Научная статья на тему 'GʻOʻZA TUNLAMI HELICOVERPA ARMIGERA (HÜBNER, 1808)NING SHIMOLIY FARG‘ONA SHAROITIDA RIVOJLANISHI VA ZARAR KELTIRISHIGA DOIR MA’LUMOTLAR'

GʻOʻZA TUNLAMI HELICOVERPA ARMIGERA (HÜBNER, 1808)NING SHIMOLIY FARG‘ONA SHAROITIDA RIVOJLANISHI VA ZARAR KELTIRISHIGA DOIR MA’LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sabzavot ekinlari Dala kuzatuvlari gʻumbak lichinkalar

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Zokirov I.I., Yusupova Sh.X.

Namangan viloyat sharoitida gʻoʻza ekinida mazkur tunlamning bioekologik xususiyatlari va uning zarari tadqiq etilgan. Biroq, noʻxat va bir qator sabzavot ekinlarida uning tarqalishi, rivojlanish fazalari, zararini tadqiq etish boʻyicha maqsadli izlanishlar olib borilmagan. 2011-2018 yillarda Namangan viloyatining Uychi, Chust, Chortoq, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida tadqiqotlar olib borildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GʻOʻZA TUNLAMI HELICOVERPA ARMIGERA (HÜBNER, 1808)NING SHIMOLIY FARG‘ONA SHAROITIDA RIVOJLANISHI VA ZARAR KELTIRISHIGA DOIR MA’LUMOTLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

G'O'ZA TUNLAMI HELICOVERPA ARMIGERA (HÜBNER, 1808)NING SHIMOLIY FARG'ONA SHAROITIDA RIVOJLANISHI VA ZARAR KELTIRISHIGA DOIR

MA'LUMOTLAR Zokirov I.I., Yusupova Sh.X. https://doi.org/10.5281/zenodo.11210886

Namangan viloyat sharoitida g'o'za ekinida mazkur tunlamning bioekologik xususiyatlari va uning zarari tadqiq etilgan. Biroq, no'xat va bir qator sabzavot ekinlarida uning tarqalishi, rivojlanish fazalari, zararini tadqiq etish bo'yicha maqsadli izlanishlar olib borilmagan. 2011-2018 yillarda Namangan viloyatining Uychi, Chust, Chortoq, Yangiqo'rg'on tumanlarida tadqiqotlar olib borildi [1].

Dala kuzatuvlarining ko'rsatishicha, viloyat sharoitida mazkur zararkunanda g'o'za, tomat, makkajo'xori, no'xat, soyaga jiddiy zarar keltiradi. Kuzatuv yillarida kungaboqar, soya, no'xatda tunlamning ommaviy ko'payishi qayd etildi.

Turli adir hududlarida olib borilgan kuzatuvlar natijasida no'xatning zararlanish darajasi 40,66% dan 82,66 % gacha, sug'oriladigan maydonlarda esa 91% ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlar g'o'za tunlamining katta miqdordagi qurtlari lalmi no'xatzorlarda yetilib, ulardan uchib chiqqan ikkinchi avlod kapalaklari sug'oriladigan ekin maydonlariga, g'o'za va boshqa madaniy ekinlarga migratsiya qilishidan dalolat beradi [1].

Mazkur tunlam g'umbak holida tuproqning 3-5 sm qalinlikdagi qatlamida qishlaydi. Voyaga yetgan kapalaklarning rangi qo'ng'ir sarg'ish, kattaligi qanotini yozganda 30-40 mm bo'lib, kuzatuv-yilida aprelning ikkinchi va uchinchi dekadasida qishlovdan chiqdi (19.III-25.IV.2011). Kapalaklar asosan kunning oqshom va tun paytlarida faol uchadi. Urg'ochilari ma'lum muddat o'simliklarning gul nektari bilan qo'shimcha oziqlangach, tuxum qo'yishga kirishadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, g'o'za tunlami o'z tuxumlarini o'zidan otquloq, chumoli kislotalari ajratuvchi o'simliklargagina qo'yadi. Bunday o'simliklarga esa makkajo'xori, tomatdoshlar va asosan no'xat kiradi. Shuning uchun mualliflar g'o'za tunlamining tuxum qo'yishda o'simliklarni tanlash xususiyatiga ega deb hisoblaydilar [2].

