Research BIB / Index Copernicus
HINDISTONNING OSIYO-TINCH OKEANI MINTAQASIDAGI TASHQI SIYOSIY FAOLIYATI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
ToshDSHU "Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati" kafedrasi magistranti
Ushbu maqola orqali Hindistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida olib borayotgan tashqi siyosati haqida ma'lumot beriladi. Bunda Hindistonning mintaqada qaysi davlatlar bilan xalqaro munosabatlar olib borgani, qanday xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda ishtirogi va bu jarayonlarda uchragan to'siqlar va erishgan muvaffaqiyatlariga alohida to 'xtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar: "Sharqqa nazar" siyosati, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi(OTM), APEK, ASEAN, "imtiyozli ta'sir" siyosati, dengiz xavfsizligi, Sharqiy Osiyo Sammitida (ShOS), Yaponiya, Xitoy, Mekong-Gang va BIMSTEK formatlari.
FOREIGN POLICY ACTIVITIES OF INDIA IN THE ASIA-PACIFIC REGION: CHALLENGES AND PROSPECTS
ABSTRACT
This article provides information about India's foreign policy in the Asia-Pacific region. Basically,it is mentioned which countries India has international relations with in the region, in what international and regional organizations it participates, and the obstacles and successes it has achieved in these processes.
Keywords: "Look East" Policy, Asia-Pacific region(APR), APEC, ASEAN, "preferential impact" policy, maritime security, East Asia Summit (EAS), Japan, China, Mekong-Gang and BIMSTEC formats.
ВНЕШНЕПОЛИТИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ИНДИИ В АЗИАТСКО-ТИХООКЕАНСКОМ РЕГИОНЕ: ПРОБЛЕМЫ И
В данной статье представлена информация о внешней политике Индии в Азиатско-Тихоокеанском регионе. В основном упоминается, с какими странами Индия поддерживает международные отношения в регионе, в каких международных и региональных организациях она участвует, а также препятствиям, с которыми она сталкивается в этих процессах, и достигнутым успехам.
Tuyliyeva Nazira
E-mail : [email protected]
ANNOTATSIYA
ПЕРСПЕКТИВЫ
АННОТАЦИЯ
Research BIB / Index Copernicus
Ключевые слова: политика «взгляд на Восток», Азиатско-Тихоокеанский регион(АТР), АПЭК, АСЕАН, политика «преференциального воздействия», безопасность на море, саммит по Восточной Азии (СВА), Япония, Китай, форматы Меконг-Ганга и БИМСТЭК.
Hindistonning "Sharqqa nazar" siyosatini amalga oshirishi, shubhasiz, Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga kirishi uchun yo'naltirilgan va bu hind tashqi siyosatida Tinch okeani yo'nalishini har tomomnlama shakllantirishni boshlab berdi. Biroq, Sharqqa harakat, hamda mintaqaviy va global ta'sirning kuchayishi jarayonida Hindiston bir qator muammolarga duch keldi.
1980-1990-yillarning boshlarida Dehli faoliyati ikki vektorda cheklanganligida namoyon bo'ldi: birinchisi, shimoli-g'arbiy va g'arbda -musulmon mamlakatlar bilan va ikkinchisi, Sharqda esa - avvalida yashirin, keyin esa oshkora, Osiyo-Tinch okeanining ayrim davlatlarining o'z integratsiya tuzilmalariga kirishga ruxsat berishni xohlamasligi sabab bo'lgan.
1998 yilda APEKka yangi a'zolari kirishining 10 yillik moratoriysi e'lon qilinadi, unga Hindiston ham kiritilgan. APEKGA a'zo bo'lish uchun ariza berish vaqti muvaffaqiyatsiz tanlandi - bu deyarli 1998 yil may oyida Pokxranda yadro sinovlari o'tkazish davriga to'g'ri keladi, bu muhokamalar to'lqiniga sabab bo'ladi va AQSH, Yaponiya va Avstraliyaning Hindistonga qarshi qattiq iqtisodiy sanksiyalar qo'yishiga olib keladi. 1998 yil iyul oyida ASEAN sammitida Hindistonga qarshi Singapur, Vetnam, Indoneziya va Malayziya yumshoqroq choralarni qo'llab-quvvatladilar, lekin umuman olganda, Assotsiatsiya ushbu sanksiyalarni inkor qila olmadi. Bunday sharoitda Hindiston nomzodligini qo'llab-quvvatlashlik haqida gap bo'lishi ham mumkin emas edi.
