Научная статья на тему 'YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O’RTA T’ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI'

YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O’RTA T’ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1341
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / jismoniy madaniyat / jismoniy chidamlilik / jismoniy sifatlar. / physical education / physical culture / physical endurance / physical qualities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — I D. G‘aniboev, F.Ch.Ziyayev, G’ S. Xujamkeldiyev, F. M. Karimov

Maqolada jismoniy tarbiya darslarida yengil atletikani o'qitishning yangi shakllari va usullarini qo'llash, maktab o'quvchilarining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, shuningdek, o'yin va musobaqalashuv usullardan foydalanish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish samaradorligi ko'rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article presents the effectiveness of the use of new forms and methods of teaching athletics in physical education lessons and the preservation and promotion of the health of schoolchildren as well as the development of physical qualities along with the use of game and competitive methods.

Текст научной работы на тему «YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O’RTA T’ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA YENGIL ATLETIKA TURLARINI O‘RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI»

YENGIL ATLETIKA SPORT TURINI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY O'RTA T'ALIM MAKTABLARINING JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA

YENGIL ATLETIKA TURLARINI O'RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH SAMARADORLIGI

I.D.G'aniboev

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, dotsenti

F.Ch.Ziyayev

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, o'qituvchi

G'.S.Xujamkeldiyev

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, o'qituvchi

F. M. Karimov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti , o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada jismoniy tarbiya darslarida yengil atletikani o'qitishning yangi shakllari va usullarini qo'llash, maktab o'quvchilarining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, shuningdek, o'yin va musobaqalashuv usullardan foydalanish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish samaradorligi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, jismoniy chidamlilik, jismoniy sifatlar.

ABSTRACT

The article presents the effectiveness of the use of new forms and methods of teaching athletics in physical education lessons and the preservation and promotion of the health of schoolchildren as well as the development of physical qualities along with the use of game and competitive methods.

Keywords: physical education, physical culture, physical endurance, physical qualities.

KIRISH

Dolzarbligi. Jismoniy tarbiya va sport sohasi mustaqil O'zbekistonimizda jadal rivojlanib borayotgan va keng ahamiyat qaratilayotgan sohalardan biridir. Ushbu sohada respublikamizda keng ko'lamli ishlar olib borilayotgan bo'lib, bu ishlarning

hammasi har tomonlama yetuk, ma'nan va jismonan sog' lom, O'zbekistonimizning porloq kelajagini yarata oladigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgandir. Bunday yoshlarni kamol toptirish uchun esa sog'lom hayot tarzini targ' ib qilish, bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni ta'minlash, ularning jismoniy tarbiya darslariga va sportga bo'lgan qiziqishlarini oshirish zarur. Bu dolzarb vazifani samarali yechishda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarning va ayniqsa, jismoniy tarbiya o'qituvchilarining zimmasiga katta ma'suliyatli vazifalar yuklaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimizda bolalarni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular uchun ko'plab sport majmualari, stadionlar, sport maktablari, suv sporti saroylari, gimnastika maktablari barpo etilgan bo'lib, ushbu inshootlarda bolalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud. Bundan tashqari respublikamizda uch bosqichli musobaqalar, ya'ni maktab o'quvchilari uchun «Umid nihollari», litsey va kollej talabalari uchun «Barkamol avlod» va oliy o'quv yurtlari talabalari uchun «Universiada» sport musobaqalari joriy qilingan bo'lib, ushbu musobaqalar turli yoshdagi bolalarni qamrab olgan. Ushbu musobaqalar haqiqiy sport bayrami darajasida o'tkazilayotgani uchun bolalarda sportga bo'lgan qiziqishni yanada oshirishga, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qilmoqda

Maktab o'quvchilarining sog'lom va barkamol bo'lib shakllanishida jismoniy tarbiya darslarining roli beqiyosdir, chunki jismoniy madaniyat - o'quvchilarda o'ziga, o'z tanasiga bo'lgan ongli munosabatni, sog' likni mustahkamlashga bo'lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, irodaviy hamda axloqiy sifatlarni tarbiyalovchi yagona o'quv fanidir. Lekin o'quvchilarda jismoniy madaniyatga va sportga bo'lgan yaxshi munosabatning shakllanishi ko'p jihatdan o'quv jarayonini samarali tashkillashtirishga va aniq qo'yilgan pedagogik vazifalarga bog' liq.

