Научная статья на тему 'HARBIYLARNING TURKIYA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI: 1980-YIL VOQEALARI VA UNING OQIBATLAR'

HARBIYLARNING TURKIYA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI: 1980-YIL VOQEALARI VA UNING OQIBATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Demokratik transformatsiya / harbiy vasiylik / harbiylar omili / armiya / iqtisodiy inqiroz / 12-sentabr inqilobi. / Democratic transformation / military guardianship / military factor / army / economic crisis / September 12 revolution.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayzullayev, Adham Aktam O‘g’li

Turkiyadagi 1980-yilgi harbiy to‘ntarish mamlakat tarixida muhim voqea bo‘lib, uning siyosiy va ijtimoiy tuzilishini qayta shakllantiradi. Siyosiy taranglik, keng tarqalgan zo‘ravonlik va iqtisodiy tartibsizliklar qo‘shilishi natijasida yuzaga kelgan to‘ntarish, 1980-yil 12-sentabrda harbiylar tomonidan amaldagi hukumatning tartibni saqlay olmayotganligi holatiga javob sifatida amalga oshirildi. Bu aralashuv nafaqat harbiylarning davlat ustidan to‘g’ridan-to‘g’ri nazoratini belgilabgina qolmay, balki fuqarolar erkinliklarini cheklab qo‘ygan va norozilikni bostirgan repressiya to‘lqinini ham keltirib chiqardi. Davlat toʻntarishi fonida keskin siyosiy qutblanish, oʻng va chap tomondagi ekstremistik guruhlarning kuchayishi, shu bilan birga keng tarqalgan ijtimoiy tartibsizliklarga olib keldi. Mamlakat zo‘ravonlikka tushib qolganda harbiylar o‘zini barqarorlik hakami sifatida ko‘rsatdi va faqatgina uning aralashuvi orqali Turkiya fuqarolar urushidan qochishi mumkinligini ta’kidladi. Ushbu maqolada to‘ntarishga turtki bo‘lgan omillar, harbiylar harakatlarining mantiqiy asoslari hamda turk jamiyati va boshqaruvi uchun bevosita va uzoq davom etadigan oqibatlari haqida so‘z boradi. Bu unsurlarni tahlil qilib, 1980-yilgi davlat to‘ntarishi Turkiyaning siyosiy manzarasiga qanday ta’sir qilganligi, mintaqadagi demokratiya va inson huquqlari uchun davomli harakatlarni yoritishni maqsad qilganmiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE MILITARY IN THE SOCIAL AND POLITICAL LIFE OF TURKEY: THE EVENTS OF 1980 AND ITS CONSEQUENCES

Democratic The 1980 military coup in Turkey is an important event in the country's history, reshaping its political and social structure. A combination of political tension, widespread violence and economic unrest, the coup was launched on September 12, 1980 by the military in response to the failure of the current government to maintain order. This intervention not only established the military's direct control over the state, but also created a wave of repression that restricted civil liberties and suppressed dissent. The coup has led to sharp political polarization, the rise of extremist groups on the right and left, and widespread social unrest. The military has positioned itself as an arbiter of stability as the country descends into violence, arguing that only through its intervention can Turkey avoid civil war. This article discusses the factors that led to the coup, the rationale behind the military's actions, and the immediate and long-term consequences for Turkish society and governance. Analyzing these elements, we aim to shed light on how the 1980 coup d'état affected the political landscape of Turkey and the ongoing efforts for democracy and human

Текст научной работы на тему «HARBIYLARNING TURKIYA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI: 1980-YIL VOQEALARI VA UNING OQIBATLAR»

