Научная статья на тему 'ФИЗИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ – ФАКТОР ЗДОРОВЬЯ '

ФИЗИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ – ФАКТОР ЗДОРОВЬЯ Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
89
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Здоровье / движение / физические упражнения / здоровый образ жизни / активность / бег / ходьба / здоровье / вода / солнце / воздух.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Мирзаева Махпора Мамадалиевна

Здоровье, физическое воспитание и повседневная физическая активность взаимосвязаны. Здоровье во многом зависит от уровня нормальной физической активности. Существует связь между ежедневной физической активностью и частотой заболеваний сердечнососудистой системы в разных группах населения. В ходе жизнедеятельности человек совершает различные действия, размер которых определяется биологическими особенностями организма, а их реализация зависит от социальных факторов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ФИЗИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ – ФАКТОР ЗДОРОВЬЯ »

УДК 615. 825.3

ФИЗИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ - ФАКТОР ЗДОРОВЬЯ

Мирзаева Махпора Мамадалиевна

Андижанский государственный медицинский институт

Здоровье, физическое воспитание и повседневная физическая активность взаимосвязаны. Здоровье во многом зависит от уровня нормальной физической активности. Существует связь между ежедневной физической активностью и частотой заболеваний сердечно- сосудистой системы в разных группах населения. В ходе жизнедеятельности человек совершает различные действия, размер которых определяется биологическими особенностями организма, а их реализация зависит от социальных факторов.

Ключевые слова: Здоровье, движение, физические упражнения, здоровый образ жизни, активность, бег, ходьба, здоровье, вода, солнце, воздух.

HARAKA T - SALOMA TLIK OMILI

Sog 'liq, jismoniy tarbiya va sutkalik harakat faolligi o 'zaro bog 'liqdir. Salomatlik salmoqli darajada odatdagi harakat faolligi darajasiga bog 'liq. Aholining turli guruhlarida ko 'nikma paydo bo 'lgan sutkalik harakat faolligi va yurak -qon tomirlar tizimi hastaliklari chastotasi orasidagi bog 'liqlik mavjud. Hayotiy faoliyat davomida inson turli - tuman harakatlarni bajaradiki, ularning hajmi organizmning biologik o 'ziga xosliklari bilan aniqlanadi, ularning amalga oshirilishi esa ijtimoiy omillarga bog 'liq.

Kalit so 'zlar: Sog 'liq, xarakat, chiniqish, sog 'lom turmush tarzi, faollik, yugurish, yurish, salomatlik, suv, quyosh, xavo.

ACTION - HEALTH FACTOR

Health, physical education, and daily physical activity are interrelated. Health is largely dependent on the level of normal physical activity. There is a relationship between daily physical activity and the frequency of diseases of the cardiovascular system in different groups of the population. During the life activity, a person performs various actions, the size of which is determined by the biological characteristics of the organism, and their implementation depends on socialfactors.

Keywords: Health, movement, exercise, healthy lifestyle, activity, running, walking, health, water, sun, air.

Mavzuning dolzarbligi: Ma'lum bir vaqt (soat, sutka) oralig'idagi turli - tuman harakatlarning yakuniy kattaligi harakat faolligi deyiladi. Maqbul harakat tartibi bolaning harakat uchun tabiiy biologik ehtiyoji (kinezofiliya) ni qoniqtirmog'i lozim.

Sutkalik harakat faolligi - bu bola hayotiy faoliyati jarayonida bajaradigan harakatlar: jismoniy tarbiya jarayonidagi faollik; o'qitish, foydali jamoatchilik ishlari va mehnat faoliyati davrida amalga oshiriladigan jismoniy faollik; bo'sh vaqtda tashqi ta'sirsiz o'z - o'zidan keladigan faolliklarning qo'shilganidan iborat. Uni dinamik tarkibiy qism va faoliyatning alohida turlari bo'yicha, odimlar soni, quvvat sarflash kattaligi va yurak qisqarishlari chastotasi o'zgarishlari bo'yicha o'lchash va baholash mumkin.