Jismoniy tarbiya o'qituvchisi tomonidan jismoniy tarbiya darslarida yengil atletika mashqlarini o'rgatishda va talab meyorlarini qabul qilishda bajarilishi qiyin bo'lgan mashqlarni ko'pchiligini o'rgatishda yengil atletika mashqlarini bajarish imkonini beradigan vosita va usullarni xilma xillarini qo'llanilishi dars jarayonini bir maromda zerikarli o'tishining oldini olishga olib keladi. Shuning uchun, jismoniy tarbiya darsini tashkil qilishning samarali usullaridan biri - bu o'yin va musobaqalashuv usullari hisoblanadi. Bu o'yin va musobaqalashuv usullari ko'p qirrali bo'lib, o'quvchilarning harakat faolligini oshirishda keng doirada qo'laniladi. Ammo, shunday bo'lsada umumta'lim maktablarida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya

darslari talab darajasida shakllantirilmaganligi zahira sportchilarni tayyorlash tizimiga oz bo'lsada o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarida iqtidorli o'quvchilarni izlab topish va ularni yengil atletika turlariga va boshqa sport turlariga samarali yo'naltirish imkonyatlarini cheklab qo'ymoqda. Umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish bugungi kundagi davlat ahamiyatiga ega bo'lgan dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotni maqsadi: Umumta'lim maktabining jismoniy tarbiya darslarida 4 sinf o'quvchilariga bolalar yengil atletikasi dasturidagi o'yin va musobaqalarini qo'llash orqali yengil atletikaning turlariga yo'naltirish va o'rgatish samaradorligi.

Tadqiqot vazifalari:

-Umumta'lim maktab o'quvchilarini jismoniy tayyorgarligini aniqlash.

-Umumta'lim maktab o'quvchilarini jismoniy tarbiya dasturidagi yengil atletika darslarini tuzilishini va mazmunini o' rganish.

-Umumta'lim maktab jismoniy tarbiya darslari uchun yengil atletika bo'yicha takomillashtirilgan dasturni ishlab chiqish va samaradorligini pedagogik tajribada isbotlash.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar: ilg'or tajriba va ilmiy uslubiy adabiyot ma'lumotlarini umumlashtirish va tahlil qilish, pedagogik kuzatuv, antropometriya, pedagogik nazarot testlari, pedagogik tajriba va matematik statistika usullari.

Tadqiqotning obekti: umumta'lim maktabining 4 sinf o'quvchilari va ular bilan o'tkaziladigan jismoniy tarbiya darslarida yengil atletikani o'rgatish metodikasi.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi: umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya darslari xaftasiga 2 marta 40-45 daqiqadan o'tkazildi. Nazorat guruxiga 4 "A" sinifi (15 nafar o'g'il bolalar) tanlab olindi va unda jismoniy tarbiya darslari an'anaviy usulda rejalashtilrgan bo'lsa, tajriba guruxida 4 "B" sinifi (15 nafar o'g'il bollar) tanlab olindi va jismoniy tarbiya darslarida biz tomonimizdan ishlab chiqilgan dastur asosida yengil atletika darslarida o'yin va musobaqalashuv usullari asosida darslar tashkil qilindi.

Umumta'lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarida yengil atletikani o'rgatishda o'yin va musobaqalashuv usullari orqali tashkil qilish kerak,chunki o'yin va musobaqalashuv usullari dars jarayonini obrazli tashkil qilish usuli bo'lib,unda bola ruxan, jismonan va aqlan kamol topadi va har tomonlama rivojlanadi va tarbiyalanadi. Shu boisdan xam biz umumta'lim maktabi o'quvchilarini jismoniy tarbiya darslarida o'zimiz tomonimizdan ishlab chiqilgan bolalar yengil atletiksi

dasturidagi o'yin va musobaqalashuv usullarini qo'llash orqali tadqiqotni olib bordik.Bunda nazorat guruxidagi 4 "A" sinf o'quvchilari ananaviy usulda jismoniy tarbiya dasturi bo'yicha darslar olib borildi va kuzatldi. Tajriba guruxidagi 4 "B" sinf o'quvchilarining jismoniy tarbiya darslarida esa biz o'z tomonimizdan ishlab chiqilgan dastur asosida darslarni tashkil qidik va yengil atletikani o'rgatishda o'yin va musobaqalashuv uslubini qo'lladik.Bunda quyidagi o'yin va musobaqalar darslarda qo'llanildi:

1. Kichik to'pni (tennis koptogini) chizilgan aylanalar ichiga va uzoqlikka uloqtirish (guruhga bo'lgan holda uloqtirish va natijalarni hisoblab elon qilish kerak).

2. Yengil nayzachani uzoqlikka uloqtirish (guruhga bo'lgan holda uloqtirtirish va natijalarni hisoblab e'lon qilish kerak).

