Научная статья на тему '1960-YIL 27-MAYDA TURKIYADAGI HARBIY TO‘NTARISH: HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR VA OQIBATLAR'

1960-YIL 27-MAYDA TURKIYADAGI HARBIY TO‘NTARISH: HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR VA OQIBATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
21
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
27-may to‘ntarishi / Demokratik partiya va harbiylar / siyosiy o‘zgarishlar. / The May 27 coup / the Democratic Party and the military / political changes.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Fayzullayev, Adham Aktam O‘G‘Li

1950-yillarda muxolifatdagi hokimiyat tepasiga keldi, Adnan Menderes Bosh vazir bo‘ldi. Demokratik hukumat faol tashqi va ichki siyosat olib bordi. Anʼanaviy betaraflikdan voz kechgan Turkiya, NATO va SENTO harbiy bloklariga qoʻshildi. Hukumat jamiyat tayyor bo‘lmagan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi, buning natijasida mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi, uning eng xarakterli ko‘rinishi yuqori inflyatsiya bo‘ldi. Muxolifatning Respublika Xalq partiyasi rahbarlarini yakkalab qo‘yishga urinishi ularni armiyadan ittifoqchilar izlashga undadi. Bu vaqtga kelib zobitlar ongida mamlakatdagi vaziyatga nisbatan norozilik ostida 1960-yil 27-mayda bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarish g’oyasi paydo bo‘layotgan edi. Toʻntarish natijasida hokimiyat tepasiga generallar va Xalq partiyasi yetakchilaridan iborat Milliy Birlik Qoʻmitasi keldi. 1961-yilda referendumda mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimini isloh qiluvchi yangi konstitutsiya qabul qilindi, shundan so‘ng hokimiyat yana fuqarolik siyosiy institutlariga o‘tdi. To‘ntarishni amalga oshirgan harbiylar yetakchisi general Jemal Gursel bosh vazir lavozimini egalladi, Ismet Inenyu esa Turkiya prezidenti bo‘ldi. Shu asnoda mazkur maqolada Turkiyada 1960-yil 27-maydagi bo‘lib o‘tgan harbiy to‘ntarish sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MILITARY COUP IN TURKEY ON MAY 27, 1960: DRIVING FORCES AND CONSEQUENCES

In the 1950s, the opposition Democratic Party came to power, and Adnan Menderes became Prime Minister. The democratic government conducted an active foreign and domestic policy. Turkey renounced its traditional neutrality and joined NATO and SENTO military blocs. The government implemented large-scale reforms for which the society was not ready, as a result of which an economic crisis occurred in the country, the most characteristic manifestation of which was high inflation. By trying to isolate the opposition, especially the leaders of the Republican People's Party, the democrats encouraged them to look for allies in the army, and the idea of a military coup on May 27, 1960 arose among the officers, who were dissatisfied with the situation in the country. As a result of the coup, the National Unity Committee, consisting of generals and leaders of the People's Party, came to power. In 1961, a referendum adopted a new constitution reforming the country's legislative power system, after which power returned to civilian political institutions. General Cemal Gursel, the military leader who carried out the coup, became the prime minister, and Ismet Inenyu became the president of Turkey. This article analyzes the causes and consequences of the military coup that took place in Turkey on May 27, 1960.

Текст научной работы на тему «1960-YIL 27-MAYDA TURKIYADAGI HARBIY TO‘NTARISH: HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR VA OQIBATLAR»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1960-YIL 27-MAYDA TURKIYADAGI HARBIY TO'NTARISH: HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLAR VA OQIBATLAR

