bozoridagi o'zgarishlar (qadimiy va ayrim turdagi kasblarning yo'qolishi hamda ularning o'rniga yangi zamonaviy kasblarning paydo bo'lishi) ish kunining davomiyligini qisqarishiga olib keldi. Yangi paydo bo'layotggan kasblar ish joyi va ish soati bir biridan farq qilganligi sababli xodimlarning ish jarayonini baholash Hozirda mavjud bo'lgan mehnat meyorlarini takomillashtirishni talab qiladi. Aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan xodimlar o'z uylarida ishlashlari, boshqa vaqtlarda esa yonlarida noutbuk olib yurishlari, ilhom olish uchun turli joylarga borishlari, boshqa tashkilotlarning xodimlari bilan o'zaro fikr almashishlari mumkin. Bu jarayonlarning barchasi g'oya hamda ilimlarni yaratish uchun sarflanishini hisobga olsak, ish vaqti davomiyligi tushunchasi indikatorlariga qo'shimcha parametrlar qo'shish zarurligini anglatadi. Davlat iqtisodiyotida asosiy o'rin yegallab iqtisodiy ilmlarni yaratadigan eng kuchli ijtimoiy guruhlardan biri "intellektual xodimlar" deb ataladi. Ular quyidagi asosiy sifatlarga ega bo'lishlari shart: yuqori kompetentlik, erkin fikrlay olish, mehnatsevar, tirishqoq, shuhratparast, o'z atrofidagilariga e'tiborli, intellektual kapitalini moddiy
qiymatga aylantira oladigan. Hozirgi zamon tendensiyalari intellektual xodimlardan mobillikni talab qilmoqda. Moslashuvchan ish grafigi haqida fikrlarimiz quyidagicha:
Ish faoliyati davomida bir joyda o'tirib ishlash talab qilinmaydi.
Xar qanday joyda hamda vaqtda ishlashi uchun talab qilinadigan texnika va texnologiyalarga ega.
Xodimlar internet orqali sinxronizatsiya qilingan qurulmalar orqali umumiy doskadan foydalanishlari, birgalikda hujjatlar ustida ishlashlari, g'oyalarni shakllantirishlari, jonli suhbatlar o'tkazishlari, shuningdek, rasmiy onlayn uchrashuvlar va konferensiyalarda qatnashishlari mumkin. Zamonaviy texnologiyalar xodimlariga "moslashuvchan" bo'lish imkonini beruvchi bir qator yangi imkoniyatlarni ochdi. Bu imkoniyatlar ayniqsa aqliy mehnat bilan shug'ullanadigan xodimlarga ishlashning yanada moslashuvchan usullarini ochmoqda. Aqliy mehnatga asoslangan firma nazariy va amaliy jihatdan an'anaviy kompaniya modelidan tubdan farq qiladi. Ushbu korxonalarning yadrosi unda faoliyat olib boruvchi Nou-xau xodimlardir. Nou-xau kompaniyalar xodimlar o'rtasida qo'shma korxona uchun o'z ishlariga bo'lgan da'volardan voz kechish to'g'risidagi kelishuv asosida tuziladi. Bunday tashkilotlarda bilim va ma'lumotlarni erkin almashish uchun ko'proq imkoniyatlar bo'ladi. Bunday muhitda moslashuvchanlik standart ish soatlariga nisbatan ko'proq bo'ladi. Shunday qilib ishchilar 9:00 dan 17:00 gacha bo'lgan ish kunidan tashqarida bizda "moslashuvchan" jadval yuzaga keladi. Xronometraj tajriba natijalarimga ko'ra quyida aqliy va jismoniy mehnatning turli nisbatlaridagi kasblarning tarmoqlararo vaqt normalarini keltirgan.