3. 500grammli to'ldirma to'pni bosh ortidan ikki qo'llab oldinga (o'tirgan va turgan holatdan) uloqtirish (bunda guruhning umumiy natijasi xisoblanadi va g'olib aniqlanadi).

4. 40 m ga kichik g'ovlardan oshib yugurish(guruhga bo'lgan holda yugurtirish).

5. 4x50m dan estafeta yugurish (guruhga bo'lgan holda yugurtirish).

6. Turgan joydan uzunlikka sakrash (bunda guruhning umumiy natijasi xisoblanadi va g'olib aniqlanadi).

7. Yugurib kelib uzunlikka sakrash (bunda 3-4-5 sonli fishkalar qo'yiladi va guruhning umumiy natijasi xisoblanadi va g'olib aniqlanadi).

8. 1000m masofaga yugurish (bunda guruhlarning xar-bir a'zosi 500m masofada turgan savatchadagi jismlarni finish joyiga olib kelishi kerak bo'ladi)

Tadqiqot boshida va yakunida biz tajriba va nazorat guruhlari o'quvchilarining jismoniy sifatlarini va jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadida 30m ga pastki startdan chiqib yugurish, yugurib kelib kichik to'pni (tennis koptogini) uloqtirish, 4x10 m ga mokkisimon yugurish, 1000 m ga yugurish, joydan turib uzunlikga sakrash testlarini qabul qildik.

1-jadval

Tajriba va nazorat guruhlari o'quvchilarini tadqiqot yakunida natijalarini o'sish dinamikasi

Testlar 30m ga pastki startda n chiqib yuguri sh Kichik to'pni (tennis koptogini) uloqtirish 4x10 m ga mokkisim on yugurish 1000 m ga yuguris h Joydan turib uzunlikga sakrash

T.O 6.4+- 29 12.1 7,0 133

T.K 6,6 28 12,1 7,0 132

Nazorat O'sish -0,2 1 0 0 1

guruxi % xisobid a -3,12 3,5 0 0 0,75

T.O 6,3 28 12,0 7,1 134

T.K 5,1 31 11,0 6,1 146

Tajriba O'sish 1,2 7 1,0 1,0 10

guruxi %xisobi da 23,5 10,7 9,0 16,3 8,9

Tajriba davomida ko'rsatkichlarning o'sish dinamikasining 1. jadvalida ikkala gurux orasida qiyoslaganimizda, ularning mutloq o'sishi va foiz hisobida o'sishi tajriba guruxidagi hamma ko'rsatkichlarda nazorat guruxidagi hamma ko'rsatkichlardan ancha yuqoriligi aniqlandi. Masalan:30 metrga yugurishda nazorat guruxida o'sish -0,2 sekundga va -3,12 foizga teng bo'lsa, tajriba guruxida bu ko'rsatkichlar 1,2 sekundga va 23,5 foizga teng;

Yugurib kelib koptokchani uzokka uloktirish testida nazorat guruxida o'sish 7 metrga va 10,7 foizga teng bo'lsa, tajriba guruxida bu ko'rsatkichlar 1 metrga va 3,5 foizga teng.

Moksimon 4x10 m (soniya) yugurishda nazorat guruxida o'sish 0 sekundga va 0 foizga teng bo'lsa, tajriba guruxida bu ko'rsatkichlar 1,0 sekundga va 9,0 foizga teng;

1000 metrga yugurishda nazorat guruxida o'sish 0 sekundga va 0 foizga teng bo'lsa, tajriba guruxida bu ko'rsatkichlar 1.0 sekundga va 16,3 foizga teng;

Nazorat guruxida joydan uzunlikka sakrash testida o'sish 1 sm. va 075, foizga teng bo'lsa, tajriba guruxida bu ko'rsatkichlar 10 sm. va 8,9 foizga o'sganligi kuzatildi;

XULOSA

Respublikamizda ta'lim soxasida ta'limni yanada mustahkamlash, kadrlar tayyorlashda zamonaviy talablar asosida innovatsion texnologiyalar va pedagogik mahorat jarayonlaridan maqsadli foydalanish samaralarini yanada yuqoriga ko'tarish talablari kun sayin oshib bormoqda.Kelajagimiz xisoblangan o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashda albatta jismoniy tarbiya va sportni tutgan o'rni beqiyosdir.

Adabiyotlar taxlili shuni ko'rsatdiki, milliy va harakatli o'yinlarni hamma fazilatlar, qobiliyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda akliy va harakat ko'nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o'rinilarni egallaydi lekin bolalar yengil atletikasi dasturidagi o'yin va musobaqalarini jismoniy tarbiya darslarida qo'llash o'quvchilarga yengil atletika turlari mashqlarini texnikasini o'zlashtirishga va shu sport turiga bo'lgan qiziqishini orttirishda katta amaliy axamiyat kasb etdi va tadqiqotda yaqqol kuzatildi.