Research BIB / Index Copernicus

HARBIYLARNING TURKIYA IJTIMOIY-SIYOSIY HAYOTIDA

TUTGAN O'RNI: 1980-YIL VOQEALARI VA UNING OQIBATLAR

Fayzullayev Adham Aktam o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

Turkiyadagi 1980-yilgi harbiy to 'ntarish mamlakat tarixida muhim voqea bo 'lib, uning siyosiy va ijtimoiy tuzilishini qayta shakllantiradi. Siyosiy taranglik, keng tarqalgan zo 'ravonlik va iqtisodiy tartibsizliklar qo 'shilishi natijasida yuzaga kelgan to'ntarish, 1980-yil 12-sentabrda harbiylar tomonidan amaldagi hukumatning tartibni saqlay olmayotganligi holatiga javob sifatida amalga oshirildi. Bu aralashuv nafaqat harbiylarning davlat ustidan to'g'ridan-to'g'ri nazoratini belgilabgina qolmay, balki fuqarolar erkinliklarini cheklab qo 'ygan va norozilikni bostirgan repressiya to 'lqinini ham keltirib chiqardi. Davlat to 'ntarishi fonida keskin siyosiy qutblanish, o 'ng va chap tomondagi ekstremistik guruhlarning kuchayishi, shu bilan birga keng tarqalgan ijtimoiy tartibsizliklarga olib keldi. Mamlakat zo 'ravonlikka tushib qolganda harbiylar o 'zini barqarorlik hakami sifatida ko 'rsatdi va faqatgina uning aralashuvi orqali Turkiya fuqarolar urushidan qochishi mumkinligini ta'kidladi. Ushbu maqolada to'ntarishga turtki bo'lgan omillar, harbiylar harakatlarining mantiqiy asoslari hamda turk jamiyati va boshqaruvi uchun bevosita va uzoq davom etadigan oqibatlari haqida so 'z boradi. Bu unsurlarni tahlil qilib, 1980-yilgi davlat to'ntarishi Turkiyaning siyosiy manzarasiga qanday ta'sir qilganligi, mintaqadagi demokratiya va inson huquqlari uchun davomli harakatlarni yoritishni maqsad qilganmiz.

Kalit so'zlar: Demokratik transformatsiya, harbiy vasiylik, harbiylar omili, armiya, iqtisodiy inqiroz, 12-sentabr inqilobi.

РОЛЬ ВОЕННЫХ В ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ ТУРЦИИ: СОБЫТИЯ 1980 ГОДА И ЕГО ПОСЛЕДСТВИЯ

Студент, Ташкентский государственный университет востоковедения

Военный переворот 1980 года в Турции является важным событием в истории страны, изменившим ее политическую и социальную структуру.

ANNOTATSIYA

Адхам Актамович Файзуллаев

АННОТАЦИЯ

Research BIB / Index Copernicus

Сочетая политическую напряженность, повсеместное насилие и экономические беспорядки, переворот был начат 12 сентября 1980 года военными в ответ на неспособность нынешнего правительства поддерживать порядок. Это вмешательство не только установило прямой контроль военных над государством, но и вызвало волну репрессий, ограничивающих гражданские свободы и подавляющих инакомыслие. Переворот привел к резкой политической поляризации, росту экстремистских группировок справа и слева и широкомасштабным социальным волнениям. Военные позиционируют себя как арбитра стабильности, когда страна погружается в насилие, утверждая, что только благодаря их вмешательству Турция сможет избежать гражданской войны. В этой статье обсуждаются факторы, которые привели к перевороту, обоснование действий военных, а также непосредственные и долгосрочные последствия для турецкого общества и управления. Анализируя эти элементы, мы стремимся пролить свет на то, как государственный переворот 1980 года повлиял на политический ландшафт Турции и на продолжающиеся усилия по обеспечению демократии и прав человека в регионе.

Ключевые слова: Демократическая трансформация, военная опека, военный фактор, армия, экономический кризис, революция 12 сентября.

