Научная статья на тему 'MAKON VA ZAMON TUSHUNCHASI'

MAKON VA ZAMON TUSHUNCHASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
10094
280
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Makon / zamon / fazo / vaqt / tushuncha / davr / xususiyat / substansial konsepsiya. / Пространство / время / пространство / время / понятие / период / признак / субстанциальное понятие.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshnazarov, Anvarbek Adambayevich

Makon va zamon – borliqning umumiy yashash shakllari, fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi xodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Ushbu tezisda, mazon va zamon tushunchasi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

КОНЦЕПЦИЯ ПРОСТРАНСТВА И ВРЕМЕНИ

Пространство и время являются общими живыми формами существования, при этом пространство представляет собой порядок, размах и масштаб взаимного расположения объектов, составляющих мир, и составляющих их точек, время представляет собой последовательное протекание и продолжительность событий и процессов, происходящих в мире. Мир. С древних времен философы выдвигали разные взгляды на природу и сущность пространства и времени. Их можно свести к двум: содержательным и реляционным понятиям. В данной диссертации есть мысли и мнения о концепции пространства и времени.

Текст научной работы на тему «MAKON VA ZAMON TUSHUNCHASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAKON VA ZAMON TUSHUNCHASI

Eshnazarov Anvarbek Adambayevich

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi assistent o'qituvchisi.

ANNOTATSIYA

Makon va zamon - borliqning umumiy yashash shakllari, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob'yektlar va ulardagi tarkibiy nuqtalarning o'zaro joylashish tartibi, ko 'lami va miqyosini ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir bo 'luvchi xodisa va jarayonlarning ketma-ket ro 'y berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo va vaqtning tabiati hamda mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarni ilgari surgan. Ularni umumlashtirib 2 ga: substansial va relyatsion konsepsiyaga ajratish mumkin. Ushbu tezisda, mazon va zamon tushunchasi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Makon, zamon, fazo, vaqt, tushuncha, davr, xususiyat, substansial konsepsiya.

Пространство и время являются общими живыми формами существования, при этом пространство представляет собой порядок, размах и масштаб взаимного расположения объектов, составляющих мир, и составляющих их точек, время представляет собой последовательное протекание и продолжительность событий и процессов, происходящих в мире. Мир. С древних времен философы выдвигали разные взгляды на природу и сущность пространства и времени. Их можно свести к двум: содержательным и реляционным понятиям. В данной диссертации есть мысли и мнения о концепции пространства и времени.

Ключевые слова: Пространство, время, пространство, время, понятие, период, признак, субстанциальное понятие.

Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari mutlaqlashtiriladi. Fazo va vaqtni mustaqil substansiya deb hisoblaganliklari uchun ularning yondashuvi fanga substansial konsepsiya nomi bilan kirgan. Relyatsion yondashuv vakillarining fikricha, fazo — moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon bo'lishi, jismlarning o'zaro joylashish o'rni va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo majoziy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bog'liq; materiya

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir, vaqt esa materiyaning atributi (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin emas, u nisbiydir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fanda uzoq davr mobaynida fazoni vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan dinamik va statistik qarashlar ham mavjud. Dinamik qarash bo'yicha, vaqtning faqat hozirgi zamonigina real mavjud, o'tmish o'tib ketgan, kelajak esa hali yo'q. Statistik qarash vakillarining fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir yo'la, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir, vaqtning lahzalarini har bir sub'yekt o'z boshidan kechiradi va unga go'yoki vaqt oqib o'tayotgandek tuyiladi. XX-asr boshlarida A. Eynshteyn tomonidan nisbiylik nazariyasining yaratilishi fazo va vaqtning o'zaro chambarchas bog'likligi, fazo va vaqt sistemaning harakat tezligi bilan, vaqt-fazo strukturasining modda zichligi bilan bog'likligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va nazariy isbotini topdi.