Fayzullayev Adham Aktam o'g'li

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

1950-yillarda muxolifatdagi hokimiyat tepasiga keldi, Adnan Menderes Bosh vazir bo 'ldi. Demokratik hukumat faol tashqi va ichki siyosat olib bordi. An 'anaviy betaraflikdan voz kechgan Turkiya, NATO va SENTO harbiy bloklariga qo'shildi. Hukumat jamiyat tayyor bo'lmagan keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirdi, buning natijasida mamlakatda iqtisodiy inqiroz yuzaga keldi, uning eng xarakterli ko 'rinishi yuqori inflyatsiya bo 'ldi. Muxolifatning Respublika Xalq partiyasi rahbarlarini yakkalab qo'yishga urinishi ularni armiyadan ittifoqchilar izlashga undadi. Bu vaqtga kelib zobitlar ongida mamlakatdagi vaziyatga nisbatan norozilik ostida 1960-yil 27-mayda bo'lib o'tgan harbiy to'ntarish g'oyasi paydo bo'layotgan edi. To 'ntarish natijasida hokimiyat tepasiga generallar va Xalq partiyasi yetakchilaridan iborat Milliy Birlik Qo'mitasi keldi. 1961-yilda referendumda mamlakatda qonun chiqaruvchi hokimiyat tizimini isloh qiluvchi yangi konstitutsiya qabul qilindi, shundan so 'ng hokimiyat yana fuqarolik siyosiy institutlariga o 'tdi. To 'ntarishni amalga oshirgan harbiylar yetakchisi general Jemal Gursel bosh vazir lavozimini egalladi, Ismet Inenyu esa Turkiya prezidenti bo 'ldi. Shu asnoda mazkur maqolada Turkiyada 1960-yil 27-maydagi bo 'lib o 'tgan harbiy to 'ntarish sabablari va oqibatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: 27-may to'ntarishi, Demokratik partiya va harbiylar, siyosiy o 'zgarishlar.

ВОЕННЫЙ ПЕРЕВОРОТ В ТУРЦИИ 27 МАЯ 1960 ГОДА: ДВИЖУЩИЕ

СИЛЫ И ПОСЛЕДСТВИЯ

Адхам Актамович Файзуллаев

Студент, Ташкентский государственный университет востоковедения

АННОТАЦИЯ

В 1950-е годы к власти пришла оппозиционная Демократическая партия, а премьер-министром стал Аднан Мендерес. Демократическое правительство проводило активную внешнюю и внутреннюю политику. Турция отказалась от

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

традиционного нейтралитета и присоединилась к военным блокам НАТО и SENTO. Правительство осуществило масштабные реформы, к которым общество не было готово, в результате чего в стране произошел экономический кризис, наиболее характерным проявлением которого стала высокая инфляция. Пытаясь изолировать оппозицию, особенно лидеров Народно-республиканской партии, демократы поощряли их искать союзников в армии, а среди офицеров возникла идея военного переворота 27 мая 1960 года. были недовольны ситуацией в стране. В результате переворота к власти пришел Комитет национального единства, состоящий из генералов и лидеров Народной партии. В 1961 году на референдуме была принята новая конституция, реформирующая систему законодательной власти страны, после чего власть была передана обратно гражданским политическим институтам. Премьер-министром стал военачальник, совершивший переворот, генерал Джемаль Гюрсель, а президентом Турции стал Исмет Иненю. В данной статье анализируются причины и последствия военного переворота, произошедшего в Турции 27мая 1960 года.

Ключевые слова: Переворот 27 мая, Демократическая партия и военные, политические изменения.

THE MILITARY COUP IN TURKEY ON MAY 27, 1960: DRIVING FORCES

AND CONSEQUENCES

In the 1950s, the opposition Democratic Party came to power, and Adnan Menderes became Prime Minister. The democratic government conducted an active foreign and domestic policy. Turkey renounced its traditional neutrality and joined NATO and SENTO military blocs. The government implemented large-scale reforms for which the society was not ready, as a result of which an economic crisis occurred in the country, the most characteristic manifestation of which was high inflation. By trying to isolate the opposition, especially the leaders of the Republican People's Party, the democrats encouraged them to look for allies in the army, and the idea of a military coup on May 27, 1960 arose among the officers, who were dissatisfied with the situation in the country. As a result of the coup, the National Unity Committee, consisting of generals and leaders of the People's Party, came to power. In 1961, a

Adham A. Fayzullayev

student, Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

referendum adopted a new constitution reforming the country's legislative power system, after which power returned to civilian political institutions. General Cemal Gursel, the military leader who carried out the coup, became the prime minister, and Ismet Inenyu became the president of Turkey. This article analyzes the causes and consequences of the military coup that took place in Turkey on May 27, 1960.

Key words: The May 27 coup, the Democratic Party and the military, political changes.

KIRISH (INTRODUCTION)

Yaqin Sharq arab davlatlarida mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, davlatning yaxlitligi, osoyishtaligi va barqarorligini saqlashda hamda uning suverenitetini mudofaa qilishda qurolli kuchlar alohida o'rin tutadi. Qurolli kuchlar haqida gap ketar ekan, ularning ahamiyati yolg'iz Yaqin Sh arq davlatlari taqdiri bilan bog'liq bo'lib qolmay, keng ko'lamdagi butun jahonda xavfsizlik va barqarorlik masalalariga bog'lanib ketadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Yaqin Sharq mamlakatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida armiyaning o'rni va roli, milliy qurolli kuchlarning modernizatsiya jarayonlari hamda ularning mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga ta'sir darajasini o'rganish bugungi kunning dolzarb mavzularidan bo'lib, bu masalalarni mintaqa bo'yicha yaxlit va mamlakatlar bo'yicha qunt bilan alohida-alohida o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Usmonlilar imperiyasi parchalanganidan keyin Mustafo Kamol Otaturk boshchiligidagi harbiylar Turkiya Respublikasini demokratik va dunyoviy tamoyillar asosida barpo etdi. Turkiyadagi harbiy inqiloblar asosan Otaturk ishlab chiqqan tamoyillarni himoya qilish va mamlakatda "dunyoviy" va "huquqiy" davlat qurilishini nazorat qilish uchun amalga oshirilgan edi.

Dunyoviy davlat qurulishida katta hissaga ega bo'lgan harbiylar XX asrning ikkinchi yarmiga kelib o'zlarini davlatning va Otaturk tamoyillari ning himoyachisi sifatida ko'rishni boshlashdi. Otaturk va Inenyu davrida siyosatga aralashmagan harbiylar, ko'p partiyaviylikka o'tilgandan so'ng bunga bevosita aralasha boshlashdi. Bu harakatlar oxir-oqibat 1960-yilgi to'ntarishga olib keldi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

(LITERATURE REVIEW)

Bir qator olimlar - A.Abdulvahap, N.G.Kiryev, M.Kabasakal, R.R.Kadirov, L.Borkluog'lu, A.M.Mohamed, A.V.Bedrik, M.Sh.Tovsultanova, S.Aliyeva, G.I.Mirskiy, A.D.Vasilov, H.Akay, S.Bicher, A.Osman, J.K.Sertach H.Uyarlarning ishlarida Turkiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida harbiylar omili, Qurolli kuchlarning

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

davlat ichki va tashqi siyosatidagi roli, harbiy to'ntarishlarning sabab va natijalari kabi masalalar yoritilgan.

Maqola umumqabul qilingan tarixiy metodlar - tarixiylik, qiyosiy-mantiqiy tahlil, davriy izchillik kabi metodlardan foydalanildi. Shuningdek, mavzu bo'yicha izlanish olib borgan olimlarning tadqiqotlari o'rganildi.

MUHOKAMA (DISCUSSION)

1950-yilda Demokratik partiya tomonidan armiyada tozalashning amalga oshirilganligi harbiylar va Demokratik partiya o'rtasidagi ziddiyatga sabab bo'ldi. Biroq, keskinliklarning oshishiga 1954-yildan keyingi o'zgarishlarning ta'siri katta bo'ldi deb aytish mumkin. Shu davrdan boshlab qo'shin tarkibida norozi bo' lgan qatlam shakllana boshladi. Xalq Demokratik partiyani qo'llamay qo'ydi. Buning asosiy sababi iqtisodiyotdagi buzilishlar edi. Yuqorilab borayotgan inflyatsiya, shahar aholisi, armiya va davlat tizimidagi fuqarolarning moddiy ahvoliga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Matbuotda tanqidlar yangray boshladi. Quyida norozilik sabablaridan bir qanchasini sanab o'tamiz:

1. Devalvatsiya bilan iqtisodiy inqiroz (dollar 2,80 dan 9 TL gacha) Inflyatsion soliq siyosati va yashashning qimmatlashishi;

2. 2.1. Qora bozor;

3. Rejadan tashqari investitsiya siyosati va korruptsiya;

4. Qonun ustuvorligi tamoyillaridan uzoqlashib, partiyaviy hokimiyatni o'rnatish;

4.1. 1955 yil 6-7 sentyabr voqealari;

4.2. Konstitutsiyani buzish;

4.3. Tergov komissiyasi;

4.4. Kirshehirni tumanga aylantirish, Malatyani ikkiga bo'lish;

5. Ziyolilar, jurnalistlar va universitetlarga bosim, cheklovlar, tutqunlik, qamoq jazolari;

6. Qonun chiqaruvchi organ o'z kuchini va qonuniyligini yo'qotishi va ijro etuvchi organning ta'siriga tushishi[2].

Noroziliklar to'lqini bilan birga mamlakatda a'zolaridan faqatgina General Gursel tanish bo'lgan harbiylardan tashkil topgan guruh paydo bo'ldi. Adnan Menderes siyosatchilar sodiqligiga qattiq ishonar edi. U shu vaqtgacha befarq bo'lib kelgan harbiylarning siyosatga aralashmaydi deb o'yladi va bu uning katta xatosi edi.

1960-yil Turkiyaning siyosiy va ijtimoiy keskinlik eng yuqori cho'qqisiga chiqqan bir davri edi. Universitet talabalari ko'chalarga namoyishga chiqdi. 1960-yil 20-aprelda Istambul universitetining talabalari ommaviy jabr-zulmga qarshi norozilik belgisi sifatida o'tkazishgan mitingga qarshi politsiya qurol ishlatdi. Tinch

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

namoyishning o'qqa tutilishi xalqning g'azabini uyg'otdi va norozilik arznomalari kela boshladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat keskinlashganligi tufayli favqulodda holat e'lon qilindi. Shunday bir beqaror vaziyatda Qurolli kuchlar 1960-yil 27-may kuni davlat to'ntarishini boshlab yubordi. Inenyu tarafdori bo'lgan bir nechta general Demokratik partiyani hokimiyatdan tushirish, siyosiy va iqtisodiy muammolarni hal etish, mamlakatni va demokratiyani saqlab qolishning birdan-bir yechimi ekanligini anglab, ushbu qarorni qabul qilgan edilar[3]. Shu asnoda 27-may sanasida harbiylarning amalga oshirgan davlat to'ntarishi keng jamoatchilik tomonidan qo'llab-quvvatlandi va bu qon to'kilishini oldini oldi. Yashirin harbiy tashkilot o'zining sodiq qo'shinlariga tayanib, barcha gubernatorlar, prezident Boyar, bosh vazir Menderesni hamda Demokratik partiyaning majlisidagi 400 deputatni qamoqqa oldi. Anqaradagi hukumat binolari egallandi. Istanbul va boshqa shaharlarda Milliy Hamjihatlik Qo'mitasi tuzildi va bu qo'mita davlat boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Qo'mita va u tuzgan Muvaqqat hukumatga Gursel rahbarlik qildi.

1960-yil 27-mayda general Gursel Izmirdan Anqaraga yetib keldi. Anqarada joylashgan to'ntarishga mo'ljallangan markazga tashqi ishlar vaziri bosh kotibi Salim Sarper ham yetib keldi. Generallar Turkiya hududida siyosiy parokandalik yuz bergan taqdirda AQShni Turkiyaning ichki ishlariga harbiy kuch bilan aralashishidan havotirda edilar. Selim Sarper generallarni tinchlantirib AQShni Turkiya ichki ishlariga aralashmasligiga ishontirdi. Shuning uchun davlat to'ntarishi o'tkazilgan ilk kundanoq Turkiyaning NATO, SENTO va boshqa xalqaro tashkilotlar oldidagi mas'uliyatni his qilishi va talablarni to'la bajarishi va sadoqati haqida radio orqali e'lon qilinib borildi. Chetga diplomatik aloqalar o'rnatish maqsadida yuborilgan Demokratik partiya diplomatlarining barchasi chaqirib lavozimidan olindi. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlanib, ilgarigi hukumat chiqargan barcha qonunlar bekor qilindi[4].

Shunday qilib, 1960-yilning 27-mayida armiya boshchiligida Otaturk prinsiplariga qaytish shiori ostida davlat to'ntarishi muvaffaqiyatli bajarildi. Hokimiyat to'ntarish o'tkazgan yangi tashkilot — Milliy Birlik Qo'mitasi (MBQ) qo'liga o'tdi. Mamlakatning vaqtinchalik konstitutsiyasi (1961-yilning 9-iyulgacha) qabul qilindi. Unga ko'ra, MBQ oliy qonun chiqaruvchi organ deb e'lon qilindi. Unga J. Gursel raislik qildi va vaqtinchalik hukumatni ham boshqardi. 1960-yilning 14-oktabrida hukumatning sobiq a'zolaridan bosh vazir A. Menderes hamda sobiq prezident J. Boyar ustidan sud jarayoni boshlandi1. Ularga konstitutsiyani buzish, xalq namoyishlarini shafqatsizlarcha bostirish va 1955-yilning sentabrida Istanbulda greklarga qarshi qilingan harakatni tashkil qilish kabi ayblar qo'yildi[4].

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NATIJALAR (RESULTS)

Vaqtinchalik hukumatni shakllantirish uchun MBQ nazorati ostida 28-may kuni 3 general va 15 ta oddiy fuqaro hukumatga kiritildi. Jamol Gursel bosh vazir lavozimini egalladi va milliy mudofaa vaziri bo'ldi. Tez orada yangi konstitutsiya matnini tuzish bo'yicha komissiya tuzildi. Bu komessiya tarkibiga mashhur va obro'li professorlar kiritildi va ular konstitutsiya loyihasini tayyorlashdi[5]. 27-maydagi to'ntarishdan keyin prezident Jalol Boyar, bosh vazir Adnan Menderes, hukumat a'zolari va muhim qo'mondonlardan biri bo'lgan Alu Fuat Jebesoy ham bo'lgan Demokratik Partiya deputatlari, partiya boshqaruvchilari, askarlar va ba'zi yuqori darajadagi jamoat tashkilotlari vakillari qo'lga olinib Yassi orolidaga harbiy turmaga jo'natildi. Yassi orolida sud 1960-yil 14-oktabrda boshlandi va 1961-yil 15-sentabrgacha davom etdi. Sud qarori bilan 15 kishi o'limga hukm qilindi[6].

1961-yilning 27-mayida Ta'sis majlisi konstitutsiyaning yangi matnini qabul qildi va uni referendumga qo'ydi. Referendum 9-iyulda amalga oshirildi va unda 10.3 mln kishi qatnashdi. Yangi konstitutsiya Senatni tikladi. Endi Turkiya Buyuk Millat Majlisi ikki palatadan Milliy palata va Senatdan iborat bo'ldi. Milliy palata - 450 kishidan, senat 150 a'zodan iborat bo'ldi. Senatning asosiy vazifasi - Milliy palata ustidan nazorat olib borish edi. President 7 yillik muddatga saylanardi va Milliy palata deputatlari orasidan 40 yoshga to'lgan va oliy ma'lumotga ega bo'lishi shart edi. Prezident ikki palata qabul qilgan qonunni ikkinchi bor ko'rib chiqish uchun qaytarish, bosh vazirni ta'yinlash, konstitutsiyaga binoan Milliy palatani tarqatish, yangi saylovlar qabul qilish kabi huquqlarga ega edi. U bir vaqtning o'zida qurolli kuchlar bosh qo'mondoni hisoblanar edi. Vazirlar Kengashi Milliy palata oldida kollektiv ma'suliyatga ega edi. Yangi konstitutsiyaga binoan Konstitutsion sud joriy etildi. Uning vazifasiga majlis qabul qilgan qonunlar konstitutsiyaga muvofiq bo'lishini nazorat qilish, prezident va vazirlar ustidan sud nazoratini o'rnatishdan iborat edi. Konstitutsiyaning alohida bo'limlaridan davlat majburiyatlari belgilab berildi[7]. Bu majburiyatlar quyidagilardan iborat :

- ishchilarni normal mehnat sharoiti bilan ta'minlash;

- bolalar va ayollar mehnatini himoya qilish;

- bayramlarda va har yilgi pullik dam olish kunlarini ta'minlash;

- kasaba uyushmalari tuzish huquqini berish;

- namoyish o'tkazish huquqi va boshqalar.

Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asosini yaratish ehtiyoji tufayli 1965-yilda siyosiy partiyalar to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Mazkur huquqiy asos davlatning siyosiy partiyalar ustidan nazoratini taminladi. Ma'lumki, har bir siyosiy partiyaning tarixiy asosi va kelajakdagi vorisi bo'ladi. Ragip Gumushpala tomonidan

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tashkil etilgan libéral va konservativ g'oyalarni targ'ib etuvchi Adolat partiyasi (AP) Demokratik partiyaning vorisi sifatida faoliyat olib bordi. 1961-yildagi saylovlarda AP 34.8% ovoz oldi va Respublika xalq partiyasi bilan birga Turkiya tarixidagi ilk koalitsion hukumatni tashkil etdi[8].

1961-yilgi konstitusiya amalda 1924-yilgi konstitutsiyadan farq qilar edi. Yangi Konstitutsiya Turkiya Respublikasini siyosiy partiyalar va boshqa demokratik erkinliklarni barpo etish huquqini tasdiqlovchi, milliy demokratik, dunyoviy, ijtimoiy va huquqiy - davlat deb e'ion qildi. Shunday qilib yangi konstitutsiya, boshqaruv shaklining respublika, dunyoviy, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mustaqilligini, vakillik organlarining tanlanishi va o'zgarishini tasdiqladi. Konstitutsiya ijro hokimiyatini kuchaytirib yubordi, TBMM tuzilishini o'zgartirdi. Mulkchilik masalalariga, iqtisodiyotga davlat aralashuvi alohida bo'limga berildi. Ijtimoiy - iqtisodiy hayotga davlatning keng aralashuvini e'tirof qilish, shubhasiz, Turkiya rivojlanish darajasi klassik shakldan farq qilishidan dalolatdir, ya'ni o'zida g'arb burjua tizimini namoyish etgan edi. 1961-yilgi konstitutsiyaning o'ziga xosligi shunda ediki, Turkiya sharoitida ijtimoiy qatlamda byurokratiya va chinovniklarning barcha darajalari ko'rsatib o'tilgan edi. Mamlakatda 1961-yil 24-sentyabrda saylovlarga quyidagi rasman to'rtta partiya saylovoldi kampaniyani boshladi: Xalq Respublika Partiyasi (JXP), Adolat Partiyasi (AP), kam sonli - Yangi Turkiya Partiyasi (YTOP) va Respublika Qishloq Milliy Partiyasi (RQMP). Prezident va boshqa rahbarlarni saylash bilan bog'liq qiyinchiliklar paydo bo'ldi. Harbiylar aralashuvidan keyingina J. Gursel Turkiya prezidenti etib saylandi, hukumat raisi lavozimiga JXP rahbari I. Inenyu tayinlandi [9].

1961-1965-yillar Turkiyaning kelgusi taraqqiyot yo'li xususida keskin siyosiy kurashlar yillari bo'ldi. Bu davrda 4 marta hukumat almashdi. Nihoyat, 1965-yildagi parlament saylovida Adolat partiyasi g'alaba qozondi. Bu partiya bug'doyning narxi ko'tarilmasligini dehqonlarga va'da qildi, diniy qatlamning ko'magi ostida kurdlarning qo'llab quvvatlashiga erishdi[10].

1960-yillarning oxirlarida butun dunyoda bo'lganidek, Turkiyada ham talabalar harakatlari, ishchi mitinglari keng qanot yozdi. Bundan tashqari mamlakat ichki siyosatiga Amerikaning aralashuvi kuchaydi. Mamlakatning ham iqtisodiy, ham siyosiy sohalarida tarang vaziyati yuzaga keldi. Bu jarayonlar natijasida mamlakat va Otaturk g'oyalarining himoyachisi bo'lgan armiya yana mamlakatning boshqaruv masalasida o'z so'zini ayta boshladi[11].

Harbiy to'ntarishdan harbiylar xohlaganicha hukumat tuzgan bo'lsa ham kelishmovchiliklar hali ham tugamagan edi. Chunki harbiylarning ichida ham turli qarashdagilari mavjud edi. Masalan harbiy maktab boshlig'i Ta'lat Aydemir bir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

necha bor 60-yillarda harbiy to'ntarish qilishga harakat qiladi, lekin bu boshqa harbiy tashkilotlar tomonida to'xtatib qolindi. Harbiy to'ntarishni amalga oshirgan harbiylar hech qachon jazoga tortilmas edi. Ular nafaqaga qadar ishlar, keyin esa siyosiy partiyalarda o'z faoliyatini davom etirar edi.

1960-yilgi harbiy to'ntarish Turkiya siyosiy tarixida burilish nuqtasi bo'ldi. Davlat to'ntarishi ortidan sobiq hukumat a'zolari sud qilindi, ba'zilari qatl qilindi. 1961-yilda yangi konstitutsiya tayyorlanib, referendumga qo'yildi. Bu konstitutsiya Turkiyani ko'ppartiyaviy demokratik tizimga o'tishga yo'naltirdi. Quyida 27-may harbiy to'ntarishi natijalar keltirilgan:

1Bu harbiy to'ntarishlar ibtidosi bo'ldi va keyingi to'ntarishlar an'anasiga yo'l ochdi;

2Sud jarayonlarining siyosiylashishiga olib keldi. Bungacha sudlar bosim ostida, qasos quroli vazifasini bajarayotgan edi;

3Qatl (Menderes, Po'latkan, Zorlu) yana bir bor ijtimoiy qutblanishni qo'zg'atdi;

41961-yil Konstitutsiyasi qabul qilindi. So'z yuritilayotgan konstitutsiya Turkiya tarixidagi eng liberal konstitutsiya bo'lsa-da, joriy qilingan tartib bilan oldingi davrdagi kabi holatda edi. Bu o'zi bilan yangi muammolarni keltirib chiqardi;

4.1 Vakolatlarning keskin bo'linishi;

4.2 Parlament ustunligi tizimi o'rniga konstitutsiyaning ustunlik

tizimi: Konstitutsiyaviy sud;

4.3 Ikkilik parlament tizimi: Milliy Assambleya + Senat: TBMM.

5 Rejali iqtisodiyot uchun DPT tashkil etilishi;

6 Armiyaning siyosatdagi ta'sirining kuchayishi, yangi davlat to'ntarishiga urinishlar;

7 MGKning tashkil etilishi va armiyaning siyosatdagi ta'sirini institutsional ravishda oshishi[12].

To'ntarishning muhim oqibatlaridan biri harbiy kuchning siyosiy sohada ta'sirchan rol o'ynashda davom etishi edi. Turk Qurolli Kuchlari to'ntarishdan keyingi davrda siyosiy jarayonga aralashish vakolatiga ega bo'ldi va bu vakolatdan mamlakat barqarorligini ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan foydalandi.

XULOSA (CONCLUSION)

Mavzuni o'rganish davomida kishida beixtiyor nega aynan harbiylar to'ntarish tashkilotchisi bo'lgan degan fikr uyg'onadi. Shu o'ringa bir qancha faktlarni keltirib o'tamiz. Bizga ma'lumki harbiylar azal - azaldan mamlakat boshqaruvida va ijtimoiy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

- siyosiy hayotida yetakchi bo'lgan. Bundan tashqari jamiyatning harbiylar bo'g'inida to'ntarish o'tkazish uchun kuch ham jasorat ham yetarli edi. Turkiyada armiya Otaturk tamoyillarining himoyachisi bo'lishi bilan birga, demokratiyaning tayanchi ham hisoblanadi. Albatta Turkiyada harbiy to'ntarishlar o'tkazilgandan keyin demokratik islohotlar davom ettiriladi. Misol uchun 1961-yilgi umumiy saylovlar oxirida Prezident J.Gursel hukumatni shakllantirish vazifasini eng ko'p ovoz olgan Respublika Xalq partiyasi raisi sifatida I.Inenyuga beradi va natijada Turkiya parlamenti tarixidagi birinchi koalitsion hukumat Respublika Xalq partiyasi va Adolat partiyasi o'rtasida tashkil etiladi.

1961-yilda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilinadi, siyosiy partiyalar tuzilishiga ruxsat beriladi. Qolaversa mamlakat aholisining turmush darajasi oshadi. Inflyatsiya darajasi tushadi. Qishloq xo'jaligi, tekstil, energetika sohalarida bir qancha amaliy islohotlar o'tkaziladi. Shu sababli bu to'ntarishlarning ahamiyati juda katta.

Turkiyaning yangi tarixida 1960-yilgi harbiy to'ntarish mamlakatning siyosiy va ijtimoiy tuzilishidagi muhim burilish nuqtasidir. To'ntaruvdan so'ng demokratik tuzumning o'rnatilishi va konstitutsiyaning yangilanishi Turkiyaning siyosiy tizimini shakllantirishda samarali bo'ldi. Biroq harbiy aralashuvlarning doimiy takrorlanishi mamlakatdagi demokratik jarayonlarning beqarorligiga va ijtimoiy keskinlikka olib

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Бедрик А.В, Волошина Е.Е, Губарев И.В. Турецкий политический роцесс в 1960-Х - начале 1970-Х Гг.: Попытки реинтеграции ислама в Кемалистскую модель государства. - Кировский р, РИНХ, 2018. - C. 36.

2. Hakki U. Turkiye'de askeri darbeler ve nedenleri uzerine bir analiz denemesi. -Izmir, Dokuz Eylul Universitesi. Qagda§ Turkiye tarihi ara§tirmalari dergisi, 2020. -S. 86.

3. Киреев Н.Г. История Турции: XX век. М.: Крафт+, ИВ РАН, 2007. -C. 305

4. O'sha manba. - C. 308.

5. Demiriz M. Askeri darbeler ve Turk di§ politikasi. - Ankara, Atilim universitesi, Sosyal Bilimler enstitusu, 2011. -S. 48-49.

6. Yigit E.S. 27 mayis 1960 darbesi sonrasi ?ok partili hayata ge?i§ surecinin ve 1961 se?imlerinin basina yansimasi. - Yozgat, Yozgat Bozok universitesi sosyal bilimler enstitusu tarih anabilim dali, 2019. - S. 47.

7. Abdulvahap A. Turkiye'nin Darbe Gelenegi: 1960 ve 1971 Mudahaleleri. -Eski§ehir, Osmangazi Universitesi IIBF Dergisi, 2014. - S. 61-62.

keldi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

8. Özgül B. Se?im ve Se?im Sistemleri, Türkiye'deki Se?im Sistemi Uygulamalari. - Isparta, 2002, - S. 121.

9. Gökfen. S. iki darbe arasi türk demokrasisi. - Anqara, Ankara Üniversitesi Türk Inkilap tarihi Enstitüsü Atatürk Yolu Dergisi, 2020. - S.244-245.

10. Kasapsara?oglu M. Soguk ava§ döneminde Türkiye'de yapilan askeri darbeler ve ABD. - Antalya, Bilim Üniversitesi Siyaset Bilimi ve Uluslararasi ili§kiler Bölümü. Gaziantep University Journal of Social Sciences. - 2020. - S.

11. Abdulvahap A. Türkiye'nin Darbe Gelenegi: 1960 ve 1971 Müdahaleleri. -Eski§ehir, Osmangazi Üniversitesi IIBF Dergisi, 2014. - S. 60-61.

12. Hakki U. Türkiye'de askeri darbeler ve nedenleri üzerine bir analiz denemesi. -Izmir, Dokuz Eylül Üniversitesi. Qagda§ Türkiye tarihi ara§tirmalari dergisi, 2020. -

13. Onaran.B. Ihtilalci ve tarih: Talât Aydemir'in hatiratinda zaman ve siyaset, -Istambul, Mimar Sinan Güzel Sanatlar Üniversitesi, 2022. -S.64.

S. 87.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.