Научная статья на тему 'GREK YONG‘OG‘I SHAKLLARININING TASHQI OMILLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH'

GREK YONG‘OG‘I SHAKLLARININING TASHQI OMILLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
35
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Grek yong‘og‘i / istiqbolli / shakllar / navlar / seleksion / kompleks / morfologik / bioiqlim / model / Maxent

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Qayimov Abdixalil, To‘Layev Doniyor Baxtiyorovich

Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati G‘arbiy Tyan-Shan hududidagi tabiiy yong‘oqzorlarning holatini baholash orqali о‘sib-rivojlanishi va tabiiy kо‘payish kо‘rsatkichlarining aniqlanganligi, mavjud daraxtlarni kompleks baholash orqali meva sifat kо‘rsatkichlari yuqori bо‘lgan shakllarni tanlab olinganligi, Maxent dasturi asosida turning bioiqlim modelini yaratish orqali grek yong‘og‘i tabiiy maydonlarining kelgusida о‘zgarish dinamikasining aniqlanganligi bilan izohlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GREK YONG‘OG‘I SHAKLLARININING TASHQI OMILLARGA CHIDAMLILIGINI BAHOLASH»

GREK YONG'OG'I SHAKLLARININING TASHQI OMILLARGA CHIDAMLILIGINI

BAHOLASH

1Qayimov Abdixalil 2To'layev Doniyor Baxtiyorovich

1Toshkent davlat agrar universiteti, qishloq xo'jaligi fanlari doktori, professor 2Toshkent davlat agrar universiteti o'rmonchilik va landshaft dizayn kafedrasi, katta o'qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10078821

Annotatsiya. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati G'arbiy Tyan-Shan hududidagi tabiiy yong'oqzorlarning holatini baholash orqali o'sib-rivojlanishi va tabiiy ko'payish ko'rsatkichlarining aniqlanganligi, mavjud daraxtlarni kompleks baholash orqali meva sifat ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan shakllarni tanlab olinganligi, Maxent dasturi asosida turning bioiqlim modelini yaratish orqali grek yong'og'i tabiiy maydonlarining kelgusida o'zgarish dinamikasining aniqlanganligi bilan izohlanadi.

Kalit so'zlar: Grek yong'og'i, istiqbolli, shakllar, navlar, seleksion, kompleks, morfologik, bioiqlim, model, Maxent

Abstract. The scientific significance of the results of the research is that the indicators of growth and natural reproduction have been determined by assessing the condition of natural walnut groves in the Western Tien-Shan region, and the forms with high fruit quality indicators have been selected through a comprehensive assessment of existing trees, by creating a bioclimatic model of the species on the basis of the Maxent program, it is explained by the determination of the future dynamics of walnut natural areas.

Keywords: Walnut, prospective, forms, varieties, selection, complex, morphological, bioclimatic, model, Maxent

Аннотация. Научная значимость результатов исследований заключается в том, что путем оценки состояния естественных ореховых рощ Западного Тянь-Шаня определены показатели роста и естественного воспроизводства, а путем отбора форм с высокими показателями качества плодов выделены формы с высокими показателями качества плодов. комплексная оценка существующих деревьев, путем создания биоклиматической модели вида на основе программы Maxent, объясняется определением будущей динамики природных территорий ореха.

Ключевые слова: Орех грецкий, перспективный, формы, сорта, селекция, комплекс, морфологический, биоклиматический, модель, Maxent

Kirish. Respublikamizda Grek yong'og'ining istiqbolli shakllarini tanlash va navlarini yaratish, ko'paytirish hamda ulardan sanoat plantatsiyalari va o'rmonlar barpo etishda foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borilib muayyan natijalarga erishilgan. Biroq mavjud yong'oqzorlarning tabiiy ko'payish ko'rsatkichlari hamda turning bioiqlim modelini yaratishga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazilmagan [1].

Tadqiqotning usublari Grek yong'og'i shakllarini seleksion baholash ishlari 1976 yilda F. L. Shepotyev va Y. N. Sedova, T. P. Ogolsovoy 1999 yilda ishlab chiqilgan "Программа и методика сортоизучения плодових, ягодних и орехоплодних культур" uslubiga asosan olib borildi Grek yong'og'i shaklarini kompleks baholash tashqi muhit omillariga chidamliligi, hosildorliligi, hosildorlikni o'zgarishi, kasalliklarga chidamliligi va meva morfologik ko'rsatkichlarini baholashni о^ ichiga oladi:

Tanlangan shakllarning chidamliligi sovuqqa (5 ball), qurg'oqchilikka (5 ball) va kasalliklarlarga chidamliligi (4 ball) asosida 14 ballik shkalada baholandi. Tanlangan shakllarning

qurg'oqchilikka chidamliligi 4 ta takrorlanish 50 ta daraxtda 5 balli shkala asosida baholandi, Grek yong'og'ining kasalliklarni ko'payish va rivojlanishini VIZR qо'llanmasida (A.YE.Chumakov va boshqalar..., 1974) ma'lumotlari asosida olib borildi. Kasalliklarga chidamliligi 4 ta takrorlanish 3 ta variant 50 ta daraxtda 4 ballik shkala asosida baholandi [3,4].

