Научная статья на тему 'FILOLOGIYA TA’LIM YOʻNALISHI TALABALARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI'

FILOLOGIYA TA’LIM YOʻNALISHI TALABALARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
16
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kommunikativ kompetentsiya / kommunikativ hususiyatlar / shaxsiy fazilatlar / nutq faoliyati / diskursiv kompetentsiya / muloqat kompetentsiya / tanqidiy fikrlash. / Communicative competence / communicative properties / personal qualities / speech activity / discursive competence / communicative competence / critical thinking.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Risnazarova Aysanem Risnazarovna

Ushbu maqolada oliy ta'lim filologiya yoʻnalishi talabalarining kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishning ilmiy nazariy asoislari talqin etilgan. Shuningdek, talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishga qaratilgan strategiya, ilmiy xolosa va yechimlar qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF STUDENTS OF THE PHILOLOGICAL EDUCATIONAL DIRECTION

This article provides an interpretation of the scientific and theoretical foundations of the development of communicative competence of students of the educational philological direction olay. Strategies, scientific approaches and solutions aimed at developing students' communicative competence are also noted.

Текст научной работы на тему «FILOLOGIYA TA’LIM YOʻNALISHI TALABALARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI»

EURASIAN lOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

SCIENTIFIC THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF STUDENTS OF THE PHILOLOGICAL EDUCATIONAL

DIRECTION

Risnazarova Aysanem Risnazarovna

Assistant teacher Nukus state pedagogical institute named after Ajiniyaz https://doi.org/10.5281/zenodo.14173164

ARTICLE INFO

ABSTRACT

This article provides an interpretation of the scientific and theoretical foundations of the development of communicative competence of students of the educational philological direction olay. Strategies, scientific approaches and solutions aimed at developing students' communicative competence are also noted.

Received: 09th November 2024 Accepted: 15th November 2024 Online: 16th November 2024

KEYWORDS Communicative competence, communicative properties, personal qualities, speech activity, discursive competence, communicative competence, critical thinking.

FILOLOGIYA TA'LIM YONALISHI TALABALARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Risnazarova Aysanem Risnazarovna

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti assistent o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14173164

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Ushbu maqolada oliy ta'lim filologiya yo'nalishi talabalarining kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishning ilmiy nazariy asoislari talqin etilgan. Shuningdek, talabalarning kommunikativ

kompetentsiyasini rivojlantirishga qaratilgan strategiya, ilmiy xolosa vayechimlar qayd etilgan.

Received: 09th November 2024 Accepted: 15th November 2024 Online: 16th November 2024

KEYWORDS Kommunikativ kompetentsiya, kommunikativ hususiyatlar, shaxsiy fazilatlar, nutq faoliyati, diskursiv kompetentsiya,

muloqat kompetentsiya, tanqidiy fikrlash.

Kirish. Jahondagi rivojlangan oliy o'quv yurtlarda talabalarni kasbga tayyorlashda kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish - rivojlanish maqsadlariga erishish imkoniyatini beruvchi faoliyat sifatida qaralmoqda. O'quv yurtlarida ta'lim berish shakllarining o'zgarishi, yangi muhit va yangi sharoitda ishlash zarurati, bo'lajak o'qituvchilarni tajribali mutaxassis qilib tayyorlash madaniyati, pedagog kadrlarni umumiy o'rta ta'lim faoliyatiga mos turda tayyorlashning yangi strategiyasi, bo'lajak pedagoglarning pedagogik-innovatsion-informatsion faoliyat ko'nikmalari, individual-kasbiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

ishlarini natijali tashkil etish, raqobatbardosh va sifatli kadrlar tayyorlashga oid amaliy loyihalarni tatbiq qilish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Ta'lim jarayonida tilni o'qitishda rivojlangan davlatlarning kompetensiyaviy yondoshuvlar olib borilayotgan oliy o'quv yurtlarida kommunikativ kompetensiyaning rivojlanish darajasini takomillashtirib borish zaruratini ko'rsatadi.

