Научная статья на тему 'HADISLARDA OILA TARBIYASI'

HADISLARDA OILA TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1988
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
QUR'ONI KARIM / HADIS / OILA / NIKOH / QON - QARINDOSHLIK / IJTIMOIY GURUH / SOTSIALIZATSIYA / GENDIR TENGLIK / TIBBIY / HUQUQIY / IQTISODIY / DINIY SAVODXONLIK / STROTIP / REPRADUKTIV / TARBIYAVIY / REKREATIV / KOMMUNIKATIV / REGULYATIV ( BOSHQARUV ) / FELIOTSITOLOGIK

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Axmedova M.

Ushbu maqolada bugungi kunda ommalashayotgan gendr tenglik tushunchasining islom dinida e’tirof etilganligi, Imom al-Buxoriyning “ Al - adab al - mufrad ” asariga kiritilgan hadislarda oila tarbiyasi haqidagi ma’lumotlar yoritilib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FAMILY UPBRINGING IN THE HADITHS

This article discusses the recognition of the concept of gender equality in Islam, which is popular today, and the information about family upbringing in the hadiths included in Imam al-Bukhari's " Al-Adab al-Mufrad".

Текст научной работы на тему «HADISLARDA OILA TARBIYASI»

Axmedova M.

1-bosqich magistranti

Urdu Magistratura bo'limi Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi

bo'yicha)

HADISLARDA OILA TARBIYASI

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda ommalashayotgan gendr tenglik tushunchasining islom dinida e 'tirof etilganligi, Imom al-Buxoriyning " Al - adab al - mufrad " asariga kiritilgan hadislarda oila tarbiyasi haqidagi ma'lumotlaryoritilib berilgan.

Kalit so'zlar: Qur'oni Karim, hadis, oila, nikoh, qon - qarindoshlik, ijtimoiy guruh, sotsializatsiya, gendir tenglik, tibbiy, huquqiy, iqtisodiy, diniy savodxonlik, strotip, aura, repraduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, kommunikativ, regulyativ ( boshqaruv ), feliotsitologik.

Akhmedova M. step 1 master Urdu master's

department theory and history ofpedagogy (by type of activity) FAMILY UPBRINGING IN THE HADITHS

Annotation: This article discusses the recognition of the concept of gender equality in Islam, which is popular today, and the information about family upbringing in the hadiths included in Imam al-Bukhari's " Al-Adab al-Mufrad".

Keywords: Quran, hadith, family, marriage, blood-kinship, social group, socialization, gender equality, medical, legal, economic, religious literacy, stereotype, aura, reproductive, educational, recreational, communicative, regulatory (management), pheliocytological.

" Oila - tabiatning shoh asarlaridan biridir "

J. Santayanan

Bugungi kunda hayotda ko'plab muammolarga duch kelamiz. Bulardan eng birinchisi bu - inson xarakteridir. Inson xarakteri qayerdan va qanday shakillanadi ? Albatta, bu oiladan boshlanadi. Oila - bu nikoh va qon - qarindoshlik yoki birga istiqomat qilish orqali bir - biriga bog'langan insonlardan iborat ijtimoiy guruh, bolalar sotsializatsiyasi uchun asosiy institut vazifasini bajaruvchi, jamiyatning mo'jaz bir qo'rg'onlaridan biridir. Uning mustahkamligini asrash mana necha asrlar oshsa ham o'z ahamiyatlilik darajasini yo'qotmay kelayotgan masalalardandir. Vaholanki, bu sohada yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bir talaydir. Oila masalasiga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilishi bejiz emas, chunki porloq ertamizning tamal toshlari oilada qo'yiladi.

Hozirgi kunda jahon mamlakatlari qizlarni qonuniy turmush yoshi Eronda

- 9 yoshdan, Saudiyada - 10 yoshdan, AQShda - 12 yoshdan, Hindistonda - 18 yoshdan, Fransiyada - 18 yoshdan, Xitoyda - 20 yoshdan belgilanganlini ko'rishimiz mumkin [1.75b].