THE ROLE OF THE MILITARY IN THE SOCIAL AND POLITICAL LIFE OF TURKEY: THE EVENTS OF 1980 AND ITS CONSEQUENCES

The 1980 military coup in Turkey is an important event in the country's history, reshaping its political and social structure. A combination of political tension, widespread violence and economic unrest, the coup was launched on September 12, 1980 by the military in response to the failure of the current government to maintain order. This intervention not only established the military's direct control over the state, but also created a wave of repression that restricted civil liberties and suppressed dissent. The coup has led to sharp political polarization, the rise of extremist groups on the right and left, and widespread social unrest. The military has positioned itself as an arbiter of stability as the country descends into violence, arguing that only through its intervention can Turkey avoid civil war. This article discusses the factors that led to the coup, the rationale behind the military's actions,

Adham A. Fayzullayev

student, Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

and the immediate and long-term consequences for Turkish society and governance. Analyzing these elements, we aim to shed light on how the 1980 coup d'état affected the political landscape of Turkey and the ongoing efforts for democracy and human rights in the region.

Key words: Democratic transformation, military guardianship, military factor, army, economic crisis, September 12 revolution.

KIRISH (INTRODUCTION)

Qurolli kuchlar Yaqin Sharq arab davlatlarida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, davlat suverenitetini va barqarorligini saqlashda hamda uni himoya qilishda alohida o'rin tutadi. Yaqin Sharqdagi qurolli kuchlarning ahamiyati ko'p qirrali bo'lib, mojarolar, terrorizm va geosiyosiy keskinlik bilan ajralib turadigan mintaqada, milliy xavfsizlik va barqarorlikni saqlashda markaziy o'rin tutadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida armiyaning o'rni va roli, milliy qurolli kuchlarning modernizatsiya jarayonlari hamda ularning mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga ta'sir darajasini o'rganish bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo'lib, bu masalalarni mintaqa bo'yicha yaxlit va mamlakatlar bo'yicha qunt bilan alohida-alohida o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yaqin Sharq geosiyosatidagi asosiy o'yinchi sifatida Turkiyaning harbiy tarixi mintaqaviy barqarorlikka ta'sir qiladi. Uning harbiy harakatlari va aralashuvlarini tahlil qilish mintaqadagi xavfsizlik tendentsiyalarini kengroq tushunishga yordam beradi. Yillar davomida turk milliy o'ziga xosligini sezilarli darajada shakllantirgan va dunyoviy davlat qurulishida katta hissaga ega bo'lgan harbiylar, XX asrning ikkinchi yarmiga kelib o'zlarini davlatning va Otaturk tamoyillarining himoyachisi sifatida ko'rishni boshlashdi. Otaturk va Inenyu davrida siyosatga aralashmagan harbiylar, ko'p partiyaviylikka o'tilgandan so'ng bunga bevosita aralasha boshlashdi[1]. Bu harakatlar oxir-oqibat harbiy to'ntarishlar zanjirini boshlab bergan 1960-yilgi va quyida mulohazaga qo'l urilgan 1980-yilgi harbiy to'ntarishlarga olib keldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (LITERATURE REVIEW)

Bir qator olimlar - H.Shahin, S.Kalayjiog'lu. F.Ahmad, H.Çimen, S.Bakan, A.Abdulvahap, N.G.Kiryev, N.Belen, R.R.Kadirov, L.Borkluog'lu, A.M.Mohamed, A.V.Bedrik, M.Sh.Tovsultanova, S.Aliyeva, G.I.Mirskiy, A.D.Vasilov, H.Akay, S.Bicher, A.Osman, J.K.Sertach, H.Uyarlarning ishlarida Turkiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida harbiylar omili, Qurolli kuchlarning davlat ichki va tashqi siyosatidagi roli, harbiy to'ntarishlarning sabab va natijalari kabi masalalar yoritilgan.

Research BIB / Index Copernicus

Maqola umumqabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, davriy izchillik kabi metodlardan foydalanildi. Shuningdek, mavzu bo'yicha izlanish olib borgan olimlarning tadqiqotlari o'rganildi.

MUHOKAMA (DISCUSSION)

Jamiyat - odamlarning birlashishi natijasida yaratilgan tuzilma ekan, jamiyatni tashkil etuvchi insonlarning qadriyati, fikr va e'tiqodi o'zgargani sari jamiyat ham o'zgaradi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy o'zgarishlar asosida texnologiya yoki ma'lum bir mafkura yotadi. Jamiyatda mafkura o'zgarishi bilan birga siyosiy tuzilmada ham o'zgarishlar ro'y beradi. Demak, ijtimoiy o'zgarishlar siyosiy o'zgarishlarga ham olib keladi.

