Научная статья на тему 'FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASHG‘ULOTLARNI BAJARISHDA О‘QUVCHILARDA AMALIY KО‘NIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH'

FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASHG‘ULOTLARNI BAJARISHDA О‘QUVCHILARDA AMALIY KО‘NIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
fizik eksperiment / bilim darajasi / kо‘nikma / malaka / kompetensiya / о‘zlashtirish darajalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zamonova Shahlo Safar Qizi, Abdimurodov Elbek Qahramonovich

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida о‘quvchilar fizikadan eksperimental mashg‘ulotlarni о‘tkazishda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda kompetensiyalarning samarasi qarab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASHG‘ULOTLARNI BAJARISHDA О‘QUVCHILARDA AMALIY KО‘NIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH»

FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASHG'ULOTLARNI BAJARISHDA О' QU VCHILARDA AMALIY KO'NIKMA VA MALAKALARNI SHAKLLANTIRISH

1Zamonova Shahlo Safar qizi , 2Abdimurodov Elbek Qahramonovich

12DTPI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116103

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida o'quvchilar fizikadan eksperimental mashg'ulotlarni о 'tkazishda amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishda kompetensiyalarning samarasi qarab chiqilgan.

Kalit so'zlar: fizik eksperiment, bilim darajasi, ko'nikma, malaka, kompetensiya, о 'zlashtirish darajalari.

Аннотация. В данной статье рассматривается эффективность компетенций в формировании практических навыков и квалификации студентов при проведении занятий по экспериментальной физике в образовательном процессе.

Ключевые слова: физический эксперимент, уровень знаний, навык, квалификация, компетентность, уровни мастерства.

Abstract. In this article, the effect of competences in the formation of practical skills and qualifications of students in conducting experimental physics classes in the educational process is considered.

Key words: physical experiment, level of knowledge, skill, competence, competence, mastery levels.

Fizika umum ta'limning muhim bir kursi bo'lishiga qaramay, unda yagona o'quv predmeti emasligini, u umum ta'limning bir qismi ekanligini e'tiborga olsak, u holda fizikani o'qitishning maqsad va vazifalari ham, umum ta'lim muassasalarida nazarga olingan maqsad va vazifalari bilan belgilanishini tushunish qiyin emas.

Pedagogik jarayoniga dialektik nuqtai nazarida qaralganda, unda "ta'lim- tarbiya beruvchi" va "ta'lim - tarbiya oluvchi" bo'lgan ikki tomonlar o'rtasidagi faoliyatidan iborat bir butunlikni ko'ramiz [1-3]. Ta'lim jarayonida "ta'lim-tarbiya beruvchi" va "ta'lim - tarbiya oluvchi" tomonlar faoliyatlarining maqsadga yo'naltirilgan va uyg'unlashgan holda tashkil etilishi, predmet bo'yicha bilimlarni o'zlashtirilishi hamda ularda zaruriy malaka va ko'nikmalarni shakllantirilishga qaratilganligi bilan muhim sanaladi. Ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchiga berilayotgan bilimlarning mohiyatini hayotiy muhimligini ochib berilishida, jumladan ularda fizikaga ehtiyojni qiziqishtirishni shakllantirish yuzasidan qiziqishlarni vujudga keltirishi, o'quv materialni yaxshi anglanishini ta'minlaydi.

O'qituvchi har bir o'quvchining bilimlarni qabul qilish xususiyatini va bilimlarni xotirasida saqlay olish qobiliyatini va shunga ko'ra to'plagan bilim, ko'nikma va malakalarining turi (nazariy bilim, ularni amaliyotga qo'llay olish, laboratoriya mashg'ulotlarini mustaqil bajara olish darajasi va izlanuvchanligi) va hajmidan xabardor bo'lishi asosida o'qituvchi o'quvchiga topshiriq va ko'rsatmalarni berishni rejalashtiradi. Bu hol, o'z navbatida, o'quvchi va ta'lim beruvchi orasidagi muhim munosabatlarda o'zaro ishonch hamda ularda fanga bo'lgan qiziqtirish muhiti shakllanadi. Shuning uchun ham o'quvchi va o'qituvchi orasidagi hamkorlik deyiluvchi didaktik tamoyil o'qitishni samarali kechishini ta'minlashda muhim omil sanaladi. Didaktikada bilimlarni

o'zlashtirishni uchta turli darajaga ajratadi: birinchi daraja - qabul qilish, tushunish va esda saqlab qolish, ikkinchi daraja - olingan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo'llay olish, uchinchi daraja -olingan bilimlarni notanish bo'lgan yangi vaziyatlarda qo'llay olish. O'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirishni yuqori darajasiga chiqarish uchun bugungi kunda o'qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llanilmoqda [4; 5].