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019

- yil 22 - aprelda imzolangan PQ 4296 - sonli qaroriga asosan, qizlar uchun nikoh yoshi 17 dan 18 yoshga o'zgartilganligi va Oila kodeksining 15 - moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanganligi, O'zbekiston Respublikasi "Xotin - qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi " Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatining "2030 - yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gendr tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida " Qarori jamiyatdagi majud barcha sohalarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan xotin - qizlar huquqini qonuniy jihatdan himoyalashga qaratilgan islohotlarning yana bir isbotidir. Oilaning tibbiy, huquqiy, iqtisodiy savodxonligini oshirish masalalari ilgari surilayotgan bir davrda, diniy savodxonlikka ham ega bo'lishlikni davrning o'zi taqozo qilyapti. Zero, islom dini yaxshlik, ezgulikni ulug'lovchi din bo'lishi bilan birga unda oila mustahkamligiga ham alohida urg'u berilgan. Bunda "Qur'oni Karim" va "Hadislar" asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda jamiyatimizda ommalashyotgan gendir tenglik tushunchasi va g'oyasi bundan necha asr oldin islom dinida o'z aksini topgandir. Xususan, quyidagi "Niso" ("Ayollar") surasining 1 - oyatda "Ey odamlar ! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini (Havvo) ni yartgan hamda u ikksidan ko'p erkak va ayollarni tarqatgan Robbingizdan qo'rqingiz!..." [2].

Ushbu oyatda insonning ey inson, xitobi orqali uning kim ekanligi haqida eslatib turuvchi ulug'vorlik mavjuddir. Zero, u inson ekanligini, buni hech qachon unitmagan holda insoniylikka xos amallar qilishga chaqiriladi. Shuningdek, ayol va erkakni bir jondan yaratilganligi ularning o'zaro Alloh va din oldida birdek teng ekanligini, Alloh nazida maqul hisoblanmagan amallardan voz kechishlikka davat mavjuddir. Islomda ayollar ona, opa-singil, jufti halol va qiz sifatida hurmatlanadi. Ular meros oladi va meros qoldiradi, nikohda roziligi so'raladi. Ular doim erkak qarindoshlari ta'minoti ostida bo'lishadi. Bundan ko'rinadiki, ayollar va erkaklarning o'zaro teng va bahamjihatlikda yashashining o'ziyoq farzandlar tarbiyasining uyg'un bo'lishida muhim.

"Al - adab al - mufrad" asarida keltirilgan quyidagi hadisda esa: "Bolaning otasi birovning quli bo'lgan bo'lsa, uni xo'jasidan sotib olib ozod qilmaguncha, uning haqqini ado qilgan bo'lmaydi" - deb ta'kidlangan [3.16b]. Bundan ko'rinadiki, Alloh oldida otamizni sotib olish va uni ozod qilishning sira iloji yo'q. Zero, butun insoniyat va barcha jamiyki narsalar va mahluqotlar egasi Alloh ekanligi, unga iymon keltirib yashash, nozil qilingan amallarga bo'ysinishmiz taqdiri - azal ekanligini tushinib yetishlikning o'ziyoq ota - onamizning haqqini hech qachon ado qila olmasligimizni anglatadi. Ota - ona qanchalik oqil va dona bo'lsa oilada o'sayotgan farzandlar ham shunchalik oqil va fozil bo'lib voyaga

yetadi. Ko'pchilik insonlar farzandlarining noshudligida tevarak - atrof satsiumni sababchi deb bilishadi. Aksincha, bu strotip negizining dastlabki pog'onasini ham ota-ona tashkil etadi. Sababi, ota - ona farzandga to'g'ri tarbiya berar ekan farznadning himoya aurasi ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Shunday ekan har bir ota - ona barkamol farzand tarbiyalomoqchi bo'lsa, eng avvalo o'zlarini shunga tayyorlab bormog'i lozimdir.

Ota - onaning farzandiga bildirgan ishonchi bir kun o'z mevasini bermasdan qolmaydi. Ota-onalarning qo'l ochib farzandlarini duo qilishlarining o'ziyoq farzand uchun berilayotgan eng oliy mukofot. "Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Alloh taolo qoshida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota - onaning duaosidir" [3.24b]. Lekin, tanganing ikkinchi tarafi ham bor bo'lgani kabi hayotda ota - onasini norozi qiladigan farzandlar ham uchrab turishi hech birimizga sir emas.

