Научная статья на тему 'HADISLARNING MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI'

HADISLARNING MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
78
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hadislar / inson kamoloti / Islom ta’limoti / to‘g‘rilik / insofli va adolatli bo‘lmoq / tafakkur / dunyoqarash / qiyomat / yuksak hislar / mo‘min kishi. / Hadiths / human perfection / Islamic teachings / correctness / being honest and fair / thinking / worldview / resurrection / high feelings / a believer.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shomurotova N.D.

Ushbu maqola orqali siz hadis ilmining mazmun-mohiyatini, uning hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Hadislarning yaratilishi va unda qanday insoniy sifatlar ulug‘langani haqida chuqur bilimlarni egallab olasiz. Hadislar inson kamolotining mezoni hisoblanadi. Ular bizning tafakkurimizni, dunyoqarashimizni kengaytiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF HADITHS

Through this article, you will get information about the essence of hadith science and its importance today. You will acquire deep knowledge about the creation of hadiths and what human qualities are glorified in them. Hadiths are a measure of human perfection. They expand our thinking, our worldview.

Текст научной работы на тему «HADISLARNING MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI»

Shomurotova N.D.

Urganch Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo 'nalishi 212-guruh talabasi

HADISLARNING MAZMUNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali siz hadis ilmining mazmun-mohiyatini, uning hozirgi kundagi ahamiyati haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Hadislarning yaratilishi va unda qanday insoniy sifatlar ulug'langani haqida chuqur bilimlarni egallab olasiz. Hadislar inson kamolotining mezoni hisoblanadi. Ular bizning tafakkurimizni, dunyoqarashimizni kengaytiradi.

Kalit so'z: Hadislar, inson kamoloti, Islom ta'limoti, to'g'rilik, insofli va adolatli bo 'lmoq, tafakkur, dunyoqarash, qiyomat, yuksak hislar, mo 'min kishi.

Shomurotova N.D.

student 212th group

Pedagogy and Psychology Department Faculty of Pedagogy Urganch State University

CONTENT AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF HADITHS

Abstract. Through this article, you will get information about the essence of hadith science and its importance today. You will acquire deep knowledge about the creation of hadiths and what human qualities are glorified in them. Hadiths are a measure of human perfection. They expand our thinking, our worldview.

Key words: Hadiths, human perfection, Islamic teachings, correctness, being honest andfair, thinking, worldview, resurrection, high feelings, a believer.

Kirish: Hadislarda insonning kamolotga erishishi uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda etilgan boiib, bu fazilatlar sirasiga o'zgalarga mehr- oqibat ko'rsatish, saxiylik, ochiq ko'ngillilik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruwatli bo'hsh, ularga g'amxo'rlik qihsh, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug'lash, halollik, poklik, do'stlik, oliyjanoblik, rahm-shafqatlilik, kamtarlik, rostgo'ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi. Bundan tashqari, insonning o'zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intihshi kerakligi borasidagi pand- nasihatlar ham o'z aksini topganki, bularning barchasi Qur'oni Karimda qayd etilgan ko'rsatmalarga asoslanilgan va komil insonni shakllantirishda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi. Islom ta'limoti g'oyalariga ko'ra har bir musulmon eng avvalo iymon- li bo'lishi kerak. Qur'oni Karimda

ta'kidlanganidek, Islom dini ta'limotining yaratilishidan muddao, murod kishilarda iymon, e'tiqodni shakllantirishdir. Hadislarda iymonning mukammal va mustahkam bo'lishi quyidagi uch shartga qat'iy amal qilinishiga bog'lab ko'rsatilgan:

- to'g'ri e'tiqoda bo'lmoq;

- kishilar bilan yaxshi munosabatda bo'lmoq;

- kishi o'z ustida ishlamog'i va o'zini ibodat va itoatga chaqirmog'i. Iymon daraxtga tenglashtiriladi va uning 60dan ortiq shoxlari bor deya iymonning belgilari sanab o'tiladi. Bu belgilarning har biri inson ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi va mukammallashtiruvchi xislatlardir. Bular quyidagilardan iborat: «qo'li bilan va tili bilan o'zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir», «o'zingiz yaxshi ko'rgan narsani birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo'min bo'la olmaysiz»(3-4-boblar); «Uchta xislatni o'zida mujassam qilgan kishining iymoni mukammal bo'lgaydir:

- insofli va adolatli bo'lmoq;

- barchaga salom bermoq;

-kambag'alligida ham sadaqa berib turmoq»(20-bob).

