Научная статья на тему 'Фонетическая лаборатория и курсы иностранного языка'

Фонетическая лаборатория и курсы иностранного языка Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
53
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
фонетическая лаборатория / звук / произношение / слух / умение / аудирование. / phonetic lab / sound / pronunciation / hearing / skill / listening.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Элёр Маруфов

В этой статье обсуждаются такие вопросы, как фонетическая лаборатория и ее функции, роль языковой лаборатории в обучении иностранным языкам, а также развитие разговорных навыков студентов с помощью языковой лаборатории.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Phonetic laboratory and foreign language classes

This article discusses issues such as the phonetic laboratory and its functions, the role of the language laboratory in teaching foreign languages, as well as the development of students' speaking skills through the language laboratory

Текст научной работы на тему «Фонетическая лаборатория и курсы иностранного языка»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Phonetic laboratory and foreign language classes

Elyor MARUFOV1

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021

This article discusses issues such as the phonetic laboratory and its functions, the role of the language laboratory in teaching foreign languages, as well as the development of students' speaking skills through the language laboratory.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Keywords: phonetic lab, sound,

pronunciation, hearing, skill, listening.

Fonetik laboratoriya va xorijiy til mashg'ulotlari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

fonetik laboratoriya, tovush,

talaffuz, eshitish, ko'nikma, tinglash.

Ushbu maqolada fonetik laboratoriya va uning vazifalari, xorijiy tillarni o'rgatishda til laboratoriyasining ahamiyati, shuningdek, til laboratoriyasi vositasida talabalarning gapirish ko'nikmalarini rivojlantirish kabi masalalar haqida so'z yuritilgan.

1 Lecturer of Samarkand State Institute of Foreign Languages, Samarkand, Uzbekistan. E-mail: uktamovich2012@mail.ru.

Фонетическая лаборатория и курсы иностранного языка

_ АННОТАЦИЯ_

Ключтью аюва: В этой статье обсуждаются такие вопросы, как

фонетическая фонетическая лаборатория и ее функции, роль языковой

лаборатория, - -

звук лаборатории в обучении иностранным языкам, а также

произношение, развитие разговорных навыков студентов с помощью

слух, умение, языковой лаборатории. аудирование.

Til o'rganishda gapirish va tinglash ko'nikmasi muhim tarkibiy qismlardan hisoblanadi. Kommunikativ maqsadga ega bo'lgan til dasturlari haqiqiy audio materiallar va audio visual jihozlar asosida gapirish vazifalarining sifatiga e'tibor qaratilishi kerak. Gapirish faoliyatining mazmuni, haqiqiyligi nuqtai-nazaridan til o'rganuvchilar, ularga pedagogik yordam ko'rsatib turilganda, haqiqiy, asl suhbatlarni(native speaker's speech) tinlaganda xorijiy tilni o'rganishga qiziqishi ortadi va malakalari rivojlanib boradi [1:114].

Fonetik laboratoriya-o'quvxona hamda ovozdan yuqori sifatli nusxa olish tizimlari hamda ovoz o'tkazmaydigan tajriba budkalardan iborat xonadir. Budkalarda to'g'ridan-to'g'ri ovozni diskka yozish va qayta eshitish shuningdek, ulardan boshqa tajribalarda foydalanish mumkin. Laboratoriyada turli ovoz yozib olish uskunalar, magnifonlar hamda dinamik mikrofonlar mavjud bo'ladi.

Shuningdek fonetik laboratoriya o'z ichiga PC kompyuterlari, oddiy kompyuterlarni oladi, ulardan talabalar ham dars o'tish uchun ham nutqni tahlil qilish uchun foydalanishlari mumkin. Laboratoriyada talabalar amaliy fonetik topshiriqlar bajarish uchun mashg'ulotlar tashkil etiladi. Talabalar alohida topshiriqlar, loyihalarni bajarishi uchun ham laboratoriyadan foydalanadilar [3:9].

Laboratoriya yordamida gipotezalarni tekshirish va tajribalar o'tkazish uchun spektogrammalar va akustik spektrlar yasash mumkin. Fonetik mashg'ulotlarda talabalar muntazam ravishda boshqa tillarning tovushlar tizimi bo'yicha mashg'lotlar olib boradilar.

Xususan, laboratoriyalar ingliz va boshqa tillarning unli harflarning diftong va monoftonglarning xususyatlarini o'rganishda muhimdir. Shuningdek talabalar bir necha tillarning akustik jihatdan tahlil qiladilar.