1990-yillarning oxirida Hindistonni APEKka qo'shish yoki Sharqiy Osiyo va AQSH mamlakatlari tomonidan taklif qilingan boshqa mintaqaviy tuzilmalarga qabul qilish masalasiga, birinchi navbatda, Yaponiya va Xitoyning Hind okeanining Sharqiy qismiga kirishi hisobiga OTM chegarasini kengaytirish bo'yicha geo-iqtisodiy va geosiyosiy konsepsiyadagi manfaatlari tufayli to'siqlar paydo bo'ldi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Barqarorlikning buzilishi va yuqori yoki past intensivlikdagi ziddiyatlarning paydo bo'lishi, Hind okeanining eng muhim dengizlar bo'ylab aloqalari bo'lgan Fors ko'rfazi va Afrikadan neft transportini zaiflashtirishi mumkinligi, butun Sharqiy Osiyo mintaqasi xavfsizligi, birinchi navbatda, iqtisodiy xavfsizlikka muhim zarba bo'lishi mumkinligi sabablari bunday konfiguratsiyani qayta oqlab berdi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, xavfsizlik tizimini ta'minlash, hamda tepasi va tayanchlari
KIRISH
Research BIB / Index Copernicus
Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Xitoy-Yaponiya bilan bo'lgan uchburchak chegaralarini qurish kerak edi.
Masalaning bu jihati, Hindistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida olib borilayotgan integratsiya jarayonlariga faol qo'shilishi kerak degan intilishlarga olib keldi. Biroq, bu umid behuda bo'lib chiqdi va Hindiston janubga - Hind okeani tomonga "siqib chiqarildi". Bu yerda u, avvalgidek, Hind okeani mintaqasidagi qirg'oqbo'yi va orol davlatlariga "imtiyozli ta'sir" tushunchasi asosidagi o'z siyosatini barpo etdi.
Shu bilan birga, Hindistonning Sharqqa harakatidagi turg'unlik uning ishtirokidagi bir qator ko'p tomonlama formatdagi hamkorliklarning qoniqarsiz daraja va sur'atda borishiga ham sabab bo'ldi. Shu jumladan, SAARCdagi hamkorlik ham ko'p sabablar - muddatli ikki tomonlama mojarolar, hamda Janubiy Osiyodagi Pokiston va Xitoy tomonidan rag'batlantirib turilgan kichik mamlakatlardan iborat anti-hind guruhini yaratishga urinishlar bo'lib turganligi sababli uzoq vaqt davomida yomon rivojlandi.
2005 yilda ShHTda Hindiston egallagan kuzatuvchi maqomida ham uning cheklovlari bor edi, chunki tashkilotning siyosiy va strategik maqsadlari hindamerika hamkorligi maqsadlariga mos kelmasdi. Biroq, Professor Abdul Nafiy fikriga ko'ra, Mekong-Gang va BIMSTEK formatlari ular asos solingandan boshlab keyingi yillarda katta natijalarga erishish mumkin.1
Avvalambor, Hind okeani mamlakatlarining mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi (HOMHA) mintaqaviy tuzilma kun tartibi tarkibiga avval boshidanoq xavfsizlik masalalari kiritilmagan va shuningdek, strategik dengiz aloqalari, bo'g'ozlar va boshqalarni himoya qilish vazifalarini hal qilish uchun moslashtirilmagan.2
Bularning barchasi, Hindistonning tashqi siyosat yo'nalishlarini ikki tomonlama va ko'p tomonlama turli yo'nalishlarni qayta ishlab chiqishga intilishga majbur qildi. 2000-yillarda Hindiston doimiy diplomatik sa'y-harakatlar natijasida mintaqaning barcha yetakchi davlatlarini savdo-iqtisodiy tashabbuslar doirasida qamrab olishga muvaffaq bo'ldi. Jumladan, Xitoy(O'zaro investitsiyalarni rag'batlantirish to'g'risida kelishuv - BIPA), Avstraliya va Yaponiyani (Texnik hamkorlik shartnomalari-TCA), Yaponiyani (Erkin Savdo Hududi shartnomasi), Singapurni (keng qamrovli Iqtisodiy hamkorlik shartnomasi - CECA), Janubiy Koreya ( Keng qamrovli iqtisodiy
1 Nafey A. India's Imperatives in IBSA Forum // World Focus. 2009. Vol. XXXI. № 10. P. 395-398.
2 Bridge across the Indian Ocean / Ed. by J. Singh. Institute for Defence Studies and Analysis N.D., Shri Avtar Printing Press, 1997.
