Научная статья на тему 'HARBIY MUSIQA LITSEYI OʻQUVCHILARINI KASBIY-RUHIY TAYYORGARLIGIDA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARI'

HARBIY MUSIQA LITSEYI OʻQUVCHILARINI KASBIY-RUHIY TAYYORGARLIGIDA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
47
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harbiy musiqa litseyi / ta‘lim va tarbiya / musiqiy tafakkur / tarbiya metodlari / amaliy jarayon. / Military Musical Lyceum / training and education / musical thinking / methods of education / practical process.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azamjonovich Berdiyev Bobomurod

Mazkur maqolada Respublikamizda harbiy litsey oʻquvchilarini kasbiy-ruhiy tayyorgarligida tarbiya jarayonini tashkil etish toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek musiqa ta‘limi va tarbiyaning oʻzaro bogʻliq jihatlarining nazariy asoslari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides feedback on the organization of the educational process in the Republic of military lyceum students in vocational training. The theoretical foundations of the interrelationships of music education and upbringing are also covered.

Текст научной работы на тему «HARBIY MUSIQA LITSEYI OʻQUVCHILARINI KASBIY-RUHIY TAYYORGARLIGIDA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH MASALALARI»

HARBIY MUSIQA LITSEYI O'QUVCHILARINI KASBIY-RUHIY

TAYYORGARLIGIDA TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISH

MASALALARI

Azamjonovich Berdiyev Bobomurod

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi o'qituvchisi, dirijyor

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Respublikamizda harbiy litsey o'quvchilarini kasbiy-ruhiy tayyorgarligida tarbiya jarayonini tashkil etish to'g'risida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek musiqa ta'limi va tarbiyaning o'zaro bog'liq jihatlarining nazariy asoslari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Harbiy musiqa litseyi, ta'lim va tarbiya, musiqiy tafakkur, tarbiya metodlari, amaliy jarayon.

ABSTRACT

This article provides feedback on the organization of the educational process in the Republic of military lyceum students in vocational training. The theoretical foundations of the interrelationships of music education and upbringing are also covered.

Keywords: Military Musical Lyceum, training and education, musical thinking, methods of education, practical process.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni imzolandi. Mazkur qonun g'oyaviy mafkuraviy jihatdan milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilganligi bilan juda qadrlidir.

O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog'lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo'lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab

chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko'rsatadigan, dini, millati, irqidan qat'i nazar zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo'lgan, respublikamizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo'shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyat qurilmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg'un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim sharti etib belgilanganligi fikrimiz dalilidir.

Ma'lumki yurtimizda ta'lim sohasida ham keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda shu qatorda musiqa ta'limi, musiqa san'ati borasida ham bir muncha samarali ishlar olib borilmoqda. Shu jumladan harbiy musiqa ta'limi muassasalariga katta e'tibor qaratilgan. Bunga misol sifatida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 fevraldagi PQ-129-sonli qaroriga asosan o'ra osiyoda yagona bo'lgan "O'Zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Harbiy Musiqa Akademik litseyini tashkil etish to'g'risida" qarorga asosan Harbiy musiqa litseyi o'z faoliyatini boshladi. Ushbu ta'lim muassasasida hozirda o'quvchilar o'zbek bastakorlai asarlari bilan bir qatorda jahon kompozitorlari asarlarini mohirona ijro qilib kelishmoqda. Shu o'rinda musiqaning ta'siri haqida ham to'xtalib o'tsak. Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an'analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne'mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o'zining musiqiy an'analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o'z aksini topgan. Insoniyat esa o'z ma'naviyati darajasida o'zining ma'naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar emirilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o'z samarasini namoyon etib kelgan.

Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo'lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko'lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o'z ma'naviyati, ma'rifati, estetikasi bo'lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan

tafakkur yo'nalishlari, ya'ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual

ijodiy munosabatlarining mahsuli o'rin olgan.

Harbiy musiqa litseyida o'quvchilarga musiqa sirlari ta'limi bilan birgalikda tarbiya berish jarayoniham namunaviy tarzda olib borilmoqda. Ta'lim-tarbiya haqida so'z ketganda, Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir", degan chuqur ma'noli fikri yodimizga tushaveradi. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham shunchalik, balki undan ham ko'proq dolzarb ahamiyatga ega. Shu o'rinda ta'lim tizimida tarbiya metodlari haqidagi tushunchalarga aniqlik kiritsak.

