Научная статья на тему 'GEOGRAFIYA FANINING O’QITISH MUAMMOLARI'

GEOGRAFIYA FANINING O’QITISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
381
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
darslik / terminlar / mintaqah / mustaqil oʼrganish / xarita / topografik xarita.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Gulshoda Sattorovna Husenova

Ushbu maqolada geografiya fanini o’qitishda uchraydigan asosiy muammolar va ularning bartaraf etish usullari haqida fikrlar berilgan. Geografiya fanining sinflar asosida muammoli o’qitilishi tushuntirib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA FANINING O’QITISH MUAMMOLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

GEOGRAFIYA FANINING O'QITISH MUAMMOLARI

Gulshoda Sattorovna Husenova

Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 256-maktab geografiya fani o'qituvchisi

Ushbu maqolada geografiya fanini o'qitishda uchraydigan asosiy muammolar va ularning bartaraf etish usullari haqida fikrlar berilgan. Geografiya fanining sinflar asosida muammoli o'qitilishi tushuntirib berilgan.

Kalit so'zlar: darslik, terminlar, mintaqah, mustaqil o'rganish, xarita, topografik

xarita.

Hozirgi kunda geografiya darslarini tashkil etishda bir qancha ta'lim metodlaridan foydalanishga to'g'ri keladi. Darsning barcha bosqichlarida darslik bilan muntazam ishlash - mustahkam bilim, ko'nikma hosil qilish bilan birgalikda, o'quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O'quvchilarni kitobdan foydalanishga o'rgatish maktab geografiyasi oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan biridir. Darslik o'quvchilar uchun asosiy qo'llanma, ular oladigan bilimlarning eng muxim manbaidir. Sinfda darslik bilan ishlash usullari turlicha bo'lib, ulardan biri matn bilan ishlash va yangi bilim olishdir. Darslik matni bilan ishlashda izohli o'qishdan boshlash ma'qul izohli o'qish 5 va 6 sinflarda o'quv yilining boshlaridanoq boshlanadi. Matnning ma'lum qismi o'qilgach, o'quvchi uning mazmunini o'z so'zi bilan ifodalab berishi kerak. O'qituvchi matnda uchragan qiyin iboralar va yangi terminlarga izoh berib, geografik ob'ektlarni xaritadan ko'rsatadi.

Darslik bilan ishlashning yana bir usuli darslikning ayrim mavzulariga reja tuzishdir. Bunda o'quvchilar tegishli matnni o'qib chiqqach, uni qismlarga bo'ladilar, eng muhimlarini ajratadilar, ajratilgan qismlarga kichik mavzular belgilaydilar.

O'quvchilar darslkkdagi ayrim mavzularga reja tuzib bo'lgach, uning mazmunini punktlar bo'yicha bayon etadilar. O'quvchilar bunday jadvallarni to'ldirishlari uchun faqat darslik matnini anglash va tushunishlari kifoya qilmaydi, ular ilgari olgan bilimlarni esga olishlari kerak. Darslikdagi rasmlar bilan ishlashning ahamiyati katta. Ba'zi rasmlar o'qituvchi tomonidan oldindan tuzilgan savollar asosida tahlil qilinadi. Masalan, «Yevrosiyoning ekvatorial o'rmoni» rasmini tahlil qilinayotganda quyidagi savollar berilishi mumkin: ekvatorial o'rmonlari o'simliklarining xususiyatlari nimalardan iborat? O'rmonlar nima uchun bunchalik quyuq va xilma xil? Ekvatorial o'rmonlar o'rtacha mintaqaning qaysi tabiat zonasiga o'xshaydi? Bu rasmda yilning qaysi fasli tasvirlangan? O'qituvchi o'quvchilarni darslikda berilgan raqamli

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ma'lumotlar bilan ishlashga o'rgatishi lozim. Bu ma'lumotlardan geografik ob'ektlar, o'lkalar va tabiiy geografik tayyorlarni ta'riflashda foydalaniladi. Masalan, 6-sinfda o'quvchilarga yer sharidagi yirik daryolar uzunligini ko'rsatuvchi diagramma, 7-sinfda materiklar kattaligini tasvirlovchi diagramma va 8-sinfda yil davomida biron joyning yog'in miqdorining o'zgarishini ko'rsatuvchi diagramma yoki havo temperaturasini ko'rsatuvchi grafik chizishni topshiriq tariqasida berish mumkin.

Yangi materialni darslikdan mustaqil o'rganish ham mumkin. Tanlangan mavzuni mustaqil o'rganishdan avval o'qituvchi o'zining kirish so'zida dars mavzusining mazmuni bilan qisqacha tanishtiradi va tegishli mavzuni mustaqil o'rganish uchun o'quvchilarga topshiradi. Tanlangan mavzu aniq, o'quvchilarga tushunarli bo'lishi kerak. O'qituvchi o'quvchilarning javob tayyorlashi lozim bo'lgan savollarni sinf doskasiga yozib qo'yadi. O'quvchilar taxminan 15 minut davomida darslik matnini o'qib savollarga javob tayyorlaydilar. O'qituvchi o'quvchilarning javobini qo'shimcha ma'lumotlar bilan to'ldiradi, oxirida o'qituvchi javoblarni umumlashtirib tegishli xulosalar chiqaradi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash darslik bilan ishlashdan tashqari, o'quvchilarni qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlashga qiziqtirish, undan za rur geografik ma'lumotlarni topa olishga o'rgatish lozim.