Research BIB / Index Copernicus
hamkorlik shartnomasi-CERA) va hokazo.3 Hozirda Dehli Avstraliya va Xitoy bilan Erkin savdo hududlari to'g'risida shartnomalar shartlari ustida ishlamoqda.
Hindiston harbiy strategik aloqalarni yanada dinamik tarzda rivojlantirmoqda. Shunday qilib, 2006 yilda Hindiston va Avstraliya o'rtasida Hind okeani va uning Tinch okeani bilan tutashgan joyidagi muhim transport yo'nalishlari bilan bog'liq dengiz xavfsizligini ta'minlash sohasida hamkorlik to'g'risida birinchi Memorandum imzolandi, keyinchalik u 2009 yilda "Mudofaa sohasida hamkorlik to'g'risida"gi Bitim deb o'zgartirilgan.4
Bundan tashqari, Hindiston Tinch okeaniga kirish imkoniga ega bo'lmagan va balki Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng katta o'yinchi bo'lmasligi mumkin bo'lgan - Mo'g'uliston bilan ham 2001 yilda "Mudofaa sohasida hamkorlik to'g'risida" Shartnomani, 2006 yilda - "Strategik hamkorlik to'g'risida" Shartnomalarni imzolab, strategik aloqalarni o'rnatdi. Ular asosida ikkala tomon ham muntazam ravishda cho'l sharoitida qo'shma mashqlarni o'tkazish, katta ofitserlar tomonidan tashriflar almashinuvi va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradilar. Xitoy va uning harbiy harakatlarini samodan kuzatish imkoniyatni olish uchun, Hindistonlik muhandislar Xitoyda ushbu mamlakat ballistik raketa sinovlarini va kosmik tadqiqotlar dasturlarini kuzatishni amalga oshiruvchi erta ogohlantiruvchi bir qator radar tizimlarini o'rnatdilar.5
Xitoy va Pokiston, qanchalik, Hindiston hududida nishonlarni urishga qodir qisqa va o'rta masofali raketalarning muhim arsenaliga ega bo'lmasin, Hindiston harbiy qobiliyatini mustahkamlashga harakat qilib ulardan qolishmadi. 2007 yilda u AQSH ko'magida Yaponiya bilan raketalarga qarshi mudofaaning (RQM) qo'shma tizimini yaratish to'g'risida bir qator muzokaralar olib bordi.6 Keyinchalik, Dehlida ushbu loyiha tark etildi, ammo bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish to'xtatilmadi, hamda Isroil va AQSH bilan hamkorlik qiluvchi Yaponiya bilan aloqalarni, shu jumladan, raketalarga qarshi mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkamlashda davom etdi.
2008 yilda Hindiston Yaponiya bilan Tokio uchun ushbu turdagi ikkinchi eng muhim bo'lgan xavfsizlik shartnomasini imzoladi.7
3 Rajan D.S. East Asia Integration - China Reservations on India playing a Leading Role. March 13, 2011 [Electronic resource] // Chennai Centre for 170 China Studies [Official website]. URL: http://www.c3sindia.org/eastasia/2201 (дата обращения: 12.08.2012).
Reddy C.R. India's Look East Policy: Problems and Prospects. October 31, 2010 [Electronic resource] // URL: http://sanjaykumarjnu.blogspot.com/ 2010/10/indias-look-east-policy.html (дата обращения: 12.08.2012).
4 Singh Y. India's Look East Policy: Australia is a Perfect Fit in it // FPCJ. 2011. № 8. P. 200-206.
5 Bedy R. Defence Ties with Mongolia Expanded // The Tribune, Chandi garh, India, August 9, 2009.
6 Blank S. Moscow's Strategic Triangle in Time of Transition // The Journal of East Asian Affairs. 2008. Vol. 22. № 1. Р. 99-144.