Respublikamizda so'nggi yillarda oliy ta'limning sifatini oshirish, bo'lajak filolog-talabalarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini, o'quv-tarbiya faoliyatini takomillashtirish, o'qitishning samaradorligini oshirish usullarini kuchaytirish, ta'limning har bir bosqichidagi maqsadni aniq belgilash, bilimlarni imkon darajasida to'liq egallashning mexanizmlarini ishlab chiqishning asoslari tatbiq etilmoqda. Ta'lim sohasining oldida "...maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilim va tajribasini xalqaro darajaga olib chiqish, oliy o'quv yurtlarining QS va THE xalqaro reytinglarga kirishi uchun maqsadli dasturni ishlab chiqish" [1] asosiy va yetakchi vazifalar qilib belgilangan.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili va tadqiqot usullari. Respublikamizda kompetensiya va kommunikativ kompetensiyani darslarda qo'llash U.Begimqulov, A.Musurmanova, M.Irisqulov, K.Riskulova, U.Jumanazarov, G.Asilova, M.Gulyamova, M.Mirzayeva, M.Musurmankulova, F.Alimov, E.Yuzlikayeva, U.Azizov, X.Maqsudova, D.Seytkasimov, U.Masharipov kabilar tomonidan ilmiy asoslangan.

Kommunikatsiyaning asosiy g'oyalari G.M.Andreyev, N.P.Vasshekin, Ye.Ya. Kogan, I.S. Kon, V.M. Sokovnin [2], va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Pedagogikadagi kommunikatsiya muammolari B V. Belyayev, A.A. Verbitskiy, E.I. Passov, V.G. Kostomarov [3], ishlarida yoritilgan.

Kommunikativ motivlari va muammmolari L.S. Vigotskiy, A.K.Markova, V.G.Gak, N.B. Gvishiani, T.M.Dridze, B.F. Lomov, Yu.A. Sorokin, N.V. Ufimseva, S.G. Ter-Minasova, V.A. Averin, L.M. Voytyuk, A.A. Mirolyubov, V.G. Kostomarov, N.V. Samoukina, Yu.P. Timofeyev, Ye.I. Passov, M.Ya. Svilling va boshqalar tomonidan atroflicha o'rganilgan [5]

Tahlil va natijalar. Biz tadqiqotimizda dastavval kommunikatsiya va kommunikativ kompetensiya tushunchasining mazmuniga e'tibor qaratadigan bo'lsak, mazkur tushunchaning mohiyatini ochib berishda ko'plab yondashuvlar mavjud. Xususan, E.I.Litnevskayaning ta'kidlashicha, kommunikativ kompetensiyaga nisbatan quyidagi ta'rifini ilgari suradi: "nutq faoliyatining barcha turlarini og'zaki va yozma nutq madaniyat elementlarini, ma'lum bir yoshda muloqotning hayotiy sohalari va vaziyatlarida tildan foydalanishning asosiy ko'nikma va malakalarini o'zlashtirish"dir.

I.A.Zimnyaya kommunikativ kompetentlik "inson ko'nikmalari muloqotda kommunikativ faoliyat sub'ekti sifatida rol o'ynaydi" deb e'tirof etadi.

N.I.Gez kommunikativ kompetentlikni "turli ijtimoiy jihatdan belgilangan sharoitlarda tilni to'g'ri qo'llash qobiliyati" deb tushunadi. O'zbek olimlaridan, M.T.Irisqulov "kasbiy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish kabi ko'nikmalarni uyg'unlikda o'qitish orqali samarali natijaga erishish mumkinligini ta'kidlaydi".

L.N.Umarova "kommunikativ kompetensiya" tushunchasida "kommunikatsiyaning maqsad va vazifalariga hamda suhbatdoshning mavqeiga mos ravishda uni ta'minlovchi aniq bilim, ko'nikma va malakalarni aks ettiruvchi gaplarni yuzaga keltiradigan qobiliyatni birinchi

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

o'ringa chiqishini e'tirof etgan". Biz ham yuqorida kommunikativ kompetentlikka doir qarashlarni ilgari surgan olimlarning fikrlariga tayangan holda "Kommunikativ kompetentlik -o'rganilayotgan qoraqalpoq tili bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo'llay olish qobiliyatidir" deb izohladik.

"Kommunikativ kompetentsiya" tushunchasiga mualliflik yondashuvi asosida quyidagicha ta'rif berildi: kommunikativ kompetentsiya - bu o'zida samarali muloqotga kirishish va o'zaro bir-birini tushunishga imkon beruvchi bilim, ko'nikma, malaka hamda shaxsiy sifatlar majmui [6].

Kompetentsiya - bu shunday psixologik imkoniyatlar majmuiki, muayyan sharoitda unda shaxsdagi bilim, ko'nikma va malakalar amalga oshadi va muvaffaqiyatli uyg'unlashadi. Kommunikativ kompetentsiya deganda, o'quvchi o'z ona tili bilan o'rganilayotgan mamlakat tilida og'zaki va yozma shaklda o'zaro va madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi tushuniladi.

