Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON HUDUDI BOYICHA JUGLANS REGIA NING KENG TARQALISHINI BIOIQLIMIY MODELLASHTIRISH.'

O’ZBEKISTON HUDUDI BOYICHA JUGLANS REGIA NING KENG TARQALISHINI BIOIQLIMIY MODELLASHTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
36
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MaxEnt / Juglans regia / modeli / ehtimollik taqsimoti / potensial / geografik tarqalish / ehtimolini bashorati / koordinatalari / Google Earth / bioiqlimiy / modellashtirish / ta’minot. / MaxEnt / Juglans regia / model / probability distribution / potential / geographic distribution / prediction / coordinates / Google Earth / bioclimatic / modeling / supply

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qayimov Abduxalil, Xamroyev Xusan Fatullayev, To‘Layev Doniyor Baxtiyorovich

Turlarni tarqalish qonuniyatlarini tushunish va ekotizimlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashorat qilish zamonaviy botanik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekiston xududida tarqalgan Juglans regia o‘simligini real va potensial arealini aniqlash, baholash va iqlim o‘zgarishlari ta’sirida kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni bashoratlashga qaratilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOCLIMATIC MODELING OF THE WIDE DISTRIBUTION OF YUGLANCE REGIA ON THE TERRITORY OF UZBEKISTAN.

Predictions of species distribution and changes in ecosystems can be important. In this article the distribution of the Juglans regia plant on the territory of Uzbekistan and its territorial potential are included in the forecast of changes that can be provided by real and climatic changes

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON HUDUDI BOYICHA JUGLANS REGIA NING KENG TARQALISHINI BIOIQLIMIY MODELLASHTIRISH.»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

O'ZBEKISTON HUDUDI BOYICHA JUGLANS REGIA NING KENG TARQALISHINI BIOIQLIMIY MODELLASHTIRISH.

Qayimov Abduxalil

Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha doktori, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent.

Xamroyev Xusan Fatullayev Qishloq xo'jaligi fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat agrar universiteti,

Toshkent. husen.hamroyev@mail.ru To'layev Doniyor Baxtiyorovich Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti, Toshkent https://doi.org/10.5281/zenodo.7199688

Annotatsiya. Turlarni tarqalish qonuniyatlarini tushunish va ekotizimlarda yuz berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni bashorat qilish zamonaviy botanik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada O'zbekiston xududida tarqalgan Juglans regia o'simligini real va potensial arealini aniqlash, baholash va iqlim o'zgarishlari ta'sirida kelajakda ro'y berishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni bashoratlashga qaratilgan.

Kalit so'zlar: MaxEnt, Juglans regia, modeli, ehtimollik taqsimoti, potensial, geografik tarqalish, ehtimolini bashorati, koordinatalari, Google Earth, bioiqlimiy, modellashtirish, ta'minot.

БИОКЛИМАТИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ШИРОКОГО РАСПРОСТРАНЕНИЯ JUGLANS REGIA НА ТЕРРИТОРИИ УЗБЕКИСТАНА.

Аннотация. Понимание закономерностей распространения видов и прогнозирование возможных изменений в экосистемах — одна из основных задач современных ботанических исследований. Данная статья направлена на определение и оценку реального и потенциального ареала растения Juglans regia, распространенного на территории Узбекистана, и прогнозирование изменений, которые могут произойти в будущем под влиянием изменения климата.

Ключевые слова: MaxEnt, Juglans regia, модель, вероятностное распределение, потенциал, географическое распределение, предсказание, координаты, Google Earth, биоклиматические, моделирование, питание.

BIOCLIMATIC MODELING OF THE WIDE DISTRIBUTION OF YUGLANCE REGIA

ON THE TERRITORY OF UZBEKISTAN.

Abstract. Predictions of species distribution and changes in ecosystems can be important. In this article the distribution of the Juglans regia plant on the territory of Uzbekistan and its territorial potential are included in the forecast of changes that can be provided by real and climatic changes.

