Научная статья на тему 'GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR –STRATEGIK QUROLLARDAN BIRIDIR'

GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR –STRATEGIK QUROLLARDAN BIRIDIR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Giyohvandlik / giyohvand / jamiyat / oila / g‘arb. / Drug addiction / drug addiction / Society / Family / West.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ruzmetov Baxtiyor Nazirboevich

Ushbu maqolada giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatga emas, balki borib-borib butun mamlakatning taraqqiyotiga pytip yetkazishi haqidagi huquqshunos olimlar fikrlari va takliflari o‘rganilib, muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES-ONE OF THE STRATEGIC WEAPONS

This article explores the opinions and suggestions of legal scholars that the negative consequences of drugs and Psychotropic Substances harm not only the individual or society, but the progress of the whole country by going and going, and developed recommendations by the author.

Текст научной работы на тему «GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR –STRATEGIK QUROLLARDAN BIRIDIR»

DRUGS AND PSYCHOTROPIC SUBSTANCES-ONE OF THE STRATEGIC WEAPONS Ruzmetov Bakhtiyar Nazirboevich

LISTENER OF THE SPECIALTY OF CRIMINAL LAW OF THE HIGHER SCHOOL OF JUDGES UNDER THE SUPREME COUNCIL OF JUDGES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN https://doi.org/10.5281/zenodo.11197835

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Accepted: 14th May 2024 Online: 15th May 2024

This article explores the opinions and suggestions of legal scholars that the negative consequences of drugs and Psychotropic Substances harm not only the individual or society, but the progress of the whole country by going and going, and developed recommendations by the author.

KEYWORDS

Drug addiction, drug addiction, Society, Family, West.

GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR - STRATEGIK

QUROLLARDAN BIRIDIR

Ruzmetov Baxtiyor Nazirboevich

O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi jinoyat

huquqi ixtisosligi yo'nalishi tinglovchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11197835

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 06th May 2024 Ushbu maqolada giyohvandlik vositalari va psixotrop

Accepted: 14th May 2024 moddalarning salbiy oqibatlari faqat shaxs yoki jamiyatga

Online: 15th May 2024 emas, balki borib-borib butun mamlakatning

Giyohvandlik - narkotik moddalarga o'rganib qolish, aniqrog'i, tabiiy yoki zaharli sintetik moddalarni vaqtincha yoki surunkasiga iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik tanada va ruhiyatda jiddiy o'zgarish yuz berishiga sabab bo'ladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi. Bu esa o'z navbatida, nafaqat giyohvandga, balki butun jamiyatga ko'plab zarar yetkazadi.

Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, o'zini tiya olmaydigan, o'tkir sezgilarni o'zida sinab ko'rishga qiziquvchan, ruhan zaif kishilar beriluvchan bo'ladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni iste'mol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taqlid va havas, oiladagi noxush sharoit hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qo'l ostida bo'lishi ham giyohvandlikka sabab bo'ladi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, O'zbekistonda giyohvandlik vositalari bilan bog'liq vaziyat doimo davlat va jamiyatning alohida e'tiborida bo'lib keladi. Hozirgi vaqtda davlat va jamoat tuzilmalari tomonidan giyohvandlik tahdidiga qarshi kurashishning yagona tizimini yaratish bo'yicha bir qator tashkiliy-huquqiy, profilaktik va iqtisodiy chora-tadbirlar amalga

KEYWORDS

taraqqiyotiga pytip yetkazishi haqidagi huquqshunos olimlar fikrlari va takliflari o'rganilib, muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Giyohvandlik, giyohvand,

jamiyat, oila, g'arb.

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

oshirilmoqda. Ushbu tizimda giyohvandlik vositalarining qonunga xilof ravishda muomala qilinishiga qarshi kurashishning asosiy yo'nalishlaridan biri huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan mazkur jinoyatlarni oldini olish va aniqlashdan iborat.

O'tkazilayotgan chora-tadbirlarga qaramay mazkur turdagi qonunbuzarlik yildan yilga oshib, turlari ko'payib bormoqda, masalan:

2020-yilda O'zbekiston Respublikasida tezkor-amaliy va tezkor profilaktik tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan 6032 ta jinoyat aniqlangan (2019-yilda - 5026, 20,01%) qayd etilgan. Ushbu ko'rsatgich mamlakatimizga chegaradosh davlatlarda quyidagicha ko'rinishga ega:

Qozog'iston Respublikasida 7808 ta jinoyat aniqlangan (2019-yilda - 7016; 11,2% ga oshgan); Tojikiston Respublikasida 700 (2019-yilda - 574; 21,95% ga oshgan) oshganligini;

Qirg'iziston Respublikasida esa 795 (2019-yilda - 999; 20,42% ga kamaygan) pasayishni kuzatish mumkin.

Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasida besh yillik statistik ma'lumotlarni (2016-2020-yillar) hisobga olgan holda giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlar: kontrabanda 29,9 %ga, giyohvandlik vositalaridan iborat o'simliklarni yetishtirish 1,1 % ga, ularni qonunga xilof ravishda tayyorlash va boshqa harakatlar 26 % ga oshgan. Ushbu sohada yoshlarning 33,2 % ga, tibbiyot xodimlari va chet el fuqarolarining jinoyatchiligi 2 barobarga oshgan[1].

Mamlakat suvereniteti uchun yana bir xatar shundaki, giyohvandlikka ruju qo'ygan kimsalar bu "qimmatbaho" matohni muntazam xarid qilib turish uchun doimo pulga muhtoj bo'ladi. Buning uchun ular nafaqat vatanini, balki iymonini ham arzon-garov sotib yuborishga tayyor bo'ladi. Ularning bu xususiyatlarini yaxshi biladigan ba'zi xizmatlar ulardan josus sifatida foydalanadi. Bu esa har qanday davlat uchun katta falokatdir.

Giyohvandlikning yoshlar o'rtasida tarqalishi katta yoshdagilar o'rtasida tarqalishidan-da xatarli. Yoshlardan birining giyohvandlikka berilishi bevosita u mansub bo'lgan oilaga juda katta zararlar keltiradi, buni asosan quyidagilarda ko'rish mumkin: jamiyat va oila o'rtasida uzilishlar bo'lishi; er-xotin munosabatlari buzilishi; kasalliklarning ko'payishi; qashshoqlashuv; nogiron farzand tug'ilishi; farzandlar tarbiyasining izdan chiqishi; bu illatni farzandlariga ham o'rgatishi; insoniy fazilatlarning yo'qolishi va tubanlashuv;

oilalarning buzilishi va farzandlarning yetim bo'lishi kabi ko'plab holatlar. Giyohvandlikka qarshi kurashish barchamizning oldimizda turgan bosh vazifadan biridir: giyohvandlik bilan shug'ullangan barcha tashkilot va uyushmalar kuchi birlashtirilsa; yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularni ish bilan ta'minlash muammosi hal etilsa,

ommaviy axborot vositalarida giyohvandlikning oqibati va zararlari haqida doimo axborot-targ'ibot ishlari olib borilsa;

maktab va mahallalar hamkorligi yaxshi yo'lga qo'yilsa;

jamiyatning barcha jabhalarida jipslashib harakat qilsa, bu illatga qarshi kurashish bundan-da samarali bo'ladi.

Sh Suyunov va B Jabborovlar fikricha, giyohvand moddalarning tabiiy va sintetik turlari mavjud bo'lib, bulardan eng ashaddiysi geroin hisoblanadi. Giyohvand moddalar organizmga quyidagi yo'llar orqali qabul qilinadi:

hidlash;

ichish;

inyeksiya orqali.

Giyohvand moddalarning eng og'ir turi geroin hisoblanib, uning bir martalik inyeksiyasidan so'ng o'smir dardi-bedavo giyohvandlik yoki bangilik xastaligiga mubtalo bo'lib qoladi.

Giyohvandlik bosqichlari:

Birinchi bosqich - adaptatsiya (moslashuv) bosqichi. Bunda organizmning himoya reaksiyalari yo'qolib boradi va ruhiy bog'lanish vujudga keladi.

Ikkinchi bosqich - surunkali kechuvchi bosqich. Bunda to'la jismoniy bog'lanish tarkib topadi va narkotik moddalar ta'siri ostida psixozlar paydo bo'ladi.

Uchinchi bosqich - kechki bosqich. Bemorning butun organizm funksiyalari pasayadi va jismoniy, nevrologik buzilishlarga olib keladi, hatto aqlipastlik ham kelib chiqadi[2].