7 Reddy C.R. India's Look East Policy: Problems and Prospects. October 31, 2010 [Electronic resource] // URL: http://sanjaykumarjnu.blogspot.com/ 2010/10/indias-look-east-policy.html (дата обращения: 12.08.2012).
Research BIB / Index Copernicus
2010 yilda Hindiston va Janubiy Koreya o'rtasida "Strategik sheriklik to'g'risida" Bitim imzolandi. Ta'kidlash kerakki, so'nggi sub-mintaqaviy "rivojlanish va kuch markazi" maqomiga erishganiga, shuningdek, fransuz va ingliz dengiz flotlari imkoniyatlariga qarshi qo'yilgan Janubiy Koreya dengiz flotining muhim imkoniyatlariga qaramay, ilgari Janubiy Koreya bilan munosabatlar aniq to'g'ri baholanmagan edi. Ikkala tomon ham KXDR va Pokistonda yadro quroli va raketa texnologiyasining tarqalishidan bir xil darajada bezovta bo'lishadi.
Shimoliy Koreya tomonidan zamonaviy raketalar va yadro qurollari sinovlarining o'tkazilishi munosabati bilan, Nyu-Dehli Pxenyanning yadroviy dasturi va Koreya yarim orolidagi vaziyatlar bo'yicha olti tomonlama muzokaralarda ishtirok etish uchun tayyorligi haqida bir necha bor ta'kidlagan. Hindistonning "Shimoliy Koreya muammosi" ga e'tibori oshishi tasodifiy emas. Hindiston qo'shni Myanmaning harbiy rahbariyati tomonidan xorijiy yordam orqali yadro tadqiqot reaktori qurilishi va o'z yadroviy dasturini ishlab chiqishga tayyorgarlik to'g'risida bayonotlari haqida jiddiy tashvishlanishini bildirdi. OAV xabarlariga ko'ra, xususan, 2009 yil 1 avgustda "The Sidney Morning Herald" jurnalidagi xabarga ko'ra, Myanmada ushbu loyihani amalga oshirish izlari topildi, shuningdek, Shimoliy Koreya va Pokistonning maxfiy kanallari orqali ma'lum texnologiyalar qismlarni uzatishga urinishlar qayd qilindi. "Japan Times" jurnalining 2012 yil 14 iyundagi hisobotidan, Xitoyning KXDRga raketalarni yetkazib berishi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, bu Hindiston xavfsizligiga tahdid solishi mumkin edi. Albatta, bu faktlarning barchasi qayta tekshirishni talab qiladi, ammo ular Hindistonga, uning yaqinida - Eron, Pokiston, Myanma va KXDR davlatlari tarkibli "yadroviy yoy" shakllantirishi mumkin bo'lgan, hamda Pokiston-Shimoliy Koreya-Myanma va Pokiston-Xitoy-Myanma o'rtasida yadro sohasida norasmiy hamkorlikni rivojlantirayotgan ushbu nufuzli davlatlar tomonidan defakto qo'yilishi Hindistonni tahlikaga soldi.8
2000-yillarda Hindiston dengiz xavfsizligiga ixtisoslashgan mintaqaviy tuzilmalarga a'zo bo'ldi. Xususan, G'arbiy-Tinch okeani dengiz simpoziumi (Western Pacific Naval Symposium - WPNS), Mintaqaviy dengiz xavfsizligi tashabbuslari (Regional Maritime Security Initiative - RMSI, 2004 yilda AQSH tomonidan ilgari surilgan), Osiyoda kemalarga qarshi qaroqchilar va qurolli talonchilikga qarshi kurash bo'yicha Mintaqaviy Kelishuv (Regional Cooperation
8 Naidu G.V.C. Ballistic Missile Defence: Perspectives on Japan-India Co operation // Strategic Analysis. June 2008. Vol. 32. № 1. P. 155-177.
Panda R. North-Korea - Myanmar Nuclear Links: India's Concerns // Indian Foreign Affairs Journal. July-September 2009. Vol. 4. № 3.
Research BIB / Index Copernicus
Agreement on Combating Piracy and Armed Robbery against Ships in Asia -ReCAAP, 2000 yilda Yaponiya tashabbusi bilan, 2006 yildan kuchga kirdi).
