Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOS AHAMIYATI'

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOS AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
2516
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
milliy tarbiya / ajdodlarimiz merosi / xulq-atvor / sharqona odob / qadriyat / madaniyat / ma’rifat. / national upbringing / heritage of our ancestors / behavior / oriental manners / values / culture / enlightenment.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Nilufar Komiljonovna Raxmatullayeva

Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so‘z boradi. Alisher Navoiyning komil insonlar haqidagi qarashlari qisqacha yoritilgan. Maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL EDUCATION IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION SPECIFIC IMPORTANCE

The article discusses national education, its importance and important aspects of child rearing. Alisher Navoi's views on perfect people are briefly described. There was a discussion about the national educational process, which is carried out under the guidance of an educator in special educational institutions.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY TARBIYANING O’ZIGA XOS AHAMIYATI»

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY TARBIYANING O'ZIGA XOS

AHAMIYATI

Nilufar Komiljonovna Raxmatullayeva

Buxoro davlat universiteti, magistr

ANNOTATSIYA

Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi muhim jihatlar haqida so'z boradi. Alisher Navoiyning komil insonlar haqidagi qarashlari qisqacha yoritilgan. Maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: milliy tarbiya, ajdodlarimiz merosi, xulq-atvor, sharqona odob, qadriyat, madaniyat, ma'rifat.

NATIONAL EDUCATION IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION

SPECIFIC IMPORTANCE

ABSTRACT

The article discusses national education, its importance and important aspects of child rearing. Alisher Navoi's views on perfect people are briefly described. There was a discussion about the national educational process, which is carried out under the guidance of an educator in special educational institutions.

Keywords: national upbringing, heritage of our ancestors, behavior, oriental manners, values, culture, enlightenment.

Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo'lgan. Ota-bobolarimiz farzand o'stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so'zlariga, kishilar oldida o'zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o'z maqsadlarini qanday so'zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qurslik qilishi, kattalar suhbatiga aralashishi, nojo'ya ishlariga zinxor-bazinxor yo'l qo'ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar.

Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma'lum. Chunonchi, Qur'oni karim oyatlari mazmuni, Payg'ambar alayxissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bo'lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan.

Janobi Rasululloh hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanganlar!», «Hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir hadisda esa: «Mo'min kishiga

berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o'z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo'lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi deb qaralgan.

Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruhiy najot yo'lini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o'laroq, ma'naviyat bobida beqiyos kashfiyotlar qilingan.

Komil inson haqidagi ta'limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko'zda tutadi. Komillik bu - insonning yerda qilgan hamma ishlari ma'naviy e'tiqod bilan sug'orilishidir.

O'zbek xalqi o'z madaniyati va ma'naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e'tibor bergan. Buning natijasida asrlar davomida aqlu zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo'lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulug'bek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogahiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag'rur yashadi, mehnat qiladi, doimo hurriyat va erk sari intildi.

Bizga ma'lumki, Abu Ali ibn Sino buyuk qomusiy olim sifatida tibbiyot, riyoziyot (matematika), falakiyot, fizika, kimyo, biologiya, dorishunoslik, ruxshunoslik, fiziologiya, filologiya, falsafa, axloq va badantarbiya kabi ko'plab fanlarning yetuk bilimdoni bo'lgan. Uning aql-zakovati, yaratgan asarlari O'rta Osiyodagina emas, balki Sharq va G'arbiy Ovrupo mamlakatlarida ham hurmat bilan tilga olinadi. U har tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug' inson bo'lgan. Abu Ali ibn Sino yigirma to'rt yoshida ilmlarning hammasidan xabardor bo'lib, Buxoroda olimlar bilan bo'lgan bahsda ularni mot qilganligi ma'lum. Bunday muvaffaqiyatga olim kamolotga erishganligi tufayli muvaffaq bo'lgan edi.

Abu Ali ibn Sino o'z hayoti va faoliyati davomida doimo ezgulikka intilgan komil inson bo'lgan. Uning nomi va asarlari hamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga o'tib yuraveradi.

Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato qiladi. Inson o'z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo'l qo'yadi. Ammo shu nuqsonu kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu haqda Alisher Navoiy shunday degan:

Nokis uldirkim, uzin komil degay,

Komil ulkim, nuksin isbot aylagay.

Inson kamolotiga chek-chegara yo'q. Muttasil kamolot sari intilmoq - taraqqiyot boisidir.

Kishi umrini baland himmat bilan boyitmog'i shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf yetkazib yashashni hayotning mazmuni deb bilmoq-himmat balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday degan: Birovkim, anga ximmat uldi baland, Erur olam axli aro arjumand Ani, anga mufliski yuk ximmati, Chu yuk ximmati, yuk aning hurmati.

O'tmish ma'naviy merosimiz komil inson g'oyasi bilan charog'on. Hazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillikning o'ziga xos mezonidir.

Darhaqiqat, Navoiy asarlarining har bir sahifasi, misrasi va xulosasida ana shu mezon zo'r kuch bilan tashviq etila boradi. Chunonchi, buyuk shoirning «Arba'in» asarida quyidagi hikmat, ayniqsa, muhimdir: El aro yaxshirok, deding, kimdur, Eshitib shubxa ayla raf andin. Yaxshirok bil ana ulus arokim, Etsa ko'prok ulusga naf andin.

Ya'ni, el orasidagi eng yaxshi odam - ulusga (xalqqa) ko'p foyda yetkazgan kishidir.

Inson koinotdagi barcha mavjudotlar ichida hammadan ulug'i hisoblanadi. Uning kamoloti oldida aql hayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida chuqur o'ylaydi. Kamolot yo'liga chiqish uchun u asta-sekin o'zligini izlaydi, olimni tanlaydi. Alisher Navoiy «kamol et kasb kim» deya da'vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko'p xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi o'zini xirs-ta'ma, nafs, gaflat, nodonlik singari mayllardan poklamsa, hech payt komil bo'la olmaydi. «Olam uyi»da yashash - uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko'tarilishini xohlagan. Xuddi shu mavqeni esa kamolatning oliy cho'qqisi deb bilgan.

Navoiy o'z davrida komil insonlarni «ahli ma'ni» deb bilgan. «Ahli ma'ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz xaloyiqning ongida ma'ni chuqurligi bo'lmaydi. Fikrlash -haqiqatni anglashdir. «Ahli ma'ni» deganda oqil va dono, kamtar va olijanob, haqiqatparvar va va fidoiy kishilarni tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bo'lgan kishilarning tafakkuri keng bo'ladi.

Chunki ular aql oddiy so'z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat, insof, iymon, ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo'ladi.

Inson go'zal xislatlar, yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umid-niyatlar bilan komillikka - kamolotga intilib boradi. Hayotning hamma achchiq-chuchugini, bulardan namunayu ibrat olib, yashash va yaratish iqtidoriga erishadi; inson minglarcha yillar mobaynida boshidan kechirgan barcha tajriba-saboqlaridan xulosa chiqarib, munavvar yo'lga chiqqan.

Dunyoda insonga tuhfa etilgan aql ne'mati shunday qudratli kuchki, u bilan odam o'zini istagan holatda tarbiya eta oladi, har qanday azob-mashaqqatni, har qanday yomonlikni, eng murakkab muammolarni ham aql ne'mati bilan yengadi va hal etadi. Ruxiy kamolat odam qalbida ezgulikning yuksak koshonasini yaratadi.

Aql-zakovatning kamoli o'qish, o'rganish, tahlil etish, idora qilish, e'tiqod qo'yish, hayot tajribasini egallash bilan ro'yobga chiqadi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga bog'lik bo'lganidek, odam bolasining komil inson bo'lib yetishishi uchun uni murg'aqlikdan tarbiyalashga e'tibor berib borish lozim.

