Научная статья на тему 'FAZO VA VAQT SIMMETRIYASI XOSSALARINING METODOLOGIK TAHLILI'

FAZO VA VAQT SIMMETRIYASI XOSSALARINING METODOLOGIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fazo / vaqt / materiya / metrik xususiyatlar / topologik xususiyatlar / substansial konsepsiya / relyatsion konsepsiya / simmetriya / saqlanish / izotroplik.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bekpo’Latov Ulug’Bek Rahmatulla O’G’Li, Musurmonov Mehriddin Ulug’Bek O’G’Li

Ushbu maqolada fazo va vaqtga oid ilmiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotining umumiy manzarasi metodologik jihatdan tahlil etilgan. Fizikaviy materiya tashkillashishida vaqtning metrik va topologik xususiyatlarini o’rni hamda ularning simmetriya xossasi bilan determenistik aloqadorliklari mohiyati turli saqlanish qonunlari rakursida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FAZO VA VAQT SIMMETRIYASI XOSSALARINING METODOLOGIK TAHLILI»

FAZO VA VAQT SIMMETRIYASI XOSSALARINING METODOLOGIK TAHLILI 1Bekpo'latov Ulug'bek Rahmatulla o'g'li, 2Musurmonov Mehriddin Ulug'bek o'g'li

1Navoiy davlat pedagogika instituti doktoranti, f.f.f.d. (PhD), dotsent 2Navoiy davlat pedagogika instituti "Fizika va astronomiya" kafedrasi tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10992722

Annotatsiya. Ushbu maqolada fazo va vaqtga oid ilmiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotining umumiy manzarasi metodologik jihatdan tahlil etilgan. Fizikaviy materiya tashkillashishida vaqtning metrik va topologik xususiyatlarini o'rni hamda ularning simmetriya xossasi bilan determenistik aloqadorliklari mohiyati turli saqlanish qonunlari rakursida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: fazo, vaqt, materiya, metrik xususiyatlar, topologik xususiyatlar, substansial konsepsiya, relyatsion konsepsiya, simmetriya, saqlanish, izotroplik.

Аннотация. В данной статье методологически анализируется общая картина развития научно-философской мысли о пространстве и времени. Роль метрических и топологических свойств времени в организации физической материи и сущность их детерминированных связей со свойством симметрии раскрываются под разными углами зрения законов сохранения.

Ключевые слова: пространство, время, материя, метрические свойства, топологические свойства, понятие субстанции, реляционная концепция, симметрия, сохранение, изотропность.

Abstract. This article methodologically analyzes the general picture of the development of scientific and philosophical thought about space and time. The role of metric and topological properties of time in the organization of physical matter and the essence of their deterministic relationships with the property of symmetry are revealed from different angles of conservation laws.

Keywords: space, time, matter, metric properties, topological properties, concept of substance, relational concept, symmetry, conservation, isotropy.

Olamni ilmiy bilish jarayonida "fazo va vaqt" - materiyaning eng muhim atributlari sifatida o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan tushunchalar hisoblanadi. Ilmiy taraqqiyotning uzoq yillik tarixi natijasida kelib chiqqan eng muhim xulosa shuki, fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllaridir. Fazo olamni tashkil etuvchi obyektlar va ulardagi tarkibiy qismlarning o'zaro joylashish tartibi, ko'lami va miqyosini ifoda etsa, vaqt olamda sodir bo'luvchi hodisa va jarayonlarning ketma-ket ro'y berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqidagi qarashlarni substansial va relyatsion konsepsiyalarga ajratishimiz mumkin. Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq substansial jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Substansial yondashuv tarafdorlari (Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo ar-Roziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler va boshqalar) ning fikricha, fazo - materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bog'liq bo'lmagan holda mavjud bo'lgan mustaqil substansiyadir, moddiy obyektlarning joylashish makonidir va u mutlaqdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Vaqt munosabatlari hamda hisob sistemalarida bir xilda o'tadi. Fazo va vaqtni mustaqil substansiya, -deb hisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi bilan kirgan. Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnits, Toland, Yum, Fixte, Kant, Gegel) ning fikricha, fazo — moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon bo'lishi, jismlarning o'zaro joylashish o'rni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juz'iy holda ham,

umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bog'liq. Materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning atributi (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin emas, u nisbiydir. Uzoq davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib keldi. Shu jihatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash bo'yicha, vaqtning faqat hozirgi zamonigina real mavjud, o'tmish o'tib ketgan, kelajak esa hali yo'q. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yo'la, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaqtning lahzalarini har bir subyekt o'z holicha kechiradi va unga go'yoki vaqt oqib o'tayotgandek tuyiladi. XX asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi fazo va vaqtning o'zaro chambarchas bog'likligi, fazo va vaqt sistemaning harakat tezligi bilan, vaqt-fazo strukturasining modda zichligi bilan bog'likligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va nazariy tasdig'ini topdi. Bundan ilgariroq yaratilgan Noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan olamning elektrodinamik manzarasining bog'lanishi fazo strukturasi haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari fazo va vaqtning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda bir-biridan farq qilinishini isbotladi. Hozirgi zamon fanlari aniqlab bergan fazo va vaqtning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1-turga tegishli o'lchov asboblari (chizg'ich, ruletka, soat kabilar) bilan o'lchash mumkin bo'ladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon bo'ladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar, - deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning ko'lami, bir jinsliligi, izotropliligi, egriligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqalar kiradi. 2-turdagi xususiyatlari fazo va vaqtning tub mohiyatiga aloqador bo'lgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon bo'ladigan, o'zgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar, - deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), o'lchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning esa uzluksizligi, bir o'lchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bog'langanligida va boshqalarda namoyon bo'ladi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etsa, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari o'zgarganda voqeliqda jiddiy strukturaviy o'zgarishlar ro'y bermasligi mumkin, lekin topologik xususiyatlarning o'zgarishi voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy o'zgartiradi.

Vaqtning har qanday momentlari tabiatning har qanday hodisalari uchun birdayligi, vaqt o'qi bo'yicha siljishga nisbatan simmetriya deyiladi va u energiyaning saqlanish qonuniga olib keladi. Impulsning saqlanish qonuni fazoda har qanday siljishlarga nisbatan har qanday jarayonning o'zgarmay qolishini ifodalovchi fazo bir jinsliligining, fazo simmetriyasining miqdoriy tavsifidir. Agar fazo bir jinsli bo'lsa, tabiiyki, unda zarra erkin harakat qiladi, ya'ni uning impulsi saqlanadi. Agar zarraning yo'lida bir jinslilik buzilsa, masalan, tashqi maydon paydo bo'lsa, zarraning impulsi o'zgaradi, ya'ni saqlanmaydi. Demak, fizik qonunning fazodagi har qanday siljishlarga nisbatan simmetriyasi bevosita impulsning saqlanish qonuni bilan bog'langan.

Uch o'lchovli fazo faqat bir jinsligina bo'lmasdan, izotrop hamdir, ya'ni uning hamma yo'nalishlari fizik jarayonlar uchun bir xil. Fazodagi aylanishlarga nisbatan tabiat hodisalarining invariantligi harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga olib keladi. Demak, spinning saqlanishi ham fazoni shu xususiyati - uning izotropligi bilan bog'liq. Nisbiylik nazariyasiga asosan to'rt o'lchovli fazoda hamma inertsial koordinata sistemalari teng huquqlidir. Bu teng huquqlilikning simmetriyasi inertsiya markazi ya'ni massaning saqlanish qonuniga olib keladi.

Shunga e'tibor qaratish kerakki, saqlanish qonunlarini harakat qonunlarini qo'llamasdan ham bevosita simmetriya tamoyillari orqali aniqlash mumkin. Bundan saqlanish qonunlari harakat

