Научная статья на тему 'GʻOVLAR OSHA 400 METR YUGURUVCHILARNING RITM VA TEXNIKASINI TAHLILI'

GʻOVLAR OSHA 400 METR YUGURUVCHILARNING RITM VA TEXNIKASINI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
6069
753
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yugurish / muvozanat / depsinish / to‘siqdan sakrash / yugurish texnikasi / ritmni saqlash.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Z.Saydqulov, A.Baratov, B.Xaydarov, I.Mirzatillayev, B.Aqmonov

Yugurish texnikasida qiyinchilik,to‗siq oldida depsinish joyini to‗g‗ri aniqlashdadir, chunki shunchalik uzoq masofani ma‘lum miqdorda qadamlar bilan yugurib o‗tish mumkin emas. Eng usta sportchilar to‗siq oldiga qadamlar ritm ini va yugurish tez-ligini o‗zgartirmay yaqinlashadilar. Depsinuvchi oyoqni g‗ovdan ma‘lum masofada qo‗yish uchun, ko‗z bilan mo‗ljal ola bilishi kerak. Bu esa mashg'ulot va musobaqalar jarayonida kamol topadi.Bunda har ikkala oyoqda bir xilda depsinib g‗ovdan o‗ta olishning katta ahamiyati bor. Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to‗siqdan 140—180 sm masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo‗yish kerak. Oxirgi qadamni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing UOM proyeksiyasiga yaqin qo'yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi kuchining tormozlovchi ta‘sirini pasaytiradi.Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi biroz oldinga engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga ko'tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan qo‗l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GʻOVLAR OSHA 400 METR YUGURUVCHILARNING RITM VA TEXNIKASINI TAHLILI»

G'OVLAR OSHA 400 METR YUGURUVCHILARNING RITM VA

TEXNIKASINI TAHLILI

Z.Saydqulov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

A.Baratov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

B.Xaydarov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

I.Mirzatillayev

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

B.Aqmonov

O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

Yugurish texnikasida qiyinchilik,to'siq oldida depsinish joyini to'g'ri aniqlashdadir, chunki shunchalik uzoq masofani ma'lum miqdorda qadamlar bilan yugurib o'tish mumkin emas. Eng usta sportchilar to'siq oldiga qadamlar ritm ini va yugurish tez-ligini o'zgartirmay yaqinlashadilar. Depsinuvchi oyoqni g'ovdan ma'lum masofada qo'yish uchun, ko'z bilan mo'ljal ola bilishi kerak. Bu esa mashg'ulot va musobaqalar jarayonida kamol topadi.Bunda har ikkala oyoqda bir xilda depsinib g'ovdan o'ta olishning katta ahamiyati bor. Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to'siqdan 140—180 sm masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo'yish kerak. Oxirgi qadamni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing UOM proyeksiyasiga yaqin qo'yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi kuchining tormozlovchi ta'sirini pasaytiradi.Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi biroz oldinga engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga ko'tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan qo'l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi.

Kalit so'zlar: yugurish, muvozanat, depsinish,to'siqdan sakrash, yugurish texnikasi, ritmni saqlash.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi "Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi hamda "2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi qarorlari sohadagi sa'y-harakatlarni yanada jadal davom ettirish, sport-ta'lim muassasalari faoliyati rivojlanishining istiqbollarini belgilash, XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga sportchilarimizning har tomonlama tayyorligi va muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlashda muhim huquqiy asos bo'ladi."Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi qarorga ko'ra, Sport-ta'lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi, dasturni 2021-2022 yillarda amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi", dasturning maqsadli ko'rsatkichlari hamda 2022-2025 yillarda olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari ob'yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlashning asosiy parametrlari tasdiqlandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ishning maqsadi: G'ovlar osha 400 metr masofaga yuguruvchilarning yugurish ritmi va texnikasini chiroyli bajarishga hamda tejamli yugurishga o'rgatish.

Ishning yangiligi: G'ovlar osha 400 metrga yuguruvchilarga yugurish texnikasi va ritmini o'rgatishning dastlabki mashg'ulotlardan boshlab har ikki oyoqda hujum qila olishga o'rgatish orqali, yuqori sport texnikasiga erishish.