"Kompetensiya" so'zi ilk bor 1955-yilda N.A.Xomskiy tomonidan qo'llangan bo'lib, tilni ishlatish jarayonida "faoliyatga yo'naltirilgan bilim, ko'nikma va malakalar majmui sifatida" talqin etilgan, "kompetensiyaviy yondashuv" esa ta'limda natijaviylikni ko'rsatuvchi omil sifatida qayd etilgan [7]

Kompetensiyalar tilida ifodalangan ta'lim natijalari -akademik va kasbiy tan olinishi, ularni harakatchanligini kengaytirish, diplomlar, malakalarning qiyoslanishi hamda mosligini oshirish yo'li" deb hisoblagan [8].

I.L.Bimning fikriga ko'ra, kommunikativ kompetensiya til o'rganishda nutq faoliyati turlaridan gapirish, tinglab tushunish, yozish va o'qishni o'z ichiga oladi. Muloqot paytida har bir qobiliyatning o'z o'rni mavjudligi va ularni teng holatda ishlatish kerakligi aytib o'tgan [9].

I.N.Zotovaning fikricha, kommunikativ kompetensiya insonlar o'rtasidagi sharoit va maqsadlardan kelib chiqib, o'zini va boshqalarning professional muloqotdagi malaka va ko'nikmalari haqidagi psixologik bilimga ega bo'lishi deya ta"riflangan. [9]

Aslida kompetentlilik tushunchasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai-nazardan kompetentlilik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik" ni anglatadi. Shuningdek, kompetensiyalar bilimlarni doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi. U bilimga asoslangan haqiqiy, shakllangan shaxsiy sifat hisoblanib, shaxsning intellektual va shaxsan aniqlangan ijtimoiy va kasbiy shakllanishidir. Shuningdek, u muayyan obyektlar va jarayonlar bilan bog'liq holda aniqlangan va ularga nisbatan yuqori sifatli ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo'lgan o'zaro bog'liq xususiyatlar to'plamini (bilim, ko'nikma, faoliyat usullari) o'z ichiga oladi.Demak, talabalarga nisbatan ularning ta'lim jarayonidagi tayyorgarligiga bo'lgan ma'lum bir ajratib olingan, maxsus talab hisloblanadi.

Tadqiqotchi D.Seytkasimov OTM fololog talabalar profili (qiziquvchanlik, bilimlarni o'zlashtirish, mushohadali, nutq madaniyati, flyud nurlanish, kommunikator, prinsipial, motivator, kreativ, qadriyatli, g'amxo'r, tavakkalchi, innovator, refleksiv) va unga qo'yiladigan

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

davlat talablariga to'xtalib o'tgan [10]. Shuningdek, G.Bekimbetova kommunikativlik hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashish mumkinligini ta'kidlagan. [11]

OTM filolog-talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishda qo'yidagi komponentlarga ajratish maqul.(1- rasm).

OTM talabalarining kommuniktiv kompetentsiyasini rivojlantirishda qo'yidagi kommunikativ hususiyatlar, shaxsiy fazilatlar shakllana boshlashini faraz qilganmiz.(2- rasm).

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

1) nutq faoliyatini mikro va makro vaziyatlari bilan tanishish;

2) sinov va xatolar orqali o'rganishga imkon berish;

3) talabalarning ruhlantirish va ijodga yo'naltirish;

4) talabaga muloqot jarayondagi to'siqlarni yengish;

5) talaba uchun atrof-muhit hodisalarni kashf qilish.

Shunday qilib, OTM filolog talabalarining kommonikativ kompetentsiyasini mashqlar orqali rivojlantirsak, ularda hamkorlik, raqobat, o'z o'zini boshqarish, jamoa orqali ta'lim olish, o'quvchilarni ilmiy-texnik ijodkorlik bilan tanishtirish, guruhda o'qish va intizom uchun hammaning mas'uliyatini tarbiyalash va, eng muhimi, qoraqalpoq tilidan kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish g'oyalari amalga oshiriladi. (3-rasm)

pertseptivlik -aloqa komponenti-kommunikantlarni ng muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va tushunishi

OTM filolog talabalarining kommonikativ kompetentsiyasini rivojlantrish komponentlari

refleksivlik aloqa komponentkommunikativ

muloqot jarayonida o'z-o'zini tahlil qilish va o'z-o'ziga baho berish

axloqiy-madaniy komponent -muloqot odobi me'yorlariga rioya qilish

adaptatsion-aloqa komponent -shaxslararo muloqot uchun mos til birliklarini tanlash

milliy - madaniy aloqa komponenti - lingvistik qonun-qoidalarni, shu bilan birga til o'zida qamrab olgan milliy-madaniy axborotlarni bilish

1) pertseptivlik -aloqa komponenti- kommunikantlarning muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va tushunishi;

2) refleksivlik aloqa komponent-kommunikativ muloqot jarayonida o'z-o'zini tahlil qilish va o'z-o'ziga baho berish;

3) axloqiy-madaniy komponent - muloqot odobi me'yorlariga rioya qilish;

4) adaptatsion-aloqa komponent - shaxslararo muloqot uchun mos til birliklarini tanlash;

5) milliy - madaniy aloqa komponenti - lingvistik qonun-qoidalarni, shu bilan birga til o'zida qamrab olgan milliy-madaniy axborotlarni bilish.

Talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish muammosini nazariy va amaliy jihatdan o'rganish, unga bog'liq bo'lgan obyektiv va subyektiv omillarni aniqlash, talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan kuzatishlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: Birinchidan, talabalarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga ehtiyojni, qiziqishni va imkoniyatlarni aniq hisobga olinishni; Ikkinchidan, muloqotchanlik ko'nikmalarini rivojlantirish shakllari, metodlari va yo'nalishlarini to'g'ri tanlanishi. Bu o'z navbatida, talabaning turli sharoitlarda yuzaga keluvchi vaziyatlarni to'g'ri baholay olishini, munosabatga kirisha olishi va ta'lim jarayonida faol, ongli ishtirok etishini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonidagi layoqatli yondashish bazaviy kompetensiyalar bilan uyg'unlashadi, ya'ni ta'lim mahsuli va samaradorligi shakllanadi. Ta'limning modulli jarayoni ta'lim oluvchilar uchun yakka tartibdagi ta'lim yo'nalishini shakllantiradi va to'lig'icha kommunikativlikka yo'naltiriluvchi jarayonni hosil qiladi. Ushbu holatda o'zgarish - nafaqat bilimning me'yori,

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

chuqurligi, bilim olish metodi, layoqat shakli o'zgaradi, balki ularning muloqotchanlikka ishtiyoqi kuchayadi.

Xulosa sifatida biz OTM filolog talabalarining kommonikativ kompetentsiyasini rivojlantirishda mustaqil fikrlash, vaziyatga mos jumlalarni topish ko'nikma va malakasi rivojlanadi. talabalarining turli xalqlar tomonidan yozilgan badiiy adabiyotlar, risolalar, ilmiy tadqiqot namunalarini o'qishga va tarjima qilishga imkoniyat yaratiladi. Shunday qilib, kommunikativ kompetentsiyaning nazariy asoslari bo'yicha tadqiqotlar filologik ta'limda talabalarning lingvistik, kognitiv va madaniyatlararo qobiliyatlarini oshirish, ularni akademik, kasbiy va shaxsiy muvaffaqiyatlar uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar bilan jihozlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Filologiya ta'limi talabalarida kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish ularni akademik va kasbiy muvaffaqiyatlarga tayyorlashning asosiy maqsadi hisoblanadi. Nazariy bilimlarni amaliy qo'llanmalar bilan birlashtirish orqali talabalar turli xil aloqa sozlamalarida tinglash, gapirish, o'qish va yozish qobiliyatlarini oshirishlari mumkin. Kommunikativ kompetentsiyaga e'tibor, shuningdek, filologiya ta'limi talabalarining global fikr almashinuviga mazmunli hissa qo'shishini ta'minlaydi, lingvistik va madaniy chegaralar bo'ylab ko'proq tushunish va hamkorlikni rivojlantiradi.

References:

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сон "2022-2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг Таракдиёт стратегияси тугрисида"ги Фармони. // https://lex.uz/uz/docs/5841063

2. Андреева Г. М. Социальная психология. - М.: Аспект Пресс, 2006. - 384 с. 52; Ващекин Н.П. Информация. Деятельность. Мировоззрение. - Тула: Приокское кн. изд.-во, 1983. -144 с.; Коган Е.Я. Компетентностный подход и новое качество образования / Е.Я. Коган // Современные подходы к компетентностноориентированному образованию. - Самара, 2001. - с. 12-17; 96. Кон И.С. Социология личности. - М.: Политиздат. 1967 - 383 с.; Соковнин В.М. О природе человеческого общения. Опыт философского анализа. 2-е издание. // Фрунзе. МЕКТЕП.1974.

3. Беляев Б.В. Очерки по психологии обучения иностранным языкам / Беляев Б.В. — 2-е изд. М., Просвещение, 1965. — 228 с.; Вербицкий А.А. Активное обучение в высшей школе: контекстный подход. - М: Высшая школа. 1991. - с. 207; Пассов Е.И. Основы коммуникативной методики обучения иноязычному говорению / Е.И Пассов. М.: Русский язык, 1989. - 278 с.; Костомаров В.Г., Верещагин Е.М. Язык и культура. Три лингвострановедческие концепции: лексического фона, речеповеденческих тактик и сапиентемы. 2005. М., - 1037 с.