Til laboratoriyasida raqamli ovoz yozish jihozlari mavjud bo'lib undan seanslarni, shuningdek talabalar o'z talaffuzlarini, nutqlarini yozib olishda foydalanish mumkin. Bunda ovoz yozish moslamalari ovoz balandligi va doimiy yuqori sifatini ta'minlaydigan mikrofonlardan ham foydalanish mumkin [3:17].

Bundan tashqari laboratoriyada statik palatografiya qilish uchun polaroid kameralar mavjud bo'ladi. Kameralar oynalar bilan jihozlangan bo'lib, tanglayda til artikulyatsiyasi dalillarini suratga olishga imkon beradi.

O'zbek tilining izohli lug'atida laboratoriya so'zi quyidagicha izohlangan. Laboratoriya [lot. laboratorium-ishxona, laborare-ishlamoq] 1. Ilmiy tekshirishlar, tajribalar, amaliy mashg'ulotlar o'tkazish uchun kerakli apparat va asboblar bilan jihozlangan ilmiy muassasa yoki uning bo'limi va ular joylashgan bino [5:481].

Til laboratoriyasida mashg'ulotlar o'tkazish uchun o'qituvchilar qisqa akademik topshiriqlar, radio-dasturlar, asl suhbatlar, audio kitoblar, qo'shiqlar, qisqa hikoyalardan topshiriqlar tayyorlashlari mumkin.

O'qitish jaroyonida audio-vizual jihozlar ham bo'lishi kerak. Gapirish va tinglash ko'nikmasida aksariyat til dasturlari o'z ichiga magnitofon, ovoz yozish, raqamli ma'lumot va dasturiy ta'minotni oladi.

Karter va M. Makkerzi ta'kidlashicha 1970 yillarning o'rtalaridan ovoz yozib olish va qayta eshitish amaliy darslar uchun ko'p qulayliklar yaratgan, mahalliy so'zlashuvchilar yoki talabalar suhbati til auditoriyalarida keng miqiyosda tinglangan. Ovoz yozib olish tasmalaridan tashqari audio-til laboratoriyalari talabalarga nutq xususiyatlari haqida ma'lumot berishda ham keng qo'llanadi.

Til laboratoriyalari til o'rgatish jaroyonida uzoq vaqtlardan buyon muhim o'rin tutadi.

Til laboratoriyasining eng asosiy vazifasi tilni o'rganayotgan talabalarga eshitish hamda gapirish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berishdir.

Til laboratoriyasining amaliyotga tadbiq etilishi bilan aksariyat xorijiy til o'qituvchilari amaliy tilshunoslik fanida foydalanish uchun yangi texnologiyalarni takomillashtirdilar.[1:114]

Baygeyt (2001) shunday deydi: ovoz yozish lentalari, magnitofon va til laboratoriyasi 1950-yillarda shakllanishi bilan, ular asosan talabalarga talaffuz qilish, grammatika va tarjima amaliyotlarida keng qo'llanilgan.

1960-yillarda til laboratoriyasi shiddat bilan filolog o'qituvchilar orasida eshitish ko'nikmasini o'rgatishda mashhur bo'lib ketdi, biroq shu bilan birgalikda ba'zi o'qituvchilar til laboratoriyasini tanqid ostiga oldilar.

Buning asosiy sababi ikkita:

1) Laboratoriyada ishlaydigan o'qituvchilar laboratoriya jihozlaridan foydalanishni mukammal bilishmagan;

2) Boshqa o'qituvchilar laboratoriyani talabalar gapirish ko'nikmasini o'stirishda muhim o'rin tutishini hisobga olishmagan;.

Til laboratoriyasining asosiy vazifasi talabaning individual amaliyotini, ko'nikmasini samarasi va o'qituvchilarning ham o'rgatish uslubini samarali va sifatli bo'lishidadir. Filolog o'qituvchilar laboratoriyani talaba talaffuz qilish ko'nikmasida muammoga duch kelganda ishlatishlari mumkin, biroq bu degani laboratoriya faqat talaffuzni o'stirishga kerak degani emas, aksincha laboratoriya tilning barcha ko'nikmalarini rivojlantirish uchun zarur [3:20].