Ishning maqsadi: Harakat faolligi bolalar va o'smirlar sog'lom hayot tarzi va fe'l -atvorining muhim tarkibiy qismidir. U jamiyat hayotining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari, uning qiymatiy belgilari, jismoniy tarbiyani tashkillashtirish, oliy asab faoliyatining individual o'ziga xosliklari, o'sayotgan organizmning tana tuzilishi va funktsional imkoniyatlari, bo'sh vaqt miqdori, undan foydalanish xarakteri, bolalar va o'smirlar uchun sport inshoatlari va dam olish joylarning hammabopligiga ham bog'liq.

Materiallar va usullar.

Hayot faoliyati davomida og'ishmay namoyon bo'ladigan faollik odatiy sanaladi. Odatiy harakat faolligining darajasi organizmning harakatlanishiga bo'lgan biologik ehtiyoji va bolalar va o'smirlar salomatligining mustahkamlanishi, saqlanishi va yaxshi rivojlanishiga ko'maklashuvchi mavjud yosh me'yorlariga mos tushmay qolishi mumkin. Bunday noxoslik maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydi va nouyg'un rivojlanishga, bolalar va o'smirlarning salomatlik holati buzilishlariga olib keladi.

Bolalar va o'smirlarning odatiy harakat faolligi darajasi biologik va ijtimoiy omillar bilan aniqlanadi. Organizmning harakatlanishga bo'lgan ehtiyojini shakllantiruvchi yetakchi biologik omillar - yosh va jinsdir.Суткалик уртача фаоллик ёшга караб ошиб боради. 8-9 ёшдаги кизчаларнинг хдракат фаоллиги шу ёшдаги угил болаларникидан карийб фарк килмайди. Аммо ёши катталашгани сари хдракат фаоллигини ёшга богликлик фарки сезиларли була бошлайди (кизларда у камаяди).

Sport yoki jismoniy tarbiyaning biron turi bilan shug'ullanmaydigan bolalarning harakat faolligi nisbatan kamroq bo'ladi. Ayniqsa, maktabda o'qitish boshlaganda keskin (50 foizgacha) kamayadi.

Harakat tanqisligi (gipokineziya) organizmda harakat faolligining past darajaga moslashishidan tortib to o'ta chuqur (prepatologik va patologik) o'zgarishlargacha bo'lgan ko'plab turli- tuman morfofunktsional o'zgarishlarni: astenik sindrom rivojlanishi, funktsional imkoniyatlar pasayishi va tayanch - harakat apparati va vegetativ funktsiyalar faoliyati buzilishini keltirib chiqaradi.

Haddan tashqari ortiqcha harakat faolligi (giperkineziya) nisbatan kamroq uchraydi va asosan bolani juda erta sportga ixtisoslashtirish oqibatida paydo bo'ladi. Bunda simpatik - adrenalin tizimining kamayib ketishi, oqsil tanqisligi va immunitet pasayishi kuzatiladi.

Natijalar va uning muhokamasi. Ommaviy sport musobaqalari va turli sport mashg'ulotlari bilan muntazam shug'ullanish uchun qulay shart - sharoitlar yaratilishi odatiy harakat faolligini shakllantiruvchi ijtimoiy omil hisoblanadi. Oilaning hayot tarzi, uni harakatlantiruvchi tartib, shuningdek, bolalarda harakat faolligiga bo'lgan ongli ehtiyoj shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.

Bolalarning harakat faolligiga noqulay iqlim sharoitlari va yil fasllarining ham sezilarli ta'siri bo'ladi. Qish davrida o'g'il bolalarning ham, qizlarning ham faolligi kamayishi kuzatiladi.

