Научная статья на тему 'FIZIKADAN MASALALAR YECHISH ASOSIDA FANGA ОID KОMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH'

FIZIKADAN MASALALAR YECHISH ASOSIDA FANGA ОID KОMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kompetensiya / muammoli masala / kompetentlik / didaktik tamoyil / tajriba / laboratoriya / qobiliyat / amaliyot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xujanov Erkin Berdiyevich

Ushbu maqolada turli tipdagi masalalar va ularni yechish usullari hamda fizikadan masalalar yechish asosida fanga оid kоmpetensiyalarni shakllantirish yо‘llari haqida sо‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKADAN MASALALAR YECHISH ASOSIDA FANGA ОID KОMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH»

FIZIKADAN MASALALAR YECHISH ASOSIDA FANGA OID KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Xujanov Erkin Berdiyevich

P.f.f.d. (Phd), dotsentNizomiy nomidagi TDPU https://doi.org/10.5281/zenodo.10990513

Annotatsiya. Ushbu maqolada turli tipdagi masalalar va ularni yechish usullari hamda fizikadan masalalar yechish asosida fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish yo'llari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Kompetensiya, muammoli masala, kompetentlik, didaktik tamoyil, tajriba, laboratoriya, qobiliyat, amaliyot.

Аннотация. В этой статье рассматриваются различные типы задач и методы их решения, а также способы формирования научных компетенций на основе решения задач из физики.

Ключевые слова: Компетентность, проблемный задач, компетентность, дидактический принцип, опыт, лаборатория, способности, практика.

Abstract. This article discusses various types ofproblems and methods of solving them, as well as ways to form scientific competencies based on solving problems from physics.

Keywords: Competence, problem solving, competence, didactic principle, experience, laboratory, abilities, practice.

Muammoli va baholovchi masalalar maktab fizika kursida yangi didaktik vositalar hisoblanadi. Ularda texnik ob'yektlar yoki ishlab chiqarish vaziyatlari keltirilmaydi. Lekin, ular ta'limning amaliyotga yo'naltirilganlik prinsipini joriy etish bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan. Chunki, ularda inson hayotida uchraydigan vaziyatlar va talablar aks etdiriladi.

Jumladan, umumiy o'rta ta'lim tizimi uchun tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlari bo'yicha fizika faniga oid quyidagi kompetensiyalarni o'quvchilarda shakllantirish rejalashtirilgan.

1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;

2. Tajribalar o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi;

3. Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.

O'quvchilarda mazkur kompetensiyalarni shakllantirishda amaliyotga yo'naltirilgan "Turli

tipdagi masala" larni yechish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun fizik bilimlaridan foydalanib kundalik hayotlarida uchraydigan bunday muammolarni yechish bilan bog'liq turli tipdagi masalarni ajratib olish va ularni yechish metodikasini Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarga o'rgatish kerak bo'ladi.

Turli tipdagi deyilganda inson oldiga ma'lum hayotiy vaziyatlarda ko'p marta qo'yiladigan maqsadlar tushuniladi. Shuningdek insonning kasbiy faoliyatida va maishiy sharoitda fizikadan egallagan bilimlarini qo'llab echiladigan turli tipdagi masalalarni quyidagicha ajratish mumkin:

1. Berilgan xossalarga ega bo'lgan ob'yektlarni hosil qilish;

2. Konkret masalani yechish metodini ishlab chiqish;

3. Ob'yektning parametrlarining belgilangan me'yordan chetlashishini yo'qotish;

4. Ob'yektni berilgan xossalarini o'zgartirmasdan saqlash yoki bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish;

5. Ob'yektni belgilangan holatda tavsiflovchi fizik parametrlarni topish yoki baholash;

6. Ob'yektning ishlashini, texnologik jarayonni boshqarish;

7. Texnik ob'yektni ekspluatasiya qilish.

Inson kundalik turmushida duch keladigan muammolarda fizikadan egallagan bilimlarini qo'llab echadigan tipik masalalardan ayrimlarini quyida keltiraylik.

I. Berilgan xossalarga ega bo'lgan ob'yektlarni hosil qilish bo'yicha:

1. Uy sharoitida ipak qurtini boqish uchun undagi temperatura 25-30 0C bo'lishi kerak. Uy sharoitida shunday temperaturani doimiy ushlab turuvchi qurilmani ishlab chiqing.

2. Xona o'simliklari uchun tuproq namligi doimo ma'lum bir me'yorda bo'lishi kerak. Siz ta'tilga chiqib, dam olish uchun boshqa joyga ketganingizda shu namlikni saqlab turuvchi qurilmaning loyihasini ishlang.

