Научная статья на тему 'GENDER YONDASHUV ASOSIDA BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MADANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH'

GENDER YONDASHUV ASOSIDA BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MADANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender yondashuv / ijtimoiy madaniy kompetentlik / ta'lim / bitiruvchi sinf / stereotiplar / madaniyatlararo muloqot. / гендерный подход / социокультурная компетентность / образование / выпускной класс / стереотипы / межкультурная коммуникация.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — H.Q. Karimov

mazkur maqolada gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish masalasi o‘rganiladi. Gender tengligi ta’lim jarayonida muhim omil bo‘lib, o‘quvchilarning jamiyatga moslashuvi va madaniy xilmaxillikni qabul qilish qobiliyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada o‘quvchilarni gender stereotiplaridan xoli holda o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotga tayyorlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gender yondashuvni inobatga olish bitiruvchi sinf o‘quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN GRADUATE CLASS STUDENTS BASED ON GENDER APPROACH

в данной статье рассматривается вопрос формирования социокультурной компетентности у учащихся выпускного класса на основе гендерного подхода. Гендерное равенство является важным фактором образовательного процесса и играет важную роль в повышении способности учащихся адаптироваться к обществу и принимать культурное разнообразие. В статье рассматриваются способы самопознания студентов, развития социальных навыков и подготовки к межкультурному общению без гендерных стереотипов. По результатам исследования учет гендерного подхода существенно повышает уровень социокультурной компетентности учащихся выпускного класса.

Текст научной работы на тему «GENDER YONDASHUV ASOSIDA BITIRUVCHI SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY MADANIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© H.Q. Karimov1H_

1Urganch davlat universiteti, Urganch, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish masalasi o'rganiladi. Gender tengligi ta'lim jarayonida muhim omil bo'lib, o'quvchilarning jamiyatga moslashuvi va madaniy xilma-xillikni qabul qilish qobiliyatini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada o'quvchilarni gender stereotiplaridan xoli holda o'z-o'zini anglash, ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda madaniyatlararo muloqotga tayyorlash yo'llari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, gender yondashuvni inobatga olish bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlik darajasini sezilarli darajada oshiradi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi — gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish jarayonlarini o'rganish va tahlil qilishdir. Tadqiqotda gender tengligi tamoyillarini ta'lim jarayonida samarali qo'llash orq ali o'quvchilarning madaniyatlararo muloqotga tayyorligini oshirish, ijtimoiy va madaniy ko'nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bitiruvchi sinf o'quvchilarini gender stereotiplaridan ozod etish va ularni teng huquqli ijtimoiy subyektlar sifatida shakllantirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish ham ushbu tadqiqotning asosiy maqsadlaridan biridir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqotda gender yondashuv asosida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish jarayonlarini o'rganish uchun sifatli va miqdoriy tadqiqot usullari qo'llanildi. Sifatli tadqiqotlar doirasida o'qituvchilar, psixologlar va ijtimoiy fanlar mutaxassislari bilan intervyular o'tkazildi, shuningdek, o'quvchilarning gender tengligi va ijtimoiy madaniy ko'nikmalariga oid amaliy mashg'ulotlar kuzatildi. Miqdoriy tadqiqot usullarida esa so'rovnomalar yordamida bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida ijtimoiy madaniy kompetentlik darajasi, gender stereotiplarning ta'siri va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik holati baholandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari gender yondashuvining bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. O'quvchilarning gender tenglikka asoslangan tarbiyalanishi ularning madaniyatlararo muloqotga ochiqligini oshirish, jamiyatda faol va mas'uliyatli fuqarolar bo'lishiga yordam beradi.

XULOSA: mazkur tadqiqot gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirishning dolzarb ekanligini ko'rsatdi. Gender

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tenglik tamoyillarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish o'quvchilarning stereotiplardan xoli bo'lishiga, madaniyatlararo muloqotga ochiqlikni oshirishga va jamiyatda teng huquqli fuqarolar sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shadi.

Kalit so'zlar: gender yondashuv, ijtimoiy madaniy kompetentlik, ta'lim, bitiruvchi sinf, stereotiplar, madaniyatlararo muloqot.

Iqtibos uchun: Karimov H.Q. Gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish. // Inter education & global study. 2024. №8. B.283-289.

