Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV JARAYONIDA AXBOROT XAVFSIZLIGA VA AHAMIYATI'

GLOBALLASHUV JARAYONIDA AXBOROT XAVFSIZLIGA VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
607
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / axborortlarning turlari / xavfsizlik turlari / axborot xavfsizlgi / axborot xavfsizligi turlari.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nodirjon Nusriddinovich Ibragimov, Vohid Abdumuqim O‘g‘li Abduraxmanov, Akbarshox Dilshod O‘g‘li Amirov, Sitora Zayir Qizi Shukurova, Sabrina G‘ofur Qizi Gulboyeva

Ushbu maqolada axborot tushunchasi, axborotlarning turlari, axborot xavfziligiga tahdid va ularning turlari, axborot xavfsizligning ahamiyati kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot xavfsizligiga tahdidlar zamonaviya asoslar asosida talqin etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV JARAYONIDA AXBOROT XAVFSIZLIGA VA AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

GLOBALLASHUV JARAYONIDA AXBOROT XAVFSIZLIGA VA

AHAMIYATI

Nodirjon Vohid Abdumuqim Akbarshox Sitora Zayir Sabrina

Nusriddinovich o'g'li Dilshod o'g'li qizi G'ofur qizi

Ibragimov Abduraxmanov Amirov Shukurova Gulboyeva

TATU Qarshi filiali

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada axborot tushunchasi, axborotlarning turlari, axborot xavfziligiga tahdid va ularning turlari, axborot xavfsizligning ahamiyati kabi tushunchalar bayon etilgan. Axborot xavfsizligiga tahdidlar zamonaviya asoslar asosida talqin etilgan.

Kalit so'lzar: axborot, axborortlarning turlari, xavfsizlik turlari, axborot xavfsizlgi, axborot xavfsizligi turlari.

XXI asr kishilik jamiyatining taraqqiyoti inson faoliyatining turli jabhalarida bevosita axborot ishlab chiqarish, uni iste'mol qilish va jamlash sur'atlarining o'sishi bilan bevosita bog'liq. Sababi, axborot kishilik jamiyatnining muhim resurslaridan hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotda axborot strategik muhim ahamiyatga ega bo'lgan hom-ashyo va energiya bilan tenglashtirilmoqda. Ma'lumki, dunyo miqyosida milliy mahsulotning 70% ni axborot tizimlarida saqlanayotgan axborot ko'lami bilan bog'liqdir. Keyingi o'n yil ichida biz axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, hayotning barcha jabhalariga, ayniqsa, ishlab chiqarishning turli sohalariga joriy etilishining guvohi bo'ldik. Rivojlangan davlatlarda ko'pchilik faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar ishlab chiqarish sohasida emas, balki u yoki bu darajada axborotni qayta ishlash bilan banddirlar. Bugungi kunda har bir xodim, mutaxassis, talaba o'z faoliyatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaydi. Ular o'zlarining qimmatli vaqtlarini kompyuter oldida o'tkazib, mashaqqatli mehnat evaziga yaratilgan bebaho axborotlarini saqlashni "Aqlli mashinalarga" ishonib, ularning yo'q qilinishi, buzilishi yoki o'g'irlanishi haqida o'ylamay, tavakkalchilikka yo'l qo'yadilar. Bunday qimmatli axborotlarni saqlash, ularning xavfsizligini ta'minlash uchun qoidalar, tamoyillar, vositalar, usullarni bilish va ustalik bilan joriy etish zarur bo'ladi. Nafaqat qimmatli axborotlar xavfsizligini ta'minlash, balki axborot tizimlari va ularning infrastrukturasi xavfsizligini ta'minlash ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning va O'zbekiston Respublikasi hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning chiqishlarida va asarlarida ma'naviy tahdidlar, unga qarshi kurashish zaruriyati, bu boradagi vazifalar va axborot xavfsizligida milliy xavfsizlik masalalari, yoshlar orasida axborot

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

madaniyatini shakillantirish, axborot olish erkinligini ta'minlash, axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari keng tahlil qilingan. Ushbu O'zbekiston mustaqilligiga havf solayotgan ma'naviy tahdidlar va axborot sohasida milliy xavfsizlik masalalari S.Otamurtovning "Globallashuv va milliy-ma'naviy havfsizlik"1, Sh.Umarov va F.Mulaydinovlarning "Axborot xavfsizligi", M.Quronovning "Milliy tarbiya", M.Lafasovning "Diniy ekstremizm: tarixi va mohiyati", X.Jumaniyozov, M.Sobirovlarning "Globallashuv asoslari", I.Karimov va N.Turgunovlarning "Axborot xavfsizligi asoslari" asarlarida yoritib berilgan.

Hozirda, xujumlar sonining doimo o'sishi hamda biznesning axborotdan foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog'liqligi sharoitida mashina vaqtining yo'qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda katta raqamlar orqali hisoblanadi. Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003- yilning birinchi choragida dunyo miqyosidagi yo'qotishlar 2002-yildagi barcha yo'qotishlar yig'indisining 50 %ini tashkil etgan, yoki bo'lmasa 2006-yilning o'zida Rossiya Federeatsiyasida 14 mingdan ortiq kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan. Bu statistik ma'lumotlarning o'zi mavzuning dolzarb ekanligiga yana bir dalildir.