Kuzatuvlarda tunlamning birinchi avlodi begona (mingdevona) va yovvoyi o'tlarga (ismaloq, tugmachagul) yoki ertangi ekinlarga (no'xat) tuxum qo'yganligi qayd etildi (28.IV). Kapalak tuxumlarini o'simliklarning o'suv nuqtasiga yakka-yakka holda qo'yadi.

Bir haftadan so'ng tuxumlardan lichinkalar chiqib, ular 20-25 kun davomida o'simliklarning barglari, keyinroq hosil organlari bilan oziqlanib zarar keltiradi. Kichik yoshli qurtlar barglar bilan oziqlansa, katta yoshli qurtlar esa dukkak ichiga kirib olib, donlarni kemiradi. So'ngra tuproq ostiga kirib, beshikcha ichida g'umbakka aylanadi va 14-45 kun davomida rivojlanishi natijasida yetuk kapalakka aylanadi. Birinchi avlod rivojlanishi iyunni 12-13 kunlarigacha davom etdi yoki bu avlod uchun rivojlanish 47-48 kunni tashkil etdi.

2017-yilgi kuzatishlarda ikkinchi avlod kapalaklari makkajo'xori, kungaboqar, g'o'za, tomat, baqlajon kabi qishloq xo'jalik ekinlariga tuxum qo'yishi aniqlandi. Dala tadqiqotlarida zararkunanda tuxumlari soya va no'xatning barglari, kungaboqarning barglari, savatchalari, makkajo'xorining so'talarida qayd etildi (25.V.2017).

Birinchi yoshli lichinkalar makkajo'xorida dastlab urug'chi tumshuqchasi bilan oziqlanadi. Natijada changlanish jarayoni buzilib, don hosil bo'lmaydi va so'talar puch bo'lishi kuzatiladi. Keyinroq fitofag lichinkalari uchki so'talarda sut pishiqlik fazasidagi donlarni kemiradi. Muayyan vaqt don bilan oziqlangach, ular so'taning o'zak qismiga kirib olishi qayd etildi (25.06.2017).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE «PROSPECTS OF INNOVATIVE DEVELOPMENT OF AGRICULTURE IN NEW

UZBEKISTAN» MAY 15, 2024

Ayrim tadqiqotchilar g'o'za tunlami makkajo'xorini bevosita zararlabgina qolmay, balki fuzarioz kasalligi rivojlanishiga ham qulay sharoit yaratadi [3]. Mazkur holat dala kuzatuvlarida ham qayd etildi (25.06.2017).

Kungaboqarda dastlabki tuxumlar o'simlik gullashiga qadar barglariga qo'yiladi. Savatcha to'pgullarga qo'yilgan tuxumlardan chiqqan qurtlar dastlab to'pgul tojbarglari bilan oziqlanadi, so'ngra parenximani kemira boshlaydi.

Soyada kichik yoshli qurtlar (1-2) yosh barglar bilan oziqlanadi, katta yoshlilari (3-6) esa to'pgullarga hujum qilib, yangi dukkaklarni zararlaydi.

Tomat o'simligining butun vegetatsiya davri mobaynida tunlam boshqa fitofaglardan ustunlik qiladi va mazkur ekin turida uning 3 avlodi rivojlanadi. 2011-yilning iyul-avgust oylarida no'xat o'simligining zararlanishi qayd etilib (100 tupdan 3-4 %), bu vaqt hosil organlarining rivojlanish davriga to'g'ri keladi. Zararkunanda miqdoriy dinamikasi ikki marta eng yuqori ko'rsatkichga erishib, bu hol birinchi marta - iyulning birinchi dekadasi, ikkinchisi esa avgustning uchinchi dekadasida kuzatildi.

REFERENCES

1. Yusupova Sh.X. Shimoliy farg'ona no'xat agrotsenozi fitofag hasharotlari: Biol. fan. fals. dokt. (PhD) diss. Avtoref. -Farg'ona, 2024. - 45 b.

2. Лозино-Лозинский Л.К. Роль питания в развитии и размножении хлопковой совки (Chloridea absoleta F.) Труды общества // Всесоюзное энтомологическое общество. 1954. Т. 44. - С.3-61.

3. Федоренко В.П., Кузьминский А.В. Вредоносность хлопковой совки на кукурузе на востоке Украины // Защита и карантин растений. 2015. №1. - С. 33-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.