Научная статья на тему '“FENOKUZATUVNING MAQSADI VA UNI O’TKAZISHNING TASHKIL ETISH ASOSLARI”'

“FENOKUZATUVNING MAQSADI VA UNI O’TKAZISHNING TASHKIL ETISH ASOSLARI” Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
fenologiya / vegetatsiya / introduksiya / flora / fenologik spektr / o‘zgarish / iqlim / tuproq / фенология / растительность / интродукция / флора / фенологический спектр / изменение / климат / почва

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Ismoilov Ollohberdi Ikromjon O’g’li

Daraxt-buta o`simliklarning vegetatsiya davrida bo’ladigan fasliy o`zgarishlarni bilmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa fasliy o`zgarishlarini bilish mumkin emas. Fasliy o`zgarishlarni o`rganish maqsadida daraxt-butalarning turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustidan kuzatishlar olib borish mumkin. Ushbu maqolada daraxt-buta o’simliklar fenologik kuzatuvining maqsadi va uni tashkil etish haqida so’z bo’radi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

«ЦЕЛЬ ФЕНОМЕНОМОНИТОРИНГА И ОСНОВЫ ЕГО ОРГАНИЗАЦИИ»

невозможно узнать биологические, экологические и другие сезонные изменения древесно-кустарниковых растений, не зная сезонных изменений, которые они претерпевают в течение вегетационного периода. С целью изучения сезонных изменений можно проводить наблюдения за стадиями развития деревьев и кустарников в разные сезоны. В данной статье рассматривается цель и организация фенологического наблюдения древесно-кустарниковых растений.

Текст научной работы на тему «“FENOKUZATUVNING MAQSADI VA UNI O’TKAZISHNING TASHKIL ETISH ASOSLARI”»

"FENOKUZATUVNING MAQSADI VA UNI O'TKAZISHNING TASHKIL ETISH

ASOSLARI" Ismoilov Ollohberdi Ikromjon o'g'li

ADU biologiya yo'nalishi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7897060

Annotatsiya: Daraxt-buta o'simliklarning vegetatsiya davrida bo'ladigan fasliy o'zgarishlarni bilmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa fasliy o'zgarishlarini bilish mumkin emas. Fasliy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida daraxt-butalarning turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustidan kuzatishlar olib borish mumkin. Ushbu maqolada daraxt-buta o'simliklar fenologik kuzatuvining maqsadi va uni tashkil etish haqida so'z bo'radi.

Kalit so'zlar: fenologiya, vegetatsiya, introduksiya, flora, fenologik spektr, o'zgarish, iqlim, tuproq

«ЦЕЛЬ ФЕНОМЕНОМОНИТОРИНГА И ОСНОВЫ ЕГО ОРГАНИЗАЦИИ»

Аннотация: невозможно узнать биологические, экологические и другие сезонные изменения древесно-кустарниковых растений, не зная сезонных изменений, которые они претерпевают в течение вегетационного периода. С целью изучения сезонных изменений можно проводить наблюдения за стадиями развития деревьев и кустарников в разные сезоны. В данной статье рассматривается цель и организация фенологического наблюдения древесно-кустарниковых растений.

Ключевые слова: фенология, растительность, интродукция, флора, фенологический спектр, изменение, климат, почва

"FENOKUZATUVNING MAQSADI VA UNI O'TKAZISHNING TASHKIL

ETISH ASOSLARI"

Abstract: it is impossible to know the biological, ecological and other seasonal changes of tree-shrub plants without knowing the seasonal changes that occur during the growing season. For the purpose of studying seasonal changes, observations can be made on the stages of development of tree-shrubs in different seasons. This article will talk about the purpose of phenological observation of tree-shrub plants and its organization.

