Научная статья на тему 'GLOBAL IQLIM O`ZGARISHINING XORAZM VOHASIGA TASIRI'

GLOBAL IQLIM O`ZGARISHINING XORAZM VOHASIGA TASIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
118
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konvensiya / “Kioto protokoli” / issiqxona gazlari / antropogen ta'sir / tabiiy landshaftlar / landshaft komponentlari / cho’llashish / regional iqlim.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xojyazova D.Sh.

Maqolada bugungi kunda global iqlim o`zgarishlarining Xorazm vohasi iqlimi hamda tabiatiga, uning komponentlariga salbiy ta’siri yoritilgan bo’lib, ushbu muammolarni bartaraf qilishda jahon hamda respublikamiz miqyosda olib boriladigan va olib borilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar to’g’risida taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBAL IQLIM O`ZGARISHINING XORAZM VOHASIGA TASIRI»

УДК 911.2

Xojyazova D.Sh.

Urganch davlat universiteti "Geografiya"yo'nalishi 1-bosqich talabasi O'zbekiston Respublikasi

GLOBAL IQLIM O ZGARISHINING XORAZM VOHASIGA TASIRI

Antonatsiya. Maqolada bugungi kunda global iqlim o^zgarishlarining Xorazm vohasi iqlimi hamda tabiatiga, uning komponentlariga salbiy ta'siri yoritilgan bo'lib, ushbu muammolarni bartaraf qilishda jahon hamda respublikamiz miqyosda olib boriladigan va olib borilishi lozim bo 'lgan chora-tadbirlar to 'g'risida taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: konvensiya, "Kioto protokoli", issiqxona gazlari, antropogen ta'sir, tabiiy landshaftlar, landshaft komponentlari, cho'llashish, regional iqlim.

Khojyazova D.Sh. student of the 1st stage "Geography" course Urganch State University Republic of Uzbekistan

THE EFFECT OF GLOBAL CLIMATE CHANGE ON THE OASIS OF

KHORAZM

Abstract. The article describes the negative impact of global climate changes on the climate and nature of the Khorezm oasis, its components, and the measures that should be taken and should be taken to eliminate these problems at the global and national level. suggestions and recommendations are given.

Key words: convention, Kyoto Protocol, greenhouse gases, anthropogenic impact, natural landscapes, landscape components, desertification, regional climate.

Kirish. Sayyoramizda umumiy haroratning ko'tarilishi, atrof-muhitni ayniqsa atmosfera havosining ifloslanishi butun insoniyat qalbida xavotir uyg'otmoqda. Atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlarning miqdori shu qadar ko'pki, u nafaqat haroratning, balki sayyoramizning barcha mintaqalarida iqlimiy o'zgarishlarning salbiy oqibatlari va ayanchli holatlariga sabab bo'lmoqda. Iqlim o'zgarishi insoniyat faoliyatining bugungi kuni va bizning ertangi kunimiz bo'lgan kelajak avlodlarning hayot sifatiga salbiy ta'sir qilmoqda. Insoniyat oldida turgan bu murakkab muammo va vaziyatlar uzoq vaqtlardan beri chuqur muhokamalarga sabab bo'lmoqda.

Iqlim o'zgarishlari muammosining salbiy oqibatlarini yumshatish bo'yicha tezkor choralar ko'rilishi zarurligini e'tiborga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi 1993 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Iqlim o'zgarishi bo'yicha Doiraviy Konvensiyasi"ni, 1998 yil noyabrida esa "Kioto Protokoli"ni imzoladi. "Kioto Protokoli" O'zbekiston tomonidan imzolanganidan so'ng 1999 yil 20 avgustida ratifíkasiya qilindi.

Asosiy qism. Bugungi kundagi global muammo - antropogen ta'sir ostida iqlim o'zgarishining tabiiy landshaftlarga salbiy ta'siri yaqqol ko'zga tashlanadi, bu esa ilmiy yondashuv bilan chora-tadbirlar ko'rish zarurligini taqozo etadi.