Biz tamonimizdan 400 m g'ovlar osha yuguruvchilar uchun mashg'ulot uslubyatini ishlab chiqildi. Ushbu mashg'ulot uslubyatida 400 m g'ovlar osha yuguruvchilarni yugurish texnikasiga o'rgatishga tajriba guruhi sinaluvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini jadvalda berildi.

Pedagogik va tajriba natijalar orqali ifodaladik. Bunga ko'ra nazorat va tajriba natijalarini mutloq o'sishi va foiz hisobida rivojlanganligini berib o'tdik.

Hozirgi kunda halqoro sport orenalarida sport natijalarini keskin o'sib borishi sport mashg'ulot uslubiyatini, takomillashgan uslubyatini ishlab chiqishni taqazo etmoqda. G'ovlar osha 400 metr masofaga yugurish turida , yugurish texnikasi va yugurish ritimini bajarish bevosita sport natijasiga bog'liqligi hech kimga sir emas . CHunki yuqori sport texnikasiga ega bo'lgan sportchi albatta chiroyliy yugurish bilan tejamli harakatini amalga oshiradi , bu esa sport natijasini yuksalishini taminlaydi. Ushbu holatlarni e'tiborga olgan holda g'ovlar osha 400 metr masofaga yuguruvchilar mashg'ulot jarayonida yugurish texnikasi va ritmini tahlil etganimizda ko'pchilik yosh sportchilar mashg'ulotni dastlabki kunidan har ikki oyoqda hujum

qila olishga e'tibor bermasligi sport natijalarini ma'lum muddatgacha o'smasligi va keyinchalik mashg'ullotlarda qiyinchilik tug'dirishini, olib borilgan kuzatuvlar jarayonida aniqlandi. Shu boisdan g'ovlar osha 400 metr masofaga yugurish bilan shug'ullanuvchilarning texnikasi va g'ovlar orasidagi ritm hamda qadamlar sonni mashg'ulotlar davomida o'rgatib borish sport natijasini yuksalishiga xizmat qiladi. Bu esa tanlangan mavzuning sport amaliyotida dolzarb mavzulardan ekanligini ko'rsatadi.

G'ovlar osha yugurishning sport turi sifatida shakillanishi va rivojlanishi, "Turli to'siqlar ustidan oshib yugurish" xaqida dastlabki ma'lumotlar 1873 yilgacha tilga olib o'tilgan bo'lsa-da, 19-asrning ikkinchi yarimida boshlanadi. Ingiliz tarixchisi F.Bebsterning eslatishicha , xuddi shu vaqtda Iton koleji o'qtuvchilari g'ovlar osha yugurish bo'yicha o'z kuchlarini sinab ko'ra boshlaganlar. Zamondoshlarining takidlashi bo'yicha, yugurishning bunday hissiyotlarga boy va artistona sport turi yanada yoshroq sport ihlosmantlarini o'ziga jalb etmasligi mumkin emasdi.

"Belta Life" jurnalida balandligi 3fund 6 dyum (106,7 sm ) bo'lgan o'zaro teng masofada joylashtirilgan 10 ta g'ovlar oshib o'tib yugurish bo'yicha bir-biri bilan musobaqalashgan ikki sport ishqibozi haqida maqolacha ko'zga tashlanib qoldi. Jurnal 1853 yilda nashr etilgan edi. SHu sana g'ovlar osha yugurishning rivojlanish tarixi boshlanga kun hisoblanadi. Rekord natijalarining boshlanishi deb atash mumkin bo'lgan ilk ko'rsatkich Buyuk Britanyada Kenbrij va Oksford unversitet talabalri uchrashuv paytida 1864 yilda qayd etilgan. 120 yardlik masofada g'ovlar osha yugurgan g'olibning natijasi 17,6 sek teng edi. U ko'y qo'to'nlar uchun ishlatiladigan balandligi 3 fund 6 duyumlik (1864 y) chop etilgan g'ovlar osha yugurish bo'yicha birinchi qoidalarda ana shu balandlik majburiy deb qayd etilgan. Bir-biridan 10 yard g'ovlar 120 yardlik musboqalashuv masofasini tashkil qilgan. Ana shu o'lchamlar bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan (K.T.SHokirjonov, V.M.Akilov).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqot Respublika Olimpiya Zahiralari Kolleji va tarbiyalanuvchilarida 2-bosqichda Respublika Olimpiya Zahiralari Kollejining engil atletika bo'limiga qarashli manejda hamda Toshkent shahar Yoshlik stadionida o'tkazildi:

Birinchi bosqichda joriy tadqiqotlar 2010- yil yanvar - dekabr oylarida tashkil etildi. 400 metr g'ovlar osha yuguruvchilar mashg'ulot jarayonida yugurish texnikasi, ritmi va qadamlar sonini o'rganildi.

Ikkinchi bosqich 2011-yil sentabr - dekabr oylarida pedagogik tajriba o'tkazildi. Pedagogik tajribada quyidagi pedagogik testlardan foydalanildi.

1. 60 m yugurish

2. 500 m yugurish

3. Joydan turib uzunlikka sakrash

4. 300 m 8ta g'ov osha yugurish natijasi va qadamlar soni.

5. Gimnastik o'rindiqdan turib pastga egilish.

6. 4-kg yadroni ikki qo'llab oldinga uloqtirish.

7. Joydan turib uch hatlab sakrash.

Nazorat va tajriba guruhi sinaluvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini

(x)o'rtacha

№ Testlar Guruh nomi Natij alar O'sishi

Tajribadan oldin Tajribadan keyin Mutloq Foizda (%)

1 60 m masofaga yugurish N.g. В.З 7.9 0.4 4.8%

т.& В.2 7.5 0.7 8.5%

2 500 m masofaga yugurish N.g. 1:33.8 1:29.2 4.б1 4.9%

т.& 1:32.2 1:2б.В 5.4 5.9%

3 Joydan turib uzunlikka sakrash N.g. 2.0б 2.27 0.21 10.2%

т.& 2.05 2.34 0.29 14.1%

4 Joydan turib uch xatlab sakrash N.g. 5.54 б.20 0.бб 11.9%

т.& 5.70 б.92 1.22 21.4%

5 Gimnastik o'rindiqda turib pastga egilish N.g. 5 12 7 14%

т.& 5 21 1б 32%

б (4 kg) yadroni ikki qo'llab oldinga uloqtirish N.g. В.00 10.30 2.30 28.8%

т.& В.З0 10.ВЗ 2.53 30.5%

7 300m g'ovlar osha yugurish (8 ta g'ov) N.g. 51.5 4В.1 3.4 б.б%

19 18 1 5.3%

Natijasi N.g. 50.В 4б.0 4.8 9.5%

19 17 2 10.5%

G'ovlar orasida qadamlar soni

Tajriba guruhi sinaluvchilarning tadqiqotdan oldingi jismoniy tayyorgarlik

darajasini dinamikasi

300 m g'ovlar osha

№ Joydan turib uzunlika sakrash Joydan turib Gimnastik o'rindiqda 4 kg yadroni yugurish (8 ta g'ov )

F.I.O 60 m 500 m uch xatlab sakrash turib pastga egilish ikki qo'llab uloqtirish Natijasi G'ovlar orasida qadamlar