Xo'sh, ushbu huquqbuzarlikning asl kelib chiqish sababi nimada , ularning oldini olish mumkinmi? Degan savollar tug'ilishi tabiiy albatta Nazarimizda, ushbu huquqbuzarliklarning bosh omili quyidagilarda namoyon bo'ladi: misol uchun ushbu rasmga nazar tashlang, siz bu

kafolatlanmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi «Ma'muriy javobgarlik to'g'risida»gi kodeksining 6.13-moddasiga ko'ra narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar, narkotik o'simliklar reklamasi uchun 400 mingdan -500 ming rublgacha (5.480.000-6.850.000 so'm), yon qo'shnimiz Qozog'istonda esa 400.000 tenge (9.100.000 so'm) miqdorda jarimaga sabab bo'ladi.

N.T.Abdullayevning izlanishlari natijasida, Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar va inson ruhiyatiga kuchli ta'sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash muammolariga yechim topish orqali mazkur tizimning samaradorligini oshirish maqsadida, quyidagilar taklif etiladi: 1) ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 56-moddasiga o'zgartish va qo'shimcha kiritish hamda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, kuchli ta'sir qiluvchi dori

kiyimlarni har kuni ko'chalarda, bozorlarda ko'rgansiz. Ehtimol kiyib ham yurgandirsiz. Bu narkobaronlar buyurtmasi, mashhur dizaynerlarning innovatsion targ'ibot mahsuli. Bugun aynan shu bilan chetdan turib marixuana barglarini xohlagan usulda targ'ib etmoqda. Ishonmasangiz, Google yoki Yandex xalqaro qidiruv portaliga murojaat qiling. Ushbu reklamalarni huquqbuzarlikni kelib chiqishini birinchi omili deyish mumkin. Ushbu reklamalarni oldini olish borasida dunyoda giyohvandlikni yashirin targ'ib etuvchi maxfiy axborot xurujlariga qarshi kurashning huquqiy asoslari

EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

vositalarini reklama qilish uchun ma'muriy javobgarlikni joriy qilish bo'yicha yangi moddani kiritish;

2) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun ishlatish mumkin bo'lgan dori vositalarining yangilanib turiladigan to'liq ro'yxatini ishlab chiqish, tasdiqlash va o'zgartirish kiritish mexanizmini joriy etish;

3) informatsion texnologiyalardan foydalangan holda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun ishlatish mumkin bo'lgan dori vositalarini O'zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish, saqlash va o'tkazish faoliyatini monitoring qilishning uzluksiz tartibini joriy qilish;

4) ichki ishlar organlarining amaldagi shtat birliklari doirasida Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo'linmalari tuzilmasida psixotrop va kuchli ta'sir ko'rsatish.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g'ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o'rganishga sarflashi kerak bo'lgan bir paytda, o'smirlarni aldov yo'li bilan giyohvandlik qurboniga aylantirayotgan kimsalar ozmi? Qanchadan-qancha oilalarning yostig'ini quritayotgan giyohvandlikka qarshi har bir inson o'zi kurashmog'i, tashqi ta'sirlardan himoyalanmog'i lozim. Voyaga yetayotgan farzandlarimiz o'tmishi qadim, tuprog'i oltin, osmoni musaffo O'zbekistonning kelajak vorislaridir. Ularni mana shunday sog'lom muhitda, ezgu tushunchalarni yuraklariga joylab voyaga yetkazaylikki, hech qanaqa tashqi salbiy xurujlar va qora illatlar o'pqoni ularni o'ziga jalb qila olmasin.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Maxsus qismi XIX bob.

2. Abdullayev N. T. Giyohvandlik vositalari bilan qonunga hilof ravishda muomala qilish jinoyatlarini tergov qilishda tintuv va boshqa tergov harakatlarining ahamiyati //Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali. - 2022. - T. 1. - №. 3. - S. 18-22.

3. Suyunov Sh., Jabborov B. Giyohvandlik vositalari yoki psixtrop moddalarga qarshi kurashishda tergov organlarining o'rni //Models and methods in modern science. - 2024. - T.

3. - №. 6. - S. 11-21.

4. Kym6o;oB, ffl., & CaMagoB, M. (2023). Xy;yK;6y3ap.flHK.flap npo$H.flaKTHKacHHH aMa^ra omHpyBHH hhkh Hm^ap opraH^apH TOMOHHgaH Ma^MypHH ^y;y;6y3ap^HK^ap TyFpHCHgarH Hm^apHH ropHTHmga MaB^yg MyaMMo^ap Ba y^apHHHr e^HMH. Solution of social problems in management and economy, 2(13), 95-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.