Til laboratoriyasi talabalar ehtiyojiga qarab topshiriqlarni amalda bajarishga talab etadigan o'qitish qurolidir. Til laboratoriyasidan foydalanishdan oldin filolog o'qituvchilar yordamchi materiallar radiolar, magnitofonlar, dvdlar yoki TVlardan farqli o'laroq, boshqa metodlarni ham hisobga olishlari kerak. Til laboratoriyasi o'qituvchi yoki o'qitish uslubi sifatida qaralmasligi kerak.

Laboratoriyaning samarasi to'g'ridan-to'g'ri o'qituvchining mahoratiga va tajribasiga ham bog'liq. Til laboratoriyasini kompyuter bilan qiyoslash mumkin. Bu ikki qurilma, ularning fazilatlari nafaqat jihozlarga balki ularning dasturiy ta'minotiga bog'liq. Ilg'or kompyuterlarga ilg'or dasturlar kerak. O'z imkoniyatidan yetarlicha foydalanish uchun kompyuter o'zining barcha imkoniyatlarini tadbiq etish uchun zamonaviy dasturiy ta'minotni talab etadi. Agar laboratoriya mashg'ulotlarida eski materiallardan foydanilsa, laboratoriya samarasi cheklangan bo'ladi.

Laboratoriya va undan foydalanish usulidan kelib chiqib, shunchaki o'z samarasini beradi. Garchi elektron jihozlar bir necha bor takomillashgan bo'lsada dasturiy ta'minotlar, o'quv materiallar ham talabga javob berishi kerak. O'qituvchilar laboratoriyada har doim dars o'tish muhimligini anglagan holda yangi uslublarni rivojlantirib borishlari zarurdir.

Xorijiy tillarni o'qitishda laboratoriya juda muhim ahamiyatga ega bo'lib, xorijiy til o'rganuvchilarning to'g'ri talaffuz qilish, gapirish va tinglash malakalarini samarali rivojlantiradi.

Andevud (Underwood) ta'kidlashicha 'Laboratoriya o'qituvchini ko'proq ijodiy faoliyati uchun imkon yaratadigan, tilning mexanik jihatlarini ochib beradigan, o'qituvchining doimiy yordamchisidir.

Ko'plab o'qituvchilar laboratoriyani o'qitishning o'rnini bosuvchi vosita deb hisoblaydilar., shu sababli laboratoriya tilni o'qitish markazi sifatida qaraladi, o'qituvchi laboratoriya ishiga ko'maklashadi va moslashadi.

Til laboratoriyalari hech qachon o'qituvchining o'rnini bosuvchi sifatida ko'rilmasligi kerak, aksincha laboratoriyalar puxta bilimga ega, darslarga mos ravishda tayyorgarlik ko'radigan, har doim yangi metodlardan foydalanib dars o'tkazadigan o'qituvchilarni talab qiladi. Laboratoriyalar maqsadga muvofiq ravishda foydalanilganda u o'z samarasini ko'rsatadi [6].

Til laboratoriyasi mashg'ulotlari undan foydalanish uchun ijodiy va maxsus vazifalar ishlab chiqilgan ekan, til o'rganishda foydali to'ldiruvchisi sifatida qaralishi kerak.

Boshqacha aytganda yangi mavzu va muloqot mashg'ulotlari odatdagi dars davrida o'tkazilishi mumkin; keyin talaffuz qilish, tinglash kabi aniq ko'nikmalar laboratoriyada, xususan laboratoriya uchun mo'ljallangan, yozib olingan materiallar bilan mustahkamlanishi kerak. Bu turdagi maxsus laboratoriya mashg'ulotlariga talaffuz qilish mashg'ulotlari, qo'shiqlar, o'qib tushunish test sinovlari, qiziqarli suhbatlar, ma'ruzalarga asoslangan savol-topshiriqlarni kiritishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Teaching pronunciation. A reference for teachers of English to speakers of other languages. M. Celee-Murcia, M. Brinton, Janet M. Goodwin. Cambridge University press. 1996. - P. 114.

2. Practical phonetics training and the nature of phonetic judgements. P.S. Ashby. Phd.diss. London. 2002.

3. The language laboratory and the electronic classroom. A comparison of their relative contribution to achievement in three languages in the comprehensive high school. Phd.diss. W.F. Smith. Indiana, Purdue. 1969. - PP. 7-20.

4. O'ZME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2006-2008.

6. Teaching and Researching Speaking. R. Hughes. London, 2011.

7. A. Abduazizov. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. Toshkent 2010. - B. 47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.