Xarita — geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir o'quvchi xaritaii o'qiy olishi lozim. Agar o'quvchi xaritaga qarab hali o'rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog'larning balandligi va yo'nalishini aniqlay olsa, ma'lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta'riflay olsa, bu o'quvchi xaritani biladi, deyish mumkin.

Xaritadan to'g'ri foydalana olishni o'rganish uchun geografiya o'qituvchisi o'quvchilarni har qaysi yangi xarita bilan mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim: xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirishi; o'quvchilar e'tiborini xarita masshtabiga jalb etishi; xaritadagi joyni ko'z bilan chamalab o'lchay olishlari uchun «o'lchov» sifatida xizmat qiladigan «mo'ljal»larni ko'rsatib o'tishi (masalan, Qora dengiz, Kaspiy dengizi va Saxalin orolining bo'yi 1000 km. Baykal va Tanganika ko'llarining bo'yi 600 km); xarita proektsiyasining xususiyatini ko'rsatib o'tishi lozim. Bundan tashqari, o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini gradus to'rining holati, meridian va parallellarining qanday o'tkazilganligiga, kenglik va uzunlikni belgilangan o'rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralarga jalb qilishi lozim. Globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini ko'rsatib o'tishi kerak.

Xaritani o'qish ko'nikmasi geografiyaning barcha kurslari davomida geografik materiallarni o'rganish bilan birga shakllanadi. Xaritani maxsus mashqlar yordamida ham, geografik materialni o'rganish prosessida ham o'qishga o'rgatib boriladi. Xaritani

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

o'qishdan avval xaritani tushunish kerak. Xaritani tushunish uchun esa xaritaning «alifbosi»ni bilish zarur. Ammo o'quvchiga xarita alifbosi o'rgatilsayu, xaritani o'qishga oid mashqlar o'tkazilmasa, u samarali natija bermaydi. O'zbek tilida o'qitiladigan maktablardagi asosiy o'quv xaritalari rus tilidadir. Binobarin, xaritada ko'p uchraydigai geografik termin va iboralarning ma'nosini — tarjimasini o'quvchilarga aytib tushuntirib berish kerak. O'quvchilarga geografik terminlariing ruscha-o'zbekcha lug'atini tuzdirib borish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlar uchun darsda sarf etilgan 2—3 minut vaqt, o'quvchilarning 10—15 minut vaqtini tejaydi.

Xaritani o'qish malakasini egallash uchun avvalo uning shartli belgilarini bilish zarur. O'quvchilar joydagi predmetlarii rejada tasavvur qila olishlari kerak. Agar o'quvchilar ko'z bilan chamalab reja olishda bevosita ishtirok etgan va uni tushunib etgan bo'lsalargina topografik xaritaning shartli belgilarini, qolaversa, boshqa geografik xaritalarni yaxshi tasavvur eta oladilar.

Xaritani o'qiy olish avvalo oddiy tarzda bo'lib, bora-bora murakkablashtirilib boriladi. 6- sinf o'quvchilari oddiy savollarga javob berishlari mumkin. Masalan, O'zbekistonda relefning qanday shakllari uchraydi, degan savolga, o'quvchilar xaritaga qarab, O'zbekistondagi muhim tor va pasttekisliklarni ko'rsatib berish bilan kifoyalanadilar. Bunday ish 7-sinfda ancha murakkablasha boradi. Xaritani o'qish murakkablashgan sayin o'quvchilarning bilimi ham chuqurlashib boradi. Masalan, Markaziy Osiyo yer yuzasini qanday tasvirlash mumkin? Markaziy Osiyoning g'arbida relefning qanday shaklini ko'rish mumkin? Pomirdan shimol va sharqda qanday tog' tizmalari joylashgan? Pomirdan sharqda, u bilan deyarli bir kenglikda qanday tog' joylashgan, uning nomi nima? Tibetni janubdan kanday tog'lar o'rab turadi? Uning balandligini aniqlang. Himolay tog'lari qaysi yo'nalishda joylashgan va uning uzunligini aniqlang va h.k.

1. Abdullaev I.X.va bq. Tabiiy g geografik jarayonlar. Uslubiy qo'llanma. TDPU,

2. Abdullaev I.X.va bq. Geografik-ekologik ekspertiza asoslari. Uslubiy qo'llanma. TDPU, 2016 .

3. Rafiqov A. A. Amaliy geografiya. -T.: — Sharq, 2007.

4. Okhunov, M., & Minamatov, Y. (2021). Application of Innovative Projects in Information Systems. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 167-168.