ФОРМИРОВАНИЕ СОЦИОКУЛЬТУРНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У

СТАЛШИСТНИКОВ НА ОСНОВЕ ГЕНДЕРНОГО ПОДХОДА_

© Х.К. Каримов 1И

1Ургенчский государственный университет, Ургенч, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается вопрос формирования социокультурной компетентности у учащихся выпускного класса на основе гендерного подхода. Гендерное равенство является важным фактором образовательного процесса и играет важную роль в повышении способности учащихся адаптироваться к обществу и принимать культурное разнообразие. В статье рассматриваются способы самопознания студентов, развития социальных навыков и подготовки к межкультурному общению без гендерных стереотипов. По результатам исследования учет гендерного подхода существенно повышает уровень социокультурной компетентности учащихся выпускного класса.

ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение и анализ процессов формирования социокультурной компетентности у учащихся выпускного класса на основе гендерного подхода. В исследовании рассматриваются возможности повышения готовности студентов к межкультурному общению и развития их социальных и культурных навыков путем эффективного применения принципов гендерного равенства в образовательном процессе. Также одной из основных целей данного исследования является разработка научно-методических рекомендаций по освобождению учащихся выпускного класса от гендерных стереотипов и формированию их как равноправных социальных субъектов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании были использованы качественные и количественные методы исследования для изучения процессов формирования социокультурной компетентности на основе гендерного подхода. В рамках качественного исследования были проведены интервью с преподавателями, психологами и обществоведами, а также наблюдались практические занятия по гендерному равенству и социокультурным навыкам студентов. При количественных методах исследования у студентов выпускного класса с помощью анкетирования оценивались уровень социокультурной компетентности, влияние гендерных стереотипов и состояние готовности к межкультурной коммуникации.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования подтверждают важность гендерного подхода в формировании социокультурной компетентности учащихся выпускного класса. Обучение студентов на основе гендерного равенства помогает повысить их открытость к межкультурному общению, стать активными и ответственными гражданами общества.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование показало актуальность формирования социокультурной компетентности у учащихся выпускного класса на основе гендерного подхода. Интеграция принципов гендерного равенства в образовательный процесс вносит большой вклад в освобождение учащихся от стереотипов, повышение открытости к межкультурному общению и формирование их как равноправных граждан в обществе.

Ключевые слова: гендерный подход, социокультурная компетентность, образование, выпускной класс, стереотипы, межкультурная коммуникация.

Для цитирования: Каримов Х.К. формирование социокультурной компетентности у сталшистников на основе гендерного подхода. // Inter education & global study. 2024. №8. С. 283-289.

FORMATION OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN GRADUATE CLASS

STUDENTS BASED ON GENDER APPROACH_

© Habibulla Q. Karimov

1Urganch State University, Urganch, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article examines the issue of forming social and cultural competence among students of the graduating class based on the gender approach. Gender equality is an important factor in the educational process and plays an important role in increasing students' ability to adapt to society and accept cultural diversity. The article considers the ways of self-awareness of students, development of social skills and preparation for intercultural communication without gender stereotypes. According to the results of the research, taking into account the gender approach significantly increases the level of social and cultural competence in the students of the graduating class.

AIM: the purpose of this study is to study and analyze the processes of formation of social and cultural competence among students of the graduating class based on the gender approach. The research examines the possibilities of increasing students' readiness for intercultural communication and developing their social and cultural skills by effectively applying the principles of gender equality in the educational process. Also, one of the main goals of this study is to develop scientific and methodological recommendations for freeing the students of the graduating class from gender stereotypes and forming them as equal social subjects.

MATERIALS AND METHODS: in this study, qualitative and quantitative research methods were used to study the processes of formation of social and cultural competence

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

based on the gender approach. As part of qualitative research, interviews were conducted with teachers, psychologists, and social science experts, and practical training on gender equality and sociocultural skills of students was observed. In quantitative research methods, the level of social and cultural competence, the influence of gender stereotypes and the state of readiness for intercultural communication were evaluated among the students of the graduating class using questionnaires.

DISCUSSION AND RESULTS: the results of the study confirm the importance of the gender approach in the formation of social and cultural competence in students of the graduating class. Education of students based on gender equality helps to increase their openness to intercultural communication, to become active and responsible citizens in society.