Grek yong'og'i tanlangan shakllarining chidamliligini baholashda sovuqqa, qurg'oqchilikka va kasallikka munosabati tahlil etildi.

Tanlangan shakllarning sovuqqa chidamliligi 5 ballik shkala asosida kuz-qish mavsumlaridagi sovuq havo harorati ta'sirida zararlanish darajasiga qarab baholandi. Istiqbolli shakllarning sovuqqa chidamliligini baholashda 1-3 yillik novdalarni kesish va yog'ochlik qatlamining rang o'zgarishi hamda holatiga qarab baholash ishlari amalga oshirildi. Bunda sovuq ta'sirida zararlanmagan novda yog'ochlik qatlami rangining jigarrang hamda novdalardagi kurtaklar yashovchanligining mavjudligi, zararlanganlarda esa yog'ochlik qatlamining qorayganligi hamda novdalar uchki qismidagi kurtaklar yashovchanligining mavjudliligi kuzatildi [2].

Tanlangan shakllarda o'tkazilgan marshrutli kuzatuv ishlarini bajarish mobaynida sovuqqa chidamliligi bo'yicha Sijjak-1, Xumson-3 va Parkent-2 shakllari 5 ballik shkalada baholandi. Ushbu daraxtlarda sovuq ta'sirida zararlanish holatlari kuzatilmadi. G'azalkent-2, G'azalkent-3 va Xumson-4 shakllaridagi daraxtlarning bir yillik novdalari qisman (bir yillik novdal arning 1/3 qismi sovuq ta'sirida zararlangan) zararlanganligi sababli ular 4 ball bilan baholandi. Qolgan shakllarda esa bir va ikki yillik novdalarning zararlanishi natijasida hosilning ham qisman (2-3%) kamayishi kuzatilganligi sababli ular 3 ball bilan baholandi (3.9-jadvalga qarang).

Olingan natijalar asosida nazoratga nisbatan, eng kam ko'rsatkich Ohangaron-1 shaklida 77%ni, eng yuqori ko'rsatgich esa Sijjak-1, Xumson-3 va Parkent-2 shakillarida 133% ni tashkil etdi.

Boshqa o'simliklarda bo'lgani kabi, grek yong'og'ining ham yoz mavsumidagi qurg'oqchilikka chidamlilik darajasi o'rganildi. Ushbu ko'rsatkich daraxt shox-shabbasidagi barglarning mavjudligiga qarab belgilandi. Shox-shabbalardagi barglarning mavjudlilik darajasi novdadagi barglar soni asosida tahlil etildi. Kuzatuvlar va tahlil natijalari asosida tanlangan shakllarning barchasi qurg'oqchilikka yuqori darajada chidamsiz ekanligi aniqlandi.

G'azalkent-1, Sijjak-1, Xumson-2, Xumson-3 va Parkent-2 shakllari novdalaridagi 10% gacha bo'lgan barglar to'kilganligi kuzatildi hamda ular 4 ball bilan baholandi. G'azalkent-3, Xumson-4 va Ohangaron-1 shakllarda esa qurg'oqchilik vaqtida barglarning to'kilish darajasi 4160% gacha bo'lgan ko'rsatkichni tashkil etganligi sababli ular 2 ball bilan baholangan bo'lsa, qolgan shakllar 3 ball ko'rsatkichi bilan baholandi (1-jadvalga qarang).

Meva va barglardagi zararlanish alomatlariga qarab istiqbolli shakllarning kasalliklarga chidamliligi baholandi. Kuzatuv natijalariga ko'ra, istiqbolli shakllarning barchasida zararlanish alomatlari kuzatildi. G'azalkent-3, Xumson-4 va Ohangaron-1 shakllarining meva va barglaridagi zararlanish darajasi boshqa shakllarga nisbatan yuqori bo'lganligi sababli ular 2 ball bilan baholangan bo'lsa, qolgan shakllar 3 ball bilan baholandi. Tanlangan shakllarning bunday baholanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omil hududlardagi tabiiy yong'oqzorlarni parvarishlash tadbirlarining yuqori darajada tashkil etilmaganligidir.