Ma'lumki bugungi kunda ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning ko'pchiligi kelajakda ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko'rsatadilar. Shu bois, o'quv muassasalarida tayyorlanayotgan bo'lajak mutaxassislarning texnikaning asosi sanalmish fizikadan eksperimental mashg'ulotlarida o'quv jihozlaridan foydalanish bo'yicha (bilim, ko'nikma va malakalarini) kompetensiyalarni o'zlashtirishi ularda kasbiy kompetentlikni shakllantirishda muhim omil sanaladi [6].

Pedagogik tadqiqotlarda ko'rsatishicha, berilgan bilim, ta'lim oluvchining o'zlashtirishi uchun uni kamida 2-3 marotaba, fikriy faoliyatlari zaif bolalarda esa, undan ham ko'proq topshiriq va mashqlar berish orqali takrorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Takrorlash natijasida ma'lum jarayon yuzasidan o'quvchida shakllanayotgan ilmiy tushuncha va bilimlar miqdoriy o'zgarishlarni o'tib so'ngra aniq sifatiy tus oladi va ma'lum ma'noda, o'quvchi ongida "uyg'onish" jarayoni yuzaga keladi. Insonning bilish faoliyati jarayonida, uning sezgi organlari tomonidan axborotlar qayd qilinib, so'ngra u olingan axborot va ma'lumotlarni mushohada va tahlil qilish orqali solishtiradi. Oqibatda ular yaxshi anglanilish natijasida mustahkam bilimga aylanadi. Sinfdagi barcha o'quvchi bir xil fikrlay olmasligi bois, ularning o'zlashtira olish qobiliyatlari ham bir xil bo'lmasligi tabiiy. Binobarin, pedagog ta'lim oluvchining imkoniyatini hamda o'quvchining yoshiga mos fizilogik xususiyatlarni inobatga olgan holda o'quv jarayonini rejalashtiradi.

Olib borilgan pedagogik tajribalarda sinfdagi o'quvchilarga eksperimental topshiriq berilganda, aksariyat ularning kopchiligi, masalan, dinamometr yordamida og'irlik kuchini o'lchay olsada, ammo ularda ishqalanish yoki Arximed kuchini (bu kuchlarning tabiati to'g'risidagi bilimlar shakllangan bo'lishiga qaramay) aniqlash ko'nikmasi yaxshi shakllanmaganligini guvohida bo'lamiz. Buning sababi, o'qitishda o'quvchidagi erishilgan fundamental bilimlarni amaliyotga qo'llashda, asbob va o'quv jihozlardan amaliyotda foydalanish "kompetensiya" darajasiga olib chiqilmaganligidadir.

O'z tajribamizdan kelib chiqib, o'quvchida fanga oid bo'lgan, ya'ni tajribani o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchash, asboblardan amaliyotda foydalana olish va xulosalar chiqarish kompetensiyasi shakllantirish muammosini Arximed kuchini aniqlash misolida keltiramiz.

Arximed kuchini aniqlash uchun zarur bo'lgan jihozlar: dinamometr, suyuqlik solinadigan idish (silindr shaklida), metall jism va suyuqlik (suv). Ishni bajarish tartibi :

• Dinamometrga jismni iling va uning og'irligini havoda o'lchang. Dinamometr ko'rsatgan qiymatni F1 =......deb yozib oling.

• Dinamometrga ilingan jismni suyuqlikka tushiring. (Bunda jism suyuqlikka to'liq botgan holda bo'lsin, ammo jism idish tubiga tegmasin). Jism suyuqlik ichida turganda dinamometr ko'rsatgan qiymat F2 =...... ni ham qayd qiling.

• F1 - F2 kuchlar farqi Arximed kuchining qiymatini beradi. O'lchangan natijalarga ko'rajismga ta'sir qilgan Arximed kuchini hisoblang.

Yuqorida keltirilgan algoritm asosida o'quvchi tajribani 2-3 marta takroriy bajarganda unda tajribani o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchash, asboblardan amaliyotda foydalana olish va xulosalar chiqarish kompetensiyasi samarali shakllanadi.

Sho'rchi tumanidagi 25- umum ta'lim maktablarida olib borilgan pedagogik tadqiqot ishining tajriba va nazorat guruhlardagi natijalar 1- jadvalda keltirilgan.