CONCLUSION: this study showed that it is relevant to form social and cultural competence in the students of the graduating class based on the gender approach. Integrating the principles of gender equality into the educational process makes a great contribution to freeing students from stereotypes, increasing openness to intercultural communication and forming them as equal citizens in society.

Key words: gender approach, sociocultural competence, education, graduating class, stereotypes, intercultural communication.

Zamonaviy ta'lim jarayonida gender tengligi va ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Globalizatsiya sharoitida o'quvchilarning nafaqat akademik bilimlari, balki ularning ijtimoiy-madaniy ko'nikmalari ham rivojlanishi zarur. Bu, jamiyatdagi turli madaniy, etnik va gender xilma-xilligini tushunish va qabul qilish qobiliyatini shakllantiradi. Ta'lim tizimida gender yondashuv o'quvchilarda teng imkoniyatlarni ta'minlash va stereotiplarni bartaraf etishga yordam beradi.

Bitiruvchi sinf o'quvchilari, maktabni yakunlash arafasida turli ijtimoiy rollarni bajarishga tayyorlanmoqda. Shu sababli ularni gender tengligi asosida tayyorlash, kelajakda ijtimoiy va madaniy jihatdan faol fuqarolar bo'lishlariga hissa qo'shadi. Ushbu maqolada, gender yondashuv orqali ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi va bu borada ta'lim jarayonida qanday usullardan foydalanish mumkinligi ko'rib chiqiladi. Gender tengligi asosida shakllangan ijtimoiy madaniy kompetentlik o'quvchilarning madaniyatlararo muloqotga, to'g'ri ijtimoiy munosabatlarni o'rnatishga va global jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyorlanishlariga imkon yaratadi. Ushbu tadqiqotda gender yondashuv asosida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish jarayonlarini o'rganish uchun sifatli va miqdoriy tadqiqot usullari qo'llanildi. Sifatli tadqiqotlar doirasida o'qituvchilar, psixologlar va ijtimoiy fanlar mutaxassis lari bilan intervyular o'tkazildi, shuningdek, o'quvchilarning gender tengligi va ijtimoiy madaniy ko'nikmalariga oid amaliy mashg'ulotlar kuzatildi. Miqdoriy tadqiqot usullarida esa

For citation: Habibulla Q. Karimov. (2024) 'Formation of socio-cultural competence in graduate class students based on gender approach, Inter education & global study, (8), pp. 283-289. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

so'rovnomalar yordamida bitiruvchi sinf o'quvchilari o'rtasida ijtimoiy madaniy kompetentlik darajasi, gender stereotiplarning ta'siri va madaniyatlararo muloqotga tayyorlik holati baholandi.

Tadqiqotda eksperiment usuli ham qo'llanildi: bitiruvchi sinflarda gender tengligi mavzusida maxsus darslar o'tkazilib, o'quvchilarning ilgari va keyingi ko'nikmalari taqqoslandi. Ma'lumotlar statistik tahlil qilindi va gender yondashuvning ta'lim jarayoniga integratsiyasi natijalari baholandi. Tadqiqot metodologiyasining asosi sifatida gender psixologiyasi, pedagogika va madaniyatlararo kommunikatsiya nazariyalaridan foydalanildi.

Gender yondashuvi va ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish bo'yicha xorijiy tadqiqotlar keng qamrovli ilmiy asosga ega. G'arb mamlakatlarida, xususan AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlarida gender tengligi masalasi ta'lim tizimida katta e'tibor qaratiladigan yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bu sohada o'tkazilgan tadqiqotlar gender yondashuvining ta'lim jarayonidagi ahamiyatini ta'kidlaydi.

Masalan, Judith Butler (1990) o'zining "Gender Troubles" asarida gender stereotiplarining ijtimoiy hayotdagi roli va ular o'quvchilarning o'zini anglash jarayoniga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadi[1, 45]. Butlerning ta'kidlashicha, gender jamiyat tomonidan konstruksiyalangan ijtimoiy roldir, va ta'lim jarayonida bu stereotiplarni bartaraf qilish o'quvchilarning ijtimoiy madaniy kompetentligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Ann Phoenix (2004) [2, 130] kabi olimlar gender yondashuvning ijtimoiy madaniy kompetentlikka ta'sirini o'rganib, madaniyatlararo muloqot va jamiyatda gender tengligi bo'yicha o'quvchilarni tarbiyalash usullarini tahlil qilganlar. Ularning tadqiqotlari shu ni ko'rsatadiki, gender tengligi asosida o'quvchilarning ijtimoiy va madaniy ongini rivojlantirish, ularni kelajakda global jamiyatning faol va bag'rikeng a'zolari bo'lishga tayyorlaydi.