Ravshanki, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborotlarni tezlikda almashish imkoniyati jamiyat hayotining barcha sohalarida va ayniqsa ishlab chiqarishda va boshqarishda yangi texnologiyalarning qo'llanilishi so'zsiz foydalidir. Ammo, sanoatning tezlikda rivojlanishi Yer ekologiyasiga taxdid sola boshladi, yadro fizikasi sohasidagi yutuqlar yadro urushi xavfini tug'dirdi. Axborotlashtirish ham jiddiy muammolar manbaiga aylanishi mumkin. Urushlar doimo bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan urushni olib borish butun bir fanga aylandi. Har qanday fandagidek urushda o'zining tarixi, o'zining qoidasi, mashhur namoyondalari, o'zining metodologiyasi paydo bo'ldi. Zamonaviy urush g'oyasi juda ildamlab ketdi. Endi uning makoni - butun yer shari. Urush lokal qaroqchi xujumidan bir necha davlatlarni vayron qiluvchi global muammoga aylandi. Shunday ekan keling avallo axborot o'zi nima degan savolga javob beraylik.

Axborot- manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlar yig'indisidir. Endi ushbu qoidadan kelib chiqqan holda axborotning turlar haqida so'z yuritsag.

O'zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi № 439-II-sonli "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida"gi qonunida axborot va uning turlari to'g'risida quyidagi ta'riflar keltirilgan:

Ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo'ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamdan boshqa xabarlar va materiallar;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Hujjatlashtirilgan axborot - identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo'yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;

Maxfiy axborot - foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yiladigan hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta'rif O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Milliy axborot resurslarini muhofaza qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida 2011-yil 8-iyuldagi PQ-1572-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 2011-yil 7-noyabr 296-sonli qarorida quyidagicha ifodalangan: maxfiy axborot - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo'lmagan hujjatlashtirilgan axborot4.

Konfedensial axborot - hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq chegaralanadi

Maqolada hozirgi kunda axborot xavfsizligi dolzarb masalalardan biri hisoblanib, axborot va uning turlari, axborot xavfsizligi, milliy xavfsizlikning yo'nalishlari, davlatimizning axborot sohasidagi xavfsizlik masalalari to'laqonli yoritib berildi. Va yana shuni aytib o'tish mumkinki bu yerda axborotning ahamiyati, uning jamiyatda va kundalik hayotimizda tutgan o'rni, axborot xafsizligi, axborot xafsizligiga tahdid va uning turlari, bugungi kunda axborot xavfsizligining dolzarb ahamiyat kasb etishi masalalar yoritilgan.

XULOSA

Hozirgi davrga kelib hayotimizni axborot texnalogiyasi, kompyutersiz tasavvur qilish mumkin emas bo'lib qoldi. Xozirda "axborot tushunchasi" sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo'lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko'p hollarda uning o'zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o'zgartirishdan, uni o'g'irlashdan, yo'qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug'iladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta'minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo'llash, choralarni ko'rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va harbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo'lib xizmat kilmokda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo'yicha ilg'or axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo'llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat'iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro kompyuter tarmog'i orqali kirib keldi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Axborotlashgan jamiyat shu kompyuter tarmog'i orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Nusriddinovich, I. N., & Ilhomkhojayevna, A. N. (2022). CYBER THREATS, VULNERABILITIES AND RISKS IN ECONOMIC SECTORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 139-140.

2. Ibragimov, N., Amirov, A., & Abduraxmanov, V. (2022). AXBOROT TIZIMLARINING TAHDIDGA ZAIFLIGI. Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar, 1(28), 15-18.

3. Ibragimov, N. N. (2021, April). AN IMITATION MODEL OF THE DEVELOPMENT OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 19, No. 1, pp. 18-20).

4. Ibragimov, N. N. (2021, April). EMPIRICAL MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 18, No. 1, pp. 19-20).

5. Ibragimov, N. N. (2021, April). ECONOMETRIC MODELING OF PUBLIC UTILITIES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 54-55).

6. Mukhitdinov, S. K., & Ibragimov, N. N. (2021, April). THE IMPORTANCE OF IMPROVING THE QUALITY OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN THE PROVISION OF UTILITY SERVICES. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 52-53).

7. Mukhitdinov, K. S., & Ibragimov, N. (2021). Providing household goods and computer repair services to the population of the region. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 11(2), 22-32.

8. Ibragimov, N. N., Aliev, G. M., Abdinov, D. S., Mamedov, S. M., & Mekhtieva, S. I. (1970). Certain results of research on selenium. Soviet Physics Uspekhi, 12(6), 792.

9. ISO 15190:2003. Medical laboratories — Requirements for safety.

10. Reason J. Human error. — New York: Cambridge University Press, 1990. —316 p

11. CWA 15793:2008. Laboratory biorisk management standard.

12. ISO/IEC 51:1999. Safety aspects — Guidelines for their inclusion in standards.

13. . ISO/IEC Guide 73:2009. Risk management — Vocabulary — Guidelines for use in standards.

14. ISO 31000:2009. Risk management — Principles and guidelines.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.