soni

1 Azizov.A 7,9 1 30,3 2,15 5,92 10 8,61 48,8 18

2 Fefelov.D 8,3 1 33;5 2,04 5,80 4 8,05 51,3 19

3 Rafiqov.A 8,4 1 34,1 2,00 5,43 -2 7,98 52,8 21

4 Bozorboev.T 8,3 1 32,6 2,03 5,85 0 7,98 52,6 19

5 Abdug'aniev.H 8,0 1 31,4 2,11 5,85 6 8,38 50,7 18

6 Ergashev.D 7,8 1 29,8 2,18 5,98 13 8,65 48,5 18

7 Umirzoqov.B 8,2 1 30,9 2,08 5,75 6 8,41 49,9 19

8 Qurbonov.A 8,2 1 31,5 2,05 5,76 7 8,29 49,7 19

9 Islomov.R 8,4 1 32,8 1,99 5,40 -1 8,20 52,0 19

10 Alimov.R 8,5 1 33,6 2,00 5,40 -2 8,31 52,6 21

11 Ibragimov. S 8,1 1 32,0 2,01 5,81 15 8,39 49,3 18

12 Yo'ldashev.B 8,3 1 33,9 1,96 5,45 4 8,35 52,4 19

ORTACHA

x KO'RSATKICH 8,2 1:32,2 2,05 5,70 5 8,30 50,8 19

Nazorat guruhi sinaluvchilarning tadqiqotdan oldingi jismoniy tayyorgarlik

darajasini dinamikasi

№ F.I.O 60 m 500 m Joydan turib uzunlika sakrash Joydan turib uch xatlab sakrash Gimna stik o'rindi qda turib pastga egilish 4 kg yadroni ikki qo'llab uloqtirish 300 m g'ovlar osha yugurish (8 ta g'ov )

Natijasi G'ovlar orasida qadamlar soni

1 Vladimirov .O 7,9 1 34.0 2,00 5,55 4 7,80 51,3 19

2 Karanov .B 8,0 1 32.0 2,03 5,64 10 7,90 52,0 19

3 Abdullaev .K 8,5 1 36,1 1,95 5,38 5 8,15 51,5 19

4 Urazbaev. A 8,0 1 36,8 2,10 5,70 -2 8,10 50,4 19

5 Sevrikov. A 7,9 1 30,4 2,12 5,41 8 8,00 49,8 19

6 Galiev.A 8,4 1 32,3 2,63 5,25 7 8,02 52,3 19

7 Gurov B 8,9 1 38,2 1,95 5,30 -2 7,98 54,0 19

8 Vasilev.S 8,5 1 34,5 2,02 5,70 4 7,92 52,0 19

9 Sokelov.F 8,б 1:34,б 2,07 5,40 б 7,83 51,9 19

10 Sobirov.SH 8,8 1:37,2 2,08 5,б0 -1 8,00 53,2 19

11 Lionov. L 8,2 1:30,1 2,15 5,75 9 8,10 50,0 19

12 Klishev. A 7,9 1:29,5 2,20 5,80 10 8,20 49,б 19

X O'RrACHA KO'RSATKICH 8,3 1:33,8 2,0б 5,54 5 8,00 51,5 19

XULOSA

G'ovlar osha 400 m masofaga yuguruvchilarning ritmi va texnikasini taxlili bo'yicha o'tkazilgan pedagogik tadqiqot quyidagi xulosalarni qayd etish imkonini berdi:

l.Olib borilgan tadqiqotda 400 m g'ovlar osha yuguruvchilarni yugurish ritmi va texnikasini o'rganishga oid ilmiy uslubiy adabiyotlar yo'qligi va taxlil etish jarayonida aniqlandi;

2.O'tkazilgan tadqiqotda 400 m g'ovlar osha yuguruvchilarni yugurish texnikasini va qadamlar ritmini o'rgatish jarayonida shug'ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanganligi natijasi muxim ahamiyatga ega ekanligi kuzatildi.

3.Tadqiqot natijlariga ko'ra 400 m g'ovlar osha yuguruvchilarni yugurish texnikasiga o'rgatishmashg'ulotining dastlabki kunidan boshlab har ikkala qadamda xujum qilish va g'ovdan o'ta olish qobiliyatini tarbiyalashga e'tibor qaratilsa sportchilar keyinchalik ushbu turni texnikasini yaxshi egallashi va shu bilan bir qatorda sport natijalarini yaxshilashi mumkin.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Akilov M.V. Texnika ta metodika navchaniya bar'ernogo bigu. Leksiya. Kiev, 2005, 38 s.