Hindistonning Sharqqa harakatidagi katta yutuq 2005 yil dekabr oyida Sharqiy Osiyo Sammitida (ShOS) Singapur, Tayland, Indoneziya, Yaponiya va Janubiy Koreya taklifiga binoan ishtirok etishi bo'ldi. Unda Hindiston Bosh vaziri M.Singx tomonidan 2016 yilga kelib mintaqaviy erkin savdo hududini yaratish konstruktiv g'oyasi ilgari surildi. Ushbu tadbirdan oldin, Xitoy Hindistonni ShOSga kiritmaslikka intiluvchi diplomatik faoliyat olib bordi va 2005 yil davomida uning bu faoliyatini qo'llab-quvvatlovchilarini izlab, ASEAN mamlakatlariga o'z elchilarini yuboradi.9
Hindiston, ma'lum ma'noda, Yaponiya va Xitoy o'rtasida, yaratilgan tuzilmalarda ustunlikka erishish uchun bo'lgan murakkab o'yinda "so'nggi chora" bo'lib chiqdi. Pekin, dastlab, ishtirokchilarning sonini cheklashga intildi. Yaponiya esa, Xitoyning juda kuchli pozitsiyasini zaiflashtirish maqsadida, Hindiston, shuningdek, Avstraliya va Yangi Zelandiyani ham tuzilmalarga kiritishni taklif qildi. Pekin, o'z navbatida, bu davlatlar ham Yaponiya kabi Amerika yo'nalishidan borishidan qo'rqdi, va ShOSda bunday kuch muvozanatni oldini olish uchun unga Rossiyani ham kiritishni taklif qildi.
Keyinchalik, Hindiston ASEAN bilan ishonch va aloqalarni mustahkamlash uchun ShOSdagi ishtirogidan keng foydalandi va ochiq mintaqaviylik va ko'pqutblilik tamoyillariga sodiqligini namoyish etdi. Xitoy, aksincha, kelajakdagi tuzilmani ikki blokga bo'lishga intildi - birinchisi, asosiy mamlakatlardan (ASEAN + 3), va chet mamlakatlardan iborat (Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya). Shunday qilib, Pekin Hindistonning Sharqiy Osiyoda va ShOSdagi rolini zaiflashtirishga harakat qildi. Bunda, alohida e'tiborga loyiq Osiyoning ikki yirik davlatlari o'rtasidagi uzoq muddatli ziddiyatlar aks etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Nafey A. India's Imperatives in IBSA Forum // World Focus. 2009. Vol. XXXI. № 10. P. 395-398.
2. Bridge across the Indian Ocean / Ed. by J. Singh. Institute for Defence Studies and Analysis N.D., Shri Avtar Printing Press, 1997.
3. Rajan D.S. East Asia Integration - China Reservations on India playing a Leading Role. March 13, 2011 [Electronic resource] // Chennai Centre for 170 China
9 Rajan D.S. East Asia Integration - China Reservations on India playing a Leading Role. March 13, 2011 [Electronic resource] // Chennai Centre for 170 China Studies [Official website]. URL: http://www.c3sindia.org/eastasia/2201 (дата обращения: 12.08.2012).
XULOSA
Research BIB / Index Copernicus
Studies [Official website]. URL: http://www.c3sindia.org/eastasia/2201 (дата обращения: 12.08.2012).
4. Reddy C.R. India's Look East Policy: Problems and Prospects. October 31, 2010 [Electronic resource] // URL: http://sanjaykumarjnu.blogspot.com/ 2010/10/indias-look-east-policy.html (дата обращения: 12.08.2012).
5. Singh Y. India's Look East Policy: Australia is a Perfect Fit in it // FPCJ. 2011. № 8. P. 200-206.
6. Bedy R. Defence Ties with Mongolia Expanded // The Tribune, Chandi garh, India, August 9, 2009.
7. Blank S. Moscow's Strategic Triangle in Time of Transition // The Journal of East Asian Affairs. 2008. Vol. 22. № 1. Р. 99-144.
8. Naidu G.V.C. Ballistic Missile Defence: Perspectives on Japan-India Co operation // Strategic Analysis. June 2008. Vol. 32. № 1. P. 155-177.
9. Panda R. North-Korea - Myanmar Nuclear Links: India's Concerns // Indian Foreign Affairs Journal. July-September 2009. Vol. 4. № 3.