3. Ko'pgina joylarda elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bo'lib turadi. Sovutgichda mahsulotlar buzilmasligi uchun nima qilish mumkin?

II. Konkret masalani yechish metodini ishlab chiqish.

1. Ko'pgina sovutgichlarda muzlatgich qismi qor va muz bilan qalin qoplanib qoladi. Uni tezda muzdan tushirish yo'lini o'ylab toping.

2. Ma'lumki piyoz to'g'ralganda ko'zdan yosh oqadi. Undan qutiladigan usullarini taklif qiling.

3. Tashqarida yo'llar muzlagan. Uydan maktabga borib-kelish uchun xavfsizlik usullarini tavsiya qiling?

III. Ob'yekt parametrlarining belgilangan me'yordan chetlashishini yo'qotish.

1. Elektr choynagida qisqa tutashuv yo'qligini qanday tekshirish mumkin?

2. Sizning xonangizda namlik yuqori bo'lsa, uni qanday qilib me'yorga keltirish mumkin?

3. Uyda yashaydigan hayvonlardan chiqadigan yoqimsiz hidni qanday yo'qotsa bo'ladi?

IV. Ob'yektning berilgan xossalarini o'zgartirmasdan saqlash yoki bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish.

1. Yoz kunlaridan birida uydagi sovutgich ishdan chiqdi. Uni tuzatguncha oziq ovqatlarni buziltirmasdan qanday saqlash mumkin?

2. Issiq yoz kunlarida dala hovliga keldingiz. Sovutgichsiz ovqatlarni qanday saqlagan bo'lar edingiz?

3. Kasalxonada yotgan bemorga issiq ovqat olib borish kerak. Termossiz uni issiq holda qanday etkazsa bo'ladi?

V. Ob'yektni belgilangan holatda tavsiflovchi fizik parametrlarni topish yoki baholash.

1. Sizda 0,8 l li shisha banka bor. Unga 1 kg asalni sig'dirish mumkinmi?

2. Yer sirtida turib quduqning chuqurligini aniqlash mumkinmi?

3. Xona temperaturasini termometrsiz qanday baholash mumkin?

VI. Ob'yektning ishlashini, texnologik jarayonni boshqarish

1. Elektr tandiridagi temperaturani boshqaradigan qurilmani o'ylab toping.

2. Gaz bilan isitiladigan kolonkada suv va gaz oqimini boshqaradigan qurilmaning loyihasini tuzing.

VII. Texnik ob'yektni ekspluatatsiya qilish.

1. Printer katrijini almashtirishda bajariladigan ishlar ketma-ketligini yozing.

2. Diskka uning belgilangan hajmga nisbatan ko'proq axborot yozish uchun qilinadigan ishlarni ayting.

3. Mobil telefonni elektr energiyasi yo'q joyda zaryadlash yo'lini izlab toping.

Menzurka va suv yordamida shisha probirkaning massasini yoki og'irligini aniqlash. Buning uchun menzurkaga yormidan sal ko'proq suv quyiladi. Suvning sathi belgilab olinadi. So'ngra unga shisha probirka tushiriladi. Bunda menzurkadagi suvning sathi ko'tariladi. Bunday amaliyot orqali fizika faniga oid "Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi; Tajribalar o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchash va xulosalar chiqarish kompetensiyasi"ni shakllantirish ko'zda tutiladi. O'quvchi tajribani o'tkazadi. Probirka suvga tushirilganda suvning sathi ko'tarilishini kuzatadi. Suvning nima sababdan ko'tarilganini tushunadi va sinfdoshlariga tushuntiradi. Suvning oldingi sathini va probirka tushirilganidan keyingi sathini o'lchaydi. Arximed qonuniga ko'ra, probirka tomonidan siqib chiqarilgan suv og'irligi probirka og'irligiga teng bo'lganda, probirka suvga qisman botgan holda, suzib yurishi shartidan foydalanib probirka og'irligini aniqlaydi. Probirka massasi mg ga teng bo'lsa, suzish shartiga ko'ra, тпд — pcVg. Undan m = pcV bo'ladi. Demak, probirka tomonidan siqib chiqarilgan suv massasi probirka massasiga teng bo'ladi. Aytaylik, suvning dastlabki sathi 200 ml bo'lsin. Probirka tushirilganidan so'ng suv sathi 235 ml gacha ko'tarilgan bo'lsin. Demak, siqib chiqarilgan suv hajmi 35 ml bo'ladi. Suv zichligini bilgan holda, uning massasi hisoblab topiladi.