1-jadval Grek yong'og'ini shakllarining chidamliligini baholash ko'rsatkichlari (2018-2022 yy)

№ Chidamlilik darajasi, ballarda va %

Shakllar nomi sovuqqa chidamliligi qurg'oqchilikka chidamliligi kasallikka chidamliligi umumiy ball Nazoratga nisbatan, %

% Ball % ball % Ball

1 Parkent-3 st 74 3 85 3 80 3 9 100

2 G'azalkent-1 70 3 94 4 74 3 10 111

3 G'azalkent-2 85 4 57 3 75 3 10 111

4 G'azalkent-3 82 4 55 2 52 2 8 89

5 Sijjak-1 92 5 95 4 87 3 12 133

6 Xumson-1 72 3 82 3 72 3 9 100

7 Xumson-2 77 3 90 4 72 3 10 100

8 Xumson-3 94 5 95 4 84 3 12 133

9 Xumson-4 81 4 54 2 53 2 8 89

10 Xumson-5 76 3 85 3 71 3 8 89

11 Parkent-1 78 3 80 3 71 3 9 100

12 Parkent-2 97 5 93 4 85 3 12 133

13 Ohangaron-1 70 3 54 2 53 2 7 77

Tanlangan shakllarning chidamlilik darajasini baholash natijalarining umumiy ko'rsatkichi Sijjak-1, Xumson-3 va Parkent-2 shakllarda 12 ball, G'azalkent-1, G'azalkent-2 va Xumson-2 shakllarda 10 ball, Nazorat variant, Xumson-1 va Parkent-1 shakllarda 9 ball, G'azalkent-3, Xumson-4 va Xumson-5 shakllarda 8 ball, Ohangaron-1 shaklida esa 7 ball qiymatni tashkil etdi. Bu esa G'arbiy Tyan-Shan hududida o'sib-rivojlanayotgan Sijjak-1, Xumson-3 va Parkent-2 shakllarini chidamlilik darajasini yuqori ekanligini anglatadi.

Tanlangan shakllarning meva ta'mi degustatsion bahosi mag'izning tashqi ko'rinishi, o'lchamlari, mag'iz chiqish darajasi, rangi, hidi, ta'mi va sifati asosida shakllantirilgan degustatsion baholash jadvalini shakllantirish orqali aniqlandi. Yong'oq shakillarini degustatsion baholashdagi yong'oq meva o'lchamlari va mag'iz chiqish darajasi bo'yicha tanlangan shakllar o'rtacha (yong'oq mevasi o'lchami 23,0-25,0 mm va mag'iz chiqish darajasi 40,1-45,0%), yaxshi (yong'oq mevasi o'lchami 25,1-27,0 mm va mag'iz chiqish darajasi 45,1-50,0%) va juda yaxshi (yong'oq mevasi o'lchami 27,0 mm va mag'iz chiqish darajasi 50,0% dan yuqori) toifalarni tashkil etsada, mag'izning ajralib chiqish xususiyati, hidi, ta'mi va rangining qoniqarli va o'rtacha xususiyatga ega bo'lganligi sababli tanlangan shakllarning degustatsion bahosi 3 (o'rtacha) va 4 (yaxshi) ball bilan baholandi. Bunda G'azalkent-1, G'azalkent-2, Sijjak-1, Xumson-2, Xumson-3, Xumson-5, Parkent-1 va Parkent-2 shakllari 4 ball bilan baholangan bo'lsa, Nazorat variant, G'azalkent-3, Xumson-1, Xumson-4 va Ohangaron-1 shakllari 3 ball bilan baholandi.

REFERENCES

1. Бердиев Э Т., ^ühmob А К. Дендрoлoгия. - ^шкет: Фан ва технoлoгия, 2012. - 135141 б.

2. To'layev D. Grek yong'og'ining (Juglans regia l.) istikbolli shakllari va navlari ko'chatlarini yetishtirish texnologiyasi «Инновационные подходы в использовании агробиоразнообразии в устойчивом развитии сельского хозяйства» Доклад Международной научно-практической конференции 25-26 сентября 2019. Ташкент-2019 302-306 ст.

3. Qayimov A . ^'layev D. G'arbiy Tyan-Shan tog' tizmasida (Juglans regia) yong'og'ining keng tarqalishini bioiqlimiy modellashtirish STEP conference Scientific online. September 2022.PART- 3 84 - 87 b

4. Qayimov A. Wlayev D. Walnut (juglans regia) damagc indicatore under the cold air flow in the ester Tuan-Shan mountain system International Journal of Progressive Sciences and Technologies (DPSAT). - 2021. - Vol 24. - lssue 2. - 84-88 p.

5. https://forest.jrc.ec.europa.eu

6. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/joomla/181-yong-oq

7. https://www.google.com/search

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.