Yuqoridagi o'zgarishlar Turkiyagada quyidagi ko'rinishda kechdi: 1950-yillarda texnologiyalarning rivojlanishi immigratsiyaning kuchli to'lqiniga sababchi bo'ldi. Shaharga kelganlarning olgan bilimlari ularning dunyoqarashini va fikrlashini o'zgartirdi. Bu holat ayniqsa yoshlarda yaqqol namoyon bo'ldi. Tizimdan norozi bo'lgan yoshlar davlatga qarshi isyon ko'tarib, o'lkada yillar davomida davom etgan anarxiya va terrorga sabab bo'ldi. 1970-yillarda boshlangan bu hodisalar, iqtisodiy inqiroz bilan birgalikda, hukumat oldini ololmaydigan tartibsizlik muhitiga yo'l ochdi[2].

Turkiya tarixidagi eng og'ir harbiy aralashuv 1980-yilgi davlat to'ntarishi bo'ldi. Buning sabablari sifatida quyidagilarni sanab o'tish mumkin:

1. O'ng va chap qarama-qarshilik, Millatchilik fronti;

2. Suiqasdlar, ochilmagan qotilliklar, qirg'inlar, Cavit Orxan Tutengil, Kamol Turkler, Gun Sazak, Abdi îpekchi, Nihat Erim, Marash va Chorum voqealari, 1977-yil 1-may qirg'ini;

3. Iqtisodiy inqiroz, 1980 -yil 24-yanvar qarorlari va devalvatsiya;

4. Siyosiy tizimdagi to'siqlar, zaif hukumat, markaziy boshqaruvdagi hokimiyatni o'rnata olmaslik va kichik partiyalarning ta'siri;

4.1 1974-yilda tarqatib yuborilgan hukumat o'rniga 200 kun davomida hukumat tuzilmasligi, 1977-yil 5-iyun saylovlari: CHP 41% ovoz, 213 deputat;

5. Kipr va G'arb bilan bog'liq muammolar, Amerika embargosi;

6. To'ntarishda tashqi omillar, Sovuq urush sharoitlari, Eron va Afg'onistondan keyin AQShning Turkiyani yo'qotishni istamasligi[3].

1970-yillarning o'rtalaridan boshlab ishchilar sinfi va so'l harakatlarning kurashida yuksalish tendentsiyasi kuzatildi. Bu jarayonda ijtimoiy hayotda zo'ravonlik va zulm kuchaydi. 1974-yildan boshlab Turkiya iqtisodiyotida inqiroz belgilari paydo bo'la boshladi. 1977-yili 1-may qatliomi, Qahramonmarash, Chorum,

Research BIB / Index Copernicus

Malatya, Sivas, Bingo'l voqealari, norozilik namoyishlari ijtimoiy taranglikning kuchayishiga hissa qo'shdi[4].

1973-yildagi Arab-Isroil urushidan so'ng neft narxi juda yuqori darajada ko'tarildi va keyinchalik boshqa import qilinadigan tovarlar narxining oshishi kuzatila boshladi. Bu narxlarning oshishi tashqi energiyaga qaram bo'lgan Turkiya iqtisodiyotiga ham ta'sir qildi. 1979-yilning kuzida iqtisodiy inqiroz kuchayib, asosiy iste'mol tovarlarida taqchillik va navbatlar shakllana boshladi. Inflyatsiya 70 foizdan oshdi, terror va siyosiy beqarorlik mamlakatdagi tartibsizlikni yanada kuchaytirdi[5].