Hadislarda ota-onaning farzand oldidagi burchlari orasida axloq maqomi oldingi o'ringa qo'yilgan. Bunda ota-ona farzandiga beradigan barcha moddiy boyliklar-u ne'matlaridan odob ustun sanaladi. Zero, "hech bir ota-ona o'z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi»deyilishi bejiz emas.

Shuningdek, quyidagi o'gitlarda ham yuqoridagi ibratomuz fikrlarning turli ma'no qirralari aks etgan."Kimki ota-onasining roziligini olgan bo'lsa, Tangri uning umrini uzaytiradi", «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangiz", "Agar ota-onang birdaniga chaqirsa, avval onangga javob qil»va boshqalar. Bu pand-nasihatlar Zardusht, kohinlar va payg'ambarlarning nasihatlari sifatida bayon etilgan.

Muhimi shundaki, ularda nasllar va qarindoshlar o'rtasida o'zaro hurmat, mehr-oqibatning zarurligi ta'kidlanadiki, bu axloqiy da'vat katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi va hamma davrlar uchun ibratli qadriyat sifatida bugungi kunda ham barkamol shaxsni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Hadislarda inson erki, ozodligi va unga dahl qilmaslik masalalari- ning yoritilishiga ham katta ahamiyat berilgan.

Islom ta'limotida hartomonlama etuk bo'lishi uchun insonning erkin bo'lishi kerakligi borasidagi fikrlar Qur'oni Karimda ham, Hadisu sharifda ham birdek e'tirof etilgan. Xususan: «Olloh taologa farzlardan so'ng amah solihlarning eng sevimlisi musulmon kishining diliga xursandchilik sohshdir»(33-hadis); «Olloh o'zi kechirguvchi zot, kechirguvchini yaxshi ko'radi»(191-hadis); «Olloh taolo zulm qilmagan qozi bilan birgadir. Agar qozi jabr qilsa, Olloh undan uzoqlashadi va shayton unga yaqinlashadi»(194-hadis) kabi hadislar buning yaqqol dalihdir. Chunki inson qanchalik qadrlansa, barcha ezgulik va yaxshiliklar insonga yo'naltirilgan bo'lsa, uning manfaati uchun xizmat qilsa, inson ham

shunga ko'ra kamol topaveradi, yuksaklikka ko'tariladi, o'z navbatida bunday insonlar yashaydigan jamiyat ham rivojlanaveradi.

Demak, hadislar Muhammad payg'ambarimizning sunnatlari bo'lib, mazmunan har bir mo'minning ishonchi, e'tiqodini mustahkamlaydi, shu bilan insonni ma'naviy kamolotga etaklaydi. «Islom dini ma'rifatga asoslangani uchun ham har bir shaxsni aqhy, jismoniy jihatdan kamolga etkazishga oid e'tiqod va iymondan iborat bo'lib, faqat ezgulikka xizmat qilish, oliyjanob bo'hsh, pokiza yurish, bir burda luqmani halol qihb eyish, jaholat va jaholatparastlikka yo'l qo'ymaslik, o'z birodarining, qarindosh- urug'larining, millatining va vatanining qadriyatlarini asrashdan iboratdir». Shunday ekan, hadislar komil insonni shakllantirishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Pedagogika tarixi 2-qism darslik Toshkent-2005

2. Йулдошев Ж. Хдсанов С. "Авесто" да ахлокий-таълимий карашлар. -Т.: Укитувчи, 1992.

3. Махмудов Т.М. «Авесто» хакида. - Т.: Шарк, 2000.

4. Хрмиджон Хрмидий. Авестодан Шохномага. - Т.: Шарк, 2007

5. Xorazm mutafakkirlarining pedagogik qarashlari fanidan o'quv-uslubiy majmua Urganch-2023

"Экономика и социум" №5(120)-2 2024

www.iupr.ru

648

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.