Ma'lumki, bolani layoqatga mos holda o'stirish uchun unda yoshlikdan mehnatsevarlik va ishchanlik ko'nikmasini hosil qilish kerak. Mehnatsevarlik va muttasil o'tirib ishlash kabi fazilatlardir. Garchand inson kamolatiga ta'sir etadigan omillar bir qancha bo'lsa ham lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi.

Chunki, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o'zlashtiriladi va narsalar o'rganiladi, ya'ni bilim, ma'lumot egallagandi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'lik ko'nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil bo'ladi.

Ikkinchi, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar ham o'qitilib, sog'lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish yoki bartaraf qilish mumkin.

To'rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o'ynaydi. Insonni kamol topishida barkamol inson bo'lib yetishida maktabning ahamiyati katta. Bolalar maktabga qadam qo'yar ekan, ular o'quv mehnati bilan band bo'ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarni egallab olishi bilan birga ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. O'quvchi-tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos bo'lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etib, bolani tariyalashda oilaga har vaqt yordam ko'rsatadi. Tarbiyachi o'z tarbiyalovchisining oila sharoitidan xabardor bo'lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo'lgan oilal arga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo'sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg'ul bo'lib o'tkazayotgani ahamiyatsiz emas. Chunki o'z holiga tashlab qo'yilgan bola ko'chaning salbiy ta'siriga berilib ketishi mumkin.

Umuman, pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta'sir etishi mumkin.

Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har

qanday faoliyat ham o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Shaxs ulg'aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham aqlan o'zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o'rganib boradi. Shu sababli bola hayotida o'yin, o'quvchi xayolida o'qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamyatga egadir.

Shaxs qaysi yoshda bo'lishidan qat'iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma'naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas'uliyat, intizomlilik, faollik ortadi.

Bulardan tashqari shaxsni kamolga yetishda uning barkamol inson bo'lib yetishishida nafosat tarbiyasi, axloq-odob tarbiyasi, ekologik tarbiya, jismoniy tarbiyalarning o'rni va roli beqiyosdir.

Chunki bu tarbiya usullari birgalikda amalga oshirilsa biz yoshlar ertangi O'zbekiston bunyodkorlari avvalambor, soglom bo'lishimiz, sport bilan shug'ullanishimizni har kungi faoliyatga aylantirishimiz kerak. Chunki sog' tanda sog'lom aql bo'ladi. Agar biz sog'lom bo'lsakkina farzandlarimiz sog'lom bo'ladi.

Shunday ekan biz yoshlar, bo'lg'usi pedagoglar avvalambor o'zimiz har tomonlama yetuk, kamolga yetishishimiz, bilim va malakaga ega bo'lish uchun qunt bilan o'qishimiz darkor. Yangi pedagogik texnologiyalar hamda ularning qo'llanilishiga [1-30] oid bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmog'imiz lozim. Bunda mavzuga mos pedagogik texnologiyani tanlash, ularni qo'llashda oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga amal qilish muhim hisoblanadi. Yoshlar ertangi kunning bunyodkorlari kelajak avlodni tarbiyalash, o'qitishdek ma'suliyatli va sharafli ishga qo'l urarkanmiz, hozirdanoq o'z bilimimizni oshirishimiz, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz darkor.

REFERENCES

1. Дилова Н.Г. (2018). Важность совместного обучения в повышении эффективности начального образования. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education. С. 90-91.

2. Дилова Н.Г. (2012). Возможности организации учебного процесса на основе педагогического сотрудничества. Молодой ученый. T. 46, № 11, С. 409-411.

3. Дилова Н.Г. (2013). Требования к учителю по организации сотрудничества учащихся начальных классов в учебном процессе. Актуальные проблемы современной науки. № 4 (72). С. 55-57.

4. Dilova N.G., Saidova M.J. (2020). Formative assessment of students' knowledge as an innovative approach to education. The American Journal of Social Science and Education Innovations. 2:12, P. 190-196.

5. Dilova N.G., Saidova M.J. (2021). Innovative approach to education is a factor for developing new knowledge, competence and personal qualities. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). 1:10, P. 148-153.