Bunday bir muhitda koalitsiya hukumati iste'foga chiqishga qaror qildi va o'zaro saylovlar natijasida Sulaymon Demirel ozchilik hukumatini tuzdi. 1980-yilning yoziga kelib, prezidentlik saylovlari inqirozi yuz berdi. Prezident bir necha oy davomida saylana olmadi. Prezidentlik saylovi 6 oy va 112 sessiya davom etdi. Avvalroq 11-iyulga rejalangan davlat to'ntarishi ortga surildi. Armiya 26-avgust kuni shay holatga keltirildi. To'ntarish buyrug'i butun mamlakat bo'ylab qo'shinlarga yetkazildi[6].

1980-yil 9-sentabrda operatsiya 12-sentabr soat 4:00 da amalga oshirilishi buyruq bilan qo'shinlarga xabar qilindi. Hukumat og'ir siyosiy ahvolda edi. Nihoyat, 12-sentabr tungi soat birlarda muhim joylarning telefon liniyalari va aloqalari uzildi. Turk Qurolli Kuchlari tongda boshlangan "Bayroq operatsiyasi" nomi ostidagi aralashuv bilan hukumatni qo'lga oldi. Bu aralashuv hech qanday qarshilikka duch kelmasdan maqsadiga erishdi. Bu guruh bundan buyon Milliy xavfsizlik kengashi (MGK) deb nomlanadiga bo'ldi. To'ntaruvning eng aniq ko'rsatkichi bo'lgan MGK tomonidan tayyorlangan deklaratsiya 1980-yil 12-sentabr kuni ertalab soat 04.00 da TRTda o'qilishi bilan to'ntaruv amalga oshirildi. Parlament va hukumat tarqatib yuborildi. Demirel, Ejevit va Erbakan hibsga olindi. Har qanday siyosiy, ijtimoiy va madaniy tadbirlar taqiqlandi. Aralashuvning qonuniyligi Turk Qurolli Kuchlari ichki xizmat nizomining 35-moddasida yana tilga olindi. 14-sentabr kuni Bosh shtab boshlig'i, general Kenan Evren rasman davlat rahbari deb e'lon qilindi. Milliy Xavfsizlik Kengashi (MGK) to'ntarishga rahbarlikni o'z zimmasiga oldi. Uning tarkibiga MGK raisi va davlat rahbari Kenan Evren, quruqlik qo'shinlari qo'mondoni Nurettin Esin, havo kuchlari qo'mondoni Nejat Turner va jandarmeriya general qo'mondoni Sedat Jelasun kirdi[7].

General Kenan Evrenning o'zi o'qigan deklaratsiya matni quyidagicha:

- Davlatning mavjudligi, rejimi va mustaqilligiga hujumlar kuchaydi;

- Boshqa tomondan, davlat organlari va konstitutsiyaviy institutlar ishlamay qoldi;

Research BIB / Index Copernicus

- Reaksion g'oyalar va buzuq mafkuralar davlat institutlari, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalarga ta'sir qilib, mamlakatni fuqarolar urushi yoqasiga olib keldi;

- Turk Qurolli Kuchlari Turk millati nomidan Ichki xizmat qonuni bilan Turkiya Respublikasini himoya qilish burchini bajarish uchun qo'mondonlik zanjiri doirasida butun mamlakat boshqaruvini o'z qo'liga oldi;

- Amaliyotdan maqsad mamlakat yaxlitligini, davlat nufuzini tiklash, demokratik tuzum amal qilishiga to'sqinlik qilayotgan sabablarni bartaraf etishdan iborat;

- Parlament va hukumat tarqatib yuborildi, parlament a'zolarining daxlsizligi bekor qilindi, butun mamlakat bo'ylab harbiy holat e'lon qilindi, xorijga chiqish taqiqlandi, soat 05:00 dan keyingi xabarga qadar komendantlik soati joriy etildi.

General Evren demokratiyaning mustahkam poydevor ustiga qurilishini, konstitutsiya, saylov va partiya qonunlari o'zgartirilishini, saylovlar o'tkazilishini takidladi. Kengash va Bosh shtab rahbari general Evren qisqa vaqt ichida Vazirlar Kengashi tashkil etilishini ma'lum qildi. Partiyalar faoliyati to'xtatildi, deputatlarning daxlsizligi olib tashlandi. 12-sentabr davlat to'ntarishi barcha shart-sharoit vujudga kelishini kutgan holda to'g'ri, eng zaif va qulay vaqtda amalga oshirildi.