5. Minamatov, Y. E. U. (2021). APPLICATION OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGY IN TECHNOLOGY. Scientific progress, 2(8), 911-913.

Foydalanilayotgan adabiyotlar:

2016

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

6. Minamatov, Y. E. O. G. L., & Nasirdinova, M. H. Q. (2022). APPLICATION OF ICT IN EDUCATION AND TEACHING TECHNOLOGIES. Scientific progress, 3(4), 738-740.

7. Минаматов, Ю. (2021). УМНЫЕ УСТРОЙСТВА И ПРОЦЕССЫ В ИХ ПРАКТИЧЕСКОЙ ЭКСПЛУАТАЦИИ. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 875-879.

8. Avazjon o'g'li V. D., Esonali o'g'li M. Y. Use and Importance of Three-Dimensional Images in Fields //Journal of Ethics and Diversity in International Communication. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 1-4.

9. G'ofurovich, T. X. A., & Esonali o'g'li, M. Y. (2022). Computer Using Dynamic System Modelling Environments. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(2), 9-13.

10.Avazjon o'g'li V. D., Esonali o'g'li M. Y. Prospects for the Development of the 3D Modeling Process //Texas Journal of Engineering and Technology. - 2022. - Т. 7. -С. 78-79.

11.Korolkov A.N., & Mamadalieva L.K. (2022). Methodology for Conducting Practical Exercises to Study the Simulation System 3DS Max 2020. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 80-86. Retrieved from https : //zienj ournals.com/index.php/tj et/article/view/1497

12.Mamadalieva, L. K., & Minamatov, Y. E. (2021). High Efficiency of a Photoelectric Converter in a Combined Design with a Thermoelectric Converter. Middle European Scientific Bulletin, 19, 178-186.

13.Kamiljanovna, M. L. (2021). Analysis of the Results of the Study of the Thermoelectric Part of the Source Sensor. Middle European Scientific Bulletin, 19, 191-196.

14.Mamadaliyeva Lola Komiljonovna, & Minamatov Yusupali Esonali o'g'li. (2022). Adjuster Synthesizing for the Heat Process with Matlab. Texas Journal of Engineering and Technology, 7, 63-66. Retrieved from https : //zienj ournals.com/index.php/tj et/article/view/1492

15.Kamiljanovna, M. L., & Gofurovich, T. A. (2021). Technology for Manufacturing Working Substances for Thermoelements Branches and Determination of their Thermoelectric Characteristics. Middle European Scientific Bulletin, 19, 365-370.

16. Abdurasulovich, N. M. (2022). O 'ZBEKISTONDA TERMOELEKTRIK GENERATORLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 269-273.

17.Okhunov Dilshod Mamatzhonovich, Okhunov Mamatjon Khamidovich, & Minamatov Yusupali Esonali o'g'li. (2022). DIGITAL ECONOMY: ESSENCE,

434

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

FEATURES AND STAGES OF DEVELOPMENT. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(04), 355-359. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/MFNWD

18.Охунов, Д. М., & Охунов, М. Х. (2018). РАЗРАБОТКА МОДЕЛИ ВЫБОРА АВТОМАТИЗИРУЕМЫХ ОБЪЕКТОВ ДЛЯ РЕАЛИЗАЦИИ ПРОЦЕССОВ УПРАВЛЕНИЯ РАБОТАМИ ПО СОЗДАНИЮ И РАЗВИТИЮ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ. САПР и моделирование в современной электронике, 147-150.

19.Kamiljanovna, M. L., & Gofurovich, T. A. (2021). Technology for Manufacturing Working Substances for Thermoelements Branches and Determination of their Thermoelectric Characteristics. Middle European Scientific Bulletin, 19, 365-370.

20.Зокиров, С. И. У., & Норбутаев, М. А. (2021). СОЛНЕЧНЫЙ ТРЕКЕР ДЛЯ ФОТОТЕРМОГЕНЕРАТОРА СЕЛЕКТИВНОГО ИЗЛУЧЕНИЯ. Universum: технические науки, (4-5 (85)), 9-13.

21.Каримов, Ж. Х. (2021). ПРОЦЕДУРЫ ОПТИМИЗАЦИИ ГЛОБАЛЬНЫХ ЦЕЛЕЙ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ МНОГОСТАДИЙНЫМИ ПРОЦЕССАМИ. Universum: технические науки, (11-1 (92)), 48-52.

22.Olimova, O. S. (2022). Method of using radio-electronic equipment diagnostics durable systems and devices for localization of defective elements. Indonesian Journal of Public Policy Review, 18.

23.Pisetskiy, Y. V., Dusmatov, S. S., & Olimova, O. S. (2018). ADVANTAGES AND PECULIARITIES OF USING FIBER-OPTIC COMMUNICATION LINES. Scientific-technical journal, 1(2), 165-168.

24.Okhunov, D., Okhunov, M., & Akbarova, M. (2019). Method of calculation of system reliability on the basis of construction of the logical function of the system. In E3S Web of Conferences (Vol. 139, p. 01033). EDP Sciences.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.