Bundan ilgariroq yaratilgan noyevklid geometriyasi tamoyillari bilan dunyo elektrodinamik manzarasining bog'lanishi fazoning strukturasi haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan yutuqlari fazo va vaqtning xususiyatlari mikro, makro va megadunyolarda bir-biridan farq qilinishini isbotladi. Hozirgi zamon fanlari aniqlab bergan fazo va vaqtning xususiyatlarini 2 turga ajratish mumkin. 1-turga tegishli o'lchov asboblari (lineyka, ruletka, soat kabilar) bilan o'lchash mumkin bo'ladigan, turli hisob sistemalarida turlicha namoyon bo'ladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va ular metrik xususiyatlar deb ataladi. Bunday xususiyatlarga fazoning ko'lami, bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi, vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi, anizotropligi va boshqa kiradi. 2-turdagi xususiyatlari fazo va vaqtning tub mohiyatiga aloqador bo'lgan, barcha hisob sistemalarida bir xilda namoyon bo'ladigan, o'zgarmas, fundamental xususiyatlardir. Ular topologik xususiyatlar deb atalib, fazoning uzluksizligi (yoki diskretligi), o'lchamliligi, tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning esa uzluksizligi, bir o'lchovliligi, orqaga qaytmasligi, chiziqli bog'langanligida va boshqada namoyon bo'ladi.

Makon va vaqtning yana shunday xususiyatlari ham borki, ular barcha hisob sistemalarida, materiyaning barcha struktura darajalarida, mikro dunyoda ham jamiyatda ham bir xilda saqlanadi. Ular makon va vaqtning tub sifatiy jihatlarini ifodalovchi fundamental xususiyatlar hisoblanadi. Bunday xususiyatlarni topologik xususiyatlar deyishadi. Topologik xususiyatlar moddiy aloqadorliklarning ichki, tub sifatiy jihatlarini ifodalaydi. Topologik xususiyatlarning o'zgarishi bilan moddiy ob'ektlarning tuzilishida tub sifatiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Quyidagi xususiyatlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

makonning topologik xususiyatlari hisoblanadi: uzluksizlik va uzluklilik, o'lchamlilik, bog'langanlik, kompaktlik, tartiblanganlik, chegarasizlik. Vaqtning topologik xususiyatlariga esa uzluksizlik, orqaga kaytmaslik, bir o'lchovlik, chiziqli tartiblanganlik va bog'langanlik kiradi.

Makon va vaqt materiya strukturasidagi o'zaro aloqadorliklar majmuasini aks ettirar ekan, bu aloqadorliklarning turli xil shakllari, turli xil shakldagi harakat va unga bog'liq bo'lgan makon-vaqt shakllarining vujudga kelishiga sababchi bo'ladi. Biz yuqorida faqat fizik makon va fizik vaqt haqida to'xtaldik. Hozirgi zamonda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador bo'lgan fizik, ximiyaviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik makon va vaqt haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Bunday konsepsiyalarda olamning tuzilishi jihatdan xilma-xilligi va birligi, ko'p qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmoqda. XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, qora tuynuklar fizikasi, relyativistik kosmologiya fanlarining rivojlanishi makon va vaqt haqidagi tasavvurlarni jiddiy o'zgartirdi. Ayniqsa, konseptual makon (vaqt)ni informatsion texnologiya vositalarida modellashtirish yo'llari osonlashgach, makon va vaqtning turli-tuman modellarini tadqiq etish imkoniyatiga keng yo'l ochildi. Bu tadqiqotlar olamdagi yagona, eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik - bu makon-vaqt aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga to'liq asos berdi.

Xulosa qilib aytganda, fazo va vaqtning metrik xususiyatlari borliqning miqdoriy munosabatlarini ifoda etsa, topologik xususiyatlari esa tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu sababli falsafada fazo va vaqtning metrik xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar, topologik xususiyatlari esa sifatiy xususiyatlar deb ataladi. Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari o'zgarganda voqeliqda jiddiy strukturaviy o'zgarishlar ro'y bermasligi mumkin, topologik xususiyatlarning o'zgarishi esa voqelikni, albatta, tubdan strukturaviy o'zgartiradi.

REFERENCES

1. Moddiy dunyoning tuzilishi va evolyutsiyasi haqidagi zamonaviy fan, kitobda. Falsafa asoslari, jild, 2004 yil;

2. To'rayev B. O., Vaqt muammolari, 2000 yil;

3. To'rayev B. O., Kosmik. Vaqt. Rivojlanish, 1992.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.