Научная статья на тему 'FIZIKADAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.'

FIZIKADAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
simulyator / virtual modellar / Crocodile Physics / virtual konstruktor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zamonova Shahlo Safar Qizi, Abduraxmonov O‘Rol Eshbolta O‘G‘Li

Mаqоlаdа umumta’lim mаktаb о‘quvchilаridа amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish muаmmоlаri kо‘rib chiqilаdi. Fizikаni о‘qitish jаrаyоnidа pedagogik dasturiy vositalarga аsоslаngаn yоndаshuvni аmаlgа оshirishning о‘zigа xоs xususiyаtlаri аks ettirilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKADAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

FIZIKADAN AMALIY MASHG'ULOTLARNI PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH.

1Zamonova Shahlo Safar qizi, 2Abduraxmonov O'rol Eshbolta o'g'li

12DTPI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11116116

Annotatsiya. Maqolada umumta'lim maktab o'quvchilarida amaliy mashg'ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish muammolari ko'rib chiqiladi. Fizikani o'qitish jarayonida pedagogik dasturiy vositalarga asoslangan yondashuvni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari aks ettiriladi.

Kalit so'zlar: simulyator, virtual modellar, Crocodile Physics, virtual konstruktor.

Аннотация. В cmambe рaссмaтривaются проблемы сoвершенствoвaния npaKmunecKOU подготовки учaщихся oбщeoбрaзoвaтeльных школ Ha основе nedasosunecKUX прoгрaммных средств. В процессе обучения физике oтрaжeны особенности рeaлизaции пoдхoдa нa основе пeдaгoгичeских прoгрaммных средств.

Ключевые слова: симулятор, виртуaльныe модели, физит крoкoдилa, виртуaльный конструктор.

Abstract. The article examines the problems of improving practical training for general education school students on the basis of pedagogical software tools. In the process of teaching physics, the specific features of the implementation of the approach based on pedagogical software tools are reflected.

Key words: simulator, virtual models, Crocodile Physics, virtual constructor.

Fizika fanini o'qitishda turli modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o'quv-o'rganish mobaynida fizikaning barcha bo'limlarini o'rganishda fizik modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o'quv jarayonini qariyb barcha jabhalarida: boshlang'ich ta'limdan boshlab oliy o'quv yurtlarigacha qo'llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda tibbiyot sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda.

Fizik jarayonlarda real obyektlarni simulyator yordamida virtual modellarini yaratish, laboratoriya jihozlari bilan bajarishga nisbatan qulay muqobil ekanligidadir. Virtual simulyatorlar esa haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror-bir fizikaviy jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o'tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o'z-o'zidan nafaqat katta miqdorda mablag'lar tejalishiga olib keladi, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug'dirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag'lar talab etmasligi ma'lum tadqiqotlarni o'quvchilar tomonidan yuzlab, kerak bo'lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirilishiga imkoniyat hosil qiladi. Kompyuterda simulyatsiya qilishning yana bir qulayligiligi ulardan foydalanishda xavfsiz texnikasi qoidalarining mavjud emasligidadir. Ba'zi tadqiqotlarni, masalan, yadro fizikasiga oid bo'lgan hodisalarni o'rganish, amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug'diradi. Bunday tadqiqot katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar uchun hayotiga xavf ham tug'diradi.

Simulyatorlardan foydalanish jarayonida o'quvchilar dars mashg'ulotlari davomida olgan bilimlarini fizik jarayonlarga virtual tadbiq qiladilar. Ushbu izlanishlar jarayonida bilimlarini yanada chuqurlashtirish bilan bir qatorda nazariy va amaliy bilimlarining shakllanishiga bevosita hissa qo'shadilar. Bu o'z o'rnida o'quvchilarni faqatgina "tinglovchi" vazifasida qolmasdan,

ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI' RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

bevosita o'quv-izlanishishlari qatnashuvchilariga aylantiradi. Bu esa, o'z navbatida, o'quvchilarda o'qish va izlanishlarga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga sabab bo'ladi.

Bunday mashg'ulotlarni tashkil etish uchun ta'lim tizimida inqilobiy o'zgarishga olib kelgan Crocodile Clips kompaniyasi tomonidan yaratilgan dasturiy ta'minotlar va Interactive physics dasturlari haqida to'xtalib o'tamiz.

Crocodile Physics. "Crocodile Physics"dastur muhiti fizik hodisalarni virtual modellarini yaratishda mexanika bo'limi, molekulyar fizika bo'limi, geometrik optika bo'limi va elektromagnit to'lqinlar bo'limlaridagi fizik hodisalarni virtual tajribalar modellarini yaratish va tajribalarda kuzatish imkoniyatidan foydalansa bo'ladigan dasturiy vositadir. Bu dastur "fizik hodisalarni kuzatish, virtual tajribalar o'tkazish va turli murakkablik darajasidagi fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish imkoniyatini beradi"[8].

1.1 -pasm. Crocodile physics dasturida yaratilgan ayrim modellar.

Laboratoriya sharoitida o'tkazish imkoniyati yo'q bo'lgan tajribalarni amalga oshirish va kuzatish, tajribada qatnashayotgan fizik kattaliklarning qiymatini juda yaxshi aniqlik bilan hisoblash imkoniyatini beradi, fizik hodisada qatnashayotgan fizik kattalik bilan boshqa fizik kattaliklar o'rtasidagi grafikli bog'lanishni hosil qilish, virtual yaratilgan modellarni saqlash va kompyuter xotirasida saqlab takror foydalanish mumkin[104].

Crocodile Clips Ltd dasturi imkoniyatlari ko'p yillar davomida takomillashtirib kelinmoqda. Bu dasturiy ta'minotdan vositasidan ham umumta'lim maktablarining yuqori sinf o'quvchilari uchun foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

1.2-rasm. Crocodile Physics dastur muhitining ishchi stoli

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

1.3- rasm. Crocodile Physics dastur muhitida yaratilgan model

Dastur imkoniyatlari doirasida virtual namoyish tajribalari, virtual laboratoriya ishlari va masala yechishda qo'llasa bo'ladi. Bu kabi virtual konstruktor dasturlar ta'lim tizimida yangicha qarashga zamin yaratadi.

Yuqorida ko'rsatilgan simulyatorni fizika darslarida foydalanish shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarga mustaqil holda o'rganishlari uchun kompyuter modellarini berilganda, o'quvchilarning o'zlashtirishlari past bo'lganligini ko'rsatdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 yil 6 - apreldagi 187 - sonli "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb - hunar ta'limining Davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" gi Qarori. O'zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to'plami 2017 y, 14 - son, 230 - modda. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi.

2. Tursenmetov K., Hamidov V.S., Sheraliyev S. Ta'lim tizimida inqilobiy burilishga sabab bo'lgan "Crocodile physics" dastur haqida "Fizika va fizik ta'limning zamonaviy muommolari" mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani, Samarqand 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.