Tushkunlik muhiti va qon to'kilishlari to'ntarish bilan to'xtashi jamiyat ongiga singdirildi. Shu sababdan bu to'ntarish xalq tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Gap hayot xavfsizligi bo'lgani uchun qo'mondonlar "Hayot xavfsizligingizni ta'minlaymiz" kabi bayonotlar bilan boshqaruvni o'z qo'liga olishda qiynalmadi[8]. Haddan tashqari siyosiylashgan jamiyatni tinchlantirish va siyosatdan chiqarish orqali siyosiy barqarorlikni ta'minlash Qurolli Kuchlarning maqsadlaridan biri edi.

Yana bir e'tiborga molik voqea shu ediki, bu terror voqealarining barchasi to'satdan to'ntarish bilan tugadi. 11-sentabr kuni Anqaraning 23 joyida portlashlar sodir bo'lgan bo'lsa, bu holat 12-sentabrga o'tgandan keyin kuzatilmadi. Matbuot to'ntarishga ijobiy yondashdi. Xalq terrorizm va beqarorlikdan charchagani uchun to'ntarishga xayrixoh bo'ldi. Tashqi dunyo ham to'ntarishni qo'llab-quvvatladi. Afsuski davlat to'ntarishiga qadar bo'lgan davrda terror tufayli 1606 kishi hayotdan ko'z yumdi[9].

NATIJALAR (RESULTS)

12-sentabrdagi harbiy interventsiyadan keyin, harbiy rejim va fuqarolik boshqaruvlari kuchsiz siyosiy va ijtimoiy tizimni yangi Konstitutsiya va uning qoidalari bilan butunlay qayta qurishni nazarda tutdilar. Boshqacha qilib aytganda, harbiy aralashuvgacha siyosiylashgan va o'sha davrdagi siyosiy partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning kurashi bilan xarakterlangan kengayayotgan byurokratik davlat

Research BIB / Index Copernicus

sektorini samarali boshqarish uchun davlatning jamiyat bilan munosabatlarini qayta qurish ko'zda tutilgan edi.

1980-yil 12-sentabrgacha faol bo'lgan siyosatchilar o'n yilga siyosatdan chetlashtirildi. Talabalar, o'qituvchilar va davlat xizmatchilari uchun partiyaga a'zolik taqiqlandi. Yangi partiyalarning birlashishiga yo'l qo'ymaslik orqali ularning jamiyatda ildiz otishi imkonsiz bo'ldi. 1982-yilgi Konstitutsiyaning maqsadi kuchli hukumatni o'rnatish bo'lgani uchun har bir muammo konstitutsiyaviy muammo sifatida ko'rib chiqildi va konstitutsiyadagi har bir muammoga yechim qidirildi[10].

To'ntarishdan keyin barcha siyosiy partiyalar yopildi. Butun mamlakat bo'ylab harbiy holat e'lon qilindi va chet elga chiqish taqiqlandi. Birinchi olti haftada davomida 11500 kishi hibsga olindi, 1980-yil oxiriga kelib bu raqam 30 mingga yetdi. Bunday munosabat natijasida siyosiy sabablarga ko'ra terrorchilik xurujlari soni 90 foizga kamaydi. 12-sentabr voqealari quyidagi oqibatlarni keltirib chiqardi:

1. Yuz minglab hibslar, qatl va qiynoqlar;

2. Siyosiy partiyalar va Turkiya Buyuk Millat Majlisi yopildi. Rahbarlar hibsga olindi, ularga siyosiy taqiq qo'yildi;

3. 1982-yil Konstitutsiyasi qabul qilindi, 1961-yilgi Konstitutsiyadan farqli o'laroq, Turkiya tarixidagi eng cheklovchi konstitutsiya bo'ldi;

