Научная статья на тему 'GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR'

GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

632
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR

E. Maxkamov -

Milliy g'oya: manaviyat asoslari va huquq talimi yo'nalishi talabasi Ilmiy rahbar: R.K.Xaytmetov

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xalqaro jamiyat e'tiborini Markaziy Osiyodagi eng og'riqli va surunkali muammolardan biri, ya'ni Orol va suv resurslaridan oqilona foydalanish masalasiga qaratdi. Hisob - kitoblariga ko'ra, 30 yildan so'ng dunyo aholisi uzoq davom etadigan yoki vaqtinchalik suv tanqisligini his etadi. Mazkur muammoni yechish uchun transchegaraviy suvlardan foydalanish borasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash zarur. Davlatimiz rahbari o'z nutqida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog'liq muammolarga to'xtalib, mintaqaning umumiy suv zaxiralaridan foydalanish masalasiga e'tibor qaratdi.

Ekologik inqiroz jamiyat va tabiat o'rtasidagi muvozanatning buzilishi ya'ni ona zaminimiz tabiati bundan buyon kishilik jamiyatining o'ziga nisbatan nooqilona munosabatini, beboshliklarini, tajovuzlarini ortiq kotara olmay qolishi oqibatidir. Endilikda butun bashariyat global ekologik inqirozga duch kelganini , nainki yirik mutafakirlar, fan namoyondalari, iqtisodiyot, madaniyat, siyosat arboblari, ziyolilar balki oddiy tafakkur egalari ham ayanch bilan tan olmoqda. Bugungi kun olimlari hatto «insoniyat atrof muhitga yetkazgan zararli ta'sirlar oqibatlarini bartaraf etish mumkin degan fikrni ilgari surish uchun hech qanday ilmiy asosga ega emasliklari, endilikda fan insoniyat sekin ishlaydigan qopqonga tushib qolgani aniqmi yoki bu qopqondan chiqish mumkinmi? Degan masala haqida fan aniq bir narsa deya olmasligi" kabi xulosalarni oldinga surmoqdalar.

Ochigini aytganda, endilikda olimlar nafaqat ekologik uyimizni balki "aqlli inson"ning o'zini ham yaqin o'n yilliklar mobaynida halok etadigan ekologik kollabs (so'nish) sodir bolishini bashorat qilmoqda. Hozirgi kunda butun dunyoda global muammoga aylangan atrof muhit ifloslanishi dunyoni tashvishga solmoqda. Atrof muhit ifloslanishi o'z-o'zidan sodir bolayotgani yo'q, bunga albatta inson omili sabab bo'lmoqda. Okeanlarga chiqarilayotgan million tonnalab chiqindi, kimyoviy moddalar suv va undagi jonzotlarga salbiy ta'sir korsatmoqda. Ichimlik suvi tanqisligini hisobga olsak suvga chiqariladigan chiqindi miqdori (yiliga 12 - 15 mln. tonna neft va neft mahsulotlari okeanga to'kilmoqda, plastik chiqindilarning miqdori ham undan kam emas) daxshatli darajadaligini payqash mumkin. Kimyoviy zavodlardan chiqayotgan zaxarli tutunlar, kimyoviy gazlar Azon qatlamini yemiradi. Natijada quyoshdan keladigan infra qizil, ultra binafsha nurlaridan tabiiy himoya yoqolib boradi. Natijada zararli nurlar yerdagi tirik organizmlarni zararlab

December 1

624

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ularning yo'qolishiga olib keladi. Hozirda koplab davlatlarda havoning ifloslanishidan insonlarning ichki organlari, nafas olish organlarida turli kasalliklar ko'paymoqda. Yaponiya hukumati poytaxt Tokio aholisini 2014 yilda zarurat bolmasa uyidan tashqariga chiqmaslik haqida ogohlantirgan.

«Rossiyaning tarixiy Sankt-Peterburgday shahrini tuzatib boTmas ekologik halokat kutayotgani haqida yozilgan bir axborot diqqatga sazovor: Peterburgdan o'ttiz kilometr narida joylashgan "Krasniy bor" rayonida kimyoviy chiqindilar juda to lib ketgani tufayli eng xavfli zaxarli ximikatlar yaqin orada Neva daryosiga toshib chiqishi xavfi borligi va bu masala deputatlar tomonidan muhokama etilishi kutilayotgani haqida xabar qilinadi. Vaholanki bunchalik mashhur boTmagan joylarda ahvol qandayligi haqida gapirmasa ham boTadi».