qonunlaridan ko'ra ko'proq sohalarda qo'llanilishi kelib chiqadi. Energiyaning, impulsning, impuls momenti (harakat miqdori)ning saqlanishi klassik hamda kvant mexanikasida keng foydalaniladi va bu vaqtda Nyutonning dinamika qonunlari kvant mexanikasida hech qanday o'ringa ega bo'lmaydi. Mashxur venger fizigi Yujin Vigner - "Kimki saqlanish qonunlarini invariantlilik tamoyilidan keltirib chiqarsa, bu qonunlarning qo'llanilish sohasi xususiy nazariyalar (gravitatsiya, elektromagnetizm va hakozalar) chegarasidan chiqib, zamonaviy fizikada bir-birini asoslaganligi tushunarli bo'ladi"- degan edi. Haqiqatan ham saqlanish qonunlarining qo'llanilish sohalari mavjud invariantlilik tamoyillarining qo'llanilish sohalari kabi o'ta keng bo'lganligi, energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlarini universalligidan dalolat beradi. Saqlanish qonunlari bilan invariantlilik tamoyillari orasidagi aloqadan, agar bu qonunlarda buzilish bo'lsa, ular kuzatilsa, bu unga mos invariantlilik tamoyilini ham buzilganligini ko'rsatadi. Hozirgi paytda tabiat qonunlarining vaqt bo'yicha shuningdek, fazoga nisbatan ko'chirish yoki aylantirish (burilish)larga nisbatan invariantliligining buzilishi tajribalarda kuzatilmagan. Bu va yuqorida ko'rsatilgan qonunlarning universalliligiga asoslanib, energiyaning, impulsning, impuls momentining saqlanish qonunlarini fundamental deyishimiz mumkin.

Saqlanish qonunlarining fundamentalligidan esa, fundamental fizik kattaliklar sifatida fundamental saqlanuvchi kattaliklar ya'ni, energiya, impuls, impuls momenti kelib chiqadi. Chunki, bu saqlanish qonunlari megadunyoda ham, makrodunyoda ham, mikrodunyoda ham saqlanadi.

Xulosa qilib aytganda, fazo va vaqt bevosita materiyaning simmetrik xossalari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, simmetriya haqidagi yangi bilimlarni qo'lga kiritish bizning fazo va vaqt haqidagi yangidan - yangi qarashlarimizni shakllantiradi. Bu esa, olamning mohiyati va unda kechayotgan jarayonlarning universal qonuniyatlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Бич А.М. Природа времени: Гипотеза о происхождении и физической сущности времени //2-е изд., испр. и доп. — М.: ООО «Издательство ACT»: OOO «Издательство Астрель», 2002. — 288 с.

2. Лолаев Т.П.Природа времени или время в природе: Теоретическое и экспериментальное обоснование объективного существования времени// URSS. 2015. 240 с.

3. Bekpulatov U.R. Physical style of thinking - methodological basis for the formation of a scientific worldview. ISJ Theoretical & Applied Science. 2020, 09 (89), p. 480. Philadelphia, USA.

4. U. R. Bekpulatov, M. U. Musurmonov. The relation of conservation laws to the symmetry of space and time// Uzbek Scholar Journal Volume-25, February, 2024, pp.225-231. www.uzbekscholar.com

5. Bekpulatov U. Worldview aspects of symmetry and conservation laws in thermodynamics. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. India, Vol. 11, Issue 10, October 2021. pp. 1327-1335.

6. Bekpo'latov U.R. Materiyaning turli ontologik darajalarida simmetriya va uning buzilish qonunlari. Ilm sarchashmalari, 2023 yil, 37-43 b.

7. U.R.Bekpulatov. "Physical style of thinking-methodological basis for the formation of a scientific world view". Theoretical&Applied Science. 09(89). 183-188.

8. Х,амроева Севара Насриддиновна, Камолов Ихтиёр Рамазонович. "Педагогика олий

таълим муассасаларида булажак физика фани укитувчиларининг мантилий фикрлаш кобилиятини stem таълим дастури асосида ривожлантириб укитишни такомиллаштириш". Science and innovation International scientific journal. volume 1. issue 6. UIF-2022. 2181-3337.

9. У.Д.Шеркулов, А.М.Музафаров, Т.И.Солиев. Determination of mixing factors of daughter radionuclides in the uranium decay chain. Neuroquantology. September. 2022. Volume 20. Issue 11. London.

10. Ж.М.Абдуллаев, Л.И.Очилов. "Изъятие пресной воды из подземных вод при помощи гелиоустановки водоносного опреснителя". Молодой учёный научный журнал. 2015/5. 274-276.

