Научная статья на тему 'GʻARBIY HISOR FLORASINI ETNOBOTANIK TADQIQ QILISHNING ZARURLIGI VA AHAMIYATI'

GʻARBIY HISOR FLORASINI ETNOBOTANIK TADQIQ QILISHNING ZARURLIGI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Gʻarbiy Hisor / flora / maydon / hudud / daryolar / tur / balandlik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Niyozov Ulugʻbek Ravshanovich, Alikulov Begali Saydullayevich, Mukumov Ilhom Oʻktamovich

Maqolada Gʻarbiy Hisor togʻ tizmasi florasida ayrim dorivor oʻsimlik turlarining tavsifi boʻyicha materiallar keltirilgan. Materiallar dala tadqiqotlar natijasida olingan, hayotiy shakllari toʻplangan va turlarning xususiyatlari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GʻARBIY HISOR FLORASINI ETNOBOTANIK TADQIQ QILISHNING ZARURLIGI VA AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

GARBIY HISOR FLORASINI ETNOBOTANIK TADQIQ QILISHNING ZARURLIGI VA AHAMIYATI

1Niyozov Ulug'bek Ravshanovich, 2Alikulov Begali Saydullayevich, 3Mukumov Ilhom

O'ktamovich

1Assistent, SamDU 2Dotsent, SamDU 3Dotsent, SamDU https://doi.org/10.5281/zenodo.13846828

Annotatsiya. Maqolada G'arbiy Hisor tog' tizmasi florasida ayrim dorivor o'simlik turlarining tavsifi bo'yicha materiallar keltirilgan. Materiallar dala tadqiqotlar natijasida olingan, hayotiy shakllari to'plangan va turlarning xususiyatlari berilgan.

Kalit so'zlar: G 'arbiy Hisor, flora, maydon, hudud, daryolar, tur, balandlik.

Аннотация. В статье представлены материалы по описанию некоторых видов лекарственных растений флоры Западного Гиссара. В результате полевых исследований получены материалы, собраны жизненные формы и дана характеристика видов.

Ключевые слова: Западный Гиссар, растительный мир, площадь, ареал, реки, тип, высоты.

Abstract. The article presents materials on the description of some species of medicinal plants of the flora of Western Gissar. As a result of field research, materials were obtained, life forms were collected and characteristics of species were given.

Keywords: Western Gissar, flora, area, range, rivers, type, heights.

Hisor tog' tizmasi — O'rta Osiyoning janubi - sharqiy hududida joylashgan tog' tizmasi hisoblanadi. Hisor tog' tizmasi tarkibida Amir Temur g'ori, Maydanak platosi hamda Maydanak astronomik observatoriyasi, Hisor davlat tog' - archa qo'riqxonasi va boshqa ko'plab tog'lar kiradi [1]. Tog' tizmasining umumiy uzunligi 200 km ni tashkil etadi. O'rtacha balandligi 3600 metrga teng. Hisor tog' tizmasida O'zbekiston hududidagi eng baland cho'qqi Hazrati Sulton cho'qqisi (4083 metr) joylashgan. Chaqchar va Hisor tog'lari tutashgan hududlarda Botirboy, Seversov singari muzliklar mavjud [16]. Hisor tizmasining markaziy qismida (2195 m balandlikda) xushmanzara Iskandarko'l joylashgan. Hisor tizmasining tuzilishi juda murakkab bo'lib, unda bir qancha baland tog' massivlari, dovonlar mavjud. Hisor tizmasi g'arb va janubi-g'arbga tomon bir necha tarmoqqa bo'linib, pasayib boradi. Tog' oldi hududlarida Miraki, Yakkabog' va G'uzor adirlari joylashgan. Shu bilan birgalikda hududda Boysuntog' va Chaqchar tog' cho'qqilari ham joy olgan. Zarafshon, Yakkabog', Hisor tog'lari oralig'ida Kitob -Shahrisabz botig'i mavjud [15]. Jinnidaryo (57 km) Hisor tog' tizmasining Oqota va Shertog' tog'lari orasidagi buloqlardan boshlanadi. Oqsuv (115 km) Hisor tizmasining Botirboy va Seversov tog' muzliklari hosil qilgan irmoqlarning to'planishidan hosil bo'ladi. Tanxozdaryo (104 km) tizmadagi G'oziko'ldan boshlanadi [11].

Hisor tizmasining shimoliy va g'arbiy yon bag'irlarini Zarafshon, Qashqadaryo, janubiy yonbag'rini Yarxin, Sarbog', Kofarnihon, Varzob, Xonaka, Lyubach, Qoratog'daryo, Shirkent, T o'polondaryo va boshqa daryolar chuqur daralar hosil qilib kesib o'tadi. Hisor tizmasida kelib chiqishi har xil (morena, to'g'on, karst) bo'lgan ko'llar jumladan, Iskandarko'l, Hazor-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

chashma, Ko'likalon, Alovuddin, Ziyorat va boshqalar joy olgan. Tizmada 180 ga yaqin muzlik mavjud bo'lib, maydoni 148,4 km2 dan ortiq [15,16].