1-jadval Arximed kuchini aniqlash bo'yicha tajriba va nazorat guruhlarning natijalari

Baho ko'rsatkichlari Guruhlar

Tajriba guruhi 20 nafar o'quvchi Nazorat guruhi 18 nafar o'quvchi

Asoslovchi tajriba Ta'kid lovchi tajriba Asoslov chi tajriba Ta'kidlo vchi tajriba

5 3 7 2 5

4 9 8 10 9

3 5 4 4 3

2 3 1 2 1

1- jadvaldagi tajriba va nazorat guruhlari bo'yicha qayd etilgan natijalar asosida tajriba-sinov ishlarining ilmiy-pedagogik jihatdan to'g'ri tashkil etilganligi va samaradorligini o'rganish maqsadida matematik-statistik tahlil amalga oshirildi. Statistik tahlil uchun Styudent-Fisher metodi tanlandi [7]. Tajriba guruhida o'zlashtirish ko'rsatgichi 25 % oshganligi kuzatildi.

Pedagogik amaliyot vaqtida o'quvchilarda elektr asboblari bilan ishlashga bo'lgan qiziqish bo'lsada, biroq aksariyat hollarda o'quvchilar, elektr zanjirini yig'ishda, elektr o'lchov asboblaridan foydalanishda amaliy bilim va ko'nikmalarning yetarlicha shakllanmaganligining guvohi bo'lamiz. Bu vaziyatdan chiqish uchun dastlab o'quvchi uchun eng oddiy elektr zanjiri sxemasi tanlash ma'qul bo'ladi.O'quvchilarga elektr zanjirdagi elementlar to'g'risida nazariy (zanjirni ulash qoidalari to'g'risida) tushunchalar berilgandan so'ng ular dastlab berilgan sxema asosida elektr zanjirni yig'ish ishini bajaradi va keyingi bosqichda o'lchov ishlarni amalga oshiradi. O'quvchining amaliy faoliyatini o'qituvchi tomonidan kuzatilishi va uning o'zlashtirishiga ko'ra, elektr zanjiriga boshqa elementlar qo'shib borish yo'li bilan elektr zanjirining ko'rinishi murakkablashtirib boriladi. Har qanday o'quv jihozi yoki o'lchov asboblari orqali zanjirning fizik parametrlarini o'lchash ishini bajarish uchun ma'lum mantiqiy ketma-ketlikda ishni ta'minlay oladigan algoritm asosida tashkil etilsa, nazarda tutilgan maqsadga erishish oson kechishi pedagogik tajribada ko'rinadi.

Xulosa

• O'qitish jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining o'zaro bog'liqligi ta'minlangan tartibli va mantiqiy ketma-ketlikda tashkil etilgan o'qitish metodi joriy etiliishi, o'qitish jarayonining bosh vazifalaridan bo'lgan - ta'limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalariga qat'iy amal qilishni ta'minlaydi.

• Ta'lim jarayonida bilishning nazariy va empirik metodlarining birligi prinsipi etib, o'qitishda fizikadan nazariy va amaliy bilimlarni optimal uyg'unligi asosida tashkil etilgan barcha amaliy mashg'ulotlar orqali o'quvchilar tomonidan erishilgan bilimlar, amaliy ko'nikmalar va malakalarning shakllanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

• O'quvchilarning o'z faoliyatlarida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning bilish qobiliyatini faollashtirish, dars samaradorligini oshirish, mustaqil ishlash va mantiqiy fikrlashga o'rgatish masalalari, yangi pedagogik qarashlar, kompetensiyaviy yondashuvlar asosida amalga oshirishni taqazo etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Выготский Л.С., Психология: учеб.пособие / Л.С.Выготские.-М.:/ Апрель Пресс; М.: ЭКСМО-Пресс, 2002.

2. Сластенин В.А.Общая педагогика: учеб.пособие: в 2 ч. / В.А. Сластенин, И.Ф. Исаев, Е.Н. Шиянов.-М.:Владос,2003.

3. Abdullayeva Sh., Xolmamatova L.A. Pedagogika. O'quv qo'llanma. T. TAQI, 2005.

4. Djo'rayev M. Fizika o'qitish metodikasi.-Toshkent .«Abu matbuot- konsalt»,2015. - 276 b.

5. Хуторский А.В. Дидактическая эвристика. Теория и технология креативного обучения. - М.: Изд-во МГУ, 2003. - 416 с.

6. Usarov J.E. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta'lim standartlarini amaliyotga joriy etish muommo va yechimlar // Fizika, matematika va informatika. T. 2016, № 6 - 40 -48 - bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.