"Rasulloh (s.a.v) aytadilar: Alloh tallo marhamatni yuz bo'lak qilib yaratdi - da, undan to'qson to'qqiz bo'lagini o'zida qoldirib, bir bo'laginigina yer yuziga tushirdi. Mana shu bir bo'lak rahmat bilan hamma maxluqotlar bir - biriga rahm qilishadi, hatto ot ham o'z toychog'iga tegib ketmasin deb ayab, oyoqlarini yuqoriga ko'tarib turadi" [3.46b]. Haqiqatdan, yoshlik chog'imizda to'g'ri yo'lda ham qoqilib yiqiladigan paytlarimizda ota - onamiz bizga ziyon - zahmat yetmasin deb doim tashvishda bo'lishadilar. Nega endi biz farzand bo'la turib ota -onamizning keksalik deb atalmish umur ostonasiga kelgan bir paytlarida ular berishadigan oddiy savolariga javob berishda qo'rslik qilamiz, ko'ngillarini og'ritamiz, yig'latamiz. "Ota - onaning yig'lashi boladan norozi bo'lganliklaridan dalolat beradi va bu esa katta gunohlardandir" [3.23b]. Nimaga buni bila turib yana xato qilaveramiz ?.

Axir tilimiz chiqayotgan ilk davrda ular sabr bilan kutishgan va har qanday savollarimizni e'tibordan chetda qoldirmagan holda javob berishgan. Bas, shunday ekan ota - onalarimizni hurmatini farzand sifatida joyiga qo'yishimiz zarurdir. Shu o'rinda xorazmlik shoir Tursinboy Karimovning "Ona haqida qo'shiq" nomli she'ridan parcha keltirib o'tishni joiz ko'rdik.

Guldan nozik, pardan yumshoq, G'azab qilsa eriydi tog'. Solmang uning ko'ngliga dog' Onadayin mehribon bo'lmas, Boladayin shirin jon bo'lmas.

Uni kuylar shoir, baxshi, Biling ona hayot naqshi. O'lganda ming bor yig'lagandan, Bor chog'i bir hurmat yaxshi. Onadayin mehribon bo'lmas, Boladayin shirin jon bo'lmas. [4.24b]

Darhaqiqat, onalarmiz ko'ngli shoir tariflaganedek guldek nozik. Salgina shamol ham uni to'kib yuboradi. Shamoldan pana qilish esa har bir farzandning burchidir. Bu kabi burch hissini shakillantirishda oilaning vazifalari beqiyos ahamiyatga ega. Bular: l. iqtisodiy

❖ repraduktiv

❖ tarbiyaviy

❖ rekreativ

❖ kommunikativ

❖ regulyativ (boshqaruv)

❖ feliotsitologik [5.48b]

Yuqoridagi sanab o'tilgan vazifalarning nechog'lik to'g'ri tashkil etilganligi oyna kabi farzandlar xulq - atvorida o'z aksini ko'rsatmasdan qolmaydi. Albatta, oilada bola tarbiyasi o'ta murakkab va mas'uliyatli. B u har bir ota - onadan o'z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bo'lib borishni talab etadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xaqlimiz bejizga "Bola loy bo'lsa, ota - ona kulol" deyishmagan. Oilada farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko'rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o'z ichiga diniy - axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi fanlariga oid bilimlarni ham qamrab olishi zarur. Faqatgina buni shunchachi baland parvoz so'zla r deb emas hayotning oddiy haqiqati sifatida qarashni o'rganish, faqat o'rganishgina emas amaliy isbotini yaratish lozimdir. Bunda ota-onalarnining tenglik huquqiga tayanilgan holda tashkil etilgan tarbiya eng adekvat varianti bo'lib xizmat qiladi. Bunda bizning oldimizda turgan birinchi vazifa bu oila tarbiyasida tenglik tushunchasining tub mohiyatni o'quvchi yoshlar onggiga yetkazib berishdan iborat

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. " Imom Buxoriy saboqlari" jurnali 2020-04.

2. sammuslim.uz/oz/juma mav'izalari.

3. Имом Исмоил ал-Бухорий "AЛ-AДAБ AЛ-МУФРAД" (Ддаб дурдоналари) "Узбекистан" Тошкент-1990 6-16-17-54-bob 10-31-32-100-hadislar

4. Турсинбой Каримов "AOTRnMATAH K^H^HAP ШEРЛAР" ТОШНОТ 1992 йил

5. G'.B.Shoumarov, I.O.Haydarov, N.A.Sog'inov, F.A.Akramova, G.Solihova, G.Niyozmetova. "OILA PSIXOLOGIYASI" Akademik litsiy va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma. Uchinchi nashr. "SHARQ" NASHIRIYOTI - MATBAA AKSIYODORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.