Keywords: phenology, vegetation, introduction, flora, phenological spectrum, change, climate, soil

KIRISH

Daraxt-buta o'simliklarining hayotidagi fasliy hodisalar - mavsumiy o'zgarishlar iqlim sharoitlariga chambarchas bog'liq holida kechadi. Bu hodisalarni va ularni o'zaro munosabatlarini o'rganish katta amaliy ahamiyatga egadir, chunki ular turli iqlim - tuproq sharoitlarida turlicha davrlarda kechadi. O'simliklar hayotida sodir bo'ladigan fasliy hodisalarni o'rganadigan fan fenologiya deb ataladi. Fenologiya grekchada phainomal- hodisa, logos - fan degan so'zlar birikmasidan tuzilgan. "Fenologiya" terminini belgiyalik botanik Sh.Morran taklif etgan(1853).Yuksak osimliklarda kurtaklarning bo'rtishi va yozilishi, barg chiqarishi, g'unchalanish(shonalash), gullash, urug'va mevalarning pishib yetilishi, kuzda barglar sarg'ayishi va to'kilishi(xazonrezgilik), sutemizuvchi hayvonlarda qishki uyqudan uyg'onish, juftlashish, bolalash, mavsumiy tullash, qushlarda bahorgi uchib kelish, uya solish, tuxum qo'yish, jo'ja ochish kuzgi uchib ketish, baliqlarda bahorgi serharakat hayot, uvildiriq tashlash, mavsumiy ko'chib yurish, hasharotlarda qishlab chiqqan individlarning bahorgi uyg'onishi, gumbaklardan

hasharotlarning paydo bo lishi, tuxumdan lichinka(qurt)larning ochib chiqishi, juftlashishi, tuxum qo'yishi va hokazolarning sodir bo'lish muddatlarini o'rganadi

Daraxt-buta o'simliklarning vegetatsiya davrida bo'ladigan fasliy o'zgarishlarni bilamasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa xususiyatlarini bilish mumkin emas.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tekshirish obyektiga binoan, Fenologiya umumiy va xususiy Fenologiyaga bo'linadi. Umumiy fenologiya tabiat taraqqiyotini yil fasllarining bir meyorda alamashinib turishi bilan yaxlit hodisa sifatida o'rganadi. Xususiy Fenologiya fitofenologiya yoki o'simliklar fenologiyasi hamda zoofenologiya - hayvonlar fenologiyasiga bo'linadi. Fitofenologiyada madaniy va yovvoyi o'simliklar, begona o't va boshqalarning mavsumiy rivojlanishi o'rganiladi.

Tabiatdagi mavsumiy hodisalarning beruvchi omillar va qonuniyatlarni ekologik fenologiya o'rganib, bu fanning ayni qaratilgan obeytkiv zonaga nisbatan ta'sir e'tuvchi ekologik omil endogen va ekzogen omillarga bo'linadi. Ekzogen omillarni tashqi muxit belgilaydi. O'simliklarning bahorgi uygonish muddatlarini asosan issiqlik rejimi belgilab beradi. Endogen ta' sirda esa organizm tashqi ta' sirga emas, balki o' z ichki organ va to'qimalaridagi fiziologik ta'sir natijasida ro'y beradi

Daraxt-buta o'simliklarning vegetatsiya davrida bo'ladigan fasliy o'zgarishlarni bilmasdan turib, ularning biologik, ekologik va boshqa fasliy o'zgarishlarini bilish mumkin emas. Fasliy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida daraxt-butalarning turli fasllarda rivojlanish bosqichlari ustidan kuzatishlar olib borish mumkin. Bu kuzatishlar daraxt o'simliklarni hayotida asosiy o'rganish davrlari, ularni boshlanishi jadal o'tishi va tugallanish haqidagi ma'lumotlar olish imkonini beradi. Bu o'zgarishlar bir turda turli sharoitlada turlicha sharoitlada turlicha muddatda turlicha o'tadi, ko'pgina mevali daraxtlar mart oxiri-aprel boshlarida gullasa, tog'larda bu jarayon kechroq aprel oxri may oylarida kechadi. Fasliy o'zgarishlarning qonuniyatlaridan bilish daraxt-buta o'simliklarni qanday iqlim sharoitlarda ekish, arealini kengaytirish va undan maqsadli to'g'ri foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Ayniqsa, ko'kalamzorlashtirish va o'rmon xo'jaligida qimmatli, xalq xo'jaligi uchun muxim daraxt-buta o'simliklarni introduksiya qilishda va hududlashtirishda bu kuzatuvlar katta ahamiyatga ega.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

O'simlik turlarining yer betida tarqalishi ma'lum va aniq qonuniyat asosida boradi va bu qonuniyatga bo'ysunadi:

1. O'simlik turlarining soni shimoldan janubga tomon ortib boradi. Bu xodisa iqlimning shimoldan janubga tomon o'zgarib, ilib, yaxshilanib borishidadir.