Fransiyaning ta'lim tizimida gender tengligi bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar (Mosconi, 2000) ham qiziqarli xulosalarni taqdim etadi. Mosconi o'quvchilarni madaniyatlararo o'zaro tushunishga o'rgatish uchun ta'lim jarayoniga gender tenglik tamoyillarini qo'shish kerakligini ta'kidlaydi[3, 351]. U madaniy xilma-xillik va gender farqlilikni hisobga olish orqali o'quvchilarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlash mumkinligini aytadi.

Germaniyada gender va ta'lim bo'yicha tadqiqotlar (Faulstich-Wieland, 2010) [4, 251] gender tenglik tamoyillarining amaliyotga tatbiq qilinishi orqali ijtimoiy madaniy kompetentlikni rivojlantirish usullariga e'tibor qaratadi. Bu tadqiqotlarda o'quvchilarn ing madaniy xilma-xillikka hurmat bilan qarashi va gender stereotiplarini bartaraf etish yo'llari o'rganilgan. Xorijiy adabiyotlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, gender tengligi va ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish masalalari nafaqat ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi, balki jamiyatning umumiy taraqqiyotiga ham hissa qo'shadi.

Tadqiqot natijalari gender yondashuvining bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. O'quvchilarning gender

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tenglikka asoslangan tarbiyalanishi ularning madaniyatlararo muloqotga ochiqligini oshirish, jamiyatda faol va mas'uliyatli fuqarolar bo'lishiga yordam beradi. Gender stereotiplaridan xoli holda shakllangan o'quvchi ongida boshqa madaniyat va jamiyat vakillariga hurmat, bag'rikenglik va hamkorlik ko'nikmalari rivojlanadi.

O'tkazilgan eksperimentlar va so'rovnoma natijalari shuni ko'rsatadiki, gender yondashuv asosida o'tkazilgan maxsus darslar bitiruvchi sinf o'quvchilarining ijtimoiy va madaniy kompetentligini oshirishda sezilarli natija berdi. O'quvchilar gender stereotip lari ta'sirida qaysidir kasblarni yoki faoliyatlarni "mos" yoki "nomos" deb qarash tendensiyasidan chetlanib, o'z qobiliyatlariga ko'ra qaror qabul qilishga o'rgandilar. Bu esa ularga kelajakda mehnat bozorida o'z qobiliyatlarini erkin namoyon etish imkoni ni beradi. Xorijiy tajribalar bilan qiyoslaganda, O'zbekiston ta'lim tizimida gender tengligi bo'yicha olib borilayotgan ishlar hali rivojlanish bosqichida ekanligi aniqlandi. Masalan, Germaniya yoki Buyuk Britaniya kabi davlatlarda gender tengligi va ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish bo'yicha yanada kompleks yondashuv qo'llaniladi. Xususan, bu davlatlar o'quvchilarni nafaqat gender tengligi, balki madaniyatlararo muloqotga keng tayyorlashga e'tibor qaratadi. O'zbekistonda esa bu yo'nalishdagi ishlarni kengaytirish zarurati mavjud.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, gender tengligi tamoyillarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish nafaqat o'quvchilarning shaxsiy rivojlanishi uchun, balki umuman jamiyatdagi ijtimoiy adolatni ta'minlash uchun ham muhim. O'quvchilarda ijtimoiy madaniy komp etentlikni shakllantirish, ularni kelajakda global jamiyatning faol va bag'rikeng a'zolari sifatida tarbiyalashga hissa qo'shadi. Shu nuqtai nazardan, gender tengligi asosida o'quvchilarni tayyorlash bugungi kun ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanishi lozim.