4. Liberal iqtisodiy siyosat kuchga kirdi, Kasaba uyushmalarining huquq va erkinliklari cheklandi;

5. Nazorat ostidagi ko'ppartiyaviy tuzum kuchga kirdi, Ko'plab partiyalar va siyosatchilarga veto qo'yildi;

6. Saylovning 10 foizlik chegarasi yetib keldi, kichik partiyalarning ta'siri zaiflashdi[11].

Turkiyaning siyosiy hayoti harbiy holat ostida butunlay falaj bo'ldi. Yoshlar tashkilotlari yopildi, kasbiy tashkilotlar va kasaba uyushmalarining barcha yig'ilishlari va seminarlari taqiqlandi. Gazeta nashrlari to'xtatildi, barcha chap qanot nashrlari taqiqlandi. Ikki yil davomida barcha harakatlar bostirildi. Harbiy holat muntazam ravishda har ikki oyda uzaytirilar edi. Ayni paytda yangi konstitutsiya uchun yig'ilishlar boshlandi. Muzokaralar natijasida yangi Konstitutsiya 1982-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan referendumda 92 foiz ovoz bilan qabul qilindi va kuchga kirdi.

1982-yilgi Konstitutsiya ijro hokimiyatiga muvozanatlashtiruvchi va nazorat qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan institutlar va qoidalarni sezilarli darajada qisqartirish choralarini ko'rdi. Mamlakatda hokimiyat bo'shlig'i paydo bo'ldi. Aynan shu vaqtda siyosiy sahnaga Ona Vatan partiyasini tuzib, 1983-yilgi saylovlarda g'alaba qozonib kirgan O'zal bu bo'shliqni din bilan to'ldirdi[12].

Research BIB / Index Copernicus

Siyosiy Islom endi O'zalning "Ona Vatan" partiyasi tarkibida davlat bilan to'liq birlashgan edi. O'zal o'z partiyasi shtabini yaratishda islom tendentsiyalarini inobatga olgan va atrofiga islomiy doiralar tomonidan yetakchi sifatida ko'rilgan siyosatchilarni to'pladi.

Turgut O'zal boshchiligidagi ANAP davrida 90 ta Imom Xatip litseyi ochildi. Imom xatip maktablaridan tashqari Qur'on kurslari ham ko'paydi. Bu kurslarda Islom dinining asosiy qoidalari o'rgatilgan. Bu maktablar soni 1980-yilgi to'ntarishdan oldin 2610 ta bo'lgan bo'lsa, 1989-yilda bu raqam 4715 taga ko'paydi. Masjidlar soni 54667 tadan 62947 taga yetdi[13].

To'ntarishning muhim oqibatlaridan biri harbiy kuchning siyosiy sohada ta'sirchan rol o'ynashda davom etishi edi. Turk Qurolli Kuchlari to'ntarishdan keyingi davrda siyosiy jarayonga aralashish vakolatiga ega bo'ldi va bu vakolatdan mamlakat barqarorligini ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan foydalandi.

XULOSA (CONCLUSION)

Turkiyadagi 1980-yilgi harbiy to'ntarish harbiylarning siyosatdagi obro'sini mustahkamlagan va kelajakdagi aralashuvlar uchun pretsedent bo'lgan hal qiluvchi daqiqa bo'ldi. Uning oqibatlari, jumladan, siyosiy repressiyalar, harbiylashgan siyosiy madaniyatning o'rnatilishi va doimiy ijtimoiy ta'sirlar bugungi kunda Turkiyaning siyosiy manzarasini shakllantirishda davom etmoqda. 12-sentabrgacha bo'lgan davrda kuchaygan terrorchilik harakatlari, ijtimoiy qarshilik va bosimlar, Prezident saylovlaridagi inqirozlar, vazirlar mahkamasi dasturlari mahalliy va xorijiy kapital kutganlarini oqlamaganligi 12-sentabr davlat to'ntarishining harakatlantiruvchi kuchini tashkil etdi.