Bahorda efemer va efemeroidlar jumladan, bug'doyiq, shuvoq o'sadi. Butalardan achchiqbodom, qoraqat, do'lana va boshqalar uchraydi. G'arbiy Hisor tog' tizmasining o'simliklar dunyosi juda boy va xilma-xil bo'lib, u yerda jami 1500 turdagi o'simliklar o'sishi aniqlangan. Ular 81 oilaga kiruvchi 384 turkumga mansub [6,8]. O'simliklarning 250 turdan ortig'i dorivor va ozuqabob hisoblanadi. Ulardan Ikki uyli gazanda (Urtica dioica L), Oddiy oqqaldirmoq (Tussilago farfara L), Dorivor chakanda (Hippophae rhamnoides L), Dorivor qoqio't (Taraxacum officinalis F.H.Wigg), Katta zubtrum (Plantago major L), Achchiq shuvoq, ermon (Artemisia absinthium L), Oddiy bo'yimodaron (Achillea millefolium L), Dala qirqbo'g'imi (Equisetum arvense L), Qirqbo'g'imsimon zog'oza (Ephedra equisetina Bunge), Na'matak, itburun (Rosa canina L), To'g'ripoyali radiola (Rhodiola recticaulis Boriss), Silliqurug'li qariqiz (Arctium leiospermum Juz ex V.Serg.), Zich qo'ng'iroqgul (Campanulla glomerata L), Qorsevar asarun (Valeriana chionophila Popov ex Kult), Katta qorandiz (Inula helenium L), Maydagulli tog'rayhon (Origanum vulgare L), Teshikbargli dalachoy, choyo't (Hypericum perforatum L), Osiyo yalpizi (Mentha longifolia var. asiatica (Boriss) Rech. f.), Chumchuqtil toron, qiziltasma (Polygonum aviculare L), Zarafshon archasi (Juniperus polycarpus Kitam var. seravschanica), Yovvoyi sabzi (Daucus carota L), Jung'oriya sigirquyrug'i (Verbascum songaricum Schrenk), Dorivor gulixayri (Althaea officinalis L), Samarqand o'lmaso'ti (Helichrysum maracandica Popov ex Kirp), Nashtarsimon zubtrum (Plantago lanceolata L), O'tloq sebargasi (Trifolium pratense L), Grek yong'og'i (Juglans regia L), O'tloq burchog'i (Lathyruspratensis L), Otquloq (Rumex confertus Willd), Oq lamium (Lamium album L), Tarxun, shuvoq (Artemisia dracunculus L), Hidli kiyiko't (Ziziphora clinopodioides Lam), Oddiy jag' - jag' (Capsella bursa-pastoris L), Ferula sumbul (Ferula sumbul (Kauffm.) Hook. f.). xalq tabobatida dorivor o'simliklar sifatida ishlatiladi [5,10,11,12].

Hisor tog' tizmasi hududida kamyob va yo'qolib borayotgan 27 tur o'simlik O'zbekiston «Qizil Kitob»ga kiritilgan. Lola turlari, nor shirach, oq parpi, sumbul kovragi, chinnigul shular jumlasidan. Shuningdek, o'simliklarning 80 dan ortiq turi endemik hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda, ahamiyati va qiymati yuqori bo'lgan bir qator dorivor o'simliklarni biokimyoviy tarkibi, sharoitlari va biotexnologik potensialini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Aбдуллaев С.И., MypTa3aeB Б.Ч., Ha3apoB М.Г. ^aшк;aдaрё x,aB3acH ypTa4a бaлaнд tof лaндшaфтлaрининг хyсyсиятлaри Ta6ra^aH фойдaлaниш Ba мyx,офaзa килишнинг геогрaфик aсослaри. Респyбликa илмий aмaлий конфренция мaтериaллaри HaMaHraH-2010й. 4-5 июн.

2. Акопов, И. Э. Вaжнейшие отечественные ле^рс^енные рaстения и их применение / И.Э. Акопов. - М.: Mедицинa, 1986. - 570 c.

3. Белов, Н. В. Большaя энциклопедия трaволечения: Kaлендyлa. Алтей. Чистотел и другие ле^рс^енные рaстения / Н.В. Белов. - М.: АСТ, Хaрвест, 2005. - 464 c.

4. Большaя иллюстрировaннaя энциклопедия. Ле^рс^енные рaстения. - М.: Bestiary, 2012. - 224 c.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

5. Большая иллюстрированная энциклопедия. Лекарственные растения. - М.: СЗКЭО, 2014. - 224 с.

6. Виноградов, В. М. Лекарственные растения в лечении заболеваний органов пищеварения / В.М. Виноградов, В.К. Мартынок, В.В. Чернакова. - М.: Знание, 1991. - 192 с.

7. Виноградов, В. М. Лекарственные растения в лечении заболеваний сердечнососудистой системы / В.М. Виноградов, В.К. Мартынов, В.В. Чернакова. - М.: Знание, 1991. - 144 с.

8. Вишнев, В. Н. Всякое дыхание славит Господа. Лекарственные растения при простудных и легочных заболеваниях / В.Н. Вишнев. - М.: ДЕАН, 2003. - 672 с.

9. Все о 100 самых популярных лекарственных растениях. - М.: СЗКЭО, 2009. - 208 с.

10. Все о лекарственных растениях. Атлас-справочник. - М.: Bestiary, 2013. - 192 с.

11. Саттаров Д.С., Вышегуров С.Х. Оценка биоразнообразия дикорастущих лекарственных растений ущелья Сафедчашма (Таджикистан, Гиссарский хребет). -Инновации и продовольственная безопасность, 2015, № 4(10), с. 57-62.

12. Гром, И.И. Дикорастущие лекарственные растения СССР / И.И. Гром. - М.: Книга по Требованию, 2012. - 287 с.

13. Холматов Х. Х., ^осимов А.И. Доривор усимликлар. Тошкент, Ибн Сино, 1994.-365 б.

14. Набиев М., Шалнев В., Иброхимов А. Шифобахш неъматлар. Тошкент, Мех,нат, 1989180 бет.

15. Pinxasov B.I., Mixaylov V.V., Chirikin V.V. Geologik xarita. Masshtab 1:1140000 //Qashqadaryo viloyati olkashunoslik atlasi. T., 2016 B.12.

16. Юго-Восток Узбекистана. Туристическая карта. Картографический центр МО Республики Узбекистан.1993г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.