Agar biz tabiatni asrab uning tozaligi kimyoviy moddalardan zararlanishdan asrasak biz o'zimizni asragan bo'lamiz . Hozirgi rivojlanayotgan yurtimizda atrof muhit tozaligiga katta e'tibor bermoq lozim. Bungungi kunda global isish jarayoni sodir bo'lmoqda. Buning natijasida Antarktika muzlari shiddat bilan erimoqda, ayrim qifalarda iqlimning keskin o'zgarishi sodir bo'lmoqda, suv toshqinlari kuchaymoqda. Global isish sababi tabiatdan ayovsiz foydalanish, oxirini o'ylamasdan ish tutish, o'zimiz keltirayotgan zarlarni bila turib oldini olmaslik yoki to'xtatmaslikdir. Uning uchun biz shaharlarni jamoat transportlari bilan shunday ta'minlash kerakki natijada xususiy avtomobillar shahar ichida kamayishi kerak. Viloyatlardan keladigan avtomobillar avto turargohlarga qo'yilib yo'lovchilar shahar transportida o'z manzillariga borishi lozim. Avtomobillarni imkon qadar tez tabiatga zararsiz elektromobillarga almashtirish kerak. Tabiatga ko'p zarar yetkazuvchi zavodlarni zararsiz yoki kam zararli ishlash mexanizmini topish va rivojlantirish kerak.

Davrimizning yana bir muhim belgilaridan biri jahon iqtisodiyoti sur'atini belgilaydigan energiyani iste'mol qilish ko'lami muttasil kengayib borayotganligidir. Agar shu sur'atta jahon iqtisodiyoti davom etadigan bo'lsa, u vaqtda sanoat va xalq xo'jaligining energiyaga bo'lgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida yiliga 20 mlrd. tonna yoqilg'i talab qilinadi. Bu ko'rsatgich 2025-yilda 35 - 40 mlrd. XXI asr oxiriga borib, 80 - 85 mlrd. tonnani tashkil etishi taxmin etilmoqda».

Masalan, energetika sohasida yalpi quyosh panellariga o'tish (o'lkamiz quyoshli o'lka bundan foydalanish lozim), shamoldan energiya olishni ham keng ommalashtirish maqsadga muvofiq. Atrof muhit tozaligini yuqori darajada asrash uchun chiqindini qayta ishlash zavodlarini bunyod etish lozim. Atrof muhitni ifloslantirgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar bilan jazo belgilash lozim. Yurtimizda tabiiy ekologik muhitni yaxshilash uchun o'rmonzorlarni kengaytirish, o'zboshimchalik bilan daraxtlarni

kesilishiga , brokanerlikka yo'l qo'ymaslik lozim.

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

REFERENCES

1. Pirnazarov, S. A. (2022). BOSHLANG'ICH TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI SUZISHGA O'RGATISHDA TAJRIBA TEKSHIRISH. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 498-509.

2. Abdullayev, A. A., & Pirnazarov, S. A. (2022). MAKTAB YOSHGACHA BOLALARNING SUZISH SPORTIGA BO'LGAN MUNOSABATI. Academic research in educational sciences, 3(4), 306-310.

3. Sh. A. Pirnazarov, & Sh. X. Shamsiddinov (2022). CHANGE INDICATORS OF PHYSICAL PERFORMANCE YOUNG SWIMMERS UNDER INFLUENCE WIDE RANGEDIFFERENT TRAININGS MEANS. Academic research in educational sciences, 3 (12), 232-236.

4. Атамуратов, С. А. (1991). Национальное самосознание и интернациональное воспитание. Узбекистон.

5. Otamurodov, S. (2018). Globalization: responsibility to protect the nation.

6. Отамуротов, С. (2003). Узбекистонда маънавий-рухдй тикланиш. Т.: Янги аср авлоди, 263.

7. Отамуратов, С. (2005). Миллий ривожланиш фалсафаси. Т.: Академия.

8. Атамурадов, С. (1992). Национальная культура и национальное самосознание в процессе обновления общества. Т.,(Atamuradov S.(1992). National culture and national identity in the process of updating society, Vol.).

9. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

10. Otamurodov, S. (2004). O 'zbekning "men" i yohud o 'zlikni anglash mashaqqati. Fidokor, Toshkent, (35), 656.

11. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

12. Otamuratov, S., & Sultonov, A. (2020). Democratic paradoxes of civil processes and necessary of new national idea in Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1521-1526.

13. Otamurodov, S., & Husanov, S. (2001). Fundamentals of spirituality.

14. Отамуратов, С. С. (2022). ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИННОВАЦИОН ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 132136.

15. Sadullaevich, O. S. (2022). Factors Contributing to Stratification in the Youth Group. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY, 3(6), 88-96.

December 1

626

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

16. Otamuratov, S. (2021). The Role of Youth in Society. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(9), 38-43.

17. Otamuratov, S. (2022). NEEDS AND THEIR REFLECTION IN YOUTH LIFE. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 1040-

18. Otamurotov, S. S. (2021). THE ROLE OF YOUTH IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF THE SOCIAL STRUCTURE. (ЁШ4

48(10).

19. Yuldasheva, L. S., Khashimova, G. F., & Khosilova, A. A. (2020). THE CONCEPT OF TRUTH IN KANT AND HEGEL. Theoretical & Applied Science, (2), 451-454.

20. Юлдашева, Л. С., & Абдурахимова, Д. М. (2021). ЖАМИЯТДА ОДОБ-АДЛОК МЕЪЁРЛАРИНИ БУЗИЛИШИНИНГ ИЖТИМОИЙ ОМИЛЛАРИ. Журнал Социальных Исследований, 4(4).

1043.

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.