12-sentabr rejimi terrorizmni to'xtatish, iqtisodiy inqirozni yengish va demokratiyani yo'lga qo'yish uchun hokimiyatni qo'lga olganini da'vo qildi. Biroq bu davrda ichki va xalqaro terrorchilik harakatlari, narxlarning oshishi, inflyatsiya, elektr ta'minotidagi uzilishlar, ishsizlik holatlari kuzatildi. 1980-yil 12-sentabrda harbiy hukumat mamlakat hukumatini o'z qo'liga olgach, ular e'lon qilgan deklaratsiyalari bilan Vazirlar Mahkamasini tarqatib yubordi va parlament a'zolarining daxlsizligini olib tashladi va yana demokratiyaga o'tish maqsadida Maslahat kengashini tuzdi.

Turkiyadagi 1980-yilgi harbiy to'ntarish nafaqat siyosiy manzarani o'zgartirdi, balki xalqning umumiy xotirasida o'chmas iz qoldirdi. Ushbu aralashuvga sabab bo'lgan omillarni va uning keng qamrovli oqibatlarini tushunish orqali biz Turkiyaning demokratiya va boshqaruv bilan bog'liq davom etayotgan muammolari haqida qimmatli tushunchalarga ega bo'lamiz. Mamlakat olg'a siljib borar ekan,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

o'tmishdagi tarixiy yaralarni bartaraf etish yanada mustahkam va demokratik jamiyatni shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Бедрик А.В, Волошина Е, Губарев И. Турецкий политический роцесс в 1960-Х - начале 1970-Х Гг.: Попытки реинтеграции ислама в Кемалистскую модель государства. - Кировский р, РИНХ, 2018. - C. 39.

2. Ay§e K. Türkiye'de sosyal ve siyasal degi§im: 1980 ve sonrasi. -Econharran Harran Üniversitesi. HBF Dergisi, 2019. -S. 21.

3. Hakki U. Türkiye'de askeri darbeler ve nedenleri üzerine bir analiz denemesi. -Izmir, Dokuz Eylül Üniversitesi. Qagda§ Türkiye tarihi ara§tirmalari dergisi, 2020. -S. 87.

4. ismet A. Türkiye'de Ordu-Siyaset lli§kisi, Türk Siyasal Hayati, 7. Ünite, Editör: Ahmet Demirel, Süleyman Sözen, Anadolu Üniversitesi yayini. - Eski§ehir, - S. 48.

5. Ay§e K. Türkiye'de sosyal ve siyasal degi§im: 1980 ve sonrasi. -Econharran Harran Üniversitesi. iiBF Dergisi, 2019. -S. 24.

6. Muhammed A. iki darbe arasinda Türkiye'de demokrasi (1960-80). - Kirikkale Üniversitesi, Sosyal Bilimler Dergisi (KÜSBD), 2022. - S. 23.

7. O'sha manba. - S. 24.

8. Didem K. 12 Eylül 1980 Darbe Dönemi Türkiye'nin di§ politikasi Üzerine Bir Inceleme. Trakya Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü, 2015. - S. 61.

9. Abdulvahap A. Türk Siyasal Hayatinda 1980 Sonrasi Darbeler Ve E Muhtira. -Trakya Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi, 2013. - S. 3.

10. Киреев Н.Г. История Турции: XX век. М.: Крафт+, ИВ РАН, 2007. -C. 342.

11. Hakki U. Türkiye'de askeri darbeler ve nedenleri üzerine bir analiz denemesi. -Izmir, Dokuz Eylül Üniversitesi. Qagda§ Türkiye tarihi ara§tirmalari dergisi, 2020. -S. 88.

12. Gökfen S. iki darbe arasi türk demokrasisi. - Anqara, Ankara Üniversitesi Türk Inkilap tarihi Enstitüsü Atatürk Yolu Dergisi, 2020. - S.246.

13. Ay§e K. Türkiye'de sosyal ve siyasal degi§im: 1980 ve sonrasi. -Econharran Harran Üniversitesi. iiBF Dergisi, 2019. -S. 36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.