Keywords: MaxEnt, Juglans regia, model, probability distribution, potential, geographic distribution, prediction, coordinates, Google Earth, bioclimatic, modeling, supply.

Dunyoning turli mamlakatlarida yong'oqchilik uchun yuqori ahamiyatga ega bo'lgan shakl va navlarni yaratishga, hamda ularning tabiiy tiklanishini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda yong'oqzorlarlardan samarali foydalanishda erta hosilga kiruvchi shakllarni tanlab olish, ularni ko'paytirish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Grek yong'og'i Markaziy Osiyo respublikalarida tabiiy holda keng tarqalgan bo'lib, u mahalliy aholi tomonidan allaqachonlar madaniylashtirilgan. Yong'oqning tabiiy va madaniy o'rmonlarida yong'oq meva formasi va hajmiga ko'ra turlicha shakllarni yuzaga keltirgan. Shu sababli ular ulkan seleksiya maydoni sifatida qimmatbaho formalarni tanlab olib, navlar chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli yong'oq genofondi uzoq yillar davomida tadqiqot predmetiga aylangan. Uzoq yillik tadqiqotlar natijasida serhosil, yirik mevali formalari tanlash yo'li bilan olingan [1, 4, 5, 6].

Yong'oqzorlarni hozirgi Markaziy Osiyoda alohida-alohida joylashganligi, bu daraxt turini tarixiy o'tmishda keng maydonlarni egallaganligi bildiradi, bu tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Hozirgi yong'oqzor relikt o'rmonlar sifatida qaralib, o'tmish geologik davrlardan bizgacha yetib kelgan va iqlimni quruqlashuviga moslashgan deb qaraladi.

Tadqiqot uslublari. Grek yong'og'ining bioiqlim modelini yaratishda S.J. Phillips tomonidan taklif kilingan MaxEnt uslubi (maksimal entropiya uslubi) dan foydalanildi. Ushbu uslub xozirgi paytda turlar taqsimlanishini modellash eng samarali uslublaridan biridir, bunda tadqiqotchi ixtiyorida fakatgina turning borligi xakidagi ma'lumotlar shakllanadi. Madaniy o'simliklarning yovvoyi qarindoshlari bioxilma-xilligi tadqiqotlari uchun tashkil qilingan ushbu uslub hozirgi paytda katta mashxurlikka ega va kamyob, introduksiya kilingan va chet o'simliklar xususiyatlarini o'rganish, shuningdek, ular tarqalishining potensial imkoniyatlarini bashorat kilish uchun ishlatiladi.

MaxEnt o'rganilayotgan tur uchun kulay yashash sharoitini tegishli ravishda maksimal entropiya prinsiplari bilan taqsimlab baholaydi. Informatikada entropiya aytib bo'lmaydigan meyor va ma'lumotning noanikligi yoki tasodifiy o'zgaruvchanlik yoki noma'lum kattalikdagi axborot mikdoridir. Axborot va termodinamik entropiya o'zaro uzviy bog'lik bo'lib, axborotni olish o'ziga entropiya yo'kotishini jalb etadi. MaxEnt baravar taksimlashdan boshlab, kadamma-kadam tegishli modelga kiritilgan ma'lumotlar asosida extimoliy rastr yacheykalarining taqsimlanishini mo'ljallaydi [2, 3].

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Tadqiqot materiallari 2018-2022 yillar oralig'ida olib borilgan maqsadli dala tadqiqotlari natijasida jamlandi. Turning tabiiy sharoitda o'sish nuqtalarini aks ettiruvchi geografik koordinatalari Google Earth (Pro) va MAPS.ME (2.0) dasturlarida aniqlandi. Ushbu tadqiqotda jami 37 dan ortiq geografik koordinatalar foydalanish uchun ajratib olindi.