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoev. "Jismoniy va ma'naviy etuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga etishda tayanchimiz va suyanchimizdir" mavzusida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqi. Xalq so'zi. 2017 yil

2. Barkamol avlod orzusi ("Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni amalga oshirish borasidagi publitsistik mulohazalar).-T.:SHarq.1998.

3. Abdullaev SH.D., Toshev A.T., Xayrullaeva O.SH «Barkamol avlodni tarbiyalashda harakatli o'yinlarning o'rni». O'quv - uslubiy qo'llanma. Buxoro, x\k "Prmz", 2012. 108 bet.

4. IAAFning bolalar engil atletikasi dasturi. 2006y

5. Oktamovna, S. Z., & Nasriyevich, G. N. (2021). Terminology as a structural element of the language. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 724731.

6. ФОЗИЛОВ, Х. К., & РАХМАНОВА, М. М. (2021). Гандболчи талаба кизларнинг махсус жисмоний тайёргарлик даражасини аниклаш ва тахлил килиш. Fan - sportga, 41-43.

7. Рустамов, Д. У., & Кенжаева, С. Х. (2021). Значение ролевых игр в формировании коммуникативных компетенций студентов изучающих иностранный язык. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

8. Иброгимова, Н. М., & Абдумаликова, Г. Х. (2021). Организация правильного питания юных спортсменов. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

9. Egamnazarova, F. A., & Mukhamedova, M. S. (2021). Improving english language listening skill. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

10. Ли, Т. Г., & Ходжиев, Р. М. (2021). Толкование терминов узбекской национальной борьбы «кураш». Academic Research in Educational Sciences, 2.

11. Tursunboyeva, L. T., & Ashirova, M. F. (2021). Positive teacher-student relations. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

12. Насирова, Б. Т., & Халалов, З. А. (2021). Изучение иноязычных слов латинского происхождения на занятиях по русскому языку в высших учебных заведениях. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

13. Тураев, А. И., & Ёкубов, И. К. (2021). Эффективные приёмы обучения чтению на уроках английского языка. Academic Research in Educational Sciences, 2.

14. Aliyeva, S. B., & Achilov, O. Q. (2021). Xorijiy tillarni o'qitishning samarali usullari (nemis va ispan tillari misolida). Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1).

15. Abdurashitovna, A. S. (2020). The influence of motivation in the foreign language learning process. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 37-38.

16. Норбоева, Ф. Р. (2020). Процесс преподавания иностранного языка в неязыковом вузе. Интернаука, 20(149 часть 2), 74.

17. Suyunovna, M. S. (2020). Interactive teaching methods in the process of foreign language communicative competence development. Наука и образование сегодня, (6-2 (53)), 35-36.

18. Akhmedovna, A. M., Olimjonovna, A. K., & Khamidovna, D. K. (2020). Enhancing student's writing through pre-writing activities. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 3118-3130.

19. GAZIEV, S. (2020). Improving the speed-strength preparedness of sambo wrestlers at the stage of sports improvement. Фан^портга, (1), 56-60.

20. Tashkenbayevna, S. K., Rozikovich, S. I., Vladimirovna, L. L., Sotivoldiyevich, O. M., Mukhammadjonovich, B. A., Omonboyevich, A. B., & Valikhojayevich, S. Z.

(2020). Pedagogical technologies and interactive methods as a factor of increasing special knowledge of students. Journal of Critical Reviews, 7(6), 42-46.

21. Roziqovich, S. I. (2019). Functional training level of runners student-athletes sprinters. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

22. Солиев, И. Р. (2018). К,иска масофаларга югуришда спортчиларни техник тайёргарлик даврида старт реакцияларини такомиллаштиришни тахлил килиш. Фан-Спортга, (2), 56-61.

23. АРСЛАНОВ, Ш. А., АДИЛОВ, С. К., ЛЮЛИНА, Е. С., & ТАШМАТОВ, А. Р. (2021). Эффективность применения педагогической технологии совершенствования координационных способностей дзюдоистов 13-14 лет. Fan - sportga, 51-53.

24. СОЛИЕВ, И. Р. (2021). Токио (япония) шахрида булиб утган xxxii олимпия уйинларида спортнинг енгил атлетика тури буйича утказилган мусобакаларнинг тахлили. Fan - sportga, 13-15.

25. Usmonova, R. B. (2021). SEMANTIC FEATURES OF MODAL VERBS IN ENGLISH GRAMMAR. Scientific progress, 7(4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.