Ma'muriy bino-inshoatlarga xizmat ko'rsatish va jihozlarni ta'mirlashda band bo'lgan xodimlar sonining tarmoqlararo vaqt normalari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'muriy binosi)
T/r Kasblar nomi Bajariladigan ishlar tarkibi Ishning bajarilish davomiyligi (Xronometraj soni, minut-sekund) O'rtacha bajarish vaqti
1 2 3 min
Binodagi jixozlarning xolatini tekshirish 80 100 60 80
Bo'linma boshlig'iga ta'mirlash bo'yicha ehtiyot qismlarni ta'minlashini 2 3 1 2
1 Duradgor so'rash
Tegishli ta'mirlash bo'yicha ehtiyot qismlarni olish 2 3 1 2
Jixozlarni ta'mirlash 4 2 3 3
Jixozni o'rnatish 40 30 35 35
Xududdagi quvvatli va kuchsiz elektr tizimlarini 80 100 60 80
2 Elektr ko'zdan kechirish
montyor Smena boshlig'iga hisob(doklad) berish 3 5 7 5
Nosozlikni aniqlash 70 90 110 90
YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI
O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
_16-iyun, 2023- yil_
Xududdagi quvvatli va kuchsiz elektr tizimlarida 25 40 100 55
joriy ta'mirlash ishlarini
bajarish
Bino xodimlarini elektr 18 15 12 15
o'chirilishi xaqida ogohlantirish
Xududdagi quvvatli va kuchsiz elektr tizimlariga 180 220 200 200
joriy texnik xizmat ko'rsatish
Avtomatik boshqaruv 130 110 120 120
panelini nazorat qilish
Bino atrofini tekshirib 20 15 25 20
qabul qilish
Smena boshlig'iga hisob(doklad) berish 3 5 7 5
Postni qabul qilish 5 15 10 10
Kirim daftarini ko'rib 7 13 10 10
chiqish
Binodagi xodimlarni aniqlash 5 15 10 10
Smena boshlig'iga hisob(doklad) berish 3 5 7 5
Kelgan fuqarolarni qabul qilish 0.5 1 0.6 0.7
Moddiy boyliklar kirib-chiqishini nazorat qilish 12 8 10 10
3 Xavfsizlik xizmati Kalitlarni qabul qilib daftarga belgilash (ish vaqti tugagandan so'ng) 2 3 1 2
Tungi vaqtda qavatlarni tekshirish 80 40 60 60
Kameralarni nazorat qilish 180 220 200 200
Binoni tekshirib chiqish 50 60 70 60
Kalitlarni farroshlarga tarqatish 1 1.2 0.8 1
Kalitlarni farroshlardan 3 1 2 2
qabul qilish
Kalitlarni xodimlarga tarqatish 3 1 2 2
Hududni nazorat qilish 30 25 20 25
Avtomobillarni kirib- 5 10 15 10
chiqishini nazorat qilish
Bino atrofini yo'nalishi bo'ylab nazorat qilish 40 45 50 45
Xulosa: Hozirga zamon aqliy mehnat xodimlarining ish kuni davomiyligini hisoblash bu juda yangi, o'rganilishi dolzarb bo'lgan sohadir. Ish kuni davomiyligini belgilash ish beruvchi va xodim o'rtasidagi uzoq o'tmishga va zamonga qarab o'zgarish ta'sirida shakllangan. Hozirda
ishlashning moslashuvchan turli usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda aqliy mehnat xodimlari ekspluatatsiya qilinmasdan turli vakolatlar berilishi kerak. Intellektual mehnat xodimlari jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan ishchi uchun belgilangan o'rtacha ish kunidan ko'proq vaqt ishlashlari mumkin. Bu orqali aqliy mehnat xodimlari ko'proq nomoddiy tovarlar yaratadilar. Boshqa tomondan, aql bovar qilmaydigan yangi g'oyani yaratishga bir necha daqiqada yoki yillar kerak bo'lishini hisobga olish kerak. Shundan kelib chiqib "Ish kuni" tushunchasiga kelsak, bu tushuncha aqliy mehnat xodimlariga nisbatan o'z qiymatini yo'qotadi. Buning sababi shundaki, intellektual fikrlashni rag'batlantiradigan ish muhitni yaratish zarurat i bilan, "Ish kuni"ning yanada moslashuvchan usullari va boshqalar zarurati bilan intellektual mehnat xodimlari uchun ish kunining davomiyligini aniqlash imkonsiz bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. Masharipov F.O'. Aholi bandligi va mehnat munosabatlariga oid atamalar va tushunchalar. izohli lug'at. - Toshkent 2021. - 144 b.
2. O'zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 29.10.2022 - 3 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 01.05.2023. - 11 b.