Ushbu tadqiqot natijasida gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirish ta'lim jarayonida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari gender tengligi tamoyillarini qo'llash o'quvchil arning madaniy xilma-xillikni qabul qilish, stereotiplarni yengish va madaniyatlararo muloqotga tayyor bo'lish qobiliyatlarini sezilarli darajada oshirganini ko'rsatadi. Maxsus darslar va mashg'ulotlar orqali o'quvchilarda gender stereotiplari ta'sirini kamaytirish, ularni kelajakda gender farqliliklardan qat'i nazar, ijtimoiy tenglik va madaniy hurmatga asoslangan jamiyat qurishga tayyorlash imkoniyati aniqlandi. Tadqiqotning yana bir muhim xulosasi shundan iboratki, ta'lim jarayonida gender tenglik tamoyi llarini keng qo'llash orqali o'quvchilarning nafaqat individual rivojlanishi, balki jamiyatda adolatli va bag'rikeng muhitni shakllantirishga hissa qo'shish mumkin.

Shu sababli, O'zbekiston ta'lim tizimida gender yondashuvini chuqurlashtirish, o'quvchilarning madaniyatlararo va ijtimoiy muloqotga tayyorligini oshirish bo'yicha yangi strategiyalar ishlab chiqish zarur. Bu nafaqat o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchi ni kuchaytiradi, balki ularni jamiyatda faol ishtirok etishga, teng huquqli fuqarolar bo'lishga ham undaydi. Gender tengligi va ijtimoiy madaniy kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, kelajakda o'zbek ta'lim tizimini yanada samarali va global talablar bilan hamohang qilish uchun muhim qadam bo'lib xizmat qiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mazkur tadqiqot gender yondashuv asosida bitiruvchi sinf o'quvchilarida ijtimoiy madaniy kompetentlikni shakllantirishning dolzarb ekanligini ko'rsatdi. Gender tenglik tamoyillarini ta'lim jarayoniga integratsiya qilish o'quvchilarning stereotiplardan xoli bo'lishiga, madaniyatlararo muloqotga ochiqlikni oshirishga va jamiyatda teng huquqli fuqarolar sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, gender stereotiplarni yengish va tenglik asosida o'quvchilarni tarbiyalash nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishiga, balki keng jamiyatda ijtimoiy adolat va madaniy xilma-xillikka asoslangan muloqotni rivojlantirishga ham imkon yaratadi. Bu esa, o'z navbatida, kelajak avlodlarni yanada bag'rikeng, demokratik va teng huquqli jamiyat qurishga yo'naltiradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimida gender yondashuvni keng qo'llash nafaqat o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi, balki ularni madaniy va ijtimoiy mas'uliyatli, global jamiyatga moslashishga tayyor, ma'nan boy shaxslar sifatida tarbiyalaydi. Shu boisdan, ta'limda gender tenglikni mustahkamlash va ijtimoiy madaniy kompetentlikni rivojlantirish, mamlakat ta'lim tizimining xalqaro me'yorlar bilan uyg'unligini ta'minlash yo'lida muhim qadamdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Butler, J. (1990). Gender Trouble: Feminism and the Subversion of Identity. New York: Routledge.

2. Phoenix, A. (2004). Gender and Education: Towards a Gender-sensitive Approach to Teaching and Learning. Gender and Education Journal, 16(2), 115-131.

3. Mosconi, M. (2000). Education and Gender: Gender-sensitive Teaching and Learning in Schools. Paris: UNESCO.

4. Faulstich-Wieland, H. (2010). Gender and Education in Germany: Research and Practices for Equality. Gender Studies Journal, 12(1), 35-50.

5. Connell, R. W. (2002). Gender. Cambridge: Polity Press.

6. Skelton, C., Francis, B. (2005). A Feminist Critique of Education: 15 Years of Gender Studies. London: Routledge.

7. Unterhalter, E. (2007). Gender, Schooling and Global Social Justice. London: Routledge.

8. Stromquist, N. P. (2006). Gender, Education and the Possibility of Transformative Knowledge. Comparative Education Review, 50(4), 577-596.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Karimov Habibulla Qadambayevich, Urganch davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi [Хабибулла Кадамбаевич Каримов, независимый научный сотрудник Ургенчского государственного университета.], [Habibulla Q. Karimov, Independent researcher of Urganch State University]; manzil: O'zbekiston, Urganch sh., Gurlan ko'chasi, 1A-uy [адрес: Узбекистан, Ургенч, ул. Гурлан, 1A], [address: Uzbekistan, 1A, Gurlan st., Urgench city] E-mail: habibullakarimov49@gmail.com. Orcid: 0009-0006-7194-4297

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.