Ttl = pV. Jadvaldan suv uchun P =1 g/cm3 ekanligi topiladi. V= 35 ml =0,035 /= 0,035- 1 dm3=0,035 1000 cm3=35 cm3 hisoblanadi. Natijada m=1 g/cm3- 35 cm3=35 g. Shunday qilib, oddiy suvli menzurka yordamida probirkaning massasi aniqlanadi. Bu bilan o'quvchilarda fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi ham shakllantiriladi.

Tajribani o'tkazishdan oldin rejani va bajarish usulini tushuntirishda o'quvchida kommunikativ kompetensiya, jadvaldan suvning zichligini qidirib topishda axborot bilan ishlash va suv hajmini ml dan sm3 ga o'tkazish va natijalarni hisoblash orqali matematik savodxonlik, Arximed qonunidan foydalanib muammoni yechishda o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi, tajribani mustaqil o'tkazishi, unda faol qatnashishi va jihozlarni asrashlari orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini, tajriba o'tkazishda suvni kerakli miqdorda olib probirka tushirilganda toshib hamma yoqni ho'l qilib yubormasdan bajarishi, chiqarib olingan probirkaning sirtini salfetka yoki latta bilan artib qo'yishi va asboblarni joy-joyiga qo'yishi orqali tajribani o'tkazish, shu bilan birga Arximedning hayoti va uning ixtirolari, topgan qonunlarining ahamiyati haqida gapirilib, milliy va umummadaniy kompetensiyalar shakllantiriladi.

1. Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish

9-sinfda "Suyuqlik va uning xossalari" mavzusida oddiy misollar orqali, ya'ni suyuqlikning oquvchanligi, hajmni to'liq egallashi, shaklini kristall holdagini saqlashi, bug'lanish va kondensasiya hodisasi tushuntiriladi. O'quvchi suyuqlik hossalari bo'yicha olgan bilimi, ko'nikma va malakalaridan kundalik turmushda foydalanadi, jarayonni tushunadi va tushuntiradi. Jumladan, suvning agregat holatlari, Yer yuzidagi mo'tadillikni saqlash va inson organizmi uchun ahamiyatli jihatlari, suyuqlikning erituvchanlik xususiyatlari, suyuqliklardan texnikada foydalanish jarayonini tushunadi va o'z fikrini tushuntiradi. Bundan tashqari, o'quvchi tabiatdagi fasl almashinishi, qor va yomg'irning hosil bo'lish jarayonini kuzatadi, tushunadi va tushuntiradi. Bunda, o'quvchi o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib, savollarni mantiqan to'g'ri qo'ya oladi va o'zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilgan holda jamoaviy hamkorlikda ishlay oladi. Bu jarayonni kuzatish orqali o'quvchilar hayoti davomida o'qib o'rganadi, bilimi va tajribasini mustaqil ravishda muntazam oshirib boradi va ushbu kompetensiya shakllanadi (1-jadval).

1-jadval

1.Toza suvda suzish osonmi yoki sho'r suvdami? Sho'r suvda suzish oson, chunki, tuz suvni ancha og'irlashtiradi

2. Tarvuzni dastlab toza suv to'ldirilgan vannaga, so'ngra juda sho'r (namokop) suvga to'ldirilgan vannaga tushirsak, ulardan toshib chiqqan suv massalari nisbati qanday bo'ladi? Toshib chiqqan suvning massalari emas, hajmlari farq qiladi

3. Issiqlikni qaysi biri yaxshi saqlaydi: toza suvmi yoki sho'r suvmi? Bunda tuzli suv tezroq soviydi

Bu turdagi masalalar o'quvchilarning molekulyar fizikadan va qolgan bo'limlar bilan

mavzularning o'zaro bog'liqligini tashkil etadi, bu integrasiya asosida fizikaga oid kompetensiyalarni shakllantiradi.

2. Tajribalar o'tkazish, fizik kattaliklarni o'lchash va xulosa chiqarish

9-sinfda "Suyuqlik va uning xossalari" mavzusini o'tishda o'quvchilarga suyuqlik hajmi, zichligi, massasi, issiqlik sig'imi, formulasi, birliklari hamda ularni qanday o'lchash haqida bilim beriladi. Mavzuni mustahkamlash fizik kattaliklarni o'lchash, aniqlash va amaliyotda qo'llay olish maqsadida masalalar beriladi. Jumladan, suvning bug'lanish va qaynash temperaturalari, cho'milish uchun vanna to'ldirishda issiq suv va sovuq suv miqdorlarini, ob-havo ma'lumotlarida havoning nisbiy namligini mm.sim.ust. da e'lon qilganda, nisbiy namlikning nafas olishga qo'rsatadigan ta'sirini o'quvchi dars jarayonida olgan bilimi ko'nikma va malakalariga tayangan holda, xulosa chiqaradi. Zaruriy fizik kattaliklarni tarozi, termometr, psixrometr, kalorimetrlar yordamida o'lchay oladi.

3. Fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish

9-sinfda "Suyuqlik va uning xossalari" mavzusida suyuqlik temperaturasi moddaning issiqlik holatini aniqlaydigan fizik kattalik ekanligi, birligi, ularning shkalalari haqida hamda temperaturani qanday asboblar yordamida o'lchanishi to'g'risida bilim beriladi. Mavzu oxirida amaliy topshiriq ekskavator va kranlarning ishlashida, binolarni isitishda suyuqliklarning o'rni va ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Termometr, barometr, manometrlar shkalalari, o'lchov kattaliklari va ularning turlari bilish hamda fizik bilimlarni amaliyotda qo'llash orqali ushbu kompetensiya shakllanadi.

Albatta, kompetentlikka yo'naltirilgan topshiriqlarni tuzish o'qituvchi tomonidan katta mehnatni talab qiladi. Kartochkalar tayyorlash, matnlarni yozish va uni ko'paytirish, topshiriqlarning bajarilganini tekshirish, hikoyalarni o'qib chiqish kabi ishlar ko'p vaqtni va qog'ozni talab qiladi. Lekin bir marta tayyorlangan materiallarni keyingi yillarda boyitgan holda ishlatish mumkin bo'lishi, o'quvchilarda kompetensiyalarning shakllanishi, ularning fizikaga qiziqish ortishi o'qituvchi mehnatini taqdirlaydi.

REFERENCES

1. Usarov J. E Tayanch va fizikaga oid kompetensiyalar asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish va o'quvchilar kompetentligini rivojlantirish. Ped. fan.d. (DSc) ... dis. -Toshkent, O'zMU, - 2019.

2. Djorayev M., Xujanov E. Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi / O'quv qo'llanma. -Toshkent:, 2021. - 248 b.

3. Хужанoв Э.Б.. Препoдавание физики в oбщеoбразoвательных ш^лах на ocHoBe статистичес^го метода / Прoблeмы coBpeMeHHoro o6pa3oBaHra. Элeктрoнный журнал. http://www.pmedu.ru - М., 2019. - № 1.

4. Xujanov E.B., Baratov J. Molekulyar fizika va termodinamika asoslaridan nostandart darslarni musobaqa shaklida tashkillashtirish metodikasi / Fan va jamiyat - Nukus, 2021 -№ 1 (2-seriya).

5. Джoраeв М., Хужанoв Э.Б. Изучение курса физики 9 класса в oбщeoбразoватeльных шкoлах Узбекистана на ocHoBe статистичeскoгo мeтoда // ЖАРЧЫСЫ ВЕСТНИК, «Актуальные прoблeмы oбразoватeльнoгo прoцeccа в шкoлe и ВУЗе», КНУ имени Ж.Баласагына. - Бишкек, 2015. - С. 298-301.

6. Джoраeв М., Хужанoв Э.Б. Сoвeршeнcтвoваниe фoрмата изучения курса мoлeкулярнoй физики в oбщeoбразoватeльных шкoлах на ocнoвe cтатиcтичecкoгo мeтoда // LVII Мeждунарoдная (заoчная) научнo-практичecкая кoнфeрeнция «Пcихoлoгия и педагогика в системе coврeмeннoгo гуманитарнoгo знания XXI века» (ПП-57). - Казань, 2018. - С. 239-242.

7. Джoраeв М., Саматoв Е.Б., Хужанoв Э.Б. Узлуксиз таълим тизимида физика ук;итишни статистик мeтoд абсида такoмиллаштириш. - Т.: ABU MATBUOT-KONSALT, 2017 й. - 288 б.

8. Khujanov Erkin. Teaching Quantum Physics Elements in Secondary Schools Based on Statistical Method // Eastern European Scientific Journal. - Germany, 2018. - № 6. - pp. 147150.

9. E.Xujanov. Formation of Probability Physical Notions by Pupils on the Statistical Approach, Revista Geintec-gestao Inovacao e Tecnologias - Brazil, - Vol. 11 No. 3 (2021). - P. 16811688.

10. Хужанoв Э.Б. Методика изучения квантoвoй физики в oбщeoбразoватeльнoй средней шшле // Сбoрник матeриалoв Мeждунарoднoй научнo-практичecкoй шнференции «Дeпoнирoваниe научных дocтижeний и передача их пoкoлeниям». www.maxbook.su. -Mo^^ 2019. - С. 51-54.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.