Umumta'lim muassalarida ijtimoiy va sog'lomlashtiruvchi maqsadlarda bolalarning harakatga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun sharoitlar yaratilishi lozim. Bu ehtiyoj o'quvchilarning kundalik harakat faolligi hajmi 2 soatdan kam bo'lmasligi hisobiga qondirilishi lozim. Bunday xajmdagi harakat faolligi har bir maktabdagi o'quvchilarning kundalik tadbirlar majmuasida ishtirok etilishlari, shu jumladan, qisman o'quv mashg'ulotlari oldidan badan tarbiya qilish, darslardagi jismoniy tarbiya daqiqalari, tanaffuslardagi harakatli o'yinlar, kuni uzaytirilgan guruhlardagi sport soatlari, jismoniy tarbiya darslari, sinfdan tashqari sport mashg'ulotlari, umummaktab musobaqalari va sog'lomlik kunlari, jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug'ullanishlar evaziga erishiladi.

Shu maqsadda maktabdagi quyi sinflar o'quvchilari uchun o'quv rejalarining tarkibiy qismiga faol harakatli ko'rinishdagi fanlar (raqs san'ati, musiqa jo'rligida ritmik harakatlarni bajarish, zamonaviy va bal raqslari, an'anaviy va milliy sport o'yinlarini o'rgatish) kiritilishi lozim. Harakat faolligining yosh me'yorlari o'sish va rivojlanish jarayonining umumiy qonuniyatlarini yoshiga qarab kinezofiliya (organizmning harakatga bo'lgan biologik ehtiyoji) o'zgarishlarning bir tekis emasligini e'tiborga oladi va yuz berishi ehtimol bo'lgan tebranishlarning pastki (eng kam zaruriy kattalik) va yuqori (yo'l qo'yiluvchi eng yuqori kattalik) chegaralarini o'rnatish imkoniyatlarini beradi.Aмалий максадларда энг хдммабопи суткалик локомоция (24 соат ичидаги кадамлар сони) нинг ёшга оид меъёридир.

Xulosalar

Atrof - muhit shart - sharoitlari qulay va oqilona jismoniy tarbiya hamda kun tartibiga ega bo'lgan, morfofunktsional rivojlanishi normal sog'lom bolalarni ommaviy ko'rikdan o'tkazish turli yosh va jinsdagi bolalar va o'smirlarning sutkalik lokomotsiyalari normativlarini gigienik asoslab berishiga imkon yaratdi.

O'smirlik yoshida lokomotsiyalar soni kamayib, o'tirgan yoki turgan holatda bajariladigan, ammo sezilarli quvvat sarflanishi bilan kechadigan harakatlar soni oshishi tez-tez uchrab turadi. Bunday harakatlar kasbiy ta'limda, mehnat faoliyatida va ba'zi sport turlari (og'ir atletika, gimnastika, yelkanli sport va hokazo) bilan shug'ullanganda uchraydi va o'smirning lokomotsiyalari sonining yakuniy hisobiga kiritiladi

Jismoniy harakat inson tanasidagi turli a'zo va tizimlarning hayotiy faolligini me'yorlashtiradi. Harakat - salomatlik tayanchi Miokard qisqartiruvchanligini oshiradi, koronar qon aylanishining yaxshilanishi kapillyar qon tomirlarining kengayishi bilan kechadi.

O'pka ventilyatsiyasi oshadi, kichik qon aylanish doirasi faoliyatini, qon aylanishini yaxshilaydi. Ko'krak qafasi, me'da-ichak tizimi harakatiga ijobiy ta'sir etadi. Jismoniy harakatning ichki sekretsiya bezlariga ijobiy ta'siri juda katta. Ular ta'sirida ichki sekretsiya bezlarining faoliyati oshib, inson tanasi yosharadi. Yapon olimlarining aniqlashlaricha organizmning me'yoriy faol holati va sog'lig'ini saqlash uchun odam kuniga 10000 qadam yurishi lozim ekan. Bu o'rta hisobda 6-7 kilometrni tashkil etadi. Uzoq yillar davomida jismoniy mehnat odamlarning qo'l kuchi yordamida bajarilgan. XX asrdan boshlab kishilarda harakat faolligi kamaya bordi. Ma'lum me'yordagi harakatsizlik esa inson salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsata boshladi.