Bioiqlimiy modellashtirish. Turlar tarqalishining asosiy determenanti iqlim o'zgaruvchilari bo'lib, o'simlik tarqalishini modellashtirish uchun qo'llaniladi. LIG, LGM, hozirgi va kelajakdagi iqlim ma'lumotlari WorldClim 2.1 (fazoviy piksellar 2.5 daqiqalik) ma'lumotlar bazasidan (www.worldclim.org) foydalanildi. Zamonaviy iqlim ma'lumotlari 1950 yildan 2000 yilgacha dunyodagi turli xil ob-havo sansialarining oylik meteologik ma'lumotlariga asoslangan holda, LGM va 2070 yilgi iqlim ma'lumotlari dunyo iqlim tizimining model 4 versiyasi (CCSM4) tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kelgusi issiqxona gazlari chiqindilarining ssenariylarida (RCP2.6 va RCP8.5) amalga oshirildi.

1-Rasm.

Modellashtirish xaritasi (Juglans regi)

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Modellashtirishda 19 ta bioiqlimiy o'zgaruvchanlik tendensiyalardan foydalanilgan (1 jadval) (www.worldclim. org).

1-jadval

Modelining ishlash aniqligi

Davrlar AUC (o'quv) AUC (test) RP (tasodifiy bashorat)

Current (2000-2020) 0.987 0.965 0.5

RCP 2.6 (2070) 0.988 0.971 0.5

RCP 8.5 (2070) 0.988 0.966 0.5

1970-2000 0.989 0.965 0.5

LMG (22) 0.988 0.967 0.5

O'rtacha 0.989 0.969 0.5

Kelajakda mumkun bo'lgan iqlim taqsimoti. LMG (22) muzlik davri, tarix (1970-200), current (2000-2020), kelajak (2070) yillarda iqlim o'zgarishi ssenariylari RCP 2.6 va RCP 8.5 bo'yicha Juglans regia ning kelgusida tahminiy o'sish taqsimoti keltirilgan (4-rasm). Natijalar shuni ko'rsatdiki mavjud yashash joylari. Muzliklararo (LMG (22)) davrda 6200 km2 (±25 km2)

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

tashkil qilgan bo'lsa (4-rasm), yaqin o'tmishda (1970-2000), 6275 km2 (±25 km2) (4-rasm), CURRENT davrda 6075 km2 (±25 km2) (4-rasm) , RCP 2.6 (2070) 4350 km2 (±25 km2) (4-rasm), RCP 8.5 (2070) 6000 km2 (±25 km2) qiymatlarga ega bo'ldi (4-rasm). Tahliliy natijalarga ko'ra kelajakda ushbu turning potensial o'sish maydonlari kamayadi, bu Janub hududidagi potensial o'sish nuqtalarining kamayishi va siljishi bilan izohlanadi.

Bashoratlash natijalariga ko'ra Juglans regia umumiy tarqalish maydonining kamayishiga bioiqlim parametrlarining yuqori foiz ulushiga ega bo'lishi, issiq chorakdagi (BIO09) quruq chorakning o'rtacha harorati, (RCP85-2050) ssenariysida 95% ko'tarilishi, eng sovuq oyning minimal harorati (BIO6) 9% ulushdan 74% o'zgarishi, issiq chorakning o'rtacha harorati (BIO8) 92% dan 20 % ga kamayishi hamda eng issiq chorakdagi yog'ingarchilik (BIO18) 95% miqdorida ortishi Juglans regia tarqalish maydoniga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Xaritalarda turlarning tarqalishi uchun mos sharoitning yuqori ehtimoli mavjud hududlar - qizil, mos kelish ehtimoli kam mintaqalar - jigarrang, o'rta mos keluvchi va o'rtadan yuqori mos yerlar - och yashil ranglarda tasvirlangan. Juglans regia optimal o'sishi uchun qulay iqlim sharoiti mavjud hududlar, yaqin o'tmishda (1970-2000) o'sish nuqtalariga to'g'ri kelgan potensial maydonlari, CURRENT davrida tarqalish arealini qisqartirdi. Iqlim o'zgarish ssenariylariga ko'ra RCP2.6 (2070) va RCP8.