6. Дилова Н.Г. (2021). Вспользование интерактивных методов в школьном обучении. Вестник интегративной психологии. № 21, С. 51-54.

7. Dilova N.G. (2021). Formative assessment of students'knowledge-as a means of improving the quality of education. Scientific reports of Bukhara State University. 3:5, pp. 144-155.

8. Дилова Н.Г. (2019). Влияние технологии сотрудничества на успеваемость учащихся начальных классов. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education. С. 63-64.

9. Дилова H.F. (2018). Буюк аждодларимизнинг таълимотларида мужассамлашган укдтувчи билан укувчилар хамкорлигининг педагогик хусусиятлари. Замонавий таълим. №3, 63-68 б.

10. Dilova N.G. (2017). Opportunities of Pupils' Complex Development on the Bases of Modernization the Content of Primary Education. Eastern European Scientific Journal. No. 1, pp. 1-4.

11. Dilova N.G. (2017). Activity Areas of Primary School Teachers. Eastern European Scientific Journal. No. 6, pp. 1-6.

12. Дилова H.F. (2017). Укувчи шахсини ривожлантиришда хамкорлик педагогикасининг урни. Замонавий таълим. 1-сон.

13. Dilova N.G. (2015). Situation of cooperation and the problems solved in it.

Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития. 2: 13, pp. 102-103.

14. Дилова Н.Г. (2014). Значение процесса педагогического сотрудничества в формировании личности учащихся начальных классов. Сборники конференций НИЦ Социосфера. № 26, С. 190-193.

15. Dilova N.G. (2021). Sharq allomalarining ilmiy merosi - uchinchi renesans uchun katta imkoniyat. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 506-514 betlar.

16. Dilova N.G. (2021). Ajdodlarimiz merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarga ta'lim-tarbiya berishning ahamiyati. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 515-523 betlar.

17. Дилова Н.Г. (2021). Бошлангич таълимда укувчиларда шахслараро муносабатларга киришиш куникмаларини шакллантириш имкониятлар. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 524-533 бетлар.

18. Дилова Н.Г. (2021). Шахслараро муносабатларга асосланган таълим жараёнини моделлаштириш. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 534-546 бетлар.

19. Дилова Н.Г. (2021). Педагогик хдмкорлик жараёнининг мазмуни ва уни ташкил этиш тамойиллари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 547-557 бетлар.

20. Dilova N.G. (2021). O'quvchilaming shaxsiy sifatlari - pedagogik hamkorlikning dastlabki tamoyili. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 558-566 betlar.

21. Dilova N.G. (2021). O'qituvchi-o'quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 567-576 betlar.

22. Dilova N.G. (2021). Ajdodlar merosida ta'limdagi o'zaro hamkorlik munosabatlari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 577-585 betlar.

23. Расулова З. (2021). Замонавий ахборот-коммуникация технологиялари укув жараёнларини ривожлантиришнинг мухим омили сифатида. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 349-359 бетлар.

24. Расулова З.Д. (2021). Компьютер воситасида технология дарслари самарадорлигини ошириш. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 387-397 бетлар.

25. Rasulova Z.D. (2021). Texnologiya darslarini tashkil etishning didaktik tamoyillari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 427-438 betlar.

26. Rasulova Z. (2021). Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 338-348 betlar.

27. Расулова З. (2021). Булажак технология фани укитувчисининг билим, куникмасини ривожлантиришда дастурий таълим воситаларининг урни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 370-379 бетлар.

28. Расулова З.Д. (2021). Инновацион педагогик технологиялар асосида олий таълим муассасаси укув жараёнларини такомиллаштириш мазмуни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 460-469 бетлар.

29. Расулова З. (2021). Педагогик дастурий воситалардан фойдаланиб булажак технология фани укитувчиларининг касбий махрратини ошириш йуллари. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 416-426 бетлар.

30. Расулова З.Д. (2021). Талабаларнинг креативлигини ривожлантиришда масофавий таълимнинг урни. Science and Education. Vol. 2, Issue 10, 439-448 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.