2. Arzumanov G.G., Malbixina L.A. Istoriya razvitiya legkoy atletiki v Uzbek istane. T., Meditsina, 1988, 125 s.

3. Мухиддинова, У. А. К,., & Коккозова, Ж. Ж. (2020). Билингвизмнинг бола когнитив ривожланишига таъсирини урганишга доир тадкщотлар тахлили. Science and Education, 7(Special Issue 4).

4. Гаффоров, Н. Н. У. (2020). Бу^уси психологлар касбий коммуникатив компетентлигини ривожлантириш муаммосининг урганилганлиги. Science and Education, 7(Special Issue 4).

5. Урунов, A. Ш. (2021). Типология подростков с девиантным повидением как теоритическая основа воспитания. "Узбекистонда психологияни ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уйгунлиги", 368-371.

6. Mavlonov, D. (2021). Suzish sporti bilan shug'ullanuvchi yosh sportchilar o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarning ijtimoiy - psixologik tahlili. "Узбекистонда психологияни ривожлантириш муаммолари: назария ва амалиёт уйзунлиги", 398-401.

7. Zotova, E. A. (2020). Optimization of compepetive emotional stability of young athlets (on the example of tennis). Лучший молодой ученый-2020, 3, 91-95.

8. Kokkozova, J. J., & Xasanova, X. Z. (2021). Maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi va unga xos bo'lgan xususiyatlar. Спортчиларни психологик тайёрлаш муаммолари мавзусидаги республика илмий-амалий-онлайн анжуман материаллари туплами, 247-250.

9. Халматов, Т. Б. (2021). Психологические основы профессионального опыта преподавателя. Ёшлар ва замон. Ижтимоий-маънавий узгаришларнинг узига хос хусусиятлари, муаммо ва ечимлар талцини, 181-183.

10. Халматов, Т. Б. (2021). У^итувчининг ижодкорлиги таълим самарадорлигини ошириш мезони сифатида. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 174-179.

11. Хдйдаров, Ф. И. (2021). Бошлаетич тайёргарлик боскичида ёш боксчилар машFулот юкламаларини меъёрлаштириш. Спортчиларни психологик тайёрлаш муаммолари мавзусидаги республика илмий-амалий-онлайн анжуман материаллари туплами, 148-150.

12. Эшмуродова, М. Б. К,. (2021). Адаптационные процессы в адаптации подростков к спортивным секциям. Scientific progress, 2(1), 1864-1869.

13. Сирлиев, Э. Н. (2020). Дзюдо курашида спортчининг шахсий сифатлари Fалабани таминловчи омил сифатида. "PSIXOLOGIYA " ilmiy jurnal, 62-69.

14. Mahmudov, A. M. (2021). Pedagogical and psychological basis of formation of management skills in leadership in the field of physical training and sports. Electronic journal of actual problems of modern science, education and training, 25-29.

15. Хаитов, А. У., & Курдошев, Б. Ф. (2020). Спорт фаолиятида норасолик компелкси диагностикаси ва коррекцияси. Science and Education, 7(Special Issue

4).

16. Nazarov, D. B. (2021). Psychological person typologies. "Мировая наука", 2527.

17. Каланов, К. К., & Саидходжаев, З. Х. (2020). Управление социопсихологическими рисками в сфере информационных технологий. Социологияни уцитиш ва социал тадцицотларни ташкил этишнинг долзарб масалалари, 159-161.

18. Усманова, Ш. Ш. (2020). Психологические основы профессионального мастерства преподавателя, тренера физической культуры. Интернаука., (41-1), 43-44.

19. Дусанов, Н. Э., & Ёкубова, Д. (2020). Хдрбий таълим сохдсида узини узи тарбиялаш усулининг урни ва ахдмияти. Science and Education, 7(Special Issue

4).

20. Ёкубова, Д. М. (2021). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ СПОРТИВНОЙ ПСИХОЛОГИИ В ДУХОВНОЙ ПОДГОТОВКЕ СПОРТСМЕНОВ. Academy, (1 (64)), 100-102.

21. Усманова, Ш. Ш., & Екубова, Д. М. (2020). Основы психологической подготовки спортсмена.

22. Ogli, K. Z. M. (2021). Die vorteile und nachteile der online-bildung. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 478-481.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.