Global iqlim o'zgarishlari, yani havo haroratining ko'tarilib borishi Orolbo yi, Qizilqum, shu jumladan Xorazm vohasida ekologik vaziyatning yanada keskinlashuviga olib kelmoqda. Bunga sabab qilib ushbu hududlarning cho'l zonasida joylashganligi hamda cho'llashish jarayoniga kuchli moyilligi bilan izohlash mumkin. Bu hududlarda ayniqsa suv taqchilligi muammosi eng dastlabki bo'y ko'rsatadigan jarayon bo'lib, ushbu hududlar aholisi yashash sharoiti, qishloq xo'jaligi hamda maishiy hayotiga keskin ta'sir ko'rsatadi. Iqlim o'zgarishi natijasida suv resurslari miqdori va ularning hosil bo'lish jarayoni yildan-yilga o'zgarib turadi.

Tadqiqiqotlar shuni ko'rsatadiki, global miqyosda havo haroratining isishi har 30 yillikda Yer shari kengliklarini 150-200 kilometr shimolga surilishiga olib keladi. Shu jarayonga bog'liq ravishda ushbu hudud tabiiy landshaft komponentlai ham o'zgarib borishi kuzatiladi [2].

Mana shunday ma'lumotlarni chuqur tahlil qilgan holda, bugun sayyoramizda yuz berayotgan iqlim o'zgarishlari bilan shug'ullanib kelayotgan mutaxassis-olimlar —issiqxona gazlarining miqdorini iqlim tizimiga xavfli antropogen almashuvining oldini oladigan darajada barqarorlashtirish maqsadiga etishish uchun nima qilish zarurligi haqida bosh qotirishmoqda [2].

Iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligiga ta'siri yerlar degradatsiyaga uchragan, cho'llashish kengayib borayotgan Xorazm vohasida yaqqol seziladi. Bundan tashqari, ko'plab daraxtlarni kesish, suv ifloslanishi, tabiiy landshaftlarni qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqa maqsadlarda o'zlashtirish jarayonida antropogen cho'llanish jarayonlari ham iqlim isishi muammosining ko'lamini yanada oshirib yuboradi.

Vohada iqlim o'zgarishi yozda yuqori harorat va kuchli shamollar mavjudligini kuchaytirib, inson salomatligi uchun zararli kimyoviy moddalar bilan zaharlangan chang bo'ronlarini olib yuradi, tuproq yuzasidan suvning bug'lanishini tezlashtiradi, qishloq xo'jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Mutaxassislar Xorazm vohasidagi iqlim o'zgarishlarini o'rganish natijasida bu hududda quyidagi salbiy oqibatlar yuzaga kelishini aniqladi. Ya'ni, yozgi haroratning maksimal o'sishi 43° C dan 53° C gacha ko'tarilgan, qishda esa o'rtacha harorat -27° C dan -32° C gacha pasayganligi kuzatilgan [1].

Xorazm vohasida o'rtacha yillik harorat 14,5°C, o'rtacha yillik yog'in miqdori 80 mm atrofida. Avvallari Orol dengizi to'lib turgan davrda ushbu havzada doimiy bug lanish kuzatilgan va u yerda namlik birmuncha yuqori bo'lgan, ya'ni hududda qulay regional mikroiqlim vujudga kelib, Xorazm vohasi iqlimi va tabiatiga ijobiy ta'sir ko'rsatib kelgan edi.

Ushbu muammolarni bartaraf qilish, oldini olish hamda kishilik jamiyatiga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida Ozbekiston Respublikasi 2016yil 19 aprel kuni "Parij bitimi"ga qo'shilgan. Ushbu Parij bitimida O'zbekistonga yuklatilgan majburiyatlar doirasida mamlakatda iqlim o'zgarishi masalalariga moslashish dasturini ishlab chiqish maqsadida maxsus loyihalar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, loyiha doirasidaga ilk tadbir Xorazm viloyatida o4kazildi. Mazkur loyiha BMT Taraqqiyot dasturi va Yashil iqlim jamg'armasi tomonidan moliyalashtirmoqda.