Natijalar shuni ko'rsatdiki mavjud yashash joylari. Muzliklararo (LMG (22)) davrda 2300 km2 (±25 km2) tashkil qilgan bo'lsa (5-rasm), yaqin o'tmishda (1970-2000), 1725 km2 (±25 km2) (6-rasm), CURRENT davrda 1900 km2 (±25 km2) (7-rasm) , RCP 2.6 (2070) 1550 km2 (±25 km2) (8-rasm), RCP 8.5 (2070) 1500 km2 (±25 km2) qiymatlarga ega bo'ldi (9-rasm). Tahliliy natijalarga ko'ra kelajakda ushbu turning potensial o'sish maydonlari kamayadi, bu janub hududidagi potensial o'sish nuqtalarining kamayishi va siljishi bilan izohlanadi.

Xulosa. Juglans regia O'zbekiston uchun iqtisodiy samaradorligi yuqori va qolaversa dorivorlik xususiyatiga ega tur ekanligi, uning real va potensial areli yil sayin kamayib borishini inobatga olib ushbu turni muhofaza qilish choralarini ko'rish hamda bu kabi turlarni saqlab qolish uchun yangi metodlar asosida maqsadli tadqiqotlarni amalga oshirish zarur. Jumladan, iqlim ssenariylariga asoslangan modellashtirish tahmin qilayotgan turning uchrashi mumkin bo'lgan yangi maydonlarda Juglans regia yangi populyatsiyalarini aniqlash uchun doimiy kuzatuv va muntazam maqsadli dala tadqiqotlarini tashkil etishni talab qiladi.

Tabiiy yong'oqzorlardagi daraxtlarning yosh guruhi bo'yicha tahlil etilganda, 1-2 yoshli nihollar soni 1x1 m2 maydonda 2-5 donagacha ekanligi, 3-5 yoshlilari esa 1-3 donagacha, 6-10 yoshli daraxtlar esa ayrim kvartallarda 1 donadan uchrashi aniqlandi. Shu bilan birgalikda, yong'oqlarning o'sish maydoni tahlil etilganda ular asosan Shimoliy va G'arbiy ekspozitsiyalarda yaxshi o'sayotganligi kuzatildi.

Yong'oqzorlarni ekspozitsiyalar bo'yicha tahlil etilganda esa, janubiy ekspozitsiyaning d.s.b 500 metr bo'lgan qiliklarida uchramasligi aniqlandi. 500-1000 metr balandlikda esa yosh nihollarning uchrashi, lekin tabiiy sharoitning noqulayligi sababli ushbu nihollar qurib ketishi kuzatildi. 1000-1500 metr balandliklarda esa yong'oqzorlar boshqa hududlarga nisbatan yaxshi o'sib-rivojlanadi.

REFERENCES

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

1. Арзуманов В. А. и др. Растительные ресурсы плодовых и орехоплодных растений Центральной Азии и их роль в формировании местного сортимента. - 2015. 7

2. Blois, J.L.; Zarnetske, P.L.; Fitzpatrick, M.C.; Finnegan, S. Climate change and the past, present, and future of biotic interactions. Science 2013, 341, 499-504. [CrossRef]

3. Elith, J.; Phillips, S.J.; Hastie, T.; Dudik, M.; Chee, Y.E.; Yates, C.J. A statistical explanation of MaxEnt for ecologists. Divers. Distrib. 2011, 17, 43-57. [CrossRef]

4. Hamroev H.F.., O.A.Shaymatov., Kh.T.Mashrapov., D.B.Tulaev. Effeciency of choosing promising walnut form in the case of Uzbekistan. 2nd International Conference on Energetics, Civil and Agricultural Engineering (ICECAE 2021). P. 1-6

5. Khamroev Kh.F.., Shaymatov O.A. Biological properties of precocious forms of Walnut. International Journal of Science and Research (IJSR). August, 2020. Volume 9, Issue 8. (Impact factor: 7,583 by SJIF) P-217-219.

6. Khamroev Kh.F.., Shaymatov O.A., Sattorova N.S. Quality indicators of fruit of promising walnut in western Tian-Shan regions. International journal for Innovative Engineyering and management Research Vol 09, Issue12, Dec 2020. P: 5-12

7. www.worldclim.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.