2. Odatda tekislikdagi o'simlik turlarining soni tog'li rayonlardagiga nisbatan hiyla oz bo'ladi.

3. Geologik jihatdan burungi tog'li joylar va tekisliklarning florasi geologik jihatdan yosh bolgan teritoriyalarnikiga nisbatan g'oyat boy bo'ladi. Buning sababi qadimgi floraning butunlay yo'qolib ketmasligini saqlab qolishidir.

4. Tropik va subtropik zonalarining florasi o'rta iqlimli poyasining florasiga nisbatan ancha boy bo'ladi. Bu hol tropik va suptropik mamlakatlar iqlimning o'simliklar uchun qulay bo'lishi, florasining esa muxim o'zgarishlarga duch kelmaganligidandir

Ko'pchilik o'simliklar kuz va qish oylarini urug', tuganak hamda ildizpoya holatida o'tkazadi. Kuzgi ekin va daraxtlar kuz hamda qish fasllarini ochiq joyda o'tkazadi. Shuning uchun ularni past temperaturaga chiniqtirish zarur. Erta bahorda erigan qor suvlari (tuproqqa singib) kechasi muzlab kengayadi, natijada tuproq qatlami siqilib ko'tariladi. Bunda ildizlar shikastlanadi

va o'simlik nobud bo'ladi. Osimlikni qishki noqulaylikdan saqlash uchun ekin dalalaridagi qorni to'plash, yerga o'g'it solish, osimliklarni makro-va mikroelementlar bilan ta'minlash kabi agrotexnikaviy tadbirlarni o'tkazish hamda noqulay sharoitda bardosh beradigan navlarni yetishtirish zarur. Turli guruh o'simliklar vegetatsiya muddati turlicha bo'lishi, ularning yil fasllarida yorug'lik, namlik, haroratning va boshqa omillarning o'zgarishiga moslashish xususiyatidir.

Ayniqsa, bioekologiyani hisobga olgan holda va tirik organizmlarning hayot faoliyatiga tasir qiluvchi tabiiy omillar haqida gapirganda fenologik kuzatuvlar juda e'tiborga olib kelinmoqda

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, muayyan geografik zonada daraxt-buta o'simlik turining fenologik fazalarini yaqqol ko'rish uchun ularni fenologik spektri ko'rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir.

Fenologik kuzatishlar ormon xo'jaligida, ko'kalamzorlashtirishda, muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Fenologik kuzatishlar meteorologik malumotlar bilan to'ldiriladi, bu esa yillik mavsumiy o'zgarishlarni to'g'ri izohlash imkonini beradi. Fenokuzatuvlarda yig'ilgan ma'lumotlar daraxt-buta turlarini turli iqlim sharoitlarida o'stirish imkoniyatlarini aniqlashga imkon beradi. Ilmiy-tadqiqot ishlarini o'tkazishda qimmatli daraxt va butalarni vegetatsiya davridagi fasliy o'zgarishlarni o'rganish maqsadida quyidagi keng qamrovli fenokuzatishlar o'tkaziladi

Adabiyotlar:

1. A.K.Qayimov, E.T.Berdiyev, H.F.Hamroyev, S.A.Turdiyev. Dendralogiya.-T.:Fan va texnologiya,2015.

2. G.D.Mustaqimov. O'simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari.-T.:O'qituvchi, 1995.

3. S.S.Sahobiddinov. O'simliklar sistematikasi.-T.:O'qituvchi, 1966.

4. G.S.Tursinbayeva, G.M.Duschanova, J.S.Sadinov.-T.:Inovatsiya-Ziyo, 2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.