Iqlim o'zgarishining Xorazm vohasiga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida, birinchi navbatda hududni ko'kalamzorlashtirish, ya'ni daraxt ekish, shu jumladan Amudaryo suvini to'gri taqsimlash, sanoat korxonalaridan to'gri foydalanish kabi bir qancha chora-tadbirlar yig'indisini birvarakayiga qo'llash zarur.

Iqlim o'zgarishlari muammosi ustida bugungi kunda respublikamizdagi ko'plab mutaxassis olimlar tadqiqotlar olib borishmoqda. Jumladan, bu borada Xorazm vohasi olimlari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli izlanishlar ham diqqatga sazovor bo'lib, bu izlanishlar natijasida quyidagi tavsiyalar ilgari surilmoqda:

1. Iqlim o'zgarishi sharoitida ekinzorlarning mikroiqlimini maqbul ahvolga keltirish. Umuman, miqroiqlimni boshqarish;

2. Suvni tejovchi uslublarni keng qo'llanishi orqali cho'llanish jarayonini sekinlashtirish;

3. Tuproqning sho'rlanish sur'atini keskin darajada sekinlashtirish choralarini ko'rish;

4. Mahalliy daraxtlar yordamida degradatsiyalanuvchi yerlarda o'rmonchilikni tashkil qilish;

5. Tabiiy sovuqdan maqsadli foydalanish va boshqalar.

Albatta, olimlarimiz tomonidan taqdim qilinayotgan yuqoridagi tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish usullari ishlab chiqilgan bo'lib, ular bugungi kunda iqlim o'zgarishlarining salbiy oqibatlaridan himoyalanishda, qolaversa, qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirishga to'g'ri yondashishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, iqlim o'zgarishining fizik, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy oqibatlari majmuini yengish insoniyat kelajagini qay tarzda davom qildirishi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun, yuqoridagi taklif va tavsiyalardan kelib chiqib mahalliy, regional, mamlakatlararo qarorlar qabul qilish orqali ushbu dolzarb va yechimini kutayotgan muammoni bartaraf qilish kechiktirib bo'lmaydigan vazifamizdan biridir.

Shu jumladan, Xorazm vohasida tabiiy suv havzalari tizimini saqlash, biologik xilma-xillikni saqlash, biologik resurslarni tiklash, hayvonot va o'simlik dunyosini saqlash, sun'iy ko'llar yaratish hisobiga kichik mikroiqlimi qulay hududlar (vetlandlar) yaratish, eng ko'p suv talab qiladigan paxta va sholi ekin maydonlarini keskin qisqartirish orqali ushbu muammoga yechib toppish hamda vohada insonlar hayoti uchun qulay iqlim sharotini saqlab qolish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Akaboyev I.Z., Qarorov Z.R. Iqlim o'zgarishi natijasida yuzaga kelgan ayrim geoekologik muammolar. "Янги Узбекистонда география фани ва таълимидаги муаммолар" мавзусидаги республика илмий - амалий конференцияси материаллари, Жиззах - 2022, 431-433 betlar.

2. G'.Berdiyev, O.Tobirov, M.Madaminov O'zbekistonda global iqlim o'zgarishiga qarshi kurash. "Tabiiy fanlar: nazariya, ta'lim usullari va amaliyoti" Professor-o'qituvchilar, magistrlar va iqtidorli talabalarning ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalari to'plami, III son. Qo'qon - 2016, 36-39 betlar.

3. Холмуминов Ж.Т. Иклим узгаришининг кишлок хужалиги ривожланишига таъсири ва унинг окибатларини юмшатиш, иклим узгариши масалаларини хал килишга замонавий ёндашиш. Тошкент, 2018 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.