11. Tursunboy Izzatillo ugli Soliyev, Amrullo Mustafoyevich Muzafarov, Bahriddin Faxriddinovich Izbosarov. Experimental determination of the radioactive equilibrium coefficient between radionuclides of the uranium decay chain. International Scientific Journal Theoretical&Applied Science. 801-804.

12. С.С.Канатбаев, И.Р.Камалов, Д.И.Камолова, Г.И.Сайфуллаева. "Universum: технические науки". Россия. Декабрь, 2016. №12(33). 38-40 стр.

13. Хушвактов Бекмурод Нормуродович. "Innovative Fundamentals of Non-Traditional Teaching (on The Example of The Optics Department)" Journal of Ethics and Diversity in International Communication". e-ISSN: 2792-4017. www.openaccessjournals.eu. Volume.1 Issue.3.

14. Э. А. Кудратов Э. А. Аллаберганова, Г. М., Кутбеддинов, А. К., Каримов, А. М., Интерактивные методы обучения студентов естественных специальностей на основании радиационных факторов экосистемы. Педагогика и современность ISSN: 2304-9065

15. B. I Xojiyev, N.A. Ulugberdiyeva, AA Xo'jayev, AA Amonov Studying the transition processes in physics lessons Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10 (5), 873-876, 2022

16. Sayfullaeva Gulkhayo Ikhtiyor Kizi, Shodiev Khamza Ruziculovich, Xaitova Shakhnoza G'olibjon Kizi // CONDITIONS FOR THE FORMATION OF TEACHING INNOVATION ACTIVITIES// Journal of Pharmaceutical Negative Results Volume 14. Issue 2. 2023. 242024233 pp

17. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi, Norqulov Madina Hamza qizi Astronomiyani аxbоrоt tа'lim muhitlаridаn ^^акшЬ о'qitishning pеdаgоgik tamoyillari// «Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy onlayn konferensiyasi 104-109 https://doi.org/10.5281/zenodo.10443860

18. Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi Namozova Nilufar Tuxtamurodovna Astronomiya fanini o'qitishda elektron darsliklarning o'ziga xos xususiyatlari va afzalliklari// Journal of Universal Science Research 1 (10), 873-877

19. Н Намозова, Г Сайфуллаева Астрономия фанига интеграциялашган медиатаълимнинг фаолиятли тузилмаси// бюллетень педагогов нового Узбекистана 1 (7), 21-23

20. Aziza Bozorova, Gulhayo Sayfullayeva kredit-Modul Ta'lim Tizimida Talabalarning Mustaqil Ta'lim Jarayonini Tashkil Etish// Бюллетень студентов нового Узбекистана, 2023

21. Haydarova Dilorom, Sayfullayeva Gulhayo Pyton dasturida astronomiyadan animatsiya yaratish // Journal of Universal Science Research, 2023

22. А.А.Ахмедов, Э.А.Кудратов, Д.М.Холов. Инновационные Технологии В Науке И Образовании" сборник статей победителей международной научно-практической

конференции. 2016. Издательство: Наука и Просвещение. Пенза.

23. Б.Ф.Избосаров, А.А.Ахмедов, И.Р.Камалов. Инновационные подходы к проведению лабораторных работ по физике". Новые технологии в образовании. 106-109.

24. Kamolov Ikhtiyor Ramazonovich Features of using mathematical knowledge and laws of physics in teaching astronomy Uzbek scholar journal volume- 24, january, 2024 www.uzbekscholar.com 152-157

25. I.R. Kamolov, G.I. Sayfullaeva -Formation of teacher's competence in the performance of laboratory and experimental works Journal of critical reviews. ISSN-2394-5125, 2020

26. Сайфуллаева Гулхаё Ихтиёровна, Негматов Сайибжан Садыкович , Абед Нодира Сайибжановна, Камолов Ихтиёр Рамазонович, Баракаева Сарвиноз Тулкуновна, Камалова Дилнавоз Ихтиёровна МЕТОДИКА ПОЛУЧЕНИЯ КОМПОЗИЦИОННЫХ ОБРАЗЦОВ НА ОСНОВЕ ТЕРМОРЕАКТИВНЫХ ФУРАНО-ЭПОКСИДНЫХ ПОЛИМЕРОВ И ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫХ НАПОЛНИТЕЛЕЙ// Универсум технические науки январь, 2021 1(82)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.