Sog'lom bo'lish, uzoq umr ko'rish ko'p jihatdan insonning o'ziga bog'liq. Tabobat ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino uzoq yashash xususida fikr yuritib, fe'l-atvorning yumshoq, vazmin bo'lishi, o'z vaqtida ovqatlanish, ozoda yurish va tanani ortiqcha narsalardan tozalab turish, har oyda sauna, haftada hammomga tushish qoidasiga amal qilish, qaddi-qomatni to'g'ri tutish, burun orqali nafas olish, kiyimning tanaga mosligi, jismoniy va ruhiy harakatlarning bir-biriga uyg'unligi, to'yib uxlash, o'zini tetik tutishga alohida e'tibor berishni uqtirgan edi. Qomusiy allomaning bundan bir necha asr avval aytgan fikrlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Inson sog'lig'i uning kafti va oyoq osti bilan bog'liq. Ibn Sinoning yozishicha, inson ichki a'zolarining va bosh miya bilan bog'liqligini isbotlab berishgan. Mutaxassislar tavsiyasi bo'yicha, har kuni barmoqlaringizni chiniqtirib tursangiz, ko'pgina a'zolarning sog'ayishi va mustahkamlanishi kuzatiladi:

• bosh barmoq miya faoliyatini yaxshilab, irodani mustahkamlaydi;

• ko'rsatkich barmoq oshqozon ishini yaxshilab, ovqat hazm qilishni tezlashtiradi;

• o'rta barmoq yuqori qon bosimini tushirib, ichak faoliyatini yaxshilaydi;

• nomsiz barmoq jigar faoliyatini oshiradi;

• jimjiloq esa yurak faoliyatini yaxshilash bilan birga ruhiy zo'riqishning oldini oladi.

Barmoqlarni chiniqtirish quyidagi usulda amalga oshiriladi: chap qo'l bosh barmog'ingiz

bo'g'inlarini o'ng qo'lning bosh va ko'rsatkich barmoqlari bilan 5-7 daqiqa bosib, cho'zib tortiladi. Avval bosh barmoqdagi uchta juft nuqtalar orqa tomoni va kaft tomonidan bosib chiqiladi. Keyin chap qo'lingiz bilan o'ng qo'l barmoqlari bosib chiqiladi. Bu mashqni kuniga 1-2 marta bajarish kerak. Odam yalang oyoq yurganda (tuproqli yo'lda) oyoq ostidagi nuqtalarga erdagi toshlar qadalib, intensiv uqalanadi. Er va odam organizmi o'rtasida zaryadlar almashinuvi yuzaga kelib, organizmga ma'lum darajada shifobaxsh ta'sir ko'rsatadi va himoya funksiyasini oshiradi. Buning uchun:

— yalangoyoq (tuproqli yo'lda) 45 daqiqa yurish;

— oyoqni sovuq suvda yuvish; oyoq qurigandan keyin paypoq kiyib, oyoq isiguncha yurish lozim.

Qishda oyoqni issiq tutib, ko'p yurish, yozda esa tuproqli yo'lda yalangoyoq yurishning foydasi katta. Inson hayotida harakatning ahamiyati juda katta. Serharakat kishilar har doim sog'lom va buquvvat bo'ladilar. Ko'proq piyoda yurishga harakat qiling, engil jismoniy mehnat bilan

shug'ullaning. Uxlashdan oldin toza havoda kamida 30 daqiqa sayr qilishni unutmang. Iliq suvli vanna qabul qilib, yaxshi shamollatilgan xonada 7-8 soat davomida uxlang. Shunda tanangiz bilan birga ruhingiz ham orom oladi. Umringiz uzayib, erta qarish g'amidan osongina qutulasiz.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi "Yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4063-son qarori.

2. "O'zbekiston Respublikasi aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi qonun, 2015 y.

3. Mirzaeva M. M. The opinion of rural health physicians is one of the basis for improving health care. Web of Scientist: International Scientific Research Journal № 2. 2023

4. Mirzaeva M.M. The significance of the teachings of the great thinker Abu Ali ibn Sina in education of children today. European journal of Interdisciplinary Research and Development June 2023

5. Saliyeva M.X. Health care in the eyes of patients. Web of Scientist: International Scientific Research Journal Volume 4 , Issue 2 , february - 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.