4. Выготский Л. С. Мышление и речь / Л. С. Выготский М.: Лабиринт, 1996. - 412 с.; Маркова А.К. Психология профессионализма. - М.: Международный гуманитарный фонд "Знание". 1996. -с. 306; Гак В.Г., Григорьев Б.Б. Теория и практика перевода. Французский язык. - М.: Либроком, 2009. - с. 456; Гвишиани Н.Б. Язык научного общения (Вопросы методологии). - М.: Высшая школа, 1986. - с. 279; Дридзе Т.М. Текстовая деятельность в структуре социальной коммуникации. Проблемы семиосоциопсихологии. - М.: Издательство "Наука"; Академия наук СССР, Институт социологических исследований, 1984; Ломов Б.Ф. Категории общения и деятельности в психологии // Вопросы

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center IF = 8.165 www.in-academy.uz

философии. 1979. №8. - с. 34-47; Сорокин Ю. А. Книга как семантический объект // Психолингвистические проблемы общения и обучения языку. - М., 1978, - с. 140 -146; Уфимцева Н. В., Тарасов Е. Ф. Проблемы изучения языкового сознания // Вопросы психолингвистики. - 2009. № 2 (10). - С. 22-29.; Тер-Минасова С. Г'. Язык и межкультурная коммуникация: Учеб. пособие / С. Г. Тер-Минасова. - М.: Слово, 2000. - 297 с

5. Аверин В.А. и др. Личность студента и успешность его обучения в вузе: Монография / Под ред. В.В. Шкарина, В.А. Аверина. - Н.Новгород: Изд-во ННГУ, 1991.-126 с.; Войтюк Л.М. Интенсивное обучение и использование его принципов в преподавании иностранных языков научным работникам // Дидактикопедагогические основы обучения иностранного языка научных работников. Л.: Наука, 1988. - с. 233-236; Миролюбов А.А. Коммуникативная компетенция как основа формирования общеобразовательного стандарта по иностранным языкам / А.А. Миролюбов // Стандарты и мониторинг в образовании. - 2004. № 2 - С. 17-18; Костомаров В.Г., Верещагин Е.М. Язык и культура. Три лингвострановедческие концепции: лексического фона, речеповеденческих тактик и сапиентемы. - М., 2005. - 1037 с.; Самоукина Н.В. Психология профессиональной деятельности / Н.В. Самоукина. - 2-е издание. - Санкт-Петербург: Питер, 2004. - с. 224; Тимофеев Ю. П. Профессиональное общение и его развитие / Ю. П. Тимофеев. - Астрахань: Издательство Астрах, пед. ин-та, 1995. - 136 с.; Цвиллинг М.Я. Роль переводчика в акте коммуникации и понятие "терциарного перевода" // Перевод и коммуникация. - М., 1997;

6. ЛУТФЕТДИНОВА РАЪНО ХУСНИТДИНОВНА. ПРОДУКТИВ УЦИШ ВОСИТАСИДА БОШЛАНГИЧ СИНФ УЦУВЧИЛАРИДА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. ПЕДАГОГИКА ФАНЛАРИ буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси АВТОРЕФЕРАТИ. Наманган - 2022.11-б

7. Chomsky, N. Language and mind. - New York: Harcourt, Brace &World, 1968. - 342 p

8. Отчет по проекту «Совершенствование структуры ГОС ВПО на основе -компетентностной модели выпускника и разработка информационной технологии их проектирования» / Научныйруководитель проф. Кузьмин И.Н. - СПб.: СПбГЭТУ «ЛЭТИ», 2005

9. AXMADALIYEVA XOSIYATPOSHSHO ABDUXAYOTOVNA. INGLIZ TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH (akademik litseylar misolida). PEDAGOGIKA FANLARI bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi AVTOREFERAT. Farg„ona - 2023, 13-b

10. SEYTKASIMOV DAULETNAZAR BEKNAZAROVKH. FILOLOG-TALABALARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (QORAQALPOQ TILI VA ADABIYOTI YO'NALISHI TALABALARI MISOLIDA). PEDAGOGIKA fanlari doktori (DS^ dissertatsiyasi AVTOREFERATI. Nukus-2023. 20-b

11. Bekimbetova G.R. Issues of considering learners' levels of knowledge in teaching karakalpak language in foreign language classes // BioGecko (Web of scinece). Vol 12 Issue 03 2023. ISSN NO: 2230-5807. A Journal for New Zealand Herpetology. -P.4196-4200. (13.00.00; №1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.