International scientific journal "Interpretation and researches"
Volume 2 issue 18 (40) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
HARBIY OLIY TA'LIM O'QUV-TARBIYA JARAYONIDA TASHKILLASHTIRISH VA OLIB BORISHNING, KREATIV YONDASHUV
ORQALI TAHLIL QILISH USULLARI
Shukurov Aktam Sagdullaevich
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, katta o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonini kreativ yondashuv asosida tahlil qilish va boshqarish jarayonini rivojlantirish yoritilgan. kreativ yondashuv asosida boshqarishning shakl, metod va vositalarining tahliliy ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: kreativ, jarayon, tahlil, vosita, harbiy, kompetensiya, ta'lim, muassasa, usullar, foydalanish, shaxs.
Аннотация. В данной статье освещается разработка процесса анализа и управления учебно-воспитательным процессом высшего образования на основе креативного подхода. освещена аналитическая значимость форм, методов и средств управления на основе креативного подхода.
Ключевые слова: креатив, процесс, анализ, инструмент, военный, компетенция, образование, учреждение, методы, использование, человек.
Annotation. This article highlights the development of the process of analysis and management of the educational process of higher education based on a creative approach. the analytical significance of forms, methods and means of management based on a creative approach is highlighted.
Keywords: creativity, process, analysis, tool, military, competence, education, institution, methods, use, person.
Bugungi kunda Respublikamizning barcha sohalar qatorida oliy ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning sifat darajasini oshirish, xalqaro tajribalar asosida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, har bir oliy ta'lim muassasasini jahonning yetakchi oliy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o'rnatishi, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga mos bo'lgan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, ^glovcM^, ilmiy-pedagog kadrlarni zamonaviy kasbiy bilimlari va kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish, yoshlar auditoriyasi bilan ish olib borishda kreativ usullardan samarali foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda
mustaqil omil sifatida iqtidorlüikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi.
Harbiy oliy ta'lim o'quv-tarbiya jarayonida kreativ yondashuv asosida boshqarish, ta'lim jarayoni sub'ektlararo munosabatlarda muloqotli maqsadlarga erishish uchun kasbiy masalalarni hal etishda ijodiy fikrlash orqali real, nostandart metodlarini namoyon qiluvchi ijobiy xatti-harakatlarni tavsiflovchi qobiliyat tushuniladi.
"Kreativlik" tushunchasi haqida turlicha ta'riflar mavjud bo'lib, respublikamiz hamda xorijlik olimlarining kreativ yondashuv borasidagi bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan.
Kreativlik kundalik professional faoliyatga ko'proq kiradi va nafaqat yakka tartibdagi korxonalarning, balki mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini rivojlantirish uchun ham asos bo'lib xizmat qiladi.
Kreativlik - shaxsning yaratuvchanlik, ijodkorlik xislatlarlari bilan bog'liq ko'nikmalar majmui sifatida namoyon bo'ladi. Kreativlik o'z ichiga muammolarga nisbatan yuqori darajadagi sezgirlik, intiutsiya, natijalarni oldindan ko'ra bilish, fantaziya, tadqiqotchilik va refleksiyani qamrab oladi.
Ya'ni, tarbiyaviy jarayon tashkilotchilari ularning bilsa, mohiyatini chuqur anglasa, olib boradigan tarbiyaviy ishining ta'siri oshadi. Ularni ilmiy bilish, tushunish va ulardan o'rinli foydalanish qonuniyatlarining namoyon bo'lishi uchun sharoit yaratishni va amaliyotda ularga rioya qilishni taqozo qiladi. Binobarin, tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish va boshqarish ham mustahkam mohiyatli, umumiy, takrorlanib turuvchi, zaruriy, obyektiv bog'lanish va munosabatlardan kelib chiqmog'i lozim.
Tarbiyaviy jarayon haqida fikr yuritar ekanmiz, uning inson shaxsiga yo'nalganligini, o'z navbatida bular murakkab ijtimoiy munosabatlar bilan uzviy bog'liqligini ta'kidlash o'rinlidir. Ijtimoiy munosabatlar va u asosida vujudga keluvchi shaxslararo munosabatlar ko'p qirrali va murakkabdir.
Bugungi kunda kreativ mutaxassislarni shakllantirish zamonaviy jamiyat ta'lim tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Qo'yilgan vazifaga faqatgina kreativ ta'lim metodikasini maqsadli holda olib borish bilan erishish mumkin, bunda pedagogik jarayonning har bir ishtirokchisiga yangi bilimlarni tushuntirish, yaratish va undan samarali foydalanish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
Ta'lim sohasidagi nufuzli Xalqaro ekspertlar tomonidan ta'lim tarbiya jarayoniga ikki xil kompetensiyalarni uyg'un joriy etish taklif etilmoqda. Bular:
"Hard skills - (ingliz. "qattiq" malaka) kasbiy kompetensiyalar hamda "Soft skills" - (ingliz. "yumshoq", "moslashuvchan" malaka) universal (umumiy) kompetensiyalar.
"Hard skills" - malaka darajasini aniqlash va o'lchash mumkin bo'lgan bilimlar majmui sifatida (matnni kompyuterda terish malakasi, avtomobilni boshqarish ko'nikmasi, ingliz tilida gapirish, matematik bilim, kompyuter dasturlaridan foydalanish ko'nikmasi), "soft skills" aniq va umumiy o'lchov birligiga ega bo'lmagan moslashuvchan, egiluvchan malakalar (kreativlik, jamoada ishlash ko'nikmasi, hissiy barqarorlik, mas'uliyat, tashabbuskorlik va hok) sifatida qayd etilmoqda.
"Hard skills" - "qattiq" malakaga ega bo'lish uchun muayyan kasb bo'yicha aniq bilim zarur bo'ladi va bu ko'nikmalarning mavjudligi imtihon o'tkazish orqali aniqlanadi.
"Soft skills" - "yumshoq" kompetensiyalar (ijodkorlik, muloqotga kirishishi layoqati, jamoada ishlash qobiliyati, qat'iyatlilik, tanqidiy fikrlash va hok.) esa ko'p hollarda inson xarakteri va hayotiy tajribasiga bevosita bog'liq bo'lganligi sababli shaxsiy fazilat, xislat, qobiliyat sifatida ham talqin etiladi.
XXI asr pedagogikasi esa zamonaviy dunyoda bu xislatlarning yetarli emasligi, endilikda tafakkurni rivojlantirish, kreativ makon, muhit, kreativ shaxs, kreativ mahsulot yaratishga bo'lgan ehtiyoj asosida ish tutish lozimligini uqtirmoqda.
XXI asrga qadar ta'lim tizimida yoshlarga asosan "hard skills" - "qattiq" malaka darajasini berishga e'tibor qaratib kelindi. Ya'ni, muayyan kasbni puxta egallash, uning sir-asrorlarini to'liq o'zlashtirish - shaxsning yetuk mutaxassis ekanligini belgilovchi asosiy faktor sifatida qayd etilgan.
Ma'lumki, tarbiyaviy jarayonlar yaxlit tizim sifatida bir-biriga bog'liq hodisalarning sabab va oqibat tarzida rivojlanishida namoyon bo'ladi. Ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonidagi pedagogik hodisalar ma'lum qonuniyatlar asosida o'zaro bog'liq bo'ladi. Ularni bilish ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslarini ilmiy jihatdan egallab olish, boshqarish va rejalashtirish uchun muhim negiz sifatida xizmat qiladi. Har bir pedagogik hodisa ma'lum sabablarga ko'ra vujudga kelib, muayyan natijaga olib keladi.
Shuning uchun u yoki bu pedagogik jarayon yoki hodisani keltirib chiqargan sabablarni aniqlash, ularni faqat bilibgina qolmasdan, ijobiy ta'siridan foydalanish, salbiylarining oldini olish imkoniyatini beradi. Shu asosda ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayonini ilmiy asosda boshqarish, uni shaxs kamolotiga yo'naltirish imkoniyati paydo bo'ladi.
Kreativ bo'lish uchun kishi ko'proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo'lishi lozim. Har qanday ko'nikmani shakllantirish mumkin bo'lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko'nikmasini ham rivojlantirish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ta'limning asosiy maqsadi shaxs rivojlanishining optimal shartlaridan iborat. Bunda kursant nafaqat bilim olish balki berilgan bilimlarni o'zlashtirib olishi uchun ham harakat qilishi kerak. Shaxsning ijodiy qobiliyatini
rivojlantirish va innovatsiyalarni yaratishga yo'naltirish, muammo va faoliyat turlarini tahlil qilish, muammolarni mustaqil tushunish, imkoniyatlarini o'z-o'zini rivojlantirishga sarflash kabilarni maqsad qilib olingani aynan kreativ fikrlashga bo'lgan ehtiyojni talab qiladi.
Ushbu texnologiya hozirda o'zlari bilim olayotgan kursantlar uchun ham, o'qituvchilar uchun ham samarali bo'lib, muammoli masalalarni chuqurroq o'rganish uchun xizmat qiladi, shuningdek, qisqa, ammo katta imkoniyatlar bilan o'qitiladigan materiallar sifatini yaxshilashga yordam beradi. Video darslar, ma'lumotni tushunishingizni tekshirish uchun qiziqarli maqolalar va interaktiv mashqlar orqali o'qitiladigan materiallar sifatini oshirish imkoniyatini yaratib kelmaqda. O'quv tarbiyaviy jarayon haqida fikr yuritar ekanmiz, uning inson shaxsiga yo'nalganligini, o'z navbatida bular murakkab ijtimoiy munosabatlar bilan uzviy bog'liqligini ta'kidlash o'rinlidir.
Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, yuksaltirish bo'yicha belgilangan dolzarb masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri xalqning ma'naviy, ma'rifiy va madaniy saviyasini o'stirish hisoblanadi. Chunki xalqning, jamiyatning har bir a'zosining ma'naviy, ma'rifiy va madaniy saviyasi qancha yuqori bo'lsa, kadrlar salohiyati shuncha baland bo'ladi, xalqning turmush darajasi oshadi. Shunday ekan, xalqimizning, jamiyatimizning madaniy, ma'naviy-axloqiy saviyasini o'stirishga alohida e'tibor qaratish muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni O'RQ-637son 23.09.2020.
2.Satib-Aldiev A. Muloqotni tashkil etishning psixologik-pedagogik shartlari. O'quv-metodik qo'llanma: Toshkent OUQBYu, 2012.
3.Satib-Aldiev A., Karimjonov A. Harbiy pedagogika. - T.: Sharq, 2005.
4. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.- T.: Moliya, 2003, B.192.
5. Innovatsion ta'lim texnologiyalari Muslimov N.A.,Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. - T.: "Sano standart"nashriyoti, 2015. - 81b.
6. Psixologik-pedagogik atamalar izohli lug'ati. - T.: O'R Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 2019 y. -116 b.
7. Satib-Aldiev A. Ofitserning pedagogik madaniyati. O'quv qo'llanma. -Toshkent OUQBYu, 2013. - 38 b.