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo'l) tarbiya maqsadiga erishishning yo'li. Harbiy musiqa litseyi amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullaridir. Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Tarbiya jarayonining nazariy asoslari mavjud bo'lib ularni quyida ko'rib o'tishimiz mumkin bo'ladi:

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo'lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo'lishi zarur.

2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog'lash g'oyat muhimdir.

3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o'xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog'liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko'rsatgichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o'z aksini topadi.

4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O'zini o'zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog'liqlikda pedagogik ta'sir ko'rsatish metodlari ham o'zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma'lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.

5. Tarbiyalanuvchilarning individual o'ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o'zi tarbiyaviy o'zaro ta'sir etishning asosi bo'la olmaydi.

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma'lumki, mavhum shart-sharoitlar bo'lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko'rinadi.

7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi.

9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo'lsa, «kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo'llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «aytadigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo'linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o'rgatish bilan bog'liq.

Albatta ta'lim va tarbiya jarayonida pedagoglarning ham faoliyati katta ahamiyat ksab etadi. Harbiy musiqa litseyi pedagogining shaxsiy sifatlari quyidagilardan iborat:

Yoshlarning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida"gi va "Ta'lim to'g'risida"gi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi hamda "Mudofaa to'g'risida"gi Qonunlari, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" mazmun va mohiyatini anglab yetish, yoshlar faoliyatiga oid Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va ma'naviy mezonlarni o'zida mujassamlashtiruvchi davlat siyosatining dolzarb masalalari haqidagi bilimlarni o'zlashtirishini ta'minlash uchun pedagoglar siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatga ega bo'lishlari lozim.

Yoshlarda vatanga muhabbat, yuksak ma'naviyat, milliy g'urur va milliy iftixor, axloqiy fazilatlar, globallashuv sharoitida milliy o'zlikni anglash, ma'naviy kamolotga intilish tuyg'ularini shakllantira olish uchun pedagog yuksak ma'naviy kamolotga ega bo'lishi talab etiladi;

Yoshlarni yot va zararli ta'sirlardan himoya qilish, ularni hayotga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga dahldorlik hissi bilan yashashga o'rgatish, iymon-e'tiqodli, barkamol insonlar etib tarbiyalash, ular qalbida sog'lom hayot tarziga intilishni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'ularini shakllantirish, o'z fikrini bayon qila olish, ilmiy asoslay bilishi uchun pedagog mafkuraviy immunitet va g' oyaviy kurashchanlik, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslarini puxta egallagan bo'lishi kerak;

Pedagoglar sog'lom hayot tarzini yuritish bo'yicha ilmiy tasavvur va e'tiqodga ega bo'lish, har bir millat, har bir xalq o'z nasl-nasabini, kelajak avlodini asrab-avaylashi, uning qadrini bilish, har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o'rni, mavqei va shuhrati bevosita o'z farzandlarining aqliy va jismoniy etukligiga bog'liqligini idrok eta olish, sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tarbiyalay olish bilan bog'liq sog'lom turmush tarzi va jismoniy madaniyatga ega bo'lishi lozim;

Tarbiyalashning usul va vositalarini egallaganlik ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda pedagog ilmiy-nazariy, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy qadriyatlardan samarali foydalanish malakasiga ega bo'lish, o'qitish jarayonida yoshlar ongiga

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

milliy g'oyani singdirishning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarini bilishi; yoshlarni jamoaga birlashtirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bajarilgan ishni baholay olish, ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning shakllarini, pedagogik etika me'yorlarini bilishi talab etiladi.

Xulosa sifatida shuni bayon etishimiz kerakki Harbiy musiqa litseyi ta'lim va tarbiya jarayoni murakkab ijtimoiy hodisadir. Uning mohiyati harbiy musiqachi mutaxassislarni, bo'linma va qismlarni mamlakatni Qurolli Kuchlar safida himoya qilish bo'yicha komandirlar, boshliqlar, tarbiyachilarning maqsadli tashkiliy va ta'lim-tarbiyaviy faoliyati bilan belgilanadi.

REFERENCES

[1] O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y, 11-12-son.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 fevraldagi PQ-129-sonli qarori

[3] Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017.

[4] To'raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyala Toshkent: Fan, 2006, 250 bet.

[